Jarqo‘ton aholisining diniy qarashlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar. A.A. Asqarov va T.SH. SHirinovning umumiy fikriga ko‘ra, Jarqo‘ton olov ibodatxonasi nafaqat shahar, balki butun vohaning diniy markazi vazifasini bajarib, ilk zardushtiylik xarakterida bo‘lgan1.
Ilk davlatlarning shakllanishi bilan dinning ham markazlashuv jaraѐni kechgan. Markazlashaѐtgan yagona din bilan bir qatorda jamoa dinlari ham saqlanib qolganligi kuzatilmoqda.
Jarqo‘tonda zoolatrik diniy qarashlarni terrakot haykalchalar misolida kuzatishimiz mumkin. Sigir (ho‘kiz), tuya kabi hayvonlar shaklida ifodalangan haykalchalar, muhrlarda tasvirlangan ilonlar, burgutlar kabi hayvonlar aholining zoolatrik diniy qarashlarini ifodalaydi.
Ikki o‘rkachli tuyaning zoolatrik xarakter kashf etganligini uning terrakot haykal sifatida ifodalanishi birinchi omil bo‘lsa, Avestada u «kuchli», «badjahl» hayvon sifatida tilga olinadi. Uchinchi va eng asosiy omil esa zardushtiylik dinining asoschisi ismida tuyaning qo‘llanishidir. «Zaraouštra» dagi «uštra» so‘zi tuyani anglatishi bu hayvonning ilohiylik belgisini ifodalaydi.
Ajdodlar ruhiga sig‘inish alohida diniy qarash sifatida mavjudligi fanda allaqachon isbotlangan. U universal bo‘lmasligidan tashqari ibtidoiy ham emas. U tarixiy taraqqiѐtning patriarxal urug‘chilik bosqichiga xos. «O‘lgan ota-bobolar va urug‘ boshliqlarining ruhi avlodlarni doimo balo-qazolardan saqlaydi»,- degan tushuncha ushbu ibodat turining maqsadi hisoblanadi. «Ruh doimo tirik, u odamzotni qo‘llab-quvvatlaydi» tushunchasi ushbu ibodat turining mavjudligi asosidir2.
Askarov A.A., SHirinov T.SH. Drevnebaktriyskiy xram ognya v YUjnom Uzbekistane // Gradostroitelьstvo i arxitektura. – T., 1989. – S. 31-42.
Tokarov S.A. Rannie formы religii. - M., Nauka, 1990. - S. 255.
www.arxeologiya.uz 22
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Jarqo‘tonda ajdodlar ruhiga ibodat qilish kabi diniy tasavvurlarning mavjudligini bu erdan topilgan erkak kishining byustь haykali, homilador aѐlning qorin qismidan topilgpn ikkita embrion ko‘rinishli loy massasi misolida kuzatish mumkin. Erkak kishining og‘zi ochiq va ko‘zlari yumuq holatda ifodalanishi asosida o‘lgan kishi haykali deb ataldi va ajdodlar ruhining homilador aѐlni, u dunѐga keltirishi kutilaѐtgan chaqaloqlarni balo-qazolardan saqlashini, yaьni ajdodlar ruhining diniy qarash sifatida ifodalanishining arxeologik kuzatilishi deb hisoblaymiz. Homilador aѐl haykali qorin qismining har-har joyi qizil rangga bo‘yalishi, qo‘l bilan qorin qism oralig‘ida ilonlarning ifodalanishi narigi dunѐ tushunchasini beradi. Ma’lumki, mifologiyada qizil rang qonni, ilon esa er osti ilohiyatidan dalolatdir. SHu azob-uqubatlardan homilador aѐlni fikrimizcha, «ajdodlar ruhi qutqara olishi mumkin».
Ushbu topilmaning boshqa tushunchasini ham aytib o‘tish mumkin. Ikkinchi fikr falsafiy qarash bo‘lib, dunѐning paydo bo‘lishi, uning doimiyligini ko‘rsatuvchi, diniy qarashlarga nisbatan haѐtiy manzarani tasvir etish g‘oyasi ѐtgan ko‘rinadi. O‘lgan odam homilador aѐl inson sifatida shakllangan embrion inson sifatida shakllanaѐtgan embrion. Qon va ilonlar tasviri esa «qora kuch»lar sifatida namoѐn bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |