-BOB. Qadimgi SHarq ilk shahar-davlatlari va uning O‘rta Osiѐ mintaqalari bronza davri ѐdgorliklarida aks etishi. Mil.av. IV ming yillik so‘nggida insoniyat tarixida ilk marotaba Mesopotamiyada shakllangan ilk davlatchilik munosabatlari jaraѐni III ming yillikda sharqqa - Eron, Hindiston tomon kengayadi. III ming yillik so‘nggida Janubiy Turkmanistonning Tejen, Murg‘ob vohalarida, II ming yillik boshlarida esa ilk davlatchilik munosabatlari Baqtriyada ham shakllanganligini Sopolli madaniyati va unga turdosh Dashtli madaniyati ѐdgorliklari misolida o‘rganildi.
I.M. Dьyakonov va V.A. YAkobsonlarning ilmiy kuzatuvlari shuni ko‘rsatmoqdaki, qabilalar ittifoqi keng hududlarni egallashi mumkin, lekin Mesopotamiyaning «nom» tipidagi ilk davlatlari kichik hududlarni, bir ѐki bir necha sug‘orilish rayonlarini o‘z ichiga olgan1. Ur misolida esa
shahar-davlatlarning boshqaruv usullari, topografik tuzilishi, aholisining ijtimoiy tarkibi2 kabi masalalarni Jarqo‘ton manbalariga taqqoslash imkoniyati tug‘ildi.
Hozirgi kungacha Xarappa madaniyatiga oid 700 dan oshiq ѐdgorlik aniqlangan. Ular ettita dehqonchilik o‘lkasida joylashgan. Har bir dehqonchilik o‘lkada bittadan yirik ѐdgorlik - shahar mavjudligi aniqlangan. Bular Moxenjodoro, Xarappa, Ganverivale, Kalibangan, Rakxigarxe, Banavale, Dxolavire (Kotada)3.
Qadimgi SHarqning madaniy o‘choqlaridan biri bo‘lgan Janubiy Turkmanistonning Murg‘ob dehqonchilik o‘lkasida mil.av. II ming yillikda ilk davlatlarning shakllanish jaraѐni arxeologik ma’lumotlar asosida yaxshi kuzatiladi. Murg‘ob o‘lkasida bronza davrida sakkizta sug‘orilish rayoni joylashgan. Har bir o‘lkada bitta ѐdgorlik o‘zining ko‘lami va morfologik tuzilishi bilan boshqalaridan ajralib turadi4.
Dьyakonov I.M, YAkobson V.A. «Nomovыe gosudarstva», «territorialьnыessarstva», «polisы» i «imperiya». Problemы tipologii // VDI, 1982, №2. - S.3.
Woolley L, Litt D. Ur Excavations. Volume VI. - Piladelphia, 1974; Charpin D. Le clerge d’ Ur au siecle d’ Hammurabi. - Geneve-Paris, 1986 - P.140; Dьyakonov I.M. Lyudi goroda Ura. - M., 1990.
Harappan studies. Vol.1. Editors G.L.Possehl, M.Tosi. 71 pages. - Delhi, - Bombay, - Callcutta, 1993.
Sarianidi V.I. Drevnosti stranы Margush. - Ashgabad, 1990. - S.6.
www.arxeologiya.uz 18
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Janubiy Turkmanistonda bronza davri markaziy ѐdgorliklarining umumiy maydoni 12-20 gektargacha borgan. Ular ikki qismdan iborat bo‘lib, monumental ibodatxonalar joylashgan birinchi qism mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Ikkinchi qism esa ochiq joyda joylashgan. Vohalarning markazi bo‘lgan shaharlar ibodatxona mubodlari tomonidan boshqarilgan.
V.I. Sarianidining Janubiy Baqtriya hududlarida olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim dehqonchilik o‘lkalar (Davlatobod, Faruxobod) yagona ma’muriy tizimga ega bo‘lmagan, ularda bir-biridan tashqi ko‘rinishdan farq qilmaydigan ѐdgorliklar uyushmasi joylashgan. Dashtli dehqonchilik o‘lkasini esa to‘liq shakllangan «nom» tipidagi ilk davlat deb baholash mumkin. Bu o‘lka o‘zining ma’muriy markaziga, markaz atrofida jamlangan qal’a va qishloqlariga ega bo‘lgan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |