Shaydullaev shapulat bazarovich


Jarqo‘ton – O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlat



Download 0,54 Mb.
bet16/43
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#284350
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
ozbekiston hududida davlatchili (Lotincha)

Jarqo‘ton – O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlat. Jarqo‘ton A.A. Asqarov tomonidan Qadimgi SHarqssivilizatsiyasiga xos ilk dehqonchilik madaniyati ѐdgorligi, T.SH. SHirinov tomonidan ilk shahar sifatida talqin qilindi2.
1994-2003 yillar davomida Jarqo‘ton ѐdgorligida O‘zbekiston-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi qo‘shimcha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazdi. Qazishmalar asosan Jarqo‘ton ѐdgorligining ark, shahriston va qabristonida olib borildi.
Adabiѐtlarda ta’kidlanib kelinaѐtgan Jarqo‘ton ѐdgorligining umumiy maydoni 100 gektardan oshiq degan ma’lumotni nisbiy tushuncha deb qarash kerak. YOdgorlikning gorizontal stratigrafiyasini inobatga olsak, bir vaqtda 100 gektarlik maydonda shahar faoliyat etmagan. YOdgorlikning qabriston joylashgan tepaliklarini shahar hududidan ajratadigan bo‘lsak, yanada soddaroq shahar bo‘lganligi ko‘rinadi. Bular «ark» va uning atrofida joylashgan sakkizta katta patriarxal urug‘ jamoalari majmuasidan iborat bo‘lgan «shahriston»dir. Tepaliklar balandligi jihatidan bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Jarqo‘ton arki ѐdgorlikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan, umumiy maydoni 3 gektar, atrofi 1,20-1,50 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o‘ralgan, g‘arbiy tomonida Jarqo‘ton “shohlar saroyi” joylashgan. Arkning ichki qismi kichik tepaliklar majmuasidan iborat. Bu erda A.A. Asqarov tomonidan qazilgan stratigrafik shurf natijasida Sopolli madaniyati ashѐlari bilan birga Kuchuk I davriga oid sopollar majmuasi topilgan3.


  1. Sarianidi V.I. Issledovaniya pamyatnikov Dashlinskogo oazisa / Drevnyaya Baktriya. Materialы 1969-1973

gg. - M., Nauka, 1976. - S.21-86.



  1. Sarianidi V.I. Drevnie zemledelьsы Afganistana. - M., Nauka, 1977. - S.22-26.




  1. Askarov A.A. Drevnezemledelьcheskaya kulьtura epoxi bronzы yuge Uzbekistana. – T., Fan, 1977; Askarov A.A., SHirinov T.SH. Rannyaya gorodskaya kulьtura epoxi bronzы yuga Sredney Azii. - Samarkand, 1993.

  2. Askarov A.A. Drevnezemledelьcheskaya kulьtura. ... S. 230.




www.arxeologiya.uz 19

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)

Arkning sharqiy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida 4 ta xonadan iborat oila yashagan uy qoldig‘i ochildi. Uyning umumiy ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklda bo‘lib, uzunligi 16, eni 10,5 metr.


Topilmalar orasida eng e’tiborga molik ashѐ, bronzadan ishlangan pichoq dastasi bo‘lib, uning gulmixlari temirdan yasalgan. Bu topilma O‘rta Osiѐda temirning paydo bo‘lishi borasida yangi fikr yuritishga imkon beradi. Ushbu topilma Sopolli madaniyati ahlining temirni bilganligini ko‘rsatuvchi ashѐviy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Jarqo‘ton arkining markaziy qismida, ko‘lami 25x25 metr maydonda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida diametri 0,90 metrdan 4 metrgacha keladigan 16 ta chuqur joylashganligi qayd etildi. Bu chuqurlar har xil davrlarga oid bo‘lib, beshtasi Jarqo‘ton, uchtasi Ko‘zali, uchtasi Mo‘lali va bo‘ston davrlariga oid bo‘lsa, beshtasi Kuchuk I davriga oiddir.
Arkning janubiy qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida katta patriarxal oila yashagan ko‘p xonali uy qoldiqlari ochildi. Hozirgacha o‘rganilgan joyda uyning hovlisi, toshdan terilgan hovli yo‘lakchalari, hovliga tutashgan yashash xonalari o‘rganildi. Ikkita qurilish davri aniqlandi. Hovli va yo‘lakchalar har ikki davrda ham faoliyat ko‘rsatgan. Sig‘inish joylari - altarlar doira shaklida bo‘lib, ular xona pollari sathiga nisbatan 0,30-0,35 metr balandlikda qurilgan. Altarlarning devori 0,20 metr balandlikda bo‘lib, olovda kuymagan, ichida kul qatlamlari kuzatildi. Ko‘p xonali uyning shimol tomonida bir-biriga yaqin qilib qurilgan ikkita xumdon joylashgan.
Jarqo‘ton arkining shimoliy qismida olib borilgan ishlar natijasida mavsumiy o‘choq va xumdon ochildi.
SHunday qilib, Jarqo‘ton arkining shimoliy, markaziy va janubiy qismlarida olib borilgan ishlar natijasida arkning qurilish usuli aniqlandi. Ark faqat Jarqo‘ton davrida faoliyat etgan. Uning g‘arbiy qismida monumental bino – qal’a, ark atrofi bo‘ylab patriarxal oilalar yashagan uylar joylashgan, markaziy qismi esa keng ochiq maydondan iborat bo‘lgan.
Jarqo‘ton “shahristoni” arkining shimoli-sharqiy, sharqiy va janub tomonlarida joylashgan. U sakkizta tepaliklar majmuasidan iborat. O‘zbek-Olmon ekspeditsiyasi № 5, № 6 va № 8 tepaliklarda qazishmalar olib bordi. Natijada, №5 tepalikda bunѐd etilgan uylar 1,25 metr qalinlikdagi platforma ustiga qurilganligi aniqlandi.
№6 tepalik shahriston tepaliklari orasida eng baland va ѐdgorlikning markaziy qismida joylashgan. Bu erda A.A. Asqarov va T.SH. SHirinov tomonidan Jarqo‘ton olov ibodatxonasi ochilgan. So‘nggi yillarda bu tepalikda D. Xuff qazishma ishlarini olib bordi va ibodatxona qurilishigacha ham №6 tepalikda mahobatli inshoot bo‘lganligini aniqladi.
№6 tepalikning eng quyi qatlamida joylashgan ushbu bino ongli

www.arxeologiya.uz 20




O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)

ravishda ilk Jarqo‘ton davrida buzib tashlangan va bizgacha binoning bir qator g‘isht balandligidagi holati saqlangan. O‘rganilgan bino to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 0,90 metr qalinlikdagi devor bilan o‘ralgan. Ushbu bino ichida tomonlari 7 metrdan iborat bo‘lgan kvadrat shaklli xona, atrofida esa yo‘laksimon xonalardan iborat bo‘lgan majmua ochildi. Majmua devorlari va pollari gips bilan suvalgan va bevosita «oq saroy»ni eslatadi.


№6 tepalikda jami to‘rtta qurilish davri kuzatildi. Eng qadimgisi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli qal’a-«oq saroy» bo‘lib, quyi qatlamda joylashgan, A.A. Asqarov va T.SH. SHirinovlar tomonidan esa ibodatxonaning yuqori uchta qurilish davri o‘rganilgan1.
SHahristonning janubiy va janubi-g‘arbiy tomonida qabriston joylashgan bo‘lib, ular oltita tepalikdan iborat. SHahriston va qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish