DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismda mavzuning aktualligi asoslangan, muammoning o‘rganilish darajasi ѐritilgan, maqsad va vazifalar belgilab olingan, tadqiqot obьekti aniqlangan, ishning nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan.
I-BOB. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishi xususidagi nazariy masalalar. Ushbu bobda quyidagi nazariy masalalarga e’tiborimizni qaratdik:
O‘rta Osiѐda jamoalarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari;
ilk sinfiy jamiyat belgilarining moddiy madaniyat ѐdgorliklarida aks etishi;
ilk davlatlarning paydo bo‘lish omillari;
ilk davlatchilik belgilarining arxeologiya manbalarida namoѐn bo‘lishi;
ilk davlatlar tipologiyasi;
diniy qarashlarning rivojlanishi va uning ilk davlatchilik tarixida tutgan o‘rni.
Qadimgi SHarqda jamoalar taraqqiѐti bir tekisda rivojlanmagan bo‘lsada, u qon-qarindoshlikka asoslangan urug‘chilik jamoasi, oila jamoasi, katta patriarxal oila va qishloq jamoasi bosqichlaridan o‘tgan.
Jamoalar ishlab chiqarishni tashkillashtirish, tartibni saqlash, tinchlikni saqlash va qo‘shni qabilalar bilan aloqa qilish kabi munosabatlarni bajargan. Qishloq jamoasida boshqaruvni bir qolipga solib bo‘lmaydi. Ularni boshqarishda shu qishloqning ishlab chiqarish usuliga, din namoѐndalari ѐki harbiylarning (qurolli kishilar guruhi) jamoada tutgan o‘rnini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Jamoalar taraqqiѐtining turli bosqichlarida ilk davlatlarning har xil belgilari paydo bo‘lgan. Boshqaruv usuli, mehnat tahsimoti, mahsulotlarni ayriboshlash va nihoyat jamoalar ittifoqining shakllanishi
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
davlatchilikka bo‘lgan talabni oshirgan.
V.M. Masson aholining ijtimoiy-moddiy tengsizligini ko‘rsatadigan to‘rtta arxeologik belgini ko‘rsatib o‘tgan: 1.Uylarning oddiyligi va mahobatligi; 2. Qabrlarda uchraydigan ashѐlarning son va sifat ko‘rsatkichlari; 3. Rivojlangan hunarmandchilik; 4. Ilk shaharlarning paydo bo‘lishi. Olimning ta’kidlashicha, ko‘rsatilgan belgilardan birontasi aniqlanmasa, iqtisodi dehqonchilikka asoslangan madaniyatda ilk sinfiy jamiyat o‘rnatilgan deb bo‘lmaydi1. Ammo o‘rganilaѐtgan madaniyat aholisi ijtimoiy guruhlarga ajralgan bo‘lishi tabiiy hol, albatta.
Ilk shaharlar va davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bir-biriga bog‘liq holda kechgan. Ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishini quyidagi bosqichga bo‘lish mumkin: 1. SHahar - dehqonchilik o‘lkalari doirasidagi «nom» tipidagi hokimliklar markazi (shahar-davlatlar). 2. SHahar - hududiy davlat markazi. 3. SHahar - markazlashgan davlatlar, imperiyalar markazi.
Dissertatsiyada ilk davlatlarning 21 ta arxeologik va shu belgilar asosida 10 ta ijtimoiy belgisi ishlab chiqildi. SHu belgilar asosida Jarqo‘ton ѐdgorligini ilk davlatlarning shahar-davlatlar toifasiga kiritish mumkin.
Ilk davlatlarning arxeologik belgilari
Ijtimoiy belgilar Arxeologik belgilar
Aholi sonining oshishi va
ijtimoiy tabaqalanishni ko‘rsatuvchi
Ilk davlat markazi - shaharning bo‘lishi
Turar joy manzilgohlari sonining oshishi
Manzilgohlarning xududiy kengayishi
Manzilgohlar ierarxiyasining paydo bo‘lishi
Qabrlar, unda uchraydigan topilmalarning son va sifat
ko‘rsatkichlari
SHaharlarning paydo bo‘lishi
SHahar atrofida qishloq-manzilgoh-larning jamlanish jaraѐni
Hunarmandchilik sohalarining markazlashish jaraѐni
Masson V.M. Ekonomicheskiy i sotsialьnыy stroy drevnix obщestv. - L., Nauka, 1976. - S.184.
www.arxeologiya.uz 13
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Xunarmandchilikning
rivojlanishi
Dehqonchilikning rivojlanishi
Hunarmandchilik mahsulotlari turlarining oshishi, sifat o‘zgarishlar.
Mehnat qurollarining
takomillashuvi
Suniy sug‘orish shahobchalari va kanallarning paydo bo‘lishi.
Ekin turlari sonining oshishi
-
CHorvachilikning rivojlanishi
|
Uy hayvonlari suyaklari sonining
|
|
oshishi
|
Harbiy ishlarning takomillashuvi
Kishilarni ruhiy birlashtiruvchi markazlashgan din
Savdo va madaniy aloqa
Harbiy istehkomlarning bo‘lishi
Mudofaa devorlari, burjlar
Qurollarning takomillashuvi
Monumental ibodatxonalar
Oila altarlarining bo‘lishi
Boshqa madaniyatlarga xos bo‘lgan moddiy madaniyat namunalari
Yo‘llarning takomillashuvi
-
Diniy qarashlarning jamoalar hamda ilk davlatlarning rivojlanishi bilan xamohangligi quyidagicha kuzatildi:
-
Jamoalar taraqqiѐti
|
|
|
Sig‘inish joylari, sajdagohlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Urug‘ jamoasi
|
|
|
|
Jamoa uchun umumiy sig‘inish xonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Patriarxal oilalar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qishloq jamoalari
|
|
|
Patriarxal oilaning sig‘inish xonasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ilk shahar-davlatlar
|
|
Markaziy ibodatxonalarning paydo bo‘lishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |