Avesta va moddiy madaniyat. Avestani O‘rta Osiѐ arxeologiyasida YOz I davri bilan bog‘lovchi arxeolog va avestashunos olimlar ko‘pchillikni tashkil etadi.
I.M. Dьyakonov Avestada pul munosabatlari, soliq to‘lovlari, aloqa yo‘llari, Ahamoniylar imperiyasi va satrapliklari boshqaruvi usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramaydi»,- degan xulosaga kelgan. Bu ma’lumotlar fanda Avesta davri moddiy madaniyatini o‘rganish va shu asosda uning ѐshini aniqlashda yangi ilmiy yo‘nalish bo‘lib hizmat qilgan2.
M.M. Dьyakonovning ѐzishicha Avesta jamoasining moddiy madaniyati arxaik formada bo‘lgan, bu jamoa umuman shaharlarni bilmaydi. Mehnat tahsimoti, yaьni dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q, hattoki, bu jamoa temirdan mehnat qurollarini yasashni ham bilmagan», - degan fikrga kelgan3.
Boshqa tadqiqotchilar Avesta jamoasining dehqon va chorvador aholisi temirni bilganligini va undan hunarmandchilikda keng foydalanganligi xususida, Avestada maxsus xunarmand, kulol, to‘quvchi kabi so‘zlarni anglatgan so‘zlarni, kanallar qazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni topishgan4.
Tadqiqotchilar tomonidan Avesta davri aholisining ijtimoiy guruhlarga ajralganligi ѐki jamoaning huquqsiz a’zolari (vira, vaesa) haqida ma’lumotlar borligi aniqlangan. Aslzoda (azata, asna), harbiy (ravaestar), hukmdor (sastar, satar) kabi aholining ijtimoiy qatlamlarga ajralganliga xususida ham ilmiy izlanishlar qilingan. Asarda keltirilgan ijtimoiy terminlar asosida tadqiqotchilar Avesta davri jamoasining ijtimoiy tarkibini ham ishlab chiqqanlar: oila (nmana)
Abaev V.I. Dva zaroastrizma v Irane // VDI, 1990, №4. - S.198-207.
Dьyakonov I.M. Istorii Midii ot drevneyshix vremen do konsa IV veka do n.e. - M.,- L., 1956. - S.7-48.
Dьyakonov M.M. Slojenie klassovogo obщestva v Severnoy Baktrii // SA.Tom XIX, 1954.
Istoriya tadjikskogo naroda. S drevneyshix vremen do V veka n.e. Tom I. - M., 1963.
www.arxeologiya.uz 33
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
urug‘, urug‘ jamoasi (vis) qishloq jamoasi (zantu) viloyat, mamlakat (dahyu). SHu izlanishlar natijasi o‘laroq oila boshlig‘i (nmanopati), urug‘ oqsoqoli, boshlig‘i (vispati), jamoa boshlig‘i (zantupati), viloyat, mamlakat
hukmdori (dainhupati) kabi ijtimoiy terminlar ham aniqlangan. Davlatchilik tarixi uchun eng muhim bo‘lgan, «Mihr YAsht»dagi viloyatlar birlashmasi «dainhusasti» termini davlatchilik tarixi uchun qimmatli hisoblanadi1.
Avesta davri jamoasi uch qismdan - «ratayshtar», «atrivan» va «vastrьo-fshuyant»dan iboratligi aniqlangan. I.N. Pьyankovning fikriga qaraganda, «ratayshtar» arxeologik jihatdan platformalar ustiga qurilgan arklarda, «atrivan» arklar atrofida qad ko‘targan qal’asifat qo‘rg‘onlarda, uchinchi qatlam «vastrьo-fshuyant» esa arksiz qishloqlarda yashagan aholiga nisbatan ishlatilgan2. Tadqiqotchining aniqlashicha, arklar atrofida qaram aholi, arksiz qishloqlarda esa ozod dehqonlar istiqomat qilgan.
Avesta jamoasining ijtimoiy xarakterini belgilovchi «vira» ѐki «vaesa» terminlarini I.M. Dьyakonov uy hizmatkori, qul deb tushunsa, V.M. Masson oilaning, jamoaning kichik a’zosi deb biladi. Ma’lumki, aholining antogonistik sinflarga ajralganligini bildiruvchi arxeologik belgi, bu arklarning paydo bo‘lishidir. O‘rta Osiѐ arxeologiyasida ilk marotaba mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, shahristondan alohida ajralib turgan, platformalar ustida qurilgan arklar YOz I davrida paydo bo‘ladi.
Zardushtiylik urf-odatlari bo‘yicha «nasassa»larni jamoaning quyi tabaqa a’zolariga qo‘shish mumkin.
Avestadan sug‘orma dehqonchilikning bo‘lganligini tasdiqlovchi, yaьni kanallar qazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘qisa bo‘ladi3. SHimoliy Baqtriyadagi eng qadimgi kanal ham Kuchuk I davriga to‘g‘ri keladi. Bu Bandixon kanali bo‘lib, E.V. Rtveladze tomonidan o‘rganilgan va Bandixon I davrida qazilganligi ta’kidlangan. Kanallar qazish, bug‘doy undirish zardushtiylikda yaxshilikning ѐmonlik ustidan g‘alabasi deb tushunilgan. Dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qurol-aslahalar ham Avesta muallifi e’tiboridan chetda qolmagan4.
Avestada kulolchilik charxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramaydi va ko‘plab tadqiqotchilar Avesta jamoasini kulolchilik charhini bilmagan ѐki undan foydalanmagan deb hisoblaydilar.
Avestada hunarmandchilikning yana bir turi temirchilikning va umuman temirning kashf etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lmasada «Kichik Avesta»dagi «ayah» so‘zini V. Geyger temir deb o‘qigan bo‘lsa, A.
Avesto. Mixr yasht. 87.
Pьyankov I.N. Sotsialьnыy stroy drevnezemledelьcheskix narodov Sredney Azii (Opыt istoricheskix rekonstruksii) /ssentralьnaya Aziya. Istochniki, istoriya, kulьtura. Tezisы dokladov konferensii, posvyaщennoy 80- letiyu E.A.Davidovich i E.A.Litvinskogo. Moskva, 3-5 aprelya 2003 goda. - M., 2003. -
S.132-135.
«Avesto», Videvdat, 5,5,6,2;12,13,38; B.V.Andrianov. Rolь irrigatsii v stanovlenii drevnix gosudarstv / Ot klassovыx obщestv k ranneklassovыm. - M., 1987.
«Avesto», Videvdat 3,32; 17,3.
www.arxeologiya.uz 34
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Bartolome bu terminni umumlashtirib metal deb tarjima qilgan, arxeologik jihatdan YOz I davri A.S. Sagdullaev tomonidan O‘rta Osiѐda bronza davridan ilk temir davriga o‘tish davri deb atalgan1.
Qish davrida, ѐmg‘ir va qorli kunlarda har bir jamoada, har bir qishloqda mayitlar uchun alohida xona - «kata» qurilganligi ma’lum2. Qurilgan xonaning ko‘lami odam tik turganda boshi shiptga, ѐtganda esa qo‘l va oѐqlari devorlarga tegmasligi lozim bo‘lgan. SHu xonada murda ma’lum vaqt, toki «qushlar uchib kelguncha va kunlar isiguncha» saqlanishi mumkin bo‘lgan. Fikrimizcha, arxeologik jihatdan shunday xona Qiziltepa qazishmalari chog‘ida ham o‘rganilgan. Ushbu xonadan odam suyaklarining bo‘laklari topilgan. O‘rganilgan xonaning sathi 9 kv.m bo‘lib, qalin toza tuproq qatlami bilan to‘ldirilgan. Bizning fikrimizcha, bu erda arxeologiya va Avesta ma’lumotlari uyg‘unlashgan, ya’ni Avestada ta’riflangan «kata» o‘rganilgan.
YOz I davri kulolchiligida ham yangi an’analar, yangi shaklli idishlar paydo bo‘ladi. YOz I davriga kelib O‘rta Osiѐ kulolchiligi tarixida birinchi marotaba idish qopqoqlarining paydo bo‘lganligini va keng tarqalganligini kuzatishimiz mumkin3. Bu holatni ham kishilarning diniy va ideologik qarashlarining o‘zgarganligi alomati deb baholaymiz va zardushtiylik urf odatlari bilan bog‘laymiz. Negaki, zardushtiylik urfi bo‘yicha ovqat tayѐrlash chog‘ida ѐnaѐtgan olovga ѐki kulga ovqatning tomchilari sachrashi mumkin bo‘lmagan4.
Sopolli madaniyatidan farqli o‘laroq Kuchuk I madaniyati davrida ibodatxonalar qurilmagan. Hozircha, arxeologiya fani shu davrga oid mahobatli qilib qurilgan ibodatxonalarni bilmaydi. Odam va hayvonlar tasviri ifodalangan har xil terrakot haykalchalar yasash odati ham unutilgan5. Baqtriya va unga qo‘shni bo‘lgan hududlardagi bu o‘zgarishlarni ham zardushtiylikning keng tarqalganligida deb bilamiz. SHu erda «tarix otasi»ning hammaga ma’lum bo‘lgan quyidagi habarini keltirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi: «... ibodatxonalar va altarlar qurish ularga xos emas. Mening fikrimcha ular ellinlar singari xudolarni odam sifat deb tasavvur qilmaydilar»6.
Demak, zardushtiylik dinining ideologiyasiga monand aholining moddiy madaniyati va urf odatlari ham o‘zgarib borgan. Buni biz eng avvalo, mayitni erga ko‘mish odatining barham topganligida ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |