Reja: Maxsus kursning predmeti va asosiy vazifalari



Download 20,74 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi20,74 Kb.
#727793
Bog'liq
1-Mavzu. Turkis-WPS Office



1-Mavzu. Turkistonda jadidchilik harakatining
vujudga kelishi tarixi
Reja:
1.Maxsus kursning predmeti va asosiy vazifalari
2.Jadidchilik harakatining vujudga kelishi. Jadidchilik fenomeni.
v Asosiy adabiyotlar:
1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T. «Uzbekiston» 2009.
2. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq» 1998.
3. D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekiston» 2009.
4. Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.
5. D. Alimova, U Rashidov XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro – 2009.
6. Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma’naviyat» 2001.
7. 7.O’zbekistonni yangi tarixi. 1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. «Sharq» 2000.
v Qo’shimchi adabiyotlar
8.O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar. T. «Sharq» 1999.
9. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar «O’zbekiston tarixi» T., «Iqtisod moliya» 2006
10. Xorazm tarixi II-jild. Urganch. 1997
11. Davlatchiligi tarixi ocherklari
12. Tarix shohidligi va saboqlari. T. «Sharq» 2001
14. Z.D.Kastelskaya. Iz istorii Turkestanskogo kraya. (1865-1917) M., 1980
15. Mirzo Abdulazim Somiy. Tarixi salotini Mang’itiya. M.IVA. 1962
16. Abdurauf Fitrat. Rasskazы indiyskogo puteshestvennika.
Per s per. A.N. Kondratyeva. T. 2007
17. Shamsutdinov R. Jadidchilik haqiqatan va uydirma. «Muloqot» 1991. 11-12 sonlar.
18. Robbimova N. Turkistonda jadidchilik harakatining ijtimoiy ildizlari. T. «Yangi asr avlodi». 2005
v Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:
Ushbu mavzu orqali XIX asr oxiri XX asr boshlarda vujudga kelgan milliy taraqqiyparvarlik harakati jadidchilikning paydo bo’lish sabablari va uning mohiyatini tarixiy manbalar asosida yoritib berishdan iborat. Shuningdek, chor va sho’ro mustamlakalari siyosatiga bo’lgan munosabatni tushunishdan iborat. Talabalarda milliy o’zlik va milliy iftixorni g’oyasini o’stirishdan iborat.
v Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
v Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
v Darsning xrono kartasi-80minut.
v O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.
v Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut
v Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut
v Yo’qlama-5 minut
v Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut
v Yangi mavzu bayoni-50 minut
v Sinov savollari namunasi-5 minut
v Uyga vazifa berish-3 minut
Mustaqillik sharofati bilan milliy tariximizga bo’lgan e’tibor kuchaydi. Ayniqsa, istiqlol tufayli qaror topgan, hurfikrlik sharoitida haqqoniy tariximizni tiklash va uni xolisona tahlil etish davr talabiga aylangan, bugungi kunda oshkoralik yuzini ko’rishga va tuhmat tamg’alaridan xalos bo’lishga musharraf bo’lgan yaqin o’tmishimiz - XIX asr oxiri va XX – asrdagi milliy taraqqiyparvarlik harakati bo’lgan – jadidchilik to’g’risida fikr yuritamiz.
Maxsus kursning predmet va asosiy vazifasi ham jadidchilik harakatining tarixiy mohiyatini obyektiv tahlil etib va uning O’zbekiston halqlari tarixidagi ahamiyatini yoritishdir. Zero, prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek – fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, ularning bosib o’tgan kurash yo’lini o’rganish zarur.
Tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, milliy o’zlikni anglashning o’sishiga muhim turtki bo’lgan va milliy ozodlik g’oyasini shakllantirib, o’z faoliyati bilan uni amalga oshirishga uringan – jadidchilik harakati – jahondagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, jamiyatning pishib yetilgan rivojlanish talablari va o’lka tub yerli aholisining zarur manfaatlariga javob bergan.
Mustaqillik yillarida jadidchilik bo’yicha juda ko’plab tadqiqotlar olib borildi. Tarixchi, faylasuf, adabiyotshunos tadqiqotchilar jadidchilik harakati va uning namoyondalari faoliyati haqida ko’plab kitoblar, monografiyalar va ilmiy ishlar yaratdilar. Bularning qatoriga Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Dilorom Alimova va boshqalar nomini keltirib o’tish zarur .
Jadidchilik harakatiga bo’lgan qiziqishning toboro keng qanot yozganligini, bu mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlardagi olimlarning ham shug’ullanganligini aytish joiz.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati to’g’risida to’xtalib o’tsak. Jadidchilik, ma’rifatparvarlikdan qudratli siyosiy harakatga qadar bo’lgan murakkab rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Jumladan, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati, xalqning og’ir iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turg’unlik – jadidlarni jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga chorladi.
Turkiston o’lkasi bu davrda chor imperiyasining asosiy xom ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirilib, o’zining barcha tabiy boyliklar, xususan, paxta va ipak bilan metropoliyani ta’minlab turgan.
Keyinroq esa boshqa tabiy resurslarni Markazga yetkazib berish dasturi ishlab chiqildi. Turkistonga rus kapitalining kirib kelishi, albatta banklarning ochilishi, temir yo’llarning qurilishiga va h.ga imkon yaratgan bo’lsa, boshqa tomondan esa, sudxo’rlikning rivojlanib borishi natijasida xonavayron dehqonlar soni oshib bordi. 1912 yil noyabr oyiga kelib, aholining ijarador tashkilotlarga bo’lgan qarzdorligi 157 mln.rubl. ni tashkil etib, bu esa yersizlar soning oshishiga olib kelgan. 1917 yilga kelib, Farg’ona viloyatining alohida uyezdlarida yersiz xo’jaliklar 30 % ni tashkil etgan, Toshkent va Andijon viloyatlarida esa – 40-50 % ni tashkil etgan.
Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o’lkasidan 59 mln. puddun ziyod paxta, 8,5 mln – paxta yog’i, 950 ming – pilla tolasi, 2925 ming pud –jun olib ketilgan, Rossiyaga 70 ming ot, 12 mingdan ziyod tuyalar va b. jo’natilgan.
Boshqa tomondan, o’lkaga yetarli boy tajribaga va texnologik yutuqlarga, rivojlangan ta’lim tizimiga ega bo’lgan yanga g’arb madaniyati, g’arb dunyosi bilan bog’langan holda kirib keldi, va bu o’lkaning taraqqyparvar ziyolilar ongiga ta’sir etmay qoldi. Endilikda ular o’lkadagi murakkab vaziyat, ijtimoiy va mustamlaka asorati, o’lkaning qoloq daraja ekanligi, xalqning ma’rifatsiz ekanligini ko’rgan jadidlar, ana shunday yetilib qolgan muammolarni hal etishda dastlabki yo’l sifatida ma’rifatparvarlik yo’lini tanladilar.
Nima uchun masala aynan shunday qo’yildi? Sababi, jadidlarning o’zlari (o’zlarini «milliy taraqqiyparvarlar» deb ataganlar) – o’z davrining oliy ma’lumotli kishilari edi. Ularning ko’pchiligi talaba yoshlar edi. Ular ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o’qidilar va o’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ular Rossiya, Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo’ldilar. Bu mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ko’ra oldilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo’ldi. Natijada, jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi qo’yildi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo milliy taraqqiyparvar ziyolilari jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan keng qo’lamdagi masalalarni ega bo’lgan bu ma’rifatparvarlik g’oyalarida asta-sekin jadidchilik harakati tashkil topa bordi.
«Jadid» termini «usul-i-jadid» («yangi usul») tushunchasidan iborat bo’lib, g’arb namunasidagi yangicha usulda o’qitishga asoslangan edi. Jadidchilik o’zidagi qaysi belgilari bilan favqulodda hodisa edi? Uning fenomeni (noyobligi) nimada? Ularning jamiyatdagi inqiroz va mutaassiblikni shu darajada aniq ko’rishlariga, diniy, huquqiy va ahloqiy normalarga amaliy yondashishiga nima yordam berdi? Birinchidan, uning noyobligi (fenomeni), avvalo, unda g’oyatda yuqori darajadagi aql-idrokli, ham Sharq, ham Yevropa madaniyatiga xos bilimlarga ega bo’lgan ziyolilar jamlanganligi bilan belgilanadi.
O’tmishga nazar solib, uni o’rganib, o’z davrini tahlil qilgan jadidlar o’z Vatanining kelajagi loyihasini tuza bildilar, uning rivojlanish yo’llarini rejalashtirdilar. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ta’lim olganlari, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy she’riyati, qadimgi Sharq mutafakkirlarining falsafiy asarlari ruhid tarbiyalanganlari, o’z bilimlarini chet el madaniyati, jumladan, ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar.
Turkistonda bu harakatning ko’zga ko’ringan vakillaridan Mahmudxo’ja Behbudiy, Ubaydulla, Asadullaxo’jayev, Munavvarqori, Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Toshpo’atbek Norbutayev, Xoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Nosirxonto’ra Kamolxonto’rayev, Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Eshonxo’ja Xonxo’jayev, Is’honxon to’ra Ibrat; Buxoroda - Sadriddin Ayniy, Fayzullo Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Mussa Saidjonov, Abdulvohid Burxonov, Usmon Xo’jayev, Mirkomil Burxonov, Muhitdin Rafoat, Muhitdin Mansurov, Muxtor Saidjonov, Abduqodir Muhitdinov va b. lar; Xivada – Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Xoji Yusupov, Avaz O’tar, Husayn matmurodov, Nazar Sholiqorov, Otajon Abdalov, Xudoybergan Devonov, Muhammad Rasul Mirzo, Matyoqub Pozachi, Otajon Sadayev, Bekjon Raximov, Muhammad Devonzoda va b. lar nomlarini alohida tilga olish zarur. Bular nafaqat halq ommasining ma’rifatli qilishga balki, mustaqillik g’oyalarini shakllantirishda ham katta hissa qo’shdilar.
Jadidchilik asta-sekin rivojlanib borgan. Ma’rifatparvarlik g’oyasidan boshlangan bu harakat, keng quloch yozib borgan. Ma’rifatparvarlik bilan birgalikda, jadidlar eski ijtimoiy va siyosiy tizim taraqqiyotning ilg’or shakliga o’zgartirishga intilganlar. Lekin bu harakatning ikkinchi bosqichi edi, biz bu haqda keyinroq fikr yuritamiz. Ma’rifatparvarlik bosqichida, jadidlar o’zlarining asosiy vazifasi sifatida yangi tizimdagi ta’limni yaratishni ko’rdilar va bor kuchlarini shu islohotni amalga oshirishga sarfladilar. Ma’orif sohasidagi olib borilgan o’zgarishlar to’g’risida keyinroq batafsil so’z yuritamiz.
Turkiston jadidlarini birlashtirishda «Jadidlarning rahbari» deb tan olingan Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo’ldi. Jadidlar tarkibini yosh jihatdan tahlil qilish natijasida, jadidlarning Turkistonning bo’lg’usi davlat qurilishi dasturlarida, haqiqatan ham, yoshlar dunyoqarashi o’z aksini topganligiga ishonch hosil qilamiz. 1910 yilda jadidlar safini asosan 19 yoshdan 36 yoshda bo’gan bo’lsa, keyinchalik yoshlarning sevimli shoiriga aylangan Cho’lpon, endigina 13 yoshda edi. Ularning hyech birlari, siyosiy ta’kiblar tufayli keksalik yoshigacha yetib yashamaganlar.
Jadidchilik Markaziy Osiyoda va Yevropadagi ilg’or islohatlar oqimi ta’siri ostida, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg’or tarakkiyparvar kuchlar mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qarash bo’lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o’lkalarning umumjahon tarqqiyotdan tobora ortda qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma’naviy sohada ham yuzaga kelgan turg’unlikni chuqur anglab yetdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish g’oyalarini uyg’otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur etib ham bo’lmasdi.
Vatanimizdagi bu islohatchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqira yo’lni bosib o’tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohatlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi turli qarashlarning to’qnashuv maydoni ham bo’ldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g’oyasi, ana shu murakkab yo’lda shakllanib yetildiki, bu g’oyani biz bugungi kunda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning g’oyaviy nishonasi, keng miqyosdagi islohatlarning nasliy asosi sifatida baholashimiz mumkin.
Markaziy Osiyoda jadidchilik serqirra bo’lib, uning Turkiston, Buxoro, Xiva jadidchiligiga bo’lish lozim. Xususan Buxoro va Xiva jadidchilik o’ziga xos rivojlanib bu shu hudud aholisining (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hg’olati bilan bog’liq edi). Jadidchilikning asosiy yo’nalishi bo’lib oqimlaridan biri – Buxoro jadidchiligi bo’lgan. Buxoro jadidchiligi o’z xususiyatlari va jamiyatning ahloqiy ahvoli bilan bog’liq edi. O’ziga xos tarzda ajralib turadigan va murakkab shaxs bo’lgan Fayzulla Xo’jayev, uning maslakdoshlari Buxoro jadidchiligida markaziy o’rin tutdilar.
Xo’sh, F.Xo’jayev iborasi bilan aytganda, «Muxolif ziyolilr to’dasi» sa’y-harakati bilan boshlangan jarayon qay tariqa «milliy taraqqiyot harakati»ga aylandi? Bu tarixiy savolga F.Xo’jayev o’z maqolalari va 1926 yilda chop etilgan «Buxoro inqilobi tarixiga doir» nomli kitobida javob beradi.
F.Xo’jayevning Buxoroda jadidchilikning yuzaga kelishiga xonlikning iqtisodiy negizi, jamiyat taraqqiyotiga to’siq bo’lib turgan «g’ayri tabiy va dahshatli tartibsizliklar» sabab bo’lgan, degan fikrni inkor etish qiyin. Ayni paytda, muallif Buxoro O’rta Osiyoning qoq o’rtasi, qadimiy savdo yo’llarining markazida joylashganligini, aholining asosiy qismi savodsiz bo’lsa-da yuksak arab-fors madaniyatining izlari har qadamda uchrab turganini yaxshi tushunib yetgan. Ana shu sharoit va qadimdan zulm asosida hukm surib kelgan, siyosiy maqsadlarni ko’zlab rus nayzalari bilan qo’riqlangan Buxoro amirligi – jadidchilik Vatani bo’ldi.
F.Xo’jayevning fikricha «O’rta Osiyoni banklar, dehqonlardan xom ashyo sotib oluvchi savdo idoralari bilan qoplab olgan va» O’rta Osiyoga o’z manufakturasi, boshqa fabrikantlarni keltirayotgan rus kapitalizmi «tobora kuchayib, jamiyatning ilg’or qismini o’ylantirib qo’ydi, jadidchilikka sabab bo’ldi». Buxorodagi mavjud boshqaruv tizimi va iqtisoddi yuz bergan o’zgarishlar jamiyatning tadbirkor savdogar qismini og’ir ahvolga solib qo’ydi. Shu tufayli, «jadidchilik savdogarlar sinfining ilg’or qismi manfaatini ifoda etgan».
F.Xo’jayevning fikricha, jadidchilik Turkistonga qaraganda, Buxoroda kechroq yuzaga kelgan bo’lsa-da, jamoat hayotidagi og’ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi va bu harakat 1915 yildan boshlab madaniyatdan siyosatga qarab yo’l tutdi. Shunday qilib, «jadidlarning eng ilg’or qismining programma maksimumida asosiy o’rin tutgan g’oya, Buxoroda g’arb namunasidagi kapitalizm va demokratiya rivojlantirish edi».
Buxoro amirligida jadidlar ikki oqimga – eskicha fikrlaydiganlar va Fitrat boshchiligidagi yoshlarga ajraldi. Natijada, o’zaro kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan birlik yuzaga keldi. Bu holat esa kelishib olinmagan harakatlarga sabab bo’ldi.
Xiva xonligida ham jadidchilik XX asr boshlarida bir muncha tarixiy sharoitlarda yuzaga keldi. Xonlikda jadidchilik harakati ikki yo’nalishda mavjud edi. Uning o’ng oqimi o’ziga savdo – sanoat korxonalari egalari va yirik mulkdorlarni birlashtirdi. Bu oqimni Asfandiyorxonning bosh vaziri bo’lgan – Islom Xo’ja boshqargan. Ularning maqsadi, xonlik hokimiyatini saqlagan holda, ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar o’tkazgan holda bozor munosabatlarini rivojlantirish edi. Xiva jadidchiligining chap oqimiga mayda burjuaziya vakillari, hunarmandlar, ulamolar va aholining o’rta qatlami kirgan. Bu oqimning rahbari Xiva xonligi shayxul – islomi, qozi kalon Boboxun Salimov edi. Lekin Birinchi jahon urushiga qadar Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari bo’lmagan.
Buxorodagi jadidchilik harakati natijasida «yosh buxoroliklar» partiyasi tuzilgan bo’lsa, o’z navbatida Xivada jadidchilikning chap oqimidan «yosh xivaliklar» partiyasi tuzilib, uni Polvonniyoz Xoji Yusupov (Polyozxoji) boshqaradi. Partiya o’z dasturiga ega bo’lib, unga ko’ra Xivada konstitutsion monarxiyani o’rnatib, va unda demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish lozim edi.
Tarixning ko’rsatishicha, jadidchilik harakatida orqaga yo’l yo’q edi: u ma’rifatchilik va tor doiradagi madaniylashtirishdan ish boshlab, siyosiy harakatga aylandi, o’z oldiga jamiyat va uni boshqarishni qayta qurishdek vazifalarni qo’ydi. Shunday qilib, jadidchilik fenomeni shundaki, keyingi uch asr ichida bu oqim birinchi bo’lib, milliy davlatchilik qurishga urundi, yagona mustaqil Turkiston uchun kurashdi va u milliy mustaqillik g’oyasiga asos soldi, uyqudagi Sharqni uyg’onishga va harakatlanishga, ozodlik, milliy g’urur, o’z buyuk ajdodlari, boy madaniyati va umuman, mustamlaka tuzumning tazyiqi ostida unutilgan barcha qadriyatlarni xotirlashga undadi. Jadidlar ta’limoti – o’z zamonasining haqiqiy ta’limoti edi. Chunki u nafaqat taraqqiyparvar shaxslar, balki fikrlovchi yoshlarni, shuningdek, barcha taraqqiyparvar ziyolilarni o’z ketidan ergashtira oldi. Ularning faoliyati va dasturi kelajak uchun namuna bo’ldi. Jadidlar tomonidan pishib yetilgan ijtimoiy vazifalarni evolyusion – islohatchilik tomoyillari asosida hal etishning ishlab chiqilganligi, ularning formasion – institusional o’zgartirishlarni, mustamlaka tuzumni tubdan yo’qotishning maksimal darajada samarali yo’llarini tanlay bilganliklari, shubhasiz, ularning tarixiy xizmatlaridir. Jadidlarning konseptual g’oyalari hozirgi o’zgarishlar amaliyotining ma’naviy darakchisi, bugungi kundagi strategiya va keng qamrovli islohatlar kursining genetik asosi bo’lib xizmat qiladi.
2-Mavzu. Jadidchilik – milliy, ma’rifiy va siyosiy harakat sifatida.
Reja:
1. Jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik bosqichi
2. Siyosiy bosqich. Jadidlarning davlatchilikka oid qarashlari
3. Buxoro jadidchiligining xususiyatlari
v Asosiy adabiyotlar:
1. D.A.Alimova. Istoriya kak istoriya, istoriya kak nauka. II ch. T. «Uzbekistan» 2009.
2. Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. T. «Universitet» 1999.
3. D.Alimova, U.Rashidov. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy harakatlar va kurashlar. Buxoro-2009.
4. Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohatlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. T. «Ma’naviyat» 2001.
5. S.Agzamxodjayev. Istoriya Turkestanskoy Avtonomii. (Turkiston muxtoriyati). T. 2006.
6. F.Xodjayev. K istorii revolusii v Buxare. – T, 1926.
v Qo’shimcha adabiyotlar
7. O’zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar
8. R.T.Shamsutdinov, B.M.Rasulov. Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri XX asr boshlari) Andijon «Meros» 1995.
9. O’zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqilikka qadar. T. 1998
10. Ayniy S. Istroiya revolyusii v Buxare. Pamir, 1986. №4.
11. A.Fitrat. Amir Olimxonning hukmronlik davri T. 1992
12. Davlatchilik tarixi ocherklari
v Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi:
Ushbu mavzu orqali jadidchilik harakatining ma’rifatchilik bosqichidan siyosiy bosqichga o’tish, jadidlarning davlatchilikka oid qarashlarini, shuningdek, Buxoro jadidchiligining o’ziga xos xususiyatlarini tarixiy manbalar va adabiyotlar orqali ochib berishdan iborat.
v Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
v Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
v Darsning xrono kartasi-80minut.
v O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.
v Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut
v Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut
v Yo’qlama-5 minut
v Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut
v Yangi mavzu bayoni-50 minut
v Sinov savollari namunasi-5 minut
v Uyga vazifa berish-3 minut
Jadidchilik o’z tarixida ikki bosqichni – ma’rifatparvarlik va siyosiy bosqichlarni bosib o’tdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Turkistonning chor imperiyasi tarkibidagi og’ir ijtimoiy – siyosiy ahvoli halqning halqning og’ir iqtisodiy ahvoli, shu bilan birgalikda madaniy qoloqligi, jahonning taraqiy etgan mamlakatlaridan ortda qolishi kabilarni ko’rgan jadidlar jahon taraqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo’llarini izlab topishga chorlandilar. Yetilib qolgan muommolarni faqatgina ma’rifatparvarlik orqali hal etishga kirishdilar.
Nima uchun masala aynan shunday qo’yildi? Chunki jadidlar – taraqqiyparvarlar o’z davrining yetuk savodli kishilari bo’lgan. Ular o’qidilar va o’zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ular Rossiya ham Sharq, ham G’arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar. Ular Rossiya, Yevropa va Osiyoning boshqa davlatlarida bo’ldilar, ulardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ko’rdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo’ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish vazifasi ko’yildi. Ular bunday islohatlarni o’tkazish zaruratini nafaqat nazariy jihatdan isbotlab berdilar, balki yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari ochib, darsliklar yozib, o’z g’oyalarini amalga oshirishga katta kuch sarfladilar.
Dastlabki jadid maktablari 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkentda Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan.
1911 yilga kelib, Turkistondagi yangi usuldagi maktablar soni 63 ta bo’lib, unda o’qiydiganlar soni 4106 tani tashkil etgan. Shundan, 36 ta maktab Farg’ona viloyatida, 12 tasi – Yettisuv va 5 tasi – Samarqand viloyatida joylashgan. Toshkentda 24 ta anna shunday maktablardan bo’lib, ular ta’lim berish sifati bilan ham ajralib turgan.
Mazkur o’quv muassasalarini, to’liq g’arb tipidagi maktablar deya olmasakda, lekin darslarni tanlash va tashkil etish, eng asosiysi, o’qitish uslubi bilan yaqin hioblangan. Eski maktablardan farqli o’laroq, bu maktablarda bolalar 40 kunda savodlarini chiqargan. Shuning uchun, bunday maktablar tezlikda aholini ishonchini qozonib borgan. Shuningdek, o’qituvchilarning yoshi 25 yoshdan oshmagan bo’lib, «tayoq uslubi» o’qitish haqida gap ham bo’lishi mumkin emasdi. O’qituvchilar orasida dastlab, tatar millat kishilar ko’p edi. Keyinchalik chor hukumati «panturkizm» va «panislomizm» g’oyalarini tarqalishidan qo’rqib, ularni o’qituvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni ta’qiqlab qo’ydi. Ushbu masalani batafsil o’rgangan A.Xudoyqulovning fikricha, namunali yangi usuldagi maktablardan – Samarqandda Jo’raboyev va A. Shakuriy, Farg’onada – Abdul Vaxob va Farg’ona viloyatining Beshqovoq qishlog’ida – Mazitov maktabini, Toshkentda – Eshonxo’ja Xonxo’jayev, Sobirjon Raximov va Munavvar qori Abdurashidxonovlarning maktablari bo’lgan. Ayniqsa, hatto, chor hukumati ham Munavvar qori maktabini eng yaxshi maktab deb tan olgan. O’z vaqtida bu maktabni M. Uyg’un, Hamza, K. Ramazon va Oybeklar bitirib chiqqan.
Ta’kidlash joiz, yangi usuldagi maktablarni xususiyati shundaki, ular arab – fors yo’nalishidan voz kechib, asosan, o’zbek va tojik tillarida ta’lim olib borgan. Ba’zilarida rus tili ham o’qitilgan. Ularning tashabbuskorlari esa A.Shakuri va Munavvar qori bo’lgan. Aytish lozim, nihoyatda murakkablik bilan, ba’zi maktablarda o’g’il va qiz bolalarning birgalikda o’qishi kiritilgan, ayniqsa, Toshkent maktablarida. Agar aholini diniy darajasini e’tiborga olganda, bu haqiqatan ham inqilobiy qadam bo’ldi.
Jadid maktablarida ta’lim dastlab rus, xususan, tatar darsliklarida olib borilgan. Ammo, tezda ona tilida o’qitishning muhimligini anglagan o’qituvchilar, o’zlari ularni yarata bordilar. Masalan, M.Behbudiy va Munavvar qori Abdurashidxonovlar 15 dan ortiq o’quv qo’llanma va darsliklar yaratganlar. Jadidlarning yangi usul maktablarini ochishdagi ishtiyoqlarikuchayib borgan. Natijada, 1917 yilga kelib, Turkistonda ularning soni 100 taga yetgan.
Ma’orif tizimidagi yangilanish jarayonlari Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham quloch yozdi. 1908 yilda Buxoroda Abdulvohid Munzim tomonidan dastlabki tojik tilidagi yangi usul maktabi ochildi. Lekin bu yerdagi muttassiblik tarafdorlari bo’lgan ruhoniylarning qarshiligi shu qadar kuchli va ta’sirli ediki, ba’zida bu bir to’da mullolarning bunday maktablarni yo’q qilishga chog’langan holatlar bo’lib turgan. A. Munzimning maktabi ham shunday holga uchragan. Uning o’zi esa, xavotirlanib Qarshi ketib qoladi.
Jadid maktablarining xavaskor tashabbuskorlaridan bo’lgan, S.Ayni ham do’stlarinikida uch hafta mobaynida yashirinib yurgan.
Natijada, 1909 yilda A.Munzimning maktabi yopildi, buxoroliklarga esa hatto tatar yangiusul maktablariga bolalarni o’qishga borish ta’qiqlangan. Biroq, yangi maktablar «shov – shuvga sabab bo’lgan» edilar va aholi o’z bolalarini bu maktablarga olib kelishni davom ettirganlar. Bolalar soni 50 taga yetgach, S.Ayni so’zlariga ko’ra Gavkushon madrasasi yaqinidagi tatar maktabiga berildi.
1910 yil dekabr oyining boshlarida Buxoro jadidlari «Tarbiyai atfol» nomli yashirin jamiyat tuzdilar, bu jamiyat boshlang’ich maxfiy usuldagi maktablarning ochilishi bilan shug’ullangan. 1911-1912 yillarda Buxoro amirligida bunday maktablardan 57 tasi faoliyat yuritgan. Ularning orasida eng yaxshilari Mukomil Burxonov, Usmonxoji Po’latxojiyev, Xolidxoji Mehri (1913) larniki bo’lgan. Buxorodagi Mulla Vafoning maktabida asosiy e’tibor rus tiliga qaratilgan.
Yangi usuldagi ta’lim amirlikning – Qarshi, Shahrisabz, Qorako’l, G’ijduvon kabi shaharlarida ham keng tarqaldi. 1914 yilda bu maktablar Buxoroning yuqori ruhoniy vakillari tazyiqi va amir Olimxonning buyrug’i bilan yopilgan. Aholi ayniqsa, ziyolilar yangiusul maktablarini yaxshi natijalarga olib kelganligini bildilar shu bois, turli ta’qiqlarga qaramay, ularning soni oshib boraverda.
Xiva xonligida ma’orif sohasidagi islohatlar ancha yengil kechdi. Bunga sabab, Xiva xoni Muhammad Raxim II (Feruz) madaniyat yangi texnologiyalar tarafdori edi. 1874 yilda uning tashabbusi bilan Rossiyadan Xivaga litografiya stanogi keltirildi. Aytish joiz, xonlikda yangi maktablarning ochilishi Buxorodagiga nisbatan hukumat qarshiligiga uchramadi. Feruzning o’zi maktablar tashkil etishni qo’llab quvvatladi, shu bois yuqori tabaqa amaldorlari ham shu yo’ldan bordilar.
1906 yilda uning ruxsati bilan Urganchda qizlar maktabi ochiladi. Shuningdek, ma’orif sohasida islohatlarda xonlik bosh vaziri hisoblangan Islom Xo’ja ham faol harakat olib bordi. U o’zining taraqqiyparvarlik qarashlari bilan, Xivada to’liq jadidchilik harakatini qo’llab-quvvatladi. Xiva xonligi ma’rifatparvarlari va rahbarlari, jumladan, Bobooxun Salimov, P.Yusupovlar tashabbusi bilan yangi Urganch, Qo’ng’irot, Gurlan, Shovotlarda yangi maktablar ochildi. Shuningdek bu boradi, «Jamiyati xayriya» tashkilotining ham o’rni muhim bo’lib, u mablag’ yig’ib yangi maktablar tashkil etishdi. B.Salimov va B.Raximovlar boshlang’ich maktablar uchun yangi darsliklar yaratdilar.
Jadidlarning halqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqatlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Taraqqiyparvar kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida ham ko’rindi. Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muharrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muharrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «Shuhrat», Ahmadjon Bektemirov muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.
Lekin tez orada chor ma’muriyati o’zinig eksperti N.P.Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi. Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «El bayrog’i», «Kengash», «Ulug’ Turkiston», «Turon» ro’znomalari, «Oyina» oynomasi, 1917 yilda esa «Xurriyat», «Farg’ona sohasi» «Najot», ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi. Demak, yuqoridagi bildirilgan harakatlardan ko’rinib turibdiki, jadidlar taraqqiyotga erishishning bosh asosi milliy matbuot va halq ta’limini rivojlantirish deb hisoblaganlar.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, jadidlar faoliyatinig ikkinchi bosqichi siysiy bosqich hisoblanadi. Jadidlarning davlatchilikka oid qarashlari halq birinchi bosqichdayoq shakllanib borgan edi, ikkinchi bosqichga kelib esa tugallangan shaklga aylandi. Jadidlar o’zlarining kelajakdagi davlat tuzumini barcha millatlarning birligi asosida tasavvur etganlar. Bu haqda Behbudiy shunday degan edi: «Biz joriy etgan qonunlar yahudiylarning ham, nasroniylarning ham, musulmonlarning ham va umuman barchaning manfaatlarini himoya qilish kerak. Agar biz, Turkiston musulmonlari, birgalik islohatlar o’tkazishni istasak, bizning ziyolilar, ma’rifatparvarlar, boylar, ruhoniylar va olimlar millat va Vatan faravonligiga xizmat qilishlari kerak. Agar bizni mustamlakachilik qonunlari bilan boshqarayotgan ekanlar, buning sababchisi, avvalo o’zimizning noittifoqligimizdir».
Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dasturlarini o’rgandilar. Lekin milliy mentalitetning o’ziga xos xususiyati bo’lgan o’zbek halqining tinchliksevarlikka, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yo’li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon berishgaerishishga intildilar. Ammo chorizm ma’muriyati Davlat Dumasida Turkistonlik vakillar bo’lishini man etgan. Shunda jadidlar, birlashib yagona musulmon partiyasi tuzi shva Butunrossiya musulmonlari ittifoqi tarkibiga kirish zarurligi haqidagi fikrga keldilar. Shu bilan ular Rossiyadagi barcha turkiy halqlar orsidag progressiv kuchlarga tayanishga intildilar.
Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. Chunonchi, Toshkent polisiyasi departamentiga yetkazilishicha, manna shunday guruhlardan birini o’qituvchi Ahmadjonov boshqargan va u asosan, milliy ziyolilar hamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan.
Markaziy Oiyo jadidchiligiga Turkiya va 1905-1911 yillardagi Eron inqiloblari sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu mamlakatdagi milliy ziyolilar vakillari monarx hokimiyatining konstitusion doirada cheklanishiga, milliy burjuaziyaning iqtisodiy qudratini mutahkamlash uchun shart-sharoitlarni qo’lga kiritishni erishishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar. Biroq ularning tajribalari Turkiston jadidlari tomonidan mexanik tarzda ko’chirib olinmadi. Ular Sharq va Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilikka qarshi kurash hamda demokratik harakat amliyotidan o’lka sharoitlariga muvofiq keluvchilarini tanlab oldilar.
Rossiya fevral demokratik inqilobi arafasida, Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy harakatga aylandi. Agar birinchi jahon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «Taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga a) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarishyuzasidan asosiy islohatlar o’tkazish, b) o’lkaga Davlat Dumasidan aholi soniga qarab o’rin berish, v) asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, g) chorizmni konstitusion tuzum bilan almashtirish kabilar kirdi. Rossiyadagi fevral demokratik inqilobi Rossiyadiga yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruhlantirib yubordi.
Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «Sho’rai Islomiya» (1917 yil mart), «Ittifoq» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda, jadidlar tub yerliaholi ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustahkamlash, jipslashtirish hissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushunib yetdilarki, Rossiyadagi Muvaqqat hukumat ham, uning Turkistondagi Muvaqqat Qo’mitasi ham o’lkada avvalgidek, mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutdi. Chunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. Shu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo hayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular hukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonni Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-hududiy muxtoriyat olish uchun ostoydil harakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy hujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-hududiy muxtoriyat asosiy tamoyillarini amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka hokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sud mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi.
1917 yil iyunda «Sho’ron Isolomiya»dan eskilik tarafdorlari ajralib chiqib, o’zlarining «Sho’ron Ulamo» tashkilotni tuzdilar Bolsheviklarning ta’sirini kuchaytirmaslik va milliy harakatning birlashuvi muhimligini anglagan taraqqiyparvarlar, bu ikki jadidchilik oqimining qo’shilishiga va «Turk Odami markaziyati nomi bilan ataluvchi yagona partiyaning tashkil etilishiga olib keldi.
Turkistondagi oktyabr voqyealari va bolsheviklarning hokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. Shunga qaramay, ular yangi bolsheviklar hokimiyatining «Millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risida» gi deklarasiyasida ko’rsatilgan huquqlaridan foydalanib, markazi Qo’qonda bo’lgan, «Turkiston Muxtoriyati» deb atalgan mustaqil muxtor respublika e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika 1918 yil fevralda bolsheviklar tomonidan tugatiladi.
Agar ma’rifatparvarlik bosqichida jadidlar Turkiston aholisini birlashtirish masalasiga e’tibor bergan bo’lsa, 1917-1918 yillarda Turkiston muxtoriyatining asosiy maqsadi millat manfaatiga qaratilgan. Behbudiyning fikricha, hyech kim va hyech qanday hokimiyat halqqa o’z hohishi bilan mustaqillik bermaydi. Tarixdan yaxshi ma’lumki, deydi u, «Haq olinur, berilmaydur. Har millat va mamlakat xalqi o’zining huquqi, din iva siyosatini harakat va ittifoq ila boshqalardan oladi… Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari, istaymizki, hyech bir kishi bizning din va millatimizga zulm, tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa aslo fikr va niyatimiz yo’q».
Jadidlarnig Turkistondagi davlat qurilishi to’g’risidagi xulosalarga kelishida, o’lkaning iqtisodiy rivojlanishini kuzatishlari muhim ahamiyat kasb etgan. U Xo’jayevning maqolalaridan biri (1915) o’lka ziyolilarining iqtisodiy ahvoli va xarakteri to’g’risida to’la tasavvur beradi. Bu haqda obyektiv tasavvur hosil qilish maqsadini o’z oldiga qo’ygan muallif Qo’qon, Andijon va Namanganga borib, vaziyatni
Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish