Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAQLLANTIRISHDA OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING OʻRNI



Download 85,53 Kb.
bet6/9
Sana30.05.2022
Hajmi85,53 Kb.
#621081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari kurs ishi

II-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI SHAQLLANTIRISHDA OILA, TAʼLIM MUASSASALARI VA ISLOM DININING OʻRNI
2.1. Shaxs maʼnaviyatini shaqllantirishda ota-ona va oilaning, mahallaning masʼuliyati
Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari koʻp. Shulardan biri farzandning ota-onaga va ota-onaning farzandga bo`lgan munosabati masalasidir.
Oʻzbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab, Hozirga kadar davom etib kelayotgan, oʻz axamiyatini xech kachon yukotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri — ota-onani farzandlar tomonidan yuksak darajada eʼzozlash, izzat-ikromini, xurmatini joyiga kuyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kura mexribon, aziz va mutabar zot yuk. Ota-ona farzandlarning suyanchigi, bitmas-tuganmas boyligidir.
Ota-ona oʻz farzandidan xech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari xam ana shunda. Oʻzbek xalqi odob-axloqi buyicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan utish gunox hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beo`lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodik bo`lish, duolarini olish — bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muxim talablaridan biridir.
Buyuk bobomiz Xazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani xurmat qilish “...farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek kil, xizmating qancha ortik boʻlsa xam kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoyining obod bo`lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan — birisini oy deb bil, ikkinchisini kuyosh. Ularning soʻzlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chizikdan tashqariga bir kadam xam bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab” soʻzidagi “dol” kabi komatingni xam kuy».
Tan olishimiz kerakki, sho`rolar davrida keksalarni, ota-onalarni xurmat qilish xaqidagi milliy k,adriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Baʼzi yoshlarimizda oʻzlaridan kattalarni, nuronii kariyalarni xurmat qilish, ularning nasixatlariga kulok solish singari yuksak maʼnaviy fazilatlar yo`qolib ketayotgani sezilmoqda. Extimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik eʼtibor berishmas, lekin biz, oʻzbeklar buni xis qilmay ilojimiz yuk.
Oʻziga tuk, boy-badavlat bo`lgan ayrim farzandlarning ota-onalari keksalar uchun ajratilgan uylarda yashayotganligiga tokat qilib bo`lmaydi. Goxi-goxida boʻlsa xam, ota-onaga kul ko`tarish, undan xam ogirrok jinoyat qilish xollari sodir bulib turganligi ni eshitib turibmiz! Bu — oddiy nukson emas, balki uchiga chikkan tubanlik, bagritoshlik, milliy qadriyatlarimizni oyoxosti qilish, oʻz insoniyligini yo`qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga oʻzbek xalqining shaʼniga dog tushuradigan bunday yaramas xodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo boʻlishi tabiiy. Sho`rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning ugitlari, pand-nasixatlari, ajoyib anʼanalarimiz targib qilinish oʻrniga nukul Koralandi, yomon otli qilindi, bidʼat, xurofot, deb baxolandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz urganilmadi, targib etilmadi. Ularning oʻrniga taʼlim-tarbiya borasida Evropa, Rusiya modelini ko`klarga ko`tarib maktab, targib qilib, yoshlarimizni oʻz milliy Qadriyatlarimizdan bebaxra qilib qoʻydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, kuni-kushni, mahalla-kuylar taʼsiri kabi taʼlim-tarbiyaning xayot sinovidan utgan bebaxo boyliklaridan judo bula boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek Qo`yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mexr-shafkat, ota-onalarga eʼzoz, farzandlarga mexr-sadoqat kabi insonni inson sifatida uluglaydigan, axloqiy, maʼnaviy jixatdan goʻzal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa, yoshlar qalbidan o`rin ola boshlagani kuvonchli bir xoldir.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Asosiy qonuni — Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va masʼuliyatlari nimalardan iboratligi milliy Qadriyaglarimizdagi asosiy g`oya va koidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida kayd qilinishicha, voyaga etgan, mexnatga layokatli farzandlar oʻz ota-onalari xaqida gamxurlik qilishga majburdirlar.
Xullas, xar bir farzandning oʻz ota-onasini eʼzozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi masʼuliyati sanaladi. Ota-onani eʼzozlashning kuyidagi sharkona talablariga hammamiz amal qilishimiz xam farz, xam karz, farzandlik burchimizdir: Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib kuyish, kasal bo`lganda shifokorga ko`rsatish, keraqli dori-darmonni keltirib berish, Doimo xol-axvol, sixat-salomatliklarini so`rab turish, ota-ona oldida “ux” tortmaslik, gerdaymaslik lozim buladi. Ota-ona norizo bo`lgan ishni kilmaslik, arok ichma, giyoxvandlik kilma, yomonga kushilma, desa uni kilmaslik va kushilmaslik kerak buladi. Kuchada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovkatga, dasturxongakul oʻzatmaslik, otadan avval utirmaslik, otadan kura poygakda utirish, otaning oldida oyokni oʻzatib yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chakirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish kilayotgan boʻlsa, xech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona oʻz farzandidan rozi buladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi ungidan keladi, oldiga kuygan maqsadiga erishadi. Ota rozi — xudo rozi, degan xikmatda gap koʻp. Ota-onasi norizo bo`lgan farzand kechgacha yugursa xam, ishining barakasi bo`lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, o q fotixasini olishda xikmat koʻp. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir xovuch oltin, xazina. Kelgusi xayotimiz uchun poydevor kuyish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni urasan, Siz ota-onangizga nima qilgan boʻlsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu xam tabiat qonuni boʻlsa ne ajab!
Endi ota-onani xurmat qilishning ulugvorligi xaqidagi baʼzi ibratli fikrlarni xadislardan keltirib utamiz. “Kaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan kaysi birini xafa qilsa, uni rozi kilmaguncha, Alloh. taolo undan rozi bo`lmaydi”; “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bulib, Alloh taolo uning umrini xam ziyoda qiladi”; “Uch toifa kishilarning duosi, xech shubxasiz, Alloh taolo xoshida makbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi”; “Ota-onalarning keksaygan vaqtda xar ikkisini yoki biri bo`lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bulib olmagan farzand xor bo`lsin, xor bo`lsin va yana xor bo`lsin”; “Ota-onaga itoat qilish — tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunox qilish tangri oldida gunox ish qilish bilan barobardir” va boshqalar.
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi xaqida fikr yuritdik. Ota-onaning xam farzand oldidagi burchi nixoyatda katta va masʼuliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday maʼnaviyat egasi boʻlishi koʻp jixatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bogʻliq. Xar bir ota-ona farzandi oldida oʻz otalik, onalik burchini tulik xis etishi, unga javobgarligini maʼnan anglab etishi kerak.
Sobiq sho`rolar davrida oʻzok vaqt milliy va maʼnaviy tarbiya chetga surib Qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona masʼuliyati pasayib ketganligi xech kimga sir emas. Vaxolanki bola, o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muxim axamiyatga ega. Farzand tarbiyasi kuyidagi boskichlarda amalga oshirilishini xar bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan xoli bo`lmaydi: Birinchisi — nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi — bola tugilmasdan uch-To`rt yil oldin boshlanishi kerak. Yaʼni bulgusi ona va otaning sogligi, farzand tarbiyalashga masʼulligini hisobga olish lozim buladi. Bu — bola, farzand ko`rishni istagan ota-onaning bo`lajak farzandlari taqdiriga masʼuliyat bilan karab, oʻzlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi. Ikkinchi boskich — xomiladorlik davridagi parvarish. Bu masala uta muxim, uta axamiyatli bulib, bizda bu eng qoloq soxa bulib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda xomiladorlik davri tugilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi koʻzda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. Uchinchi davr — bola tugilgandan to 6-7 yoshgacha bo`lgan davr. Shu davrga kelib, bola maʼnaviyatining asosiy kurtaqlari shaqllanib buladi. Sung ana shu maʼnaviy kurtaqlarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.
Maʼnaviy barkamollik, balki, beshikdagi allaning mazmunidan bolani kiyintirish-u uni xalol luqma bilan bokishdan boshlanishi mumkin. Xazrati Baxouddin Nakshband aytganlaridek, insondagi yaxshi feʼllar, amallar xalol luqmadandir. Demak, ota-ona farzandini xalol luqma bilan boksa, u farzand maʼnan pok va xalol bulib voyaga etadi. Biz sho`rolar zamonida buni unutayozdik, axamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani xam toʻzum oʻz manfaatlariga moslashtirib, uni oʻz kuliga oldi.
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek, u xali tugilmasdan ota, ona va butun oila aʼzolari xamjixatligida boshlashimiz lozim buladi.
Olamda barcha narsa jufg-juft bulib yaratilgan. Juft bulib yashash tabiat qonuni, takozosi. Lekin oila bulib yashash barcha maxluqotlar orasida Faqat odam nasliga xosdir.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bugini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin — ikki tirik vujudning, ikki olamning oʻzaro ittifoqidan paydo bo`lgan uchinchi bir olam — bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, axil boʻlsa, olam tinch va obod. Aks xolda, turmush doʻzaxga aylanadi, oila zindonning oʻzi buladi, buning jabrini esa er va xotinning oʻzigina emas, balki farzandlari, yakinlari xam tortadi.
Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muxabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muxim omil hisoblanadi.
Shaxs maʼnaviyati, uning dunyoqarashi, eʼtikodiga ko`nikmalar majmui asosan oilada shaqllanadi. Shu maʼnoda, oila — haqiqiy maʼnaviyat uchogi, mafkuraviy tarbiya omili va muxitidir. Binobarin, milliy g`oyamiz, mafkuramizga xos ilk fazilatlar oila muxitida singadi. Bu jarayon bobolar ugiti, ota ibrati, ona mexri orqali amalga oshiriladi.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan mukaddas anʼanalari orqali yoshlarda Vatanga muxabbat, imon-eʼtikod, masʼuliyat, vatanparvarlik, isnonparvarlik, ilmga ishtiyok, mexnatsevarlik ko`nikmalari shaqllanadi.
Ota-onalar bolalarda yoshlikdan xalq, yurt taqdiri uchun fidoiylik tuygusini shaqllantirish, ezgulik, insonparvarlik, raxm-shafkatlilik ruxida tarbiyalashga masʼuldirlar. Buning uchun oʻz farzandlarini yoshligidan boshlaboq, narsalar olami bilan tanishtirishning milliy anʼanalarimizga xos shaqllarini kullashlari lozim. Bu jarayonda milliy turmush tarzimizga yot bo`lgan “jangari” o`yinchoqlar, multfilmlar, kinofilmlardan imkon kadar foydalanmaslik maqsadga muvofik. buladi. Balki, sharkona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o`yinlar, o`yinchoklar, rasmli kitoblar, milliy ertaqlaʼr asosida yaratilgan multfilmlarni ko`rishga ko`niktirish ular maʼnaviy-mafkuraviy tarbiyasida muxim rol uynaydi. Masalan, “Zumrad va Kimmat”, “Yoriltosh”, “Xuja Nasriddinning sargoʻzashtlari” kabi qator ertak-filmlar orqali bolalarda yaxshilikka muxabbat, yomontak, yovuzlikka nisbatan nafrat tuygularini tarbiyalash, adolat tantanasiga ishonch xissini uigotish mumkin.
Eng qadimgi odatimizga kura, oʻzbek oilasi xam tuydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq- topganini el-yurt oldiga kuysam, deydi. Xalqimizni tuysevarlikda ayblab bo`lmaydi. Agar ayblasak, oʻz-oʻzimizni kamsitgan bo`lamiz. Tuy va maʼrakalarimizga o`rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin tuy baxona soxta obru olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yo`l kuyishni oqlab bo`lmaydi. To`y va maʼrakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va maʼnaviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bo`lgani yaxshi.



Download 85,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish