2.2. Shaxs maʼnaviyatini shaqllantirishda taʼlim tarbiya muassasalarining ma`suliyati.
Milliy maʼnaviyat “millat” tushunchasi bilan bogliq-“Millat” soʻzi “oʻzak”, “tub moxiyat”, “negiz” degan maʼnoni bildiradi. “Millat” soʻzi arab tilida kuyidagi uch maʼnoni anglatadi: birinchi — din, mazxab; ikkinchi — ummat; uchinchi — xalq, kavm. Millat soʻzi Qurʼoni Karimda ham qoʻllanilgan. Qurʼonda har bir millat vakili oʻz milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, oʻz millatidan, kavmidan kechib, boshqa millatga utib olishi esa gun ox deb taʼriflangan.
Evropa adabiyotida qoʻllaniladigan “natsiya” soʻzi esa kabila, xalq degan maʼnoni bildiradi.
Binobarin, bu ikki tushunchada xam asosan muayyan etnik birliklarning oʻziga xosligini bildiruvchi maʼno yotadi.
Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar, millatlar oʻrtasidagi maʼnaviy munosabat, aloqalar rivojlanib boraveradi. Maʼnaviyatni To`rt guruhga bo`lish mumkin: Birinchisi — shaxs maʼnaviyati, ikkinchisi — milliy maʼnaviyat, uchinchisi — mintakaviy maʼnaviyat, To`rtinchisi — umuminsoniy maʼnaviyat.
Shaxs maʼnaviyati — xar shaxsga tegishli bulib, uning ichki ruhiy holati, xatti-xarakatlari, munosabatlari va boshqa qirralarini oʻz ichiga oladi.
Milliy maʼnaviyat — muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo`lgan royat kimmatli maʼnaviy boyliklardir.
Mintakaviy (regional) maʼnaviyat — muayyan jugrofiy mintaka millatlariga xos, ular uchun umumiy bo`lgan maʼnaviy boyliklardir. Masalan, Urta Osiyo xalqlarining yoki slavyan xalqlarining maʼnaviyatidagi yoki yanada kengrok doirada oladigan boʻlsak, Shark va Garb maʼnaviyatidagi mushtaraqlik, uxshashlikni olishimiz mumkin.
Mintakaviy maʼnaviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yakinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jixatlar namoyon buladi.
Umuminsoniy maʼnaviyat — butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo`lgan maʼnaviy-axloqiy boyliklardir.
Milliy maʼnaviyat — boshqa millat maʼnaviyatidan tubdan fark qilinadigan maʼnaviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy maʼnaviyat boshk,a xalqlarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo, milliy maʼnaviyatda boshqa xalqlarning maʼnaviyati aynan takrorlanmaydi. Shunday bo`lganda edi milliy maʼnaviyat bulmas edi.
Milliy maʼnaviyat, avvalo tarixiy xodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda, bir yilda, balki bir asrda xam mukammal shaqllanmaydi. Milliy maʼnaviyat tarixi millatning maʼnaviy takomil jarayoni bilan bogʻliq,. Unda baʼzan asrlar kunlarga va aksincha, kunlar asrlarga teng boʻlishi mumkin. Milliy-maʼnaviy kamoloti zamonda, yaʼni millatning butun tarixi davomida yo`z beradi. Bunda esa u baʼzan shiddat bilan yuksalib borsa, baʼzan esa maʼlum darajada tanazzulga yo`z tutishi xam mumkin. Insoniyat tarixiy jarayoni uchun bir narsa ayonki, tarix xodisalari, shaxslar, vokealar utib ketadi, moddiy madaniyat unsurlari emiriladi, ammo, maʼnaviyat yuksalib, boyib, tobora kengroq kulam va teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyat kismi maʼnaviy tanazzulga yo`z tutgan fojiaviy sharoitlarda xam milliy maʼnaviyat yukolmaydi, kulami va mazmuni jixatdan oʻzi etishgan kamolot boskichini yukotmaydi. Milliy maʼnaviyat erishgan kamolot boskichini yo`qotish uchun (shu jumladan, umuman milliy maʼnaviyatni xam) ajdodlar yaratgan barcha maʼnaviy merosni maxv etish, insonlar xotirasini tamomila uchirib tashlash, ulardan xatto irsiy xotirani xam barbod qilib — mankurtga aylantirish kerak buladi. Bunday xoldan Sizu Bizni Allohning oʻzi asrasin!
Millat mavjud ekan, milliy maʼnaviyat buladi. Milliy maʼnaviyatni yo`qotish mumkin emas. Milliy maʼnaviyatni yo`qotish uchun qanchalik xarakat qilinsa, shunchalik milliylikni, milliy maʼnaviyatni saqlash uchun kurash kuchayadi. Xulosa shuki, inson qalbidagi milliylikni yo`qotish mumkin emas.
Ko`rinadiki, milliy maʼnaviyat xodisasi xam tarixiy, xam bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan koʻp o`lchamli vokelikdir. Inson maʼnaviy olami o`lchamlari cheksiz bulib, uni xech bir narsa bilan o`lchash, kiyoslash mumkin emas. Milliy maʼnaviyat avvalo, milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun xam mustaqillikka erishganimizdan buen milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muxim bugimi sifatida olib karamoqdamiz. Milliy ongning rivojlanishi pirovard milliy oʻzlikni anglash sari etaqlaydi.
Milliy maʼnaviyatning asosiy belgi va oʻzagi — milliy axloq; sanaladi. Bizning milliy axloqimizdagi belgilar boshqa xalqlar axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon buladi.
Milliy maʼnaviyatda — milliy xis, tuygu, ruxiyat xam muxim o`rin egallaydi. Chunonchi, zamona takozosi bilan boshqa yurtga safarga borgudek boʻlsak va usha erda milliy kuy, kushikni eshitgudek boʻlsak, bizning vujudimizni ajib bir xis, tuygu qamrab oladi va undan ruhiy xoʻzur olamiz, kanoat xosil etamiz. Yaʼni maʼnaviy ozukalanamiz.
Milliy maʼnaviyatda milliy manfaat xam muxim rol uynaydi. Sobiq sho`rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yuyganlar va milliy manfaat yo`zasidan xarakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar.
Oʻzbek xalqi uchun umuminsoniy maʼnaviyat bilan birga milliy maʼnaviyat va uning boyliklari xam g`oyat kimmatlidir. Bularga oʻzbek xalqining oʻzi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga utib, boyib, saykal topib, ryavojlanib borayotgan milliy-maʼnaviy boyliklar, ajdodlardan kolgan axloqiy anʼana, marosimlar, axloqiy pand-nasixatlar va xokazolar kiradi.
Urta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda oʻzbeklarda kadrlangan, oʻzbekona axloq,, odobga oid maʼnaviy fazilatlar xaqida koʻplab kimmatli fikr, maʼlumotlar mavjuddir. Zaxiriddin Muhammad Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida oʻzbeklarga xos bo`lgan koʻplab maʼnaviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bular imon va eʼtikodlilik, andishalilik, oilaga muxabbat, bolajonlik, xalollik, birovning xakiga xiyonat kilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, opa-singil, karindosh-uruglariga mexribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, saxovatlilik, xushfeʼllik, shirinsoʻzlik,. mardlik, odillik, xayolilik, mexnatsevarlik va boshk,alardir.
Urta Osiyoga sayoxatga kelgan German Vamberi “Buxoro yoxud Movarounnaxr tarixi” asarida Oltin Urdadagi oʻzbeklarning musulmoncha tarbiyalanganini, savdo-sotikda ogir vazminligini, ok koʻngillilik va samimiyligini, kamgapligini, sadoqatliligini, dovyuraqligini, shinavandligini, oilaviy munosabatlarda pokligini, muloxazaliligi, andisha bilan toʻgri soʻzlashishini, ota-onaga xurmati va eʼtikodi kuchliligini, birinchi bulib utirmaslik va birinchi bulib soʻzlashmasligini, mugombirlikni bilmasligini, dinga eʼtikodi kuchli bulib, bu jixatdan anatoliyali turklarga uxshashligini ko`rsatgan.
Oʻzbek xalqining Hozirgi milliy maʼnaviyati va qadriyatlari o`tmish milliy maʼnaviyatining davomi bulib ularga dustlik, urtoklik, mexmondustlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuoma-lalilik, jamoa ichida oʻzini tuta bilishlik, xayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchakchaqlik, xushfeʼllik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, roʻzgorparvarlik, shirinsoʻzlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muxabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostguylik, xalollik, oru-nomuslilik, toʻgrilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, xojatbarorlik, ota-ona va kattalarni xurmat qilish, mexnatsevarlik, o`tmishga xurmat, insoflilik, imonlilik, milliy g`urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshk,a milliy, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar kiradi.
Millat, xalq bor ekan uning maʼnaviy dunyosida milliy jixatlar doim saqlanib koladi. Oʻzbeklarning milliy maʼnaviyati, erkak va ayollarning oʻziga xos sharkona axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, kuni-kushnilar, mahalla-kuy aloqalari, xalollik, imon, vijdon bilan bogʻlik, maʼnaviyati Faqat o`tmish sadosi emas, balki Hozirgi kun uchun xam xosdir.
Oʻzga millatlarning maʼnaviy qadriyatlari qanchalik taʼsir ko`rsatmasin kattalarga, ota-onaga xurmat, kamtarlik, xalollik, imon, mexnatsevarlik, mexmondustlik singari milliy maʼnaviy fazilatlarimiz barqarordir. Chunki bu maʼnaviy xislatlar avloddan-avlodga utib kon-konimizga singib ketgan. Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular xayo, ibo, nomus bobida, sila, karindosh-uruglarga nisbatan munosabat bobida sharqona, oʻzbekona fazilatlarni tark etmaydilar. Millat bor ekan, uning maʼnaviyati saqlanib koladi va rivojlanaveradi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, ota-onani, yoshi uluglarni va kichiklarning izzatini oʻz oʻrniga kuyish, xurmat qilish xam milliy maʼnaviyatimizga kiradi. Bu yo`l istiklol va istikbol muammolarini o`tmishning boy tajribasi bilan boglashga yakindan yordam beradi.
Odatda kishilar koʻpincha ikki ishda katga xatoga yo`l kuyadilar. Birinchisi — yoshlarni xali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi — keksalarni qariya deb chetga surib kuyganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bogʻliq bo`lgan katta tashabbus, kuch va gayrat buladi. Keksalar esa xaet yo`lida koʻp issik, va sovuq kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda oʻzokni uylab, bosiklik bilan ish qilish, etti o`lchab bir kesish singari maʼnaviy boylik va yetuk tafakkur saloxiyati bor. Oʻzbeklarning “kari bilganni pari bilmas”, degan xikmatida koʻp maʼno bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi, gayrati keksalarning boy xayotiy tajribasi bilan boglangandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning bilimi, xaet tajribasi yoshlar uchun maʼnaviy kamolot va ibrat maktabidir. Keksa avlodning xaet tajribasini mensimaslik hamma davrlarda xam jamiyat uchun faloqatli oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, 1920-30 yillarda xali xayotda biror ogir sabokni ko`rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar koʻplab ishbilarmon, mexnatsevar dexkonlarni kulok qilish, molu-mulkini musodara etib, oʻzok, erlarga badarga qilish vazifasini oʻz zimmasiga olgani xam katta iktisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy buxronlarga sabab buldi. Hozir xam keksalarning kadriga etmaydigan, ularni mensimaydigan yoshlar oz emas. Bu oʻzbek milliy maʼnaviyatidagi salbiy bir xol, ko`rinish Uning oldini olish zarur.
Sovett-talitar toʻzumi sharoitida maʼnaviy-axloqiy faoliyatlarning milliy jixatlari, anʼanalarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi. Ularni maʼnaviy kuloklik ifodasi sifatida talkin etildi. Shark xalqlarining, jumladan, oʻzbek xalqining ming yillik maʼnaviy boyliklarini oʻzida mujassamlashtirgan xadislar, shariat xukmlari diniy xurofat sifatida qaralandi.
Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-xayo, xalollik va pokizalik, inson kadr-kimmati toʻgrisidagi maʼnaviy qadriyatlariga zid bo`lgan evropacha anʼanalar yoshlar maʼnaviyatiga salbiy taʼsir utkazdi. Shu tufayli maʼnaviy tubanlik yo`zaga keldi. Yoshlarda asriy milliy maʼnaviyatimizga zid bo`lgan bagritoshlik (farzandni, ota-onani tashlab ketish singari), kotillik (oʻz farzandini uldirib yashirish), xudbinlik, maishiy boʻzuklik, giyoxvandlik kabi maʼnaviy kiyofa yo`zaga kelib, ildiz ota boshladi.
Abdulla Avloniy va boshqa maʼrifatparvar fidoiylar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda xukmron bo`lgan maʼnagviy inqiroz xaqida gapirib, bu ogir vaziyatdan taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshilash, axloqni yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini kayd qilgan edilar. “Tarbiya, — degan edi Abdulla Avloniy. — bizlar uchun yo xayot — yo mamot, yo najot — yo xaloqat, yo saodat — yo faloqat masalasidir”.
Bu fikrlarning axamiyati Hozirda xam kamaygani yuq Oʻzbek millati Faqat milliy maʼnaviy kamolot orqaligina yo`zaga kela boshlagan milliy-maʼnaviy aynishning oldini olishi mumkin.
Sovet totalitar toʻzumi barbod boʻlishi, Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini kulga kiritishi jamiyatimiz maʼnaviyatida chukurlashib borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, xalqimizning baxti buldi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda milliy maʼnaviy poklanish, unglanish, tiklanish jarayoni yo`z berdi. Yosh avlodni, vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruxida tarbiyalash, milliy g`urur tuigusini kuchaytirish, imon, vijdon, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, ishbilarmonlik singari xislatlarni shaqllantirish, mustaqillikning ongli fidoiysiga aylantirish Hozirgi kundagi milliy-maʼnaviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir.
Milliy tarbiya — u yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarniig milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, anʼanalarni oʻzlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bulib, u milliy ong va milliy oʻzlikni anglashning subʼektidir. Milliy tarbiyaning asosiy yoʻnalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, vatanparvarlikni, mexnagsevarlikni, yuksak insoniylikni rivojlantirish, merosni, urf-odatni, qadriyatlarni, fan, texnika, texnologiyalarni oʻzlashtirishga intilishni rivojlantirish, mexr-oqibat, imon-eʼtikod, or-nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning moxiyatini tushunib etish va unga amal qilish ruxiyatini shaqllantirish kabilar tashkil etadi.
Milliy tarbiyaning yana bir yoʻnalishi — ota-ona, karindosh-uruglarning xurmatini joyiga kuyish, oilaning mukaddasligi tuygularining barkamol boʻlishiga erishish, oʻzaro munosabatlarda yonma-yon yashayotgan oʻzga millatlar va elatlar vakillarining manfaatlarini hisobga olish kabilar tashkil etadi.
Xullas, Prezidentimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek, milliy tabiatimizga xos bo`lgan mexr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu-xayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizning koʻp jixatdan ajratib turadigan bagrikenglik, mexmondustlik, okkoʻngillilik xususiyatlari xaqida oʻzok, gapirish mumkin.
Xech birimizni xalqimizga xos ana shunday fazilatlar tark etishga kul kuyib bo`lmaydi. Chunki bu maʼnaviy kashshoklikka olib keladi.
Umuminsoniy maʼnaviyat va uning zaminlari
Umuminsoniy maʼnaviyat — butun insoniyatga, jaxon xalqlariga tegishli bo`lgan maʼnaviy boyliklardir. Umuminsoniy maʼnaviyat oʻzok, va yakin o`tmishda yaratilgan, Hozirda esa maʼnaviy jixatdan juda kimmatli, inson qalbida uchmas iz koldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo`llaydigan maʼnaviy boyliklardir. Umuminsoniy maʼnaviy boyliklariga esa ilm-fan, jumladan falsafiy tafakkur yutuqlari, adabiyot va sanʼat asarlari, kashfiyot va ixtirolar, maʼnaviy madaniyat durdonalari, xurfikrlik, umuminsoniy axloqiy meʼyorlar va boshqalar kiradi.
Umuminsoniy maʼnaviyat oʻz ijobiy axamiyatini xech kachon yukotmaydi. Oltin zanglamas, kuyosh koraymas deganlaridek, umuminsoniy maʼnaviyat xam doim qadimiy va novkiron bulib turaveradi. Ular umumbashariy maʼnaviyat deb xam yuritiladi. Inson ozodligi, salomatligi, xar bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy ximoyalanish imkoniyatlari va u xakda gamxurlik qilish kabi maʼnaviy masʼuliyat oʻz axamiyatini doim saqlab kolaveradi. Adolat, tenglik, axil kushni.chilik kabi maʼnaviy qadriyatlar asrlar osha yashab kelmoqda, uni butun insoniyat avaylab-asrab kelmoqda. Mexnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, dustlik, xalollik, vatanparvarlik va boshqalar xam umuminsoniy maʼnaviyat sanalib, u xar bir xalq, millatda oʻziga xos ravishda namoyon buladi.
Oʻzidan kattalarni, ota va onani xurmat qilish, farzandlar xaqida gamxurlik qilish xam umuminsoniy maʼnaviy jixatlari bilan ajralib turishini yoddan chiqarmaslik keraq Vijdon, burch, baynalmilalchilik xam umuminsoniy maʼnaviyat tizimidan o`rin olgandir.
Yuqoridagi maʼnaviylik tushunchalarining milliy chegarasi yuk,. U hamma millat, xalq uchun bab-barobar tegishlidir. Ammo, ularning hammasi Faqat muayyan milliy shaqlda namoyon buladi. Umuminsoniy maʼnaviyatda biz milliy maʼnaviyatning eng olijanob, eng yuksak ko`rsatkichlarining umumjaxon miqiyosida mujassamlashgan birligini kuramiz.
Oʻz taraqqiyoti uchun xar bir millat umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan, xazinasidan foydalanishi, unga suyanishi tarixiy zaruratdir. Buningsiz zamonaviy ilkor millat xaqida orzu qilish mumkin emas. Umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan foydalanish milliy cheklanganlik kobigidan chetga chiqishga, olamni kengrok anglash va koʻzatishga undaydi.
Agar milliy maʼnaviyat bulmasa umuminsoniy maʼnaviyat yuk umuminsoniy maʼnaviyatisiz esa Hozirgi zamon ilgor millatlari yuq Millatlar umumjaxon, umumbashariy maʼnaviyatning yaratuvchilaridir Islom Karimov aytganidek: “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan boglanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan xissa qo`shgan. Turli millat vakillariga xurmat, ular bilan baxamjixat yashash, diniy bagrikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, oʻzga xalqlarning ilgor tajribalari va madaniyatini oʻrganish kabi xususiyatlar xam xalqimizda azaldan mujassam”. Umumjahon, umuminsoniy maʼnaviyat esa Hozirgi zamon ilgor millatlari taraqqiyotining zamini, tayanchi va negizidir.
Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotida esa milliy va umuminsoniy maʼnaviyatning ana shu dialektik bogʻliqligini hisobga olishimiz davr talabi. Buni esa Prezidentimiz Islom Karimov maʼnaviyat toʻgrisidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda hisobga olganlitining guvoximiz. Xususan, Prezidentimiz “Oʻzbekistonning uch istiklol va taraqqiyot yo`li” asarida, “Milliy madaniyatning oʻziga xosligini tiklashga aloxida eʼtibor berilishi keraq Shu bilan birga milliy oʻz-oʻzini anglashning tiklanishi jaxon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari, ideallaridan bizning koʻp millatli jamiyatimiz anʼanalaridan ajralib qolishi mumkin emas”, — deb taʼkidlagan edi. Mustaqillikni mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy maʼnaviyatimiz boyliklari bilan birga umuminsoniy maʼnaviyat boyliklaridan foydalanish negiziga kurmogimiz lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida millatlararo madaniy-maʼnaviy munosabatlarning kengayishi va chukurlashuvi
Bozor munosabatlariga utish davrida koʻp millatli davlatlar uchun milliy siyosatni toʻgri, aniq, koʻzlangan maqsad asosida olib borish juda muximdir. Bu esa taraqqiyotning jadallashuviga yordam beradi. Millatlarning va ular madaniyatlarining bir-biriga taʼsir ko`rsatishi koʻp millatli davlatlarda yashayotgan xalqlarning maʼnaviy-aqliy boyishi uchun yaxshi manba bulib xizmat qilib kelgan!
Oʻzlarining tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovchi millatlar uchun hamma joyda, hamma vaqt milliy ehtiyojlarini kondira olishlari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab birinchi galda milliy xududiy toʻzilmalari bo`lmagan xalqlarda aloxida ahamiyat kasb etadi.
Millatlararo munosabatlarda o`tmishda yo`l Qo`yilgan kamchilik va nuksonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Mamlakatimizda xalqlar tinch-totuvligini taʼminlash chora-tadbirlari kurildi.
Oʻzining tarkibi va mazmuni jixatidan xilma-xil xalqlar birligidan tashkil topgan bizning jamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlab qolishda bizning qonun bazamiz yakindan yordam bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 8-moddasida: «Oʻzbekiston xalqini millatidan kati nazar Oʻzbekiston Respublikasining fukarolari tashkil etadi», — deb taʼkidlanadi.
Oʻzbekiston xududida yashaydigan etnik ozchilikning xuquqlarini ximoya qilish davlat kontseptsiyasi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida yakkol belgilab berilgan. Unda aytilganidek, “Oʻzbekistan Respublikasi oʻz xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini xurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Mustaqillik yillari millatlararo maʼnaviy va madaniy-maʼrifiy munosabatlarning kengayishi va chukurlashuvi ana shu Qonun doirasida rivojlantirilib kelinmoqda. Oʻzbekistonda yashayotgan boshqa millatlarning vakillari orasida xam etnik — madaniy, maʼnaviy asoslarda jipslashish jarayonlari faol yo`z bermoqda.
1989 yiddayok mamlakatda milliy-madaniy markazlarni tashkil qilish asosida tub axoli bo`lmagan xalqlar milliy anʼanalari, madaniyatlari va boshqa oʻziga xos jixatlarini rivojiga keng yo`l ochib berdi.
1989-yilda Madaniyat vazirligi xoshida mamlakat millatlararo Madaniyat markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan, Kozoq, koreys, arman, ozarboyjon, tojik madaniyat markazlari faoliyat ko`rsata boshladi.
Vaqt utgan sayin ularning soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ularning soni 80 tadan oshdi. Hozirda esa ularning soni 100 tadan oshib ketdi. Bunday rivojlanish oʻz navbatida ularning faoliyatini muvofiklashtirishni taqozo qiladi. Shu maqsadda 1992-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Baynalmilal madaniyat” Markazi tashkil qilindi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiklashtirish va ularga kumaqlashish uning asosiy vazifasi qilib belgilandi.
Milliy-madaniy markazlar Oʻzbekistonning koʻp millatli jamiyatini siyosiy, iktisodiy, madaniy-ma`naviy jixatdan qayta ko`rish jarayonida ijobiy rol uynamoqda.
Milliy maxdudlik, xudbinlik kasaliga chalingan kimsalar esa — mening millatim maʼnaviyati, madaniyati bo`lmaganda jaxon madaniyati, maʼnaviyati bulmas edi, degan g`oyat zararli qarashni, g`oyani ilgari surib, ximoya etadilar. Mustaqillik sharoitida bunday zararli g`oyalarni ilgari surish va ximoya etishga intilish millatlararo munosabatlarning negiziga putur etkazadi, milliy totuvlikka raxna soladi. Biz qanchalik oʻz madaniyatimiz, maʼnaviyatimizni xurmat qilmaylik, shu bilan birga boshqa millatlar, jaxon xalqlari maʼnaviyatiga ham xurmat bilan qarashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |