Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa ekanligi



Download 85,53 Kb.
bet4/9
Sana30.05.2022
Hajmi85,53 Kb.
#621081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari kurs ishi

1.2. Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa ekanligi
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolgʻizlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo oʻzaro turlicha munosabatda boʻladilar va tarix davomida bir-birlariga taʼsir oʻtkazib, oʻzlarini ham, oʻzgalarni ham maʼnaviy boyitib boradilar. Ammo hech qachon, hech bir xalq oʻzligidan butkul kechib, boshqa xalq maʼnaviyati hisobidan oʻzini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul oʻzga bir maʼnaviy muhitda tarbiya topib, unga toʻliq moslashishi mumkin. Bu inson tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq toʻligʻicha oʻzligidan kechib, oʻzga xalq maʼnaviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yoʻq boʻladi, oʻz maʼnaviy qiyofasini yoʻqotgan millat yoʻqolgan millatdir. Shu sababli ham milliy mustaqillik poydevorini maʼnaviy mustaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy maʼnaviyatning takomili esa oʻsha millatga mansub har bir shaxsning maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻliq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.
Milliy maʼnaviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish keraqligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq koʻrsatib va qayta-qayta taʼkidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy maʼnaviyatimiz nazariyasini shaqllantirish uchun butun keraqli unsur va tarkiblarni yaratib qoʻyipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlugʻ anʼana – ulugʻ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon oʻz muqaddas mulki deb tan olgan maʼnaviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy maʼnaviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod eʼtiborini jalb etish maqsadini koʻzda tutadi.
Islom Karimov xalq maʼnaviyatini yuksaltirish deganda nimani koʻzda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan — 1990-yili Oʻzbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan boʻlib, ushbu maʼro`zada inson ruhiyatining noziq va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga toʻla milliy-tarixiy anʼanalar bilan, umuminsoniy maʼnaviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin oʻtmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olgʻa surilgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq maʼnaviy boyligining ildizlariga eʼtibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab toʻplangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan oʻtgan. Insonlarga ogʻir damda madad boʻlgan. Bizning vazifamiz — shu xazinani koʻz qorachigʻimizdek asrash va yanada boyitish, soʻzda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, eʼtiqodining erkinligini taʼminlashimiz kerak”2. Milliy maʼnaviyat – har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi oʻtmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar maʼnaviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. Milliy maʼnaviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik boʻlib, millatning oʻtmishi, buguni, hamda kelajagini oʻzida mujassam etadi. U millatimizning maʼnaviy takomil jarayoni bilan bogʻliq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan maʼnaviy merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaqlarida oʻz aksini topgandir. Uning teranligi va koʻlami ajdodlarimizning ming yillar davomida toʻplagan yaxlit tarixiy-maʼnaviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda zuhur.
Shunday qilib, maʼnaviyat — insonning ruxiyatini. uning oʻz-oʻzini anglashi, didi, farosati. adolat bilan razilligi yaxshilik bilan yomonlikni, goʻzallik bilan xunuklikni, vazminlnk bilan joxillkni ajrata bilish qobiliyatini aql-zakovatini yuksak maqsad va g`oyalarni kuya bilish ularni amalga oshirish uchun xarakat qilish va intilish saloxiyatdir. — deb taʼrif berish o`rinli deb hisoblaymiz. Albatta. bu taʼrif eng oxirgi, kiyomiga etgan mukam­mal deb, aytishimiz mumkin emas.
I.A Karimov aytganidek, maʼnaviyat — taqdirning exsoni emas. Maʼnaviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va kul bilan mexnat qilishi keraq
Maʼnaviyat inson tugilishida ona suti, uning allasi, mexri, ajdodlar qadriyatlari taʼsiri ostida shaqllanadi. Uning shaqllanishida oiladagi muxit, jamiyatdagi xamjixatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparshrlikning k,ay darajada amal qilinishi asosiy o`rinni egallaydi.
Barcha fanlarda bo`lganidek, maʼnaviyatning xam mustaqil pred­meti mavjuddir. Uning predmeta inson va jamiyat maʼnaviy xayoti maqsadi esa komil inson — imon-eʼtikodi butun irodasi baquvvat erkin fukaro maʼnaviyatini shaqllantirish va jamiyat maʼna­viy saloxiyatini rivojlantirishdir. Ana shu keng kamrovli vazifalardan ko`rinib turibdiki, inson kamoloti va jamiyatning yuk­sak darajaga ko`tarilishi maʼnaviyatni rivojlantirishga bogʻliq buladi.
Maʼnaviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonnning xatgi-xarakatlarida, oʻz oilasi, millati va vataniga bo`lgan munosabatlarida namoyon buladi. Yuqorida aytganimizdek, uning shaqllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof-muxit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muxim ahamiyatga ega.
Odam ota-onadan tugiladi, ammo uning axloq, odob borasidagi fazilatlari, yaʼni maʼnaviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy munosabatlar taʼsirida shaqllanadi. Insonning maʼnaviy olami asosan ijtimoiy tarakkiyogning mahsuli boʻlsa xam, u oʻz navbatida, jamiyat iksidiyotiga nixoyatda katga taʼsir ko`rsatadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, imon, vijdon, xalollik, mexnatsevarlik, insonlarvarlkk, eʼtikodi, vatanparvarlik, milliy va insoniy g`urur tuygusi, burch va masuliyatni xis qilishi qanchalik kuchli, Yuqori boʻlsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari xam kengayishiga, tinchlik, osoyishgalik, xamjixatlik barqaror boʻlishiga olib keladi.
Xuddi shuning uchun xam Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chakirik Birinchi sessiyasida soʻzlagan nutkida: «Taraqqiyot taqdirini maʼnaviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati maʼna­viy barkamolpik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruxiy-maʼnaviy saloxiyat — maʼrifatli insonning ikki qanotidir», — deb ko`rsatgan edi.
Jamiyat taraqqiyotining xar bir yangi bosqichi kishilarning maʼnaviy kamolatiga xam yangi davrning yo`zaga kelishidir. Maʼnavitsiz adolatli, yuksalish imkoniyatiga ega bo`lgan jamiyat bo`lmaganidek, jamiyatsiz maʼnaviyat xam rivojlanishi mumkin emas.
Jamiyatning iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy soxalarida mavjud bo`lgan muammolarini maʼnaviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali xal etish mumkin.
Maʼnaviyag millatni taraqqiyotga egaqlovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muxim omil sanaladi. Chunki k,aerda, kaysi mamlakatda maʼnaviyat yuksak darajada boʻlsa, usha joyda, usha mamlakatda joxillik, hasadguylik, beparvolik, xudbinlik, qalloblik, manmanlik, tekinxurlik, giybat qilishlik, kurolmaslik, yovlik, qoʻparuvchilik, oʻz Vatani va xalqiga nisbatan sotkinlik, tuxmat qilgan kabi salbiy illatlar, maʼnaviyatsizlik ko`rinishlariga o`rin qolmaydi.
Maʼnaviyat xar doim maʼrifat bilan uyg`un xolatda rivojlagnib boradi. Maʼrifat — bilish, bilim, tanish va maʼlumot, — degan maʼnoni anglatadi.
Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir yangi tarixiy davrga utishi maʼrifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning, millatning eng yetuk, ongli, oq-korani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, oʻzokni koʻzlovchi maʼnaviyatli kishilari maʼrifatparvarlik bilan shugullanganlar. Chunki, maʼrifat — maʼnaviy karamlik, qo`rquv va xadikni bartaraf etadi, insonga bekiyos iloxiy qudrat, mislsiz saloxiyat baxsh etadi. Mamlakat, millatning ozodligi — uning maʼrifiy uygoqligidadir. Odamzod naslining ulurligi esa bilimdan.
Bilingki, bilim va maʼnaviyat uylab ko`rilsa, misoli bir jilov. U insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, yaʼniki maʼnaviyatsizliklardan tiyib turadi. Shu tufayli ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz doimo maʼrifat va maʼnaviyatga intilib yashaganlar. Ular maʼnaviyat va maʼrifat chiroklarini mashʼala singari yokdanlar. Yuksak maʼnaviyat va maʼrifat tufayli Turon zamin er yo`zida shuxrat kozongan.
Maʼrifat va maʼnaviyatlilik, uning inson, jamiyat xayotidagi axamiyati ustida fikr yuritganda, maʼrifat va maʼnaviyat, maʼnaviyatlilikning nisbatiga xam eʼtibor berilishi lozim bo`lgan masala hisoblanadi.
Maʼnaviyatli odamlarning hammasi xam doimo maʼrifatli, shu bilan birga maʼrifatli, ilmli kishilarning xam hammasi yuksak maʼnaviyatli bulavermaganlar. Shunday kishilarga qarata xaqli ravishda olim bulibtiyu, ammo odam bulmapti iborasi ishlatiladi. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Olim bulmasa bulmas, ammo maʼnaviyagi yuksaq Olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi ogir. Ulardan elga, yurtga foyda yuq. Щuning uchun xalqimiz: “Olim bulma — odam bul”, iborasini ishlatib kelgan. ikkalasining uyg`unligi barkamollikni taʼminlaydi. Maʼnaviyat va maʼri­fat bir-birini inkor etadi degani emas. Maʼnaviyat va maʼrifat bir-biriga chambarchas bogʻliqdir. Ular bir-birini quvvatlab, oʻzaro taʼsirlanib rivojlanib boradi.
Zaminimizda kamol toptan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar oʻzlarida maʼnaviyat va maʼrifatni yuksak dara-jada mujassam etgan allomalar bo`lganlar. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Hozirgi davrda milliy kamolot yo`li, komil insonni, sogʻlom avlodni voyaga etkazish yo`li mana shu yo`l, bundan boshqa yo`l yuk
Maʼnaviyat va maʼrifat xalqimizning, millatimizning kelajagi uchun suvday va xavoday zarur.
Maʼnaviy va maʼrifiy tarbiyani birga olib borish taraqli-yottakrzosi. Ularni boshqa-boshqa olib borib bo`lmaydi. Ularning chinakkam uyg`unligini taʼminlash orqaligina komil insonni tarbiyalab etkazish va mamlkatning yuksak taraqqiyotini taʼmin­lash mumkin buladi.



Download 85,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish