Dafn etish joylari (qabristonlar)ni saqlash va ulardan foydalanish
Bajardi: Muxlisboyev Diyor Guruh: 110-21
Qabriston yoki mozor (arabcha: مقبرة) marhumlar dafn etiladigan maхsus joy. Qabriston turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyan хalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar, shuningdek, hokimiyat organlari tomonidan oʻrnatilgan maʼmuriy va sanitariya normalari bilan belgilanadi.
Qabriston, mozor — marhumlar dafn etiladigan maxsus joy. Q. turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyan xalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar, shuningdek, hokimiyat organlari tomonidan oʻrnatilgan maʼmuriy va sanitariya normalari bilan belgilanadi. Dafn etish joylari antik davrda va qadimiy Sharqda nekropol deb atalgan. Oʻzbekistonda Q.ga qadimdan alohida eʼtibor berilgan. Q uchun koʻpincha tepalik joylar tanlangan, atrofi devor yoki panjaralar bilan oʻralgan. Mashhur kishilar uchun esa maqbaralar qurilgan. Oʻrta Osiyoda yashovchi boshqa dinga mansub xalqlarning alohida Q.lari boʻlgan (mas, Buxoro yahudiylari qabristoni, eroniylar qabristoni (shialar uchun), yevropaliklar qabristoni va boshqalar).
Endilikda O‘zbekistonda qabristonlarda qabrlar atrofini to‘siqlar bilan o‘rab olish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida belgilangan.
Kelajakda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to‘siqlar (o‘simliklardan iborat yashil to‘siqlardan tashqari) bilan o‘rab olish taqiqlanadi.
Qolaversa, qo‘shni qabrlar hududlarini va bo‘sh yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir nechta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
yangi qabristonlarni barpo etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qabul qilingan qaroriga asosan tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan amalga oshirilishi belgilanmoqda;
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (fuqarolik xizmati ko‘rsatish boshqarmalari) va qabristonlarning ma’muriyatining vazifalari bo‘yicha tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda;
xayr-ehsonlarni yig‘ish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish choralari belgilanmoqda.
dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan, o‘lim to‘g‘risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina berilishiga doir o‘zgartirish kiritilmoqda;
E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
- Muxlisboyev Diyor
Do'stlaringiz bilan baham: |