Eslab qoling!
Geografik determinizm — insoniyat taraqqiyotida tabiiy sharoit- ning ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi g‘oya, yondashuv.
Eski dunyo — Xristofor Kolumbgacha insonlarga ma’lum bo‘lgan dunyoning bir qismi — Yevropa, Osiyo, Afrika.
Yangi dunyo —
Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi va boshqa sayyohlar tomonidan ochilgan dunyo — Shimoliy va Janubiy Amerika.
Bilimingizni sinab ko'ring:
Arastu qaysi asarida tabiiy sharoitning xalqlar xarakteriga ta’siri to‘g‘risida muhim fikrlar aytgan?
Geografik deterinizm deganda nimani tushunasiz?
Jan Boden, Sh. Monteske, Ritter tabiiy sharoitning ijtimoiy hayot jarayonlari rivojlanishiga ta’siri haqida fikrlar aytganini daftaringiz- ga yozing.
Nima uchun insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlari dara- jasida qolib ketgan qabilalar hozirgi paytda faqat tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan ekvatorial o‘rmonlarda saqlanib qolgan?