«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


§. DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT



Download 2,02 Mb.
bet104/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

§. DAVLAT KUCH-QUDRATI VA GEOSIYOSAT

Geosiyosiy tahlilning muhim elementi davlatning kuch-qudrati hisoblanadi. Davlatning kuch-qudrati deganda ikki narsa tushuni- ladi: birinchidan, davlatning o‘z maqsadiga boshqa davlat siyosati- ga tashqi siyosat orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishishi; ikkin- chidan, uning o‘z manfaatlarini o‘zining imkoniyatlari vositasida himoya qila olish imkoniyatlari tushuniladi.

Har qanday davlatning kuch-qudratini quyidagi omillar belgi- lab beradi: davlatning geografik o‘rni, tabiiy resurslar; sanoat salo- hiyati; qurolli kuchlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari; inson resurslari; milliy xususiyat; milliy ma’naviyati; diplomatiya sifati; davlat boshqaruvi darajasi. Davlat kuch-qudratini aniqlab beruvchi bunday yondashuv atributli yondashuv deb ataladi. Chunki mazkur yondashuvda asosiy e’tibor kuch-qudratning eng muhim jihatlari- ni o‘rganishga qaratiladi.

Qadimdan kuchli hisoblangan davlatlar nisbatan bo‘sh (kuch- siz) davlatlarni bo‘ysundira olmaganligi haqida juda ko‘p misollar mavjud. Masalan, miloddan avvalgi V asrda benihoya qudratli Fors davlati yarim asrlik urush natijasida erksevar yunon shaharlari — polislari tomonidan mag‘lub qilingan. XX asrning ikki buyuk davlati — AQSH va sobiq Ittifoq ham maqsadiga erisha olmadi. AQSH Vetnam urushida, sobiq Ittifoq qurolli kuchlari Afg‘onis- tonda mag‘lub bo‘ldi. Shu munosabat bilan hozirgi geosiyosat nazariyasi davlatlar o‘rtasidagi kuchlar nisbatini baholash masalasi- ga e’tibor bermoqda. Ushbu muammo xalqaro hamjamiyatda kuchlar muvozanatini aniqlash bilan bog‘langan.

Kuchlar muvozanati tarixiy kategoriya bo‘lib, u insoniyatning va mintaqalarning taraqqiyotini belgilab beradi. Raqobat qilayot- gan davlatlar frontal raqobatga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bizga ma’lumki, bunday raqobat davlatlarning barcha manfaatlarini o‘zaro yo‘q qilishga yo‘naltiriladi. Geosiyosiy raqobat gorizontal (yuzalama) va vertikal (bo‘ylama) xususiyatga ega. Gorizontal raqobat quruqlik va dengiz yuzasida vujudga kelib, suvdagi va quruqlikdagi raqobatga bo‘linadi. XX asrning 60—90-yillari va hozirgi paytda harbiy havo kuchlarining kuchayishi bilan vertikal raqobat ham vujudga keldi.

Raqobat cheklangan xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin. Bun-


day raqobat cheklangan hududda vujudga kelishi va chuqurlashishi mumkin. Masalan, Kuba, Yaqin Sharq bunga misol bo‘la oladi.

Raboqatda geosiyosiy yo‘nalishlar muhim vazifani bajaradi. Ular juda muhim quruqlik, dengiz va havo yo‘llari hamda kom- munikatsiyalar bilan bog‘langandir. Mazkur yo‘nalishlarga neft va neft mahsulotlarini Yaqin Sharqdan Yevropa va AQSHga yetkazib beruvchi asosiy yo‘llar va quvurlar kiradi.

Geosiyosiy yo‘nalishlar jahon geosiyosiy xaritasini shakllan- tiruvchi, unda mintaqalarni birlashtiruvchi vosita rolini bajaradi. Shu vaqtning o‘zida davlatlar hamda ularning o‘zaro aloqadorligi va ta’sirini tartibga solib turadi.

Shunday qilib, geosiyosiy yo‘nalishlar (chiziqlar) — bu geo- siyosiy makonni tashkil etuvchi jarayonlarning elementlaridir. Geosiyosiy makon (siyosiy makon) deyilganda davlat yoki davlat- lar ittifoqi tomonidan nazorat qilib turiladigan makon tushuniladi.




Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish