4. Qaysi olim «geosiyosat» tushunchasini qachon fanga olib kirgan?
Bu bosqichda jahon kuchlari markazi sifatida Rossiya va Avstriya—Vengriya imperiyasi, Britaniya kolonial imperiyasi (imperiya sifatida 1876-yilda e’tirof etilgan bo‘lsa ham), Germa- niya imperiyasi (1871-yildan), XIX asrning o‘rtalaridan jahon
kuchlari markazi sifatida Fransiya (qonuniy jihatdan respublika hisoblanar edi) o‘zini namoyon eta boshladi. 1877-yildan boshlab Turkiya sultoni «Usmonli turklar imperatori» maqomini qabul qildi.
Bu bosqichda yirik geosiyosiy markazlarning harbiy, siyosiy va boshqa ko‘rinishdagi nizolari, goh bir markazning rivojlanishi (AQSH, Germaniya) yoki, aksincha, parchalanishi, yo ta’sir doira- sining pasayishi (Rossiya, Ispaniya) kuzatiladi.
Bu bosqichdagi eng yirik voqealardan biri ikkita yirik ittifoq- ning shakllanishi hisoblanadi. Birinchi ittifoq «Uchlik ittifoqi» hisoblanib, unga Germaniya, Avstriya — Vengriya va Italiya kir- gan edi. Ikkinchi ittifoq Antanta hisoblanib, unga Fransiya, Ang- liya va Rossiya davlatlari birlashgan edi.
«Uchlik ittifoqi»ning Birinchi jahon urushida (1914—1918) parchalanib ketishi Versal geosiyosiy bosqichining boshlanishi bilan xarakterlanadi va geopolitik kuchlar nisbatining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Kuchli siyosiy markaz bo‘lib hisoblangan Germaniya, Avstriya—Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari inqirozga yuz tutdi. Ushbu davlatlarning parchalanishidan paydo bo‘lgan nisbatan kichik davlatlarni Versal shartnomasining mual- liflari o‘z ta’sir doiralariga kiritishni maqsad qilib oldilar. Versal shartnomasi siyosiy yetakchilikni quruqlikda Fransiyaga, dengizda esa Angliyaga tegishini ta’minlab berdi.
G‘olib davlatlar siyosatchilari nuqtayi nazaridan Rossiya uchun Yevropada joy yo‘q edi. Versal shartnomasining ajralmas qismi hisoblangan Millatlar ligasi nomidan Germaniya va Turkiya imperiyalari koloniyalari g‘olib davlatlar tomonidan bo‘lib olindi. AQSH Prezidenti Vilsonning rejalariga ko‘ra Rossiya davlati bir necha ta’sir doiralarga bo‘linishi kerak edi. Masalan, Kavkaz Turkiya imperiyasining bir qismi sifatida, O‘rta Osiyo esa biron-bir Yevropa davlatining protektorati qilinishi lozim edi. Rossiya va Sibirning o‘zida esa amalda hech qanday siyosiy kuchga ega bo‘lmagan qaram davlat tuzish ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda jahonning 15 ta yirik davlati o‘z qo‘shinlarini Rossiya hududiga kiritdi.
Birinchi jahon urushida eng katta yutuqqa AQSH burjuaziyasi erishdi. U o‘z kuchini his qilgan holda 1922-yilda Vashington kon- ferensiyasida AQSH Angliya bilan bir qatorda harbiy dengiz floti- ga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: