Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Kirish
O'zbekiston respublikasi 1991-yil mustaqillikka erishganidan so'ng, yurtimizda qator islohotlar o'kazildi. O'zbekiston respublikasi mustaqilligini chet davlatlar ham tan oldi. Bu narsa o'z navbatida chet davlatlar bilan turli xil sohalarda shartnomalar tuzishga imkon yaratdi. Ayniqsa, Rossiya, Angliya, Fransiya, Turkiya va boshqa davlatlar shuningdek arab davlatlari bilan ham bir qancha shartnomalarga erishildi. Shunday qilib, rus, ingliz, fransuz tilini biladigan kadrlarga balki, arab tilini ham biluvchi yetuk mutaxassislarga ehtiyoj ortib bordi. O'zbekistonda chet tillarini o'qitishga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashashni, ular bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham xizmat qiladigan muhim omildir. 22 ta arab mamlakatiga birlashgan va “Arab dunyosi” deb nomlangan hududda yashayotgan 260 milliondan ortiq xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlariga jahonda qiziqish ortib bormoqda, chunki mazkur hududda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shganligi barchaga ma’lum
Mustaqillik tufayli ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bunday o‘zgarishlarni ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida sezish mumkin. Muhtaram marhum prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov 2012-yilda "chet tillarini o'qitishni rivojlantirish" to'g'risidagi qarori ham buning yorqin ifodasidir. Shu asnoda, arab tiliga ixtisoslashgan maktablar, o'rta va oliy ta'lim muassasalari ochildi. Arab tilini o'rgatish uchun darslik qo'llanmalar tayyorlandi. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida, institut, universitetlarda arab tilini o‘rgatishga munosabat yaxshi tomonga o‘zgardi. Bu tilni mukammal egallashda yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli va samarali foydalanishga shart-sharoit yaratildi.
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standatrlarining takomillashtirilgan variantlari yaratildi va u ta’lim tizimiga tadbiq etilmoqda. Bu hijjatlarda chet tillari, shu jumladan arab tilini o‘qitilishi oldiga aniq talablar qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, sharq tillarini chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarning bitiruvchilari o‘z bilimlarini shu yo‘nalishdagi akademik litseylarda yoki kasb-hunar kollajlarida davom ettirishlari mumkin. Arab tilini maktablarda o‘qitish uchun yaratilgan dasturlar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan D.Alievning amalda foydalanish uchun tavsiya etilgan “Arab olami”, M.Miryoqubovning yeti tildagi “Tishing sog‘, vaqting chog‘” kitoblari o‘qituvchi uchun manbaa vazifasini o‘taydi. B.Ibrihimov, I.Oxunov, M.Ho‘jaevlarning xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun qayta nashr etilgan “Arab tili darsligi”, M.Abdullaevning 7-9 sinflar uchun yaratgan “Arab tili” o‘quv qo‘llanmasi, 2008 yilda chop etilgan N.Usmonovning “Arabcha matnlar to‘plami” o‘qituvchi va talabalarga taqdim etildi. Arab tilini o‘rganish va o‘qitish uchun qancha ko‘p darslik va qo‘llanma yaratilmasin, baribir u yoki bu kitobdagi mavzularni talabalarga yetkazish metodikasi – usullari yaratilmasa, bu ishlarning natijasi samarali bo‘lmaydi.
I BOB. Arab va o'zbek tillari grammatikasining o'xshash va farqli jihatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |