II BOB. Arab va o'zbek tillarida sifatdoshning qiyosiy tahlili.
2.1 Arab va o'zbek tillarida sifatdosh.
Arab va o'zbek tillarida ham sifatdosh uchun umumiy hol fe'l o'zagidan hosil qilinadi va fe'lning sifatga xoslangan shaklidir. O'zbek tilida sifatdosh - fe'lning sifatga xoslangan shakli bo'lib, qo'shimchalari: -gan, (-kan, -qan), -adigan, -ydigan, -ayotgan, -r (-ar). Sifatdoshlar belgi bildirishi bilansifatlarga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini bildirsa, sifatdoshlar o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Masalan: oq gul (sifat), oqar daryo (sifatdosh).
Sifatdoshlar arab tilida fe’ldan hosil bo’lgan va o’zida ham fe’llik, ham sifatlik hususiyatlarni mujassamlashtirilgan so’zlardir. Arab tilidagi sifatdoshlarning o’zbek tilidagidan farqi shuki, o’zbek tilida ular zamonga qarab o’zgarsa (borgan, borayotgan) arab tilida barcha zamonlar uchun bir xil shaklga ega.
Arab tilida sifatdoshlar ikki xil bo'ladi: aniq daraja sifatdoshi va majhul daraja sifatdoshi. O'bek tilida esa sifatdosh hech qanday turga bo'linmaydi. Arab tilidagi aniq daraja sifatdoshini ko'rib chiqadigan bo'lsak.
Aniq nisbat sifatdoshlari 1 bob fe'lidan فاعل qolipidan hosil bo'ladi va fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini (sub’ektini) bildiradi arab tilida "ismi foil" (اسم فاعل) deb ataladi.
Masalan: دخل - داخل - kiruvchi,. شرب - شارب - ichuvchi,.
Bu so’zlar ism toifasidagi boshqa so’zlar kabi ال artiklini olishi, jinsda va sonda hamda kelishikda turlanishi mumkin.
Masalan: الداخل - الداخلان - الداخلون
الداجلة - الداخلتان - الداخلات
Arab tilidagi aniq daraja sifatdoshi o'zbek tilidagi shaxs oti yasovchi: -(u)vchi, -(o)vchi qo'shimchalariga to'g'ri keladi.
Masalan: qurmoq - quruvchi,. Boshlamoq - boshlovchi.
Majhul daraja sifatdoshlari. Bular 1 bob fe’lidan مفعول vaznida hosil bo’ladi, hamda fe’l ifodalangan ish-harakat ob’ekti bo’lgan predmetni yoki ish-harakat natijasida hosil bo’lgan natijani (ish-harakat natijasini) bildiradi va "ismu mafuul" (اسم مفعول) deb ataladi.
Masalan:
فتح - مفتوح - ochilgan
شرب - مشروب - ichilgan
قتل - مقتول - o'ldirilgan
كتب - مكتوب - yozilgan
شرب - مضروب - urilgan
حمد - محمود - maqtalgan
Bular ham aniq daraja sifatdoshlari kabi ismlarga hos umumiy hususiyatlarga ega.
Agar majhul daraja sifatdoshi o’zidan keyin u yoki bu predlogni talab qiladigan fe’ldan yasalgan bo’lsa, u jinsda va sonda o’zgarmasdan har doim muzakkar birlikda ishlatiladi. Jins va sonda esa sifatdoshdan keyin keluvchi predlogga qo’shilib kelgan olmosh moslashadi. Masalan:
غاضب على - غاضب عليه - غاضب عليها - غاضب عليهما - غاضب عليهم
Endi o'zbek tilidagi sifatdoshning belgilari haqida to'xtalib o'tsak:
1) harakat tushunchasini anglatadi. Masalan: U doimo izlanadigan, doimo harakatda bo'lgan, parvozga chog'langan ilg'or kishilarimizdan biri.
2) nisbat, o'timli - o'timsizlik, bo'lishli - bo'lishsizlik ma'nolarini ifodalaydi. Masalan: kiyingan bola - o'zlik nisbatda, chaqirilgan mehmon - majhul nisbatda manashu yerda arab tilidagi sifatdoshning majhul darajasiga o'xshashlik jihat bor, keladigan mehmon - bo'lishli fe'l, kelmaydigan mehmon - bo'lishsiz fe'l, o'qigan bola - o'timli, yugurgan bola - o'timsiz kabi.
3) boshqa so'zlarni boshqarib keladi: Vatanini sevgan kishi, uydan chiqqn bola, maktabga ketayotgan qiz kabi.
4) shaxs va narsalarning harakat bilan bog'liq belgisini bildirib, gapda sifatlovchi vazifasida keladi, shaklan o'zgarmaydi. Masalan: Do'stlik bo'lmagan joyda ishning rivoji ham bo'lmaydi.
5) fe'lga xos bo'lgan zamon ma'nosini ifodalaydi. Zamonni ifodalashga ko'ra sifatdoshlar uchga bo'linadi:
- gan (-kan, -qan) sifatdoshlari o'tgan zamonni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek arab tilida sifatdoshlar o'zbek tilidagi kabi zamon ko'rsatish xusisiyatiga ega emas, ular barcha zamonlar uchun bir xil. O'zbek tilida k va q undoshi bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda morfologik qoida asosida yoziladi: tukkan, tiqqan, yog'gan, eggan.
- ayotgan sifatdoshi hozirgi zamonni ifodalaydi: kelayotgan, o'qiyotgan.
- adigan, -ydigan, -(a)r sifatdoshlari kelasi zamonni ifodalaydi: keladigan, boradigan, o'qiydigan.
O'zbek tilida sifatdoshlaning bo'lishsiz shakli -ma qo'shimchasi bilan yasaladi. -r, -(ar) sifatdoshi esa -mas qo'shimchasi bilan yasaladi va bunda tovush almashishi kuzatiladi: oqar + mas = oqmas ( bu yerda "r'' tovushi "s" tovushiga almashgan.
6) otlashib kela oladi. Sifatdoshning otlashishi. Sifatdosh bog'langan ot tushib qolsa, ular otlashadi. Otlashganda otga xos qo'shimchalarni qabul qiladi. Masalan: Intilganga (intilgan insonga) tole yor, Qimirlagan (qimirlagan kishi) qir oshar. Arab tilida ha sifatdoshning otlashish holati bor. Otlashgan sifatdoshlar ot bajargan sintaktik vazifalarni bajara oladi.
Ega: Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar.
Qaratqich-aniqlovchi: Maqtanganning uyiga bor, kerilganning to'yiga bor.
To'ldiruvchi: Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri yer.
Hol: Urush boshlanganda u hali go'dak edi.
Sifatdoshlar otlashishi uchun aniqlanmishsiz qo'llanishi kerak, ya'ni sifatdoshlarning egalik qo'shimchalari bilan birikib gapda ega vazifasida kelishi uning harakat nomi o'rnida qo'llana olishini ko'rsatadi.
Masalan: Poyezdning bir soatga kechikayotgani yo'lovchilarni bezovta qildi. - Poyezdning bir soatga kechikishi yo'lovchilarni bezovta qildi. Bahorning erta kelgani dehqonlarga qo'l keldi. - Bahorning erta kelishi dehqonlarga qo'l keldi.
2.2 Arab va o'zbek tillarida sifatdoshning sintaktik vazifasi.
Arab va o'zbek tillarida sifatdoshlar har doim otga bog'lanadi va o'zbek tilida gapning oxirida keladi, arab tilida esa kesim vazifasini bajaradi (gapning qayerida kelishi muhim emas).
1) otga bog'lansa o'zbek tilida sifatlovchi - aniqlovchi: Keng fe'l, ketmas davlat bersin. Vahobjon boyagi qiz ko'rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi;
Arab tilida esa moslashgan aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: هو عالم مشهور - U mashhur olimdir.
زيد رجل كاذب- Zayd yolg'onchi kishidir.
2) gapning oxirida kelsa fe'l kesim: O'zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob nur taratar. Ushbu gapta ikkita o'tgan zamon sifatdoshi va ikkita kelasi zamon sifatdoshi fe'l kesim vazifasida kelgan. Chopsa - chopilmas, kessa - kesilmas. Bu gapda ikkita kelasi zamon sifatdoshining bo'lishsiz shakli fe'l kesim vazifasini bajargan.
Arab tilida sifatdosh gapning kesimi vazifasini bajarib, sifatdosh ke'sim vazifasida kelgan gap "ismiy jumla" deb ataladi va yuqorida ta'kidlaganimizdek ismiy jumlaning kesimi "xabar" deb nomlanadi va bunda nutq so’zlashib turgan paytda amalga oshayotgan ish-harakatni ifodalaydi.
أنا ذاهب - Men ketayapman.
هن جالسات - Ular (mn) o'tiribdilar.
أنتم داخلون - Sizlar (mz) kiryapsizlar.
Xosila boblarida aniq va majhul daraja sifatdoshlari hozirgi kelasi zamon - aniq va majhul daraja fe’llari oldidagi qo’shimchasini olib, o’rniga " مُ " qo’shimchasini qo’shish va ohirgi o’zakni tanvinlash yo’li bilan yasaladi.
Aniq daraja } يُفَعِّلُ - مُفَعِّلٌ
Majhul draja } يُفَعََّلُ - مُفَعَّلٌ
Ba'zi bir drsliklarda majhul daraja sifatdoshi noaniq daraja sifatdoshi deb ham nomlanadi. Quyida sifatdoshning fe'l boblarida tuslanishini ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |