Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet32/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Per Kornel (1606—1684)
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel sud chinovnigi oilasida tug‘iladi. Yosh Kornel Ruan shahrida iezuit kolledjida o‘qiydi. So‘ngra huquqshunoslikni o‘rganib, advokat vazifasida ishladi.
Kornel ijodining dastlabki etapi (1629—1636) da aristo¬kratiya sinfining ma’naviy yemirilishi, uning vakillarining axloqiy tubanligini aks ettirgan «Melita», «Beva», «Sud galeriyasi», «Kirollik maydoni» kabi komediyalarini yaratdi. Biroq Kornel bu pesalaridan ko‘ra bundan so‘ng yozgan yirik tragediyalari bilan shuhrat qozondi.
Kornel birinchi tragediyasi «Medeya» (1635) ning syujetini antik yozuvchilar Yevripid va Senekaning Medeya haqidagi asarlaridan oldi. Yozuvchi aristokra¬tiya tabaqasining axloqiy bo‘zuqligi qurboni bo‘lgan ayolning og‘ir taqdirini tasvirlaydi. Voqea asosida mifologii tarix yotsa xam, lekin Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasining yaramasliklarini fosh etadi.
«Komik illyuziya»da oddiy kishilardagi chin insoniy tuyg‘ular, jumladan, do‘stlik tasvirlanadi. Yosh yigit Klindor otasining mansab va boylik orttirish hakidagi maslaqatini rad etib, uyidan chiqib ketadi va boshidan ko‘p mashaqqatlarni kechiradi. Oxirida u maqtanchoq jangchi Matamor uyida xizmatkorlik qiladi. U Izabella nomli go‘zal qizni sevadi. Biroq bu sof sevgiga xo‘jayini to‘g‘anoq bo‘ladi. U Klindorni turmaga tashlaganida, gunohsiz bu yigitni Izabellaning xizmatkori oddiy qiz Liza qutqarib yuboradi.
«Medeya» va «Komik illyuziya»da Kornel hukmron guruhlar tomonidan ezilgan va haqoratlangan oddiy kishilarning huquq- larini himoya qiladi. Bu asarlarda aniq ijobiy ideal bo‘lmagani uchun yozuvchi bayon etgan noroziliklar cheklangan edi. Xali u zamonasidagi o‘sib borayotgan sinfiy ziddiyatlarni yetarli ochib berolmaydi. Erksevar yozuvchilarga yaqinlashishi tufayli Kornel o‘zidagi chegaralanganlikni qisman yengadi, bu narsa uning shu vaktda ijod qilgan eng yirik asari «Sid» (1636) tragediyasida seziladi.
Kornel «Sid» (1636) tragediyasi syujetini ispan bahodiri Rodrigo Dias haqidagi o‘rta asr qahramonlik eposidan, shuningdek, Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» pesasidan olsa ham, biroq yozuvchi bu temani o‘z zamonasiga yakinlashtirib, to‘la ma’noda mustaqil, original asar yaratdi.
«Sid» tragediyasi Franqiyadagi ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi. 30 yillik urush natijasida Franqiya og‘ir ahvolga tushgan, gabsburglar armiyasi 1630 yilning yozida Franqiyaning ko‘p yerlarini ishg‘ol etib, hatto Parijga yaqinlashib qolgan edi. Bu ahvoldan g‘azablangan mehnatkash omma qo‘liga qurol berilishini talab qiladi. Qurquvga tushgan hukumat uni qurollantirishga majbur bo‘ladi. Xalqning o‘z vataniga zo‘r muhabbati tufayli mamlakat halokatdan qutuladi. 1635—36 yillar dehqonlar qo‘zg‘olonlarining kuchaygan davri ham edi. Feo¬dal zodagonlar bu voqeadan o‘z manfaatlari uchun foydalanmoqchi bo‘lib, mamlakatni maydalab yuborishga urinadilar. Bu voqealar ta’sirida yozuvchi g‘oyavii chuqur, gumanistik ruh bilan sug‘orilgan yirik realistik asarlar yozishga kirishdi. «Sid» tragediyasi mana shu davr mahsulidir.
Boy aristokrat don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan don Diegoning o‘g‘li Rodrigo Dias bir-birini sevadi. Ota ham qizini don Sanchoga emas, balki Rodrigoga berishga moyil. Lekin shu vaqtda ikki sevishganning baxtli sevgisiga to‘siqlik qiluvchi kutilmagan voqea yuz beradi. Kirol don Diegoni o‘z o‘g‘liga murabbiy sifatida xizmatga chaqiradi. Bu xizmatdaya umidvor bo‘lgan graf Gormas qirolga o‘zining bir vaqtlari ko‘rsatgan xizmatlarini uno‘tganligini aytib, uni ayblashga jur’at etadi. Ikki feo¬dal o‘rtasidagi tortishuv shundan kelib chiqadi. Don Gomes Rodrigoning otasini haqorat qiladi. Keksa don Diegoning undan o‘ch olishga qurbi yetmay, qasos olishni o‘g‘li Rodrigoga topshiradi. Rodrigo uchun bu topshiriq juda og‘ir. Agar grafdan qasos olsa, u taqdirda sevgilisidan ajraladi, agar o‘ch olmasa, o‘z oilasi haqorat ostida qoladi. Rodrigo qizning otasi graf Gormasni duelga chaqirib, uni halok etadi. Bu fojiali voqeadan so‘ng Ximena qirol huzuriga borib, otasining qotilini jazolashni so‘raydi. Ularning har ikkalasi urug‘ urf-odatlariga amal qilib, ota oldidagi burchini bajarmoqchi bo‘lsalar ham, lekin ko‘ngil amriga ham itoat qiladilar. Aristokratik burch bilan yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida ma’naviy azob chekadilar.
Shu vaqtda Rodrigo mamlakatga bosib kelgan mavrlarga qarshi xalq kungilli otryadlari bilan birga jang qilib, ularni tor-mor etadi. Xalq yosh qahramonni sharaflaydi. Dushman tomon ham Rodrigoning botirligiga qoyil qolib, uni «sid», ya’ni janob deb ataydi.
Ximena xalq va davlat oldida o‘zining grajdanlik burchini a’lo darajada bajargan qahramon Rodrigoni jazolashni talab qiladi. Biroq qirol davlatni dushman xavfidan saqlab qolgan kishini jazolashga botinolmaydi. Shundan so‘ng qiz Rodrigoni o‘ldirgan kishiga turmushga chiqishini ma’lum qiladi. Qirol jangda kim g‘olib chiqsa, qiz o‘shaniqi bo‘ladi, deydi. Bu shart Ximenada goh dadillik tug‘diradi, ya’ni u sevgani umidi bilan yashaydi, goh qasos olish fikri bilan azob chekadi. Tragediyaning oxiri yaxshilik bilan tugaydi, qizning talabgori don Sancho duelda yengiladi. Qirol maslaxati bilan g‘alaba qilgan Rodrigo Ximena bilan topishadi.
XVII asrning birinchi yarmida— Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarini tugatish, yagona milliy davlat — absolyutizmni mustaqkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida eski feodal tartiblarining yemirilishi muqarrarligi va mar- kazlashgan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, «Sid» tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi grajdanlik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi.
Xalq qahramoni Rodrigo «oddiy kishilarning umidi va tayanchi» sifatida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi. Uning qahramonligini hammadan oldin tan olgan va unga yuqori baho bergan kuch — bu xalqdir. Asarning xalqchilligi Kornelning mehnatkash ommaga ishonchi va unga xayrixohlik bilan qarashidan kelib chiqadi.
Kornel tragediyada absolyut hokimiyatga qarshi feodal oppozitsiyasi kayfiyatlarini mag‘rur graf Gormas obrazida beradi. Uning: «Men halok bo‘lsam, butun davlat halok bo‘ladi»,— degan so‘zini yozuvchi qattiq qoralaydi, chunki Gormas o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan yukori qo‘yadi. Kornel qirollik hokimiyatining barqaror emasligini ham katta jasorat bilan ta’kidlaydi. Monarx dushman guruhlar o‘rtasida ehtiyotkorlik bilan ish tutadi, xalq fikri bilan hisoblashadi, isyonkor feodal-zodagonlarga qattiq tegmaslikka-intiladi, ko‘p masalalarda ikkilanadi ham. Muhimi shundaki, Kornel qirolni benuqson qilib tasvirla- maydi. Mana shu narsalar yozuvchiga hujum qilish uchun katta bahona bo‘ladi. Bunday jasorat tragediyaning badiiy tuzilishida ham ko‘- rinadi. Kornel klassitsizmning uch birlik qonunini ham buzadi. Masalan, fojiali voqeadan so‘ng Rodrigo qiz bilan saroyda emas, balki qizning uyida uchrashadi. A. S. Pushkin yozuvchi «Sid» tra- gediyasida dadillik bilan vakt birligiga ham rioya etmaganini ko‘rsatib o‘tgan edi.
«Goratsiy» Kornel «Goratsiy» (1639) tragediyasi syujeti tragediyasi uchun materialni Rim tarixchisi Tit Liviyning birinchi kitobida bayon etilgan qadimgi grek davlatining tashkil topishi haqidagi afsonadan oladi.
Bir-biriga qo‘shni va qon-qardoshlik aloqalari bilan bog‘langan ikki shaxar — Rim hamda Alba-Longa o‘rtasida, ulardan qaysi biri yetakchilik rolini o‘ynashi lozimligi masalasida kelishmovchilik kelib chiqadi va u ikki shahar vakillari o‘rtasidagi olishuv hal qilsin, degan karorga kelinadi. Bu kurash rimliklardan chol Publiy Goratsiyning uch egizak o‘g‘li Goratsiylar, Alba-Longa tomonidan uchta egizak Kuriatsiylar zimmasiga tushadi. Goratsiylardan biri Kuriatsiylarning singlisi Sabinaga uylangan. Publiy Goratsiyning qizi Kamilla Kuriatsiylardan biriga unashtirilgan. Sabina yuz berayotgan mushkul vokealardan tashvishlanadi. Xar ikki tomonning yengilishi xam Sabina uchun juda og‘ir, chunki bir shaharda tug‘ishganlari bor, ikkinchi shaxarda esa sevgan eri bilan yashaydi. Kamilla ham Rim g‘alaba qilsa, sevgani, Alba yengsa, akalari halok bo‘lishini o‘ylab, qattik kayg‘uradi. Xar ikkala ayolda ham muxabbat, sadoqat kuchli, lekin ular vatanparvarlik burchlarini sevgiga qurbon qilmaydilar.
Nixoyat, Goratsiylar bilan Kuriatsiylar o‘rtasida jang boshlanadi- Bu urush sahnada emas, sahana orqasida bo‘lib, uning borishi tomoshabinga ma’lum qilib turiladi. Uchala Kuriatsiy yaralangan, ikki Goratsiy o‘lgan, kichik Go¬ratsiy dushman oldiga tushib qochib borayotgani xaqida xabar keladi. Chol Goratsiy o‘lgan o‘g‘illari uchun qayg‘urmaydi, balki dushmandan qo‘rqib qochayotgan o‘g‘lini o‘ylaydi va uni nafratlaydi. Uning qochib qutulganidan ko‘ra qahramonona halok blishini ma’qul ko‘radi. Biroq, Goratsiyning qochish va qurquv alomati emas, balki harbiy nayrang ekani ma’lum bo‘ladi. U dastlab son jihatidan ustun dushmandan qochadi va orqasidan kuvib borayotgan Kuriatsiylar bilan birma-bir jang qilib, ularning uchalasini ham yengib, Rimga g‘alaba keltiradi. Goratsiy katta tantana bilan jang maydonidan qaytgan vaktida singlisi Kamillaga duch keladi. U sevgani Kuriatsiyning halok bo‘lganini bilib, dod-faryod ko‘taradi. Goratsiy bu holdan qattiq g‘azablanadi. Axir, u mamlakatga g‘alaba keltirsa-yu, singlisi dushman uchun qayg‘ursa! U akalarini va vatanini unutgan Kamillani la’natlaydi. «Nourin muhabbating bilan sevganing oldiga jo‘na», deb uni qilichi bilan chopib o‘ldiradi. Shu tarifa Goratsiy kahramon yigitdan jinoyatchi kotilga aylanadi. Biroq qirol Goratsiyning qahramonligini hisobga olib, uning gunohini kechadi.
«Goratsiy» tragediyasida Kornel davlat va jamiyat ishi uchun kurash mavzusini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Yozuvchi chol Goratsiy obrazida davlat tuzumini yoqlash uchun har qanday shaxsiy qurbondan qaytmaydigan olijanob kishini tasvirlaydi va bu bilan u mam- lakatning tarqoqligi uchun kurashayotgan isyonkor feodal zodagonlarni qoralaydi. Agar «Sid»da davlat ishi ham qirol, ham xalq- ning aralashuvi bilan olib borilsa, «Goratsiy» da hamma narsa mutlaq hokimning hukmiga bo‘ysundiriladi. Asar mazmunining mavhumligi, har ikki shahar o‘rtasida jiddiy qonflikt yo‘qligi, kuchli tomonning zaif tomonni o‘ziga itoat ettirishga urinishi kabi hollar asarning gumanistik mazmuni va vatanparvarlik ruhiga putur yetkazmay qolmaydi. Lekin asardagi monarx sha’niga tegadigan voqea va realistik momentlar muholiflarning yana Kornelni tanqid qilib chiqishlariga sabab bo‘ladi.
Yozuvchining bundan keyingi asarlarida klassitsizm prinsiplari yana kuchayadi, u shaxsan absolyut hokimiyatga ko‘r-ko‘rona itoat ettirish bilan qarama-qarshiliklardan qutulish yo‘lini izlaydi. Endi samimiy insoniy his-tuyg‘ular tasviri o‘rnini sovuq quruq muhokamalar egallaydi. Qaxramonlar jonli individlar emas, balki mavhum g‘oyalarni tashuvchi shaxslardir.
Kornelning «Sinna yoki Avgust marhamati» (1639) tragediyasining syujetini Kornel qadimgi Rim boshka asarlari tarixidan oladi. Asarning bosh qahramoni qonli kurashlar natijasida Rimni o‘ziga qaratib, hukmron bo‘lgan Avgustdir.
XVII asrning 60—70-yillarida yozgan ba’zi tragediyalarida («Sertoriya», «Sofonisbi») Kornel Fronde harakatida qatnash- gan prins Qonde kabi feodal-zodagonlarni oqlaydi. U boshqa bir qancha pesalarida («Otton», «Tit va Berenika», «Pulxeriya») saroy zodagonlari va ularning egoistik intilishlaridan kuladi. Biroq u absolyut hokimiyatni saqlab qolishga qobiliyatli bo‘lgan kuchli va shafqatsiz hokim idealini ilgari suradi. Gumanistik g‘oyalardan mazfum va klassitsizm estetikasi ruhida yozilgan Kor¬nelning bu asarlari «Sid» va «Goratsiy» tragediyalari darajasida yuqori badiiy umumlashmaga ko‘tarila olmadi va sahnada ham muvaffaqiyat kozonmadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish