Lope de Vegadan keyingi ispan dramasi.
XVI asr oxiri va XVII asrning birinchi yarimidagi ispan dramaturgiyasi Lope de Veganing bevosita ta’siri ostida rivojlandi. Uning traditsiyalarini davom ettiruvchi qator yozuvchilar de Alorkom va Tirso de Molinalarning dramalari bu davr ispan adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Gilen de Kastro (1569-1631) ustozi Lope de Veganing realistik prinsiplariga amal qilib, o‘z ijodida xalq badiiy yodgorliklari namunalaridan keng foydalandi. Uning muhim asari ispan milliy qahramoni Sid haqidagi xalq romanlari asosida yaratilgan «Sidning yoshligi» dramasidir. Pesada sevgi, oila or nomusi uchun kurash va absalyutizmda yuz bergan krizs aks etgan.
Lope de Vega dramaturgiya maktabining yirik vaqili Xuan Ruis de Alarkon (1580-1639). Meksikada aristokratiya oilasida tug‘iladi, uning yoshligi o‘sha yerda o‘tadi, so‘ng Ispaniyaga kelib o‘qishni davom ettiradi, universitetni bitirgach, advokatlik bilan shug‘illanadi.
Alorkonning adabiy merosi katta emas u til va kompazitsiyasi jihatidan puxta ishlagan 30 ga yaqin pesa yozgan. Alorkoning milliy qahramonlik sikldagi pesalaridan biri «Segoviyalik to‘quvchi» (1634) asaridir. Unda dramaturg inson kuchi va irodasi, adalat va chin sevgining tantanasi haqida hikoya qiladi.
Yozuvchi bosh qahramonning og‘ir taqdirini tasvirlar ekan, diniy aqidalarga sira murojaat etmaydi, balki voqealarga siyosiy tus berib, dvoryan don Fernando kurashini ota qasosi uchun emas, balki haqoratlangan kambag‘al to‘quvchining adolat uchun olib borgan kurashi sifatida talqin qiladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Uyg‘onish davrining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatini yoritib bering.
2. Qaysi asrlarni turkiy xalqlarning uyg‘onish davri adabiy namunasi deb bilasiz?
3. Uyg‘onish davriga antik dunyoning ta’siri.
4. Dante ijodining o‘ziga xosligi nimasi bilan ajralib turadi?
5. “Beatriche” Dante ijodining mazmuni ekanligi haqida gapiring.
6. “Ilohiy komediya” Dante ijodining cho‘qqisi ekanligi haqida so‘zlab bering.
7. “F’yametta” asarida asosan e’tibor nimaga qaratiladi?
8. “Dekameron” asarining g‘oyaviy yo‘nalishi haqida gapiring.
9. Dante va Bakkochcho ijodiga sharq allomalarining ta’siri.
10 Niderlandiya va Germaniyadagi Uyg‘onish davrining o‘ziga xos tomonlari.
11. S.Brant va I.Reyxlin ijodiga Uyg‘onish davrining ta’siri.
12. Lyuter ijodining yetakchi mavzulari.
13. F.Rable ijodining Uyg‘onish davridagi ahamiyati.
14. Yozuvchi qahramonlarining shakllanishidagi asosiy omillar
Do'stlaringiz bilan baham: |