Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet27/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

LOPE FELIS DE VEGA KARPO 1562 yilning 25 noyabrida Madridda xunarmand oilasida tug‘ildi. Uning otasi Feliks de Vega Astura dehqonlaridan bo‘lib, ish axtarib Kastililaga kelib qoladi va zardo‘zlik bilan shugillanadi. Lepo Felis 1573 yilda izuitlar maktabida, Alkala de Enaresi universitetida taxsil ko‘radi. 1576 yilda otasi vafot etgach, o‘qishni tashlaydi . Lepo Felis o‘sha davrning badavlat kishilari qo‘lida kotiblik qiladi. U juda yoshlikdan she’riyatda is’tedod ko‘rsatadi.1588 yillar boshlarida mashhur rassom qizi Izabell de Urbinaga uylanadi. Shu yili Lope de Vega «Yengilmas armada» flotinng Angliya qirg‘oqlariga qilgan yurishlarida askar sifatida qatnashadi. Yosh shoir kema palubasida «Anjelika go‘zali» (1588) poemasini yaratadi. Mag‘lubiyat bilan tugagan bu yurishdan qaytgach Lope bir necha yil (1589-1593) Valensiyada yashaydi, so‘ngra Kostiliyada va pirovardida Madridda istiqomat qiladi.
Shu vaqtdan boshlab u yangi ruhda yozilgan komediyalar bilan ispan milliy dramaturgiyasini tashqil topishiga va rivojlanishiga asos soladi.
Lope de Vegani bilim doirasi juda keng bo‘lib u xilma-xil janrlarda o‘z mahoratini sinab ko‘radi. Sonet, romans, qasida, poema, pastoralar, xikoya, roman va dramatik asarlar yaratadi. Lope de Vegani o‘zi bir komediyasida yozgan pesalarining soni 1500 ta bo‘lganini eslagan. Dramaturg vafotidan so‘ng uning biografiyasini tuzgan shogirdi va muhlisi Pres de Montalvan esa Lopening hamma pesalari 1800 ta ekanligini ta’kidlagan. Bunga qo‘shimcha yana 400 ta diniy xarakterdagi pesalar ijod qilgani ma’lum. Yozuvchini shu vaqtgacha topilgan va nashr etilgan pesalarining soni 500 taga yaqin, shulardan 50 tasi diniy mavzulardagi dramalardir.
Lope de Vega dramaturgiya sohasida katta shuhrat qozonadi. Hayotiy faktlarni bilishi uning tarixiy, afsonaviy va zamonaviy mavzularda xilma-xil pesalar yaratishiga imkon beradi. Yozuvchining dramaturgiya sohasidagi qarashlari «Komediya yaratish yangi sa’nat» (1609) she’riy asarida batafsil bayon qilinadi. Bunga u XVII asr italyan klassitsist nazariyachilari tomonidan belgilangan ko‘p qoidalrni rad etadi. Lope de Vega «Yangi san’at»i ispan milliy dramasining asosiy qoidalarini belgilab, harakat birligini saqlagani holda, adabiyotning rivojlanishiga putur yetkazuvchi o‘rin va vaqt birligidan voz kechadi. Sa’natni chegaralab quyadigan ayniqsa adabiyot normalarini formatga qo‘chirib olgan italyan klassitsist nazariyachilarining butun harakatini faqat bir qahramon atrofiga to‘plash kabi prinsiplarga qarshi chiqib, u ichki birlikka, asardagi asosiy maqsadning tulaligini saqlashga e’tibor beradi. Pesada bir necha epizod yoki syujet yo‘li bo‘lish mumkin, lekin ular bosh masalani yechishga yordam berishi kerak.
Lope de Vega va uning dramatik maktabi tarafdorlari pesada turmush taqazo qilgandeq fojiaviylik bilan kulgi aralash holda tasvirlash zarurligini ko‘rsatadilar. O‘z estetik qarashlarining realistik xarakterini belgilab, Lope komediyani «Hayot oynasi» deb ataydi. U erkin ijod etish uchun san’atkorni klassitsizm qoidalariga rioya qilmaslikka chaqiradi, «fojiaviylikni kulgi bilan» aralash holda harakat o‘rnini o‘zgartirib turish, vaqtdan erkin foydalanish prinsipini ham ilgari suradi.
«Menga komediya yozish kerak bo‘lsa-deydi Lope «Yangi san’at»da-men hamma qoidalarni uch qulf bilan berkitaman». Dramaturgning bu mulohazalari zamon talabi xalq didiga mos realistik asarlar yaratish istagi bilan bog‘liqdir. Lope de Vega pesaning hajmi ko‘rinishlari haqida fikr yuritib uni besh pardadan uch pardaga qisqartiradi. Asardagi konflikt intriganing keskinligi va pesa tugunining yechilishi haqida o‘z fiklarini bayon qiladi. Lopening dramaturgiya haqidagi qarashlari klassitsizm tarafdorlarining kuchli qarashlariga duch keladi. Biroq ko‘p o‘tmay uning ispan milliy dramasi haqidagi estetik qarashlar va dramaturgiyasi katta muvaffaqiyat qozonib antik va klassitsizm yozuvchilarining asarlarini sahnadan siqib chiqaradi.
Lope de Veganing adabiy merosi juda boy va xilma-xildir. 1615 yildayoq Servantes uning ijodiga yuksak baho berib shunday deydi: «U butun komediantlarni yengdi va o‘z hukmiga bo‘ysundirdi va jami o‘n ming varaqdan ortiq komediyalar bilan dunyoni to‘ldirdi... U bilan raqobatlashishiga esa undaydiganlar ko‘p edi. Hammasi qo‘shilib uning bir o‘zi yozganlarining yarmini ham yozolmaydilar.
Lope de Vega pesa kompozitsiyasining izchilligi dialog san’atini o‘z o‘tmishdoshlaridan o‘rganishi o‘rta asr halq teatri traditsiyalaridan foydalanishi natijasida Uyg‘onish davri hushchaqchaqlik motivlarini aks ettiruchi asarlar yaratadi va xalqqa manzur bo‘ladi.
Lope de Vega dramaturgiyasining hajm jihatidan ham tematika jihatidan ham keng doiraga chiqishi uni qat’iy bir ramkada klassifikatsiya etishini qiyinlashtiradi. Diniy temalardagi pesalari va bir opera librettosini hisobaga olmaganda, Lope asarlarini asosan uch katta qismga bo‘lish mumkin.
Bular: tarixiy-qaxramonliq ijtimoiy-siyosiy va sevgi-maishiy temalarida yaratilgan drama va komediyalardir.
Dramaturgning bizgacha yetib kelgan asarlaridan aksariyati (bir yuz ellikdan ortiq pesalari)da o‘tmishga murojaat qilib, ularning yarmidan ko‘pida Ispaniya tarixida yuz bergan muhim voqealarni aks ettiradi. Bu tipdagi pesalarida davlat masalasi va qahramonlik temasi markaziy o‘rinda turadi.
Lope de Vega pesalarida Ispaniyadagi ichki zidiyatlar, janjallar («Qirol Vambaning hayoti va o‘limi», 1604), ispan qabilalarining Rim hukmronligiga qarshi chiqishlari («Simankaslik qizi») kabi voqea hodisalar o‘z aksini topadi.
Yozuvchining xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan dastlabki asarlaridan biri «Qirol Vambaning hayoti va o‘limi» pesasidir. Qirol Resisundo (7 asr) vafot etganidan so‘ng hukmron guruh vaqillari taxt talashadilar. Dramaturg ularning egoistik intilishlari va davlatni qo‘lga kiritish niyatidagi urinishlariga mehnatkash dehqon Vambani qarshi qo‘yadi. Vamba uchun tinch hayot boylik va hukmronlikdan qimmatlidir: hamqishloqlari tomonidan taklif etilgan mansab-qishloq oqsaqoli vazifasini ham u ko‘p qistashlardan so‘ng qabul qiladi. Taxtga chiqish haqidagi fikrga qo‘shilmaydi. «Quyosh kabi, taxtga ham uzoqdan qaragan qulayroqdir» deydi u. Lekin qirol etib saylangach, oddiy dehqon Vamba mag‘rurlikka berilmay «tabiat ovozi»ga quloq solib mamlakatni donolik bilan boshqarishga kirishadi, o‘z boshimcha feodallarni jazolaydi.
Ispaniyaga xavf solib turgan Arablarga zarba beradi. Nihoyat u saroy ahllari tamonidan zaharlab o‘ldiriladi.
Vatan va mustaqillik uchun kurash Ispaniyani Arablardan ozod qilish harakati Lope de Veganining rekonkista tarixini aks ettirgan pesalarida yorqin ifodalanadi. Bu dramalar uchun Lope xalq ertaklari xronika va boshqa adabiy manbalardan ham foydalanadi.
Mamlakat mustaqilligi uchun kurashda xalq irodasi bilan hisoblashish zarurligi g‘oyasi «Graf Fernan Gonsales yoki Kastiliyaning ozod etilishi» (1625) dramasida yanada yaxshi yoritilgan.
Dramaturg bu pesasida xalqqa suyanib ish tutadigan davlat boshlig‘i haqidagi tarixiy rivoyatlarni asos qilib olib feodal o‘zboshimchaliklarini qattiq qoralaydi. Mamlakatning birligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi va o‘sha vaqtda «Tartibsizlik ichida tartib vaqili» bo‘lib ko‘ringan markazlashgan monarxiya davlati va uni adolat bilan boshqaradigan hokim haqidagi xalq orzularini ifodalaydi. Zolim monarx o‘rniga xalqparvar monarx obrazini ilgari surish kabi yozuvchi dunyoqarashidagi ziddiyatlar XVII asr sharoitida reaksion feodal absalyutizmiga qarshi o‘ziga xos norozilik bilan qo‘shilib ketadi.
Tabiiy his-tuyg‘u sog‘lom fikrli oddiy kamtar kishilarga shu jumladan, dehqonlarga bo‘lgan kuchli xayrixohlik Lope de Veganining «o‘z uying-o‘lan to‘shaging» (1622). «Dehqon o‘z kulbasida» (1617) «Boshqalar nazarida tentaq o‘z ishiga pishiq»(1635) pesalarida ham yorqin ifodalangan.
Lope de Veganing ko‘pchilik pesalari-sevgi, oilaviy-maishiy mavzularda yaratilgan komediyalarida erkin muhabbat va nikoh masalalari tasviriga katta e’tibor beradi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish