Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet30/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Jon Milton (1608—1674)
XVII asr ingliz adabiyotining yirik vakili Milton 1610 yilda Londonda notarius oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni avliyo Pa¬vel cherkovi qoshidagi maktabda oldi. So‘ngra Kembridj universi¬tetida o‘qidi. Universitetda monarxiyaga qarshi puritanlik ruhidagi erkin fikrlar keng tarqalgan edi. Milton ham feodal reaksiyasi tarafdorlari va monarxiya tuzumiga qarshi kurashadi. Siyosiy masalada universitet o‘qituvchilari bilan tortishib qoladi va vaqtincha o‘qishdan chetlatiladi. Milton universitetga qaytgach, o‘qishni a’lo ko‘rsatkichlar bilan tugatadi; magistr darajasini oladi. London yaqinidagi otasining mulkiga borib, bir necha yil adabiyot bilan shug‘ulla¬nadi. 1638 yilda Yevropa buylab sayohat qiladi. Fransiyaga boradi, uzoq vaqt Italiyada yashab, uning adabiyoti va san’ati bilan tani-shadi. Angliyada revolyusion voqealarning rivojlanib borayotgani haqidagi xabarni eshitishi bilanoq darxol vataniga qaytib, uning siyosiy xayotida aktiv qatna¬shadi. Milton dastlab publitsist sifatida o‘z faoliyatini boshlab, independent'lar bilan aloqasini mustaxkamlaydi. 40—50- yillarda Milton respublika uchun tinmay xizmat qiladi. Ish og‘irligidan uning ko‘zi ojizlanib qoladi, lekin shunda ham u ishini da¬vom ettiradi. Birin-ketin jangovar ruxda pamfletlar yozadi. 1660 yilda Styuartlar restavratsiyasi boshlangan vaqtda Milton uchun o‘lim xavfi tug‘iladi. Royalistlar respublikachi shoirga qarshi pamfletlar yozib, uni masxara qiladilar. Biroq Milton ruxan taslim bo‘lmaydi va feodal reaksiyasini fosh etishni izchillik bilan davom ettiradi. 60—70- yillarda yozgan jangovar ruxdagi asarlari buning dalilidir.
Respublika tuzumining kelajakdagi g‘alabasiga to‘la ishongan Milton 1674 yilda vafot etadi.
Milton ijodining ilk bosqichi XVII asrning 20—30- yilla-rini o‘z ichiga oladi. Milton universitetda o‘qiyotgan vaqtlarda-yok (1626—1632) she’rlar yoza boshlaydi. Bu davrdagi she’rlari xali zaif, ularda umumlashtiruvchi fikrlar bo‘lmasa ham, lekin shoirning feodal-katolik reaksiyasiga qarshi chiqishi ochiq ko‘rina¬di. Otasining mulki Gortonda yashagan yillari yozgan she’r va pesalarida xalq ijodi traditsiyalarini davom ettirib, tushkun feodal adabiyotining tuban obrazlariga quvnoq va bilimdon yosh yigitni qarshi qo‘yadi.
Miltonning «Qomus» (1637) nomli lirik pesasi asosida Xis-tuyg‘u bilan akl-idrok o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishi kerakligi haqidagi fikr yotadi. O‘rmon va chakalakzorlar hukumroni kuchli xirs va yengiltaklik timsoli Qomus o‘rmonzorda adashib qolgan sof va gunoxsiz qizni yo‘ldan ozdirmokchi bo‘ladi. Qomus qasrida na uning o‘zi, na yarim odam, yarim xayvon to‘dalarining xiyla-nayranglari qizning irodasini buka olmaydi. Qizning akalari uni Komus qo‘lidan qutqarib oladilar.
Bu lirik pesada yosh Miltonning shoirlik iste’dodi ajoyib o‘rmonzor tasvirida ham, qizning jasurona xarakati tasvirida ham ochiq ko‘rinadi. Milton bebosh iblisona shaxs va yirtqichlik-ka yuksak insoniy axloq prinsiplarini qarshi qo‘ydi. Qiz va uning akalari ezgulik timsoli sifatida tasvirlanadi. Asarning siyosiy yo‘nalishi feodal-aristokratiya o‘zboshimchaliklariga qarshi qaratilgan tanqiddir.
Milton ijodining yangi bosqichi XVII asrning 40-yillari¬dagi siyosiy voqealar bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi. Bu davrda u publitsist yozuvchi sifatida feodal-absolyut reaksiyasi va uning asosiy tayanchi yepiskop cherkoviga qarshi keskin maqolalar bilan chiqadi. Milton nikox haqidagi maqolasida ham Uyg‘onish davri gumanistlari yoqlagan tenglik g‘oyalarini ximoya qiladi.
Milton dastlabki traktatlaridan biri «Areopagitika» (1644)da parlamentga murojaat etib, burjua respublikasi va matbuot erkinligini yoqlaydi, «xayot urug‘i bor bo‘lgan» xar bir yaxshi kitobni avaylab saqlash kerakligini qayd qiladi. Yozuvchi haqiqat va ozodlik so‘zlarini bir-biridan ayirmaydi, shuning uchun u «bilish erkinligi, o‘z fikrlarini bayon qilish erkinligi» ni talab qiladi.
Shu vaqtdan boshlab Milton presviterianlik'dan uzoqlasha boradi. Yirik burjua guruxlarining bu partiyasi feodal abso¬lyutizm bilan kurashda qobiliyatsiz edi va u xalq manfaatiga zid siyosat yurgizmoqda edi. Shu sababli yozuvchi royalistlarga qarshi jiddiy kurash olib borayotgan independentlar bilan yaqinlashadi. Bu o‘zgarishlar uning «Arboblar va xukumatlarning vazifalari» (1649), «Butga qarshi» (1649) kitoblarida o‘z ifodasini topdi. Xar ikkala kitob Karl I ning taxtdan tushirilishi va jazolanishi voqealari bilan bog‘liqdir. «Arboblar va xukumatlarning vazifalari» qirolning o‘ldirilishidan oldin yozilgan bo‘lsa ham, lekin keyin bosilib chiqadi va u Karl I ning o‘ldirilishini yuri-dik jixatdan asoslab beradi.
50- yillarning ikkinchi yarmida Milton siyosiy kurashdan vaq-tincha chetlashadi. Bu yillarda «Xristian ta’limoti» traktati us¬tida ishlaydi. Bu kitobda Milton dunyoqarashidagi ziddiyatlar ochiq namoyon bo‘ladi. U fan bilan diniy murosaga undaydi. Biroq Milton kalvinizm dogmalaridan chetga chiqib, kishida o‘z taq-dirini belgilash uchun erkin iroda ham mavjud deb ochiq aytadi. Ko‘zi ojiz Milton adabiy ijod bilan shug‘ullanadi, sonetlar yozadi. Kromvel o‘limi munosabati bilan u yana publitsistikaga murojaat etadi. Respublika tuzumini saqlab qolish uchun butun kuch-g‘ayratini ishga soladi. «Erkin respublika o‘rnatish uchun xaqiqiy va yengil yo‘l» (1660) traktatida yangi davlat qurilishi planini tasvirlaydi. Biroq uning saylov mavzusi leveller¬lar taklif qilganlari darajasida demokratik ruxra emas edi.
Milton ijodining so‘nggi bosqichi (60—70- yillar) Styuart-lar restavratsiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda u ajoyib asar¬lari «Yo‘qotilgan jannat», «Topilgan jannat» poemalari va «Samson — kurashchi» tragediyasini yaratadi. Daxshatli restavratsiya yillariga qaramay, Milton respublikachilik g‘oyalariga sodiq bo‘lib qoladi. 1660 yilda qirollik xukumatining buyrug‘i bilan uning «Ingliz xalqini ximoya qilish» va «Butga qarshi» kitobla-ri qo‘ydirib tashlanadi. Milton katta jarima to‘lash evaziga o‘lim jazosidan qutulib qoladi. Milton ijodining keyingi etapi namunasi «Yo‘qotilgan jannat» poemasida shoirning shu davrdagi kayfiyatlari o‘z ifodasini topgan.
Milton «Yo‘qotilgan jannat» (1658—1667) epik poemasining syujetini yaratishda tavrot rivoyalaridan foydalanadi. Poema 12 qo‘shiq_(kitob)dan iboratdir. Kitobning boshida xudoga qarshi isyon ko‘targan farishtalarning yengilishi ko‘rsatiladi. Ko‘zg‘olonchilar tepasida erkinlikka intiluvchi shayton turadi. Biroq jaxannamga tashlangan iblis va uning yordamchilari yengilganlarini tan olmay, xudoning kudratiga qarshi yangi kurashga tayyorlanadilar. Poema¬ning asosiy tig‘i tantana qilgan reaksiyaga qarshi karatiladi, undagi ko‘p manzaralar o‘sha' davrdagi siyosiy voqealar bilan bog‘lanadi. Masalan, xudo bilan shayton o‘rtasidagi kurash grajdanlar urushi davridagi qirol bilan parlament o‘rtasidagi kurashni eslatadi. Isyonkor shaytonning «osmon xukmroni» xudoga qarshi bosh ko‘tarishi respublikachi qo‘shinlarning yer xoroni zolim qirolga qarshi qo‘zg‘olonini eslatadi.
Poemada tasvirlangan ikkinchi voqea — Adam bilan Yevaning gunoxr hahidagi afsonaga oiddir. Shayton jannatda yashayotgan bi¬rinchi insonlar — Adam (Odam-oto) va Yeva (Momo-xavo)ni aldab, ularni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi. Xudo Shaytonning yovuz niyati- haqida Adam va Yevani ogoxlantiradi. Arxangel Rafail insonlarga shaytonning isyoni va uning yengilib, do‘zaxga tashlanganini aytib, odamlarni mumin-qobil bo‘lishga undaydi. Biroq shayton o‘z qiyofasini o‘zgartirib, jannatga kiradi va Yevani aldashga erishadi. U yeyish man qilingan, yaxshilik va yomonlikni aj-ratadigan daraxtdagi mevadan yeydi. Adam ham Yevaga bo‘lgan xur mati yuzasidan undan totib ko‘radi. Shunday qilib, xudo qudra¬tiga putur yetkaziladi, Adam bilan Yeva esa bu gunoxlari uchun jannatdan quviladilar. Adam bilan Yeva, oldida endi osoyishta jannat xayoti emas, balki mashaqqatli turmush, og‘ir mexnat tu-radiki, bu oddiy kishilar faoliyati bilan insoniyat tarixi bosh¬lanadi.
Miltonning ikkinchi poemasi «Topilgan jannat» to‘rt kitobdan iborat bo‘lib, poemada shayton bilan Isus o‘rtasidagi kurash aks ettirilgan xristian afsonasi hikoya qilinadi. Bu asarda shoirning «Yo‘qotilgan jannat» poemasidagi kabi isyonkorlik ruxi ko‘rinmaydi. «Yo‘qotilgan jannat»da «gunox qilish» tasvirlansa, bu poemada «gunoxni yuvish» bayon qilinadi. Uning asosida aldovlarga uchmaslik to‘siqlarni yengish va kat’iyat insoniyatga jannat yo‘lini ochadi, degan fikr yotadi. Adam va Yeva shayton vasvasasi oldida bardosh berolmay, gunoxga botib, jannatdan quvilsalar, ularning so‘nggi avlodlaridan bo‘lgan Isus ancha kat’iy turib shaytonning xiyla-nayrangiga uchmaydi, uni yengadi va shu yo‘l bilan u insoniyatni xalokatdan saqlab qoladi. Poemaning diniy mazmuni asar g‘oyasini cheklab qo‘yadi. «Topilgan jannat»da, birinchi poema¬dagi kabi, jang tasviri keng qo‘lamda bayon etilmaydi. Poema diniy tarzda bo‘lishiga qaramay, haqiqiy siyosiy ruxdagi asardir. Kitobdagi afsonaviy Isus injilga borib taqalsa ham, lekin u ingliz feodal-aristokratiyasiga karama-qarshi qo‘yilgan obrazdir.
Poemada shayton o‘zining ilgarigi isyonkorlik qiyofasini yo‘-qotgan tarzda ko‘rsatiladi. U endi «avtoritetga qarshi isyon»ning doxiysi ham emas. Yer yuzini egallagan va o‘zi «avtoritet»ga ay-langan shayton uchun zulmga qarshi qaratilgan norozilikdan xech narsa qolmagan. Endi unda o‘z kuchiga ishonmasliq ikkilanish va tashvish paydo bo‘ladi. Shaytondagi molparastliq ziqnalik va egoizm avtorning o‘sha davrdagi xukmronlarga qarshi tanqidiy munosabatini ifodalaydi.
Poemada shaytonga qarshi qo‘yilgan shaxs Isusdir. U g‘alaba qilgan akl-idrokning in’ikosidek ko‘rsatilgan. Endi Milton insondagi ziddiyat va kurashlarni emas, balki diniy dogmani tas¬virlaydi. Isus chegaralanganligi va passivligi bilan asarning haqiqiy qahramoni bo‘lishidan uzoqdir. «Yo‘qotilgan jannat» poemasining qahramoni Adamga kam o‘xshaydi. Lekin, bulardan qat’i nazar, Isus o‘z boshidan ko‘p mashaqqatlarni kechirgan, feo¬dal restavratsiyasiga nafrat bilan qaragan ko‘pchilik puritan ta-baqalarini eslatadi.
„«Samson — kurashchi» «Samson — kurashchi» (1667) asarida Milton raqiblarga nisbatan nafrat ruxi, kurash va qasos olish ishtiyoki bilan yashagan aktiv kurashchi obrazini yaratdi.
Milton bu tragediyasi syujeti uchun materialni tavrot rivoyalaridan olib, unga yangi ma’no kiritdi. Voqea Filistimlyan shaxrida yuz beradi. Dushmanlari uchun katta xavf xisoblangan Samson makr-xiylaga uchib, o‘z sirlarini aytib qo‘yadi. Bundan foydalangan filistimlyanlar uni qo‘lga tushirib zindonga tashlaydilar. Buning uchun faqat o‘zi aybdor ekanini anglaydi, ko‘r bo‘lib qolgan Samson qattiq azob chekadi. Shunga qaramay, u filistimlyanlarga bosh egishni istamaydi, otasi pul to‘lab uni qo‘llikdan qutqarmoqchi lekin Samson bunday yo‘l bilan ozod etilishiga rozi emas. Nixoyat, dushmanlar uni teatrga keltirib kuchini sinamoqchi bo‘ladilar. Ko‘r Samson og‘ir narsalarni ko‘taradi, ba’zilarini osonlik bilan ikki bo‘lib, hammani qoyil qoldiradi. So‘ngra ularga yana ham qiziq tomosha ko‘rsatish maqsadida katta binoning ikki ustunini bor kuchi bilan silkitib, ularni sug‘urib tashlaydi. Gumbaz o‘sha yerda o‘tirgan «knyazlar, jreslar, maslaxatchilar, doxiylar» ustiga ag‘darilib tushadi. Samsonning o‘zi ham xalok bo‘ladi, dushmanlarini ham maxv etadi. Lekin u o‘z o‘limi bilan xalqiga g‘alaba keltiradi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish