Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 3,94 Mb.
bet29/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O. Qayumov. «Chet el adabiyoti tarixi». Toshkent 1973. 1979.


2. F.Sulaymonova “Sharq va G‘arb” T-1997
3. M.Xayrullaev “Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkirlari” T-1971
4. N.Komilov “Tafakkur karvonlari” T-2000.
5. Shekspir tanlangan asarlar to‘plami. Toshkent 1978
6. «Otello» va «Gamlet» tragediyalari. Toshkent-1970.
7-MAVZU: XVII¬XVIII ASR MA’RIFATCHILIK ADABIYOTI: G‘ARB VA ShARQ ADABIYOTI

  1. Klassitsizm adabiyotining o‘ziga xosligi.

  2. Klassitsizm adabiyotining taraqqiyot bosqichlari va klassitsizm yo‘nalishidagi asarlar.

  3. XVIII asr Yevropa va Sharq ma’rifatchilik adabiyoti. J.Moler, J.Milton, Lope de Vega, D.Didro, Rassin, Migel de Servantes, D.Defo, Maxtumquli ijodi.

  4. G‘arb va Sharq ma’rifatchiligining mushtarak va farqli jihatlari.


Tayanch so‘z va iboralar
Klassitsizm. XVII asr ispan adabiyoti. Barokko oqimi. Drama. Ingliz adabiyotida poema. Ispan adabiyotida barokko oqimi. Realizm. Milliy drama. Fransuz miliy teatri. Komediya. Masal. Satira. Drama. Ma’rifatchiliq Ingliz adabiyoti. Pamflet. Roman. Satira. Epistolyar roman. Dramaturgiya. Publitsistika.


XVII asrning o‘rtalarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feodal jamiyati xiyla


Markaziy Osiyo xalqlarini Buyuk ipak yo‘li qadimdan Yaqin va O‘rt Sharq mamlakatlari – Ozarbaydjon, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa G‘arb mamlakatlari bilan bog‘lab turdi hamda bu yerda yashydigan xalqlarni jamiyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining oldingi saflaridan joy olishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Komil inson tarbiyasi, uning atrof-muhitga oqilona munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat g‘oyalarini targ‘ib qilgan ko‘pgina ta’limotlar buyuk ipak yo‘li orqali boshqa mamlakatlarga tarqaldi va yerda yashovchi xalqlar dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, madaniyati shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 


Markaziy Osiyo xalqlari insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining eng oldingi bosqichlaridan birida bo‘lgan XI-XII va XIV-XV asrlar Sharq Uyg‘onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichlarida yuzaga kelgan bir qator asarlarning umumiyligi, falsafa, badiiy adabiyot, musiqa, fan, me’morchilik va san’atning o‘xshashligi va bir-biriga yaqinligi Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari madaniyatining o‘zaro aloqadorligi va ta’sirchan ekanligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi zaruriyat, iqtisodiy va madaniy aloqalar bu xalqlarning madaniyatini bir-biriga yaqin va ma’lum darajada mushtarak madaniyatga aylantirdi. Masalan, fors-tojik klassik adabiyotining merosi hisoblanmish Firdavsiy, Hayyom, Hofiz, Sa’diy, Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiy xalqlari uchun ma’lum darajada umumiy bo‘lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy, amir Xusrav Dehlaviylarning ijodiy ta’siri ostida o‘zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi. Navoiy ijodi xususan, “Hamsa” asari XVI-XVIII asrlardagi barcha turkiy va fors-tojik badiiy adabiyoti va ijtimoiy fikrlarining rivojiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrlarda yashab ijod etgan Turk, Ozarbayjon, Xorazm, Qo‘qon xonliklaridagi, sharqiy Eron va Afg‘onistondagi shoir-ulamolar Navoiy ma’naviy xazinasidan ilhomlandilar va bahramand bo‘ldilar va undan o‘rgandilar. Ijtimoiy madaniyatning bu o‘zaro ta’siri xalqlar ijtimoiy milliy madaniyatining rivojlanishi va boyishiga olib keldi. Turkiy dunyoning XVII asrdan boshlangan tanazzuli XVIII asrning ikkinchi yarmida ko‘xna Turkistonda erk va mustaqillikni qo‘ldan berish bilan yakunlandi. Taqdir Turkiston xalqi oldiga yo millat sifatida tamoman mahv bo‘lish, yo zamonga muvofiq islohotlar o‘tkazib, taraqqiy qilgan millatlar qatoriga ko‘tarilib, o‘zlikni saqlab qolish uchun kurash vazifasini qo‘ydi. Millat iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-axloqiy islohotlar jarayonida o‘zini ham yangilab borishi asnosida shakliga ko‘ra ham, mazmuniga ko‘ra ham yangi adabiyot maydonga keldi.
XVII asrning o‘rtalarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feodal jamiyati xiyla zaiflashgan, Niderlandiya (1516—1609) va Angliyadagi (1640) inqiloblar o‘rta asr idora usuli va diniy-cherkov xukmronligiga qaqshatqich zarba bergan, binobarin, feodal tuzumining butunlay yemirilish davri ancha yaqinlashib qolgan edi.
XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti realizm, klassitsizm va ba¬rokko nomi bilan ataluvchi uch asosiy adabiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Realizm Uyg‘onish davri gumanist yozuvchilarining traditsiyalarini davom ettiradi. Bu adabiy yo‘nalishning vakillaridan biri bo‘lgan Lope de Vega o‘z komediyalarida barokko yozuvchilarining pessimistik kayfiyatlariga xushchakchaq xayotni qarshi kuyadi; Sharl Sorel ham «Fransionning xaqqoniy va qo‘lgili xayot tasviri» romanida dunyoviy kuvonchlarni qo‘ylaydi.
Barokko o‘rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib. chiqqan, absolyutizm ko‘chayib borayotgan davrda feodal-katolik reaksiyasi ta’sirini aks ettirgan adabiy yo‘nalish xisoblanadi. Uning yorkin ifodachisi dramaturg Kalderondir.
Uyg‘onish davri mutafakkirlarining dinga shubha bilan qarash-lari o‘rnini endi diniy mutaassiblik oladi. Xudo daxshatli va shafkatsiz kuch, uning qudrati oldida inson zaif va ayanchli max-luq deb karaladi. Barokko yozuvchilarining tilida oddiy iboralar yo‘qolib, undagi tasvir nozik va «bejirim» tusga kiradi. Ular ijodida vazmin tabiatli qahramonlar gavdalanadi, uzoq ekzotik mamlakatlarga qizikish ko‘chayadi. Adabiyotdagi bunday aristokratik uslub Italiyada marinizm, Ispaniyada gangorizm, Fransiyada presioz deb ataladigan oqimlarda ochiq ko‘rinadi. Binobarin, barokko xasta xis-tuyg‘ularni ifodalovchn chirib bo¬rayotgan dvoryan-aristokratiya sinfining adabiy uslubidir.
Klassitsizm XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqkan adabiy okimdir. Bu vaqtda fransuz qiroli bebosh feodal-larning qarshiligini bartaraf etib, markazlashgan xokimiyat o‘rnatish uchun kurash olib bormokda edi. Lyudovik XIV (1643— 1715) zamonasida absolyutizm mustaxkamlanadi. Anarxiyaga chek qo‘yish, juz’iy narsalarni umumiylikka buysundirish absolyutizm ximoyachilari ilgari surgan muxim masalalardandir. Siyosatdagi singari adabiyotda ham qattiq qo‘llik bilan ish tutiladi. Barcha ijodiy jarayonlar ma’lum koidaga itoat ettiriladi. Kardinal Rishele yangi tashkil qilingan akademiya orqali adabiyotni o‘z na-zorati ostiga oladi. Qonundan chetga chiqish san’atda ham boshbosh-doklikka olib boradi, degan qat’iy fikrga keladi. Klassitsizm qoidalariga rioya qilmagan Kornel va uning «Sid» tragediyasi jiddiy tanqidga o‘chraydi.
Klassitsizmning asosiy prinsiplaridan yana biri tabiatga taqlid qilish, real turmushni gavdalantirish talabidir. Demak realizm klassitsistlar estetikasiga yot emas, Biroq U chegaralangan¬dir. Uning yirik nazariyotchisi Bualo «Poeziya san’ati» degan asa¬rida «yaramas» tabiatga, vokelikning «qo‘pol» tomonlariga emas, balki faqat «go‘zal» tabiatga taqlid qilishga chakiradi. Klassi¬sistlar inson hayotidagi muhim voqealarni ochish kabi vazifani ilgari surishlari bilan birga, umumiylikni xususiy xolat bilan ajratib qo‘yadilar, insonning ruxiy xalati moddiy turmushga bo‘l¬gan intilishlari bilan bog‘lik ekanligini bilmaydilar. Bular esa personajlarni bir yoqlama tasvirlashga olib boradi.
Klassitsizm nazariyasi bo‘yicha, butun adabiy janrlar «yuksak» (tragediya, epos, qasida) va «tuban» (komediya, satira, epigramma) turlarga bo‘linadi. «Yuksak» janrlarda davlat ishlari qirol va hukmron tabaqa vakillarining harakatlari tantanali uslubda tasvirlanishi kerak «Tuban» janrlarda esa, uchinchi toifa vakillarining kundalik turmushi kulgili manzaralarda aks ettirilishi lozim. Janrlarning bu tariqa sun’iy tasnif etilishi klassitsizm adabiyotining soslovieli dvoryan xarakteridan kelib chiqqan. Klassitsist yozuvchilar asar tilining aniq obrazlarning ratsional, kompozitsiyasining pishiq uslubning qo‘pol iboralardan xoli bo‘lishiga katta e’tibor beradilar. Biroq go‘zallikni idrok qilishda yagona mezon iste’doddir, deb unga ortikcha baho beradialr. Qahramonlarni oldindan belgilab qo‘yilgan sxema va logik qonunlariga ko‘ra «yaxshi» va «yomon»ga ajratib, natijada xarakterlarning hayotiyligini chegaralab qo‘yadilar.
Klassitsizm adabiyotida drama janri muxim o‘rin egallaydi. Undagi asosiy prinsip uch birlik qonuniga rioya etishdir.
Ular¬dan biri vaqt birligidir. Pesadagi butun harakat bir kun mo-baynida bo‘lib o‘tishi kerak
Ikkinchisi — o‘rin birligida barcha xodisa bir joy, bir bino ichida yuz berishi lozim.
Uchinchisi — xarakat birligida yagona syujet yo‘li, ya’ni asosiy voqea, bir intrigaga amal qilinadi.
Klassitsizm antik adabiyotga taqlid qilish asosida kelib chiq-qan adabiy yo‘nalishdir. Gumanistlar qadimgi grek va Rim mada-niyatini urganish va uning ilg‘or g‘oyalarini targ‘ib etishda jiddiy ish qildilar. Biroq ularning antik san’at haqidagi nazariyala-rida bir qator nuksonlar mavjud edi. Bunga sabab o‘rta asrlar adabiyotidagi milliy xususiyatlarni e’tiborga olmaslikdir. Shu¬ning uchun klassitsizm Fransiyadan boshqa -mamlakatlarda o‘z ri-voji uchun zamin topolmadi.
Klassitsist yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqi-chiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuklarini qabul qildilar. Biroq mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janr-larni qattiq logik qonunlarga buysundirish klassitsizm adabiyo-tini cheklab qo‘ygan edi. Shuning uchun ham uning kotib qolgan qo nunlarini Pushkin va rus revolyusion-demokratlari tanqid rilganlar. Lekin bunday salbiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, klassitsizm o‘z davri madaniy xayotida katta voqea edi.
XVII asrning ilg‘or yozuvchilari ijodi o‘sha davrning yirik mutafakkirlari «Ingliz materializmining chin otasi Bekon», shuningdeq Gobbs, Kampanelli, Dekartlarning falsafiy qarash¬lari bilan bog‘liq ravishda rivoj topadi. Ular ta’limotidagi materialistik an’ana idealistik an’anaga qarshi qaratilgan edi. Bu narsa feodal olami va uning urf-odatlarini tanqid qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti o‘z davri xayotining turli-tuman manzarasini gavdalantirgan Milton, Kornel, Rasin, Moler, Lope de Vega va Kalderon kabi yirik yozuvchilarni yetish-tiradi, ularning ko‘p qirrali va eskilikni fosh etuvchi ijodi xozirgi kungacha g‘oyaviy mazmuni va badiiy qimmatini saqlab kelmokda.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish