Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet33/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Moler (1622—1673)
Fransuz milliy teatrining asoschisi yirik dramaturg-komediograf Jan Batist Moler Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. Uning xaqiqiy familiyasi Poklen bo‘lib, Moler uning adabiy taxallusidir. Moler 1639 yilda Klermon kolledjini bitirib, Orlean universitetida advokat unvonini olish uchun imtixon topshiradi. Biroq uni sud ishi ham, savdo ishi ham qiziqtirmaydi. Yoshligidan teatrni yaxshi ko‘rgan Moler o‘rtoqlari bilan 1643 yilda Parijda «Yaltiroq teatr» tashkil etadi. Biroq truppa o‘z mustaqil repertuari, aktyorlik tajribasi va moddiy asosi bo‘lmaganidan yopilib koladi. Shundan so‘ng Moler do‘stlari (Bejar) bilan ko‘chib yuruvchi provinsiya komediantlar truppasiga kirib ishlay boshlaydi. Bu vaktdagi og‘ir sharoit uning irodasini bukolmaydi, balki yana xam chiniqtiradi. Moler bu yillar (1645—1658) da boy tajriba orttiradi, turli sotsial guruhlarning turmushi bilan tanishadi, truppaning obruyini oshirish uchun kurashadi. Spektaqllarda asosiy rollarni o‘zi o‘ynaydi. 1650 yil¬da Moler truppaning boshlig‘i bo‘ladi. Mamlakatda davom etgan grajdanlar urushi, fronti xarakati, xalq ommasining og‘ir ahvoli Moler dunyoqarashining demokratik ruhda shaqllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Moler ijodiy faoliyatining ilk bosqichida Fransuz xalq farsini o‘zlashtirgani holda italyan niqobli komediyalarini Fransuz teatriga moslab qayta ishlab, o‘z truppasini repertuar bilan ta’minlab turadi. Lion shahrida 1653 yilda uning birinchi komediyalaridan bo‘lgan «Telba» pesasi qo‘yiladi, bu esa Moler truppasining shuhratini oshirib yuboradi. Shundan keyin Moler pesalarini Pa¬rijda ko‘rsatishga harakat qiladi. U 1658 yilning oktabr oyida qirol saroyida avval Kornelning «Nikomed» tragediyasini, so‘ngra unga qushimcha ravishda o‘zining «Oshiq bo‘lgan doktor» pesasini ko‘rsatadi. Molerning bu kichik farsi (bosh rolni uning o‘zi o‘ynagan) katta muvaffaqiyat qozonadi. Shundan keyingina qirol truppani Parijda qoldirishga ruxsat etadi.
1662 yilda «Ayollar uchun saboq» pesasi qo‘yilganidan so‘ng aristokratiya va cherkov reaksiyasi yozuvchining obruyiga putur yetkazish uchun keng doirada kurash olib boradi, unga qarshi tuhmat uyushtirib, Molerni yeretik (dahriy) sifatida kuydirib o‘ldirilishini talab etadi. Biroq Lyudovik XIV yozuvchidan foydalanish, uni o‘ziga itoat ettirish va buntarlik inti- lishlaridan qaytarish uchun uni himoya qiladi. Ayni vaqtda «Tartyuf»ni taqiqlashga, «Don Juan»ni repertuardan chiqarishga farmoyish beradi.
Moler qayotining so‘nggi yillarida qizg‘in ijod bilan band bo‘ladi, uning asarlarida tanqidiy tendensiya yana kuchaya boshlaydi. Buni shu davrda yaratgan yirik asari «Yolg‘on kasal» komediya- sida ochiq kurish mumkin. Og‘ir sharoit reaksiya tazyiqi ostida tinmay ishlagan va kurashgan yozuvchining sog‘ligini zaiflashtiradi. 1673 yilning 17 fevralida betob bulishiga qaramasdan Moler «Yolg‘on kasal» pesasidagi bosh rolni ijro etadi. Butun o‘yin davomida u o‘zini yomon his qiladi, tomosha tugagandan bir necha soat o‘tgach, yirik dramaturg vafot etadi. Parij arxiepiskopi «tavba qilmagan gunoqkor» deb Molerni ko‘mishga ruxsat bermaydi. Yozuvchining yaqinlari qiyinchilik bilan ijozat olib, uning ja- sadini kechasi qabristonning bir chekkasiga ko‘madilar.
Moler Fransuz klassik komediyasini Fransuz xalq farsi traditsiyalari bilan Rim komediyalarining eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida yaratdi. Dramaturgiyaga qadam qo‘ygan Moler hukmron klassitsizm estetikasi prinqiplari ne- gizida yozishga kirishgan bo‘lsa ham, lekin u saroy adabiyoti qoidalariga o‘ralashib qolmadi. Moler klassitsizmning tragediyani «yuqori», komediyani esa «tuban» janr deb ko‘rsatishlariga qarshi chiqadi. Tragediyaga nisbatan yaxshi komediyani yaratish qiyinligi, kishilarni kuldiradigan va ular didiga yoqadigan komediya yozish oson ish emasligini ta’kidlab ko‘rsatadi. U teatrning tarbiyaviy roliga ham katta ahamiyat beradi. Uni «jamiyat oynasi» deb ataydi. Molerning ko‘rsatishicha, «komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib turib, ulardagi nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir»1.
Moler komediya haqida so‘zlab, yozuvchining asosiy maqsadi davr «nuqsonlarini kulgili manzaralarda fosh etish» dan ibo¬ratdir, deb ko‘rsatadi. Aktyor sahnada sun’iylikka yo‘l quymasligi kerak. Odam hayotda qanday bo‘lsa, sahnada xam xuddi o‘shanday bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, Moler klassitsizm nazariyasining tor va chek- langanligini tanqid qiladi. U uch birlik qonuniga hamma vaqt rioya qilavermaydi, bu qoida Moler ko‘zlagan maqsadlarni yoritishga torlik qilsa, uning qobig‘idan tashqariga chiqaveradi. Natijada u klassitsizm qoidalariga amal qilib emas, balki real turmush talablariga tayanib, realistik ijodning ajoyib namunasi bo‘lgan komediyalar yaratishga muvaffaq bo‘ladi.
«Kulgili nozaninlar» (1659) komediyasi Molerning nomini ko‘pchilikka ma’lum qilgan uning birinchi original asaridir. Bunda yozuvchi katta jasorat bilan presioz aristokrat «madaniyati»ni ham, meshchan burjua mahdudligini ham ochik tanqid qiladi.
Burjua Gorjibyusning qizi Madlon va jiyani Kato meshchanlik ruhida tarbiyalanadilar. Presioz romanlarini o‘qigan bu qizlar soddalikka emas, aristokratiyaning usti yaltiroq va dabdabali hayotiga intiladilar. Poytaxtdagi aristokrat ayollarga ergashib, nutqlarida balandparvoz mavhum iboralar ishlatadilar. Ular «nafislik xaritasi»ni bilmagan «bilimsiz» jazmanlarni rad etadilar.
Nihoyat, qizlar tomonidan tahqirlangan ikki yigit qasos olish maqsadida xizmatkorlari Maskaril bilan Jodleni markizcha kiyintirib, ularning huzuriga yuboradilar. Aristokrat yigitiga xos olifta, chaqqon va gapdon Maskaril tezdan qizlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Uning sun’iy harakatlari va so‘zlari («Mening qalbim qil ustida turibdi») Madlon va Katoga tabiiy kurinadi. Uning har bir so‘zi qizlarga rohat bahishlagandek tuyuladi. Ikki xizmatkor qizlar bilan uyinga tushib turgan vaqtda rad etilgan oshiqlar — Lagranj va Dyukruazilar kirib kelib, xizmatkor¬lari ustidagi kiyimlarni yechib olib, soxta so‘z va harakatlarga maftun bo‘lgan kaltabin meshchankalar ustidan kuladilar.
Xalq farsiga asoslanib yozgan bir pardali bu pesasida Mol¬yer 50- yillardagi dvoryan reaksiyasi ta’siri natijasida keng tarqalib borayotgan presioz adabiyotiga, aristokratik xulq-atvor va tannozlikka qat’iy zarba berdi. Asar qahramonlaridan birining «Tannozlik ruhi bilan faqat Parijgina emas, balki provinsiya ham kasallangan», deyishi bevosita Madlon bilan Katoga ham tegishlidir. Chunki ular presioz san’atiga xos ibora va abstraksiyaga beriladilar. Masalan, Madlon oyna so‘zi o‘rniga «nozanin sirdosh», kreslo so‘zi o‘rniga «suhbat qulayligi» iborasini ishlatadi. Kato o‘z suhbatdoshiga o‘tirishni taqlif etar ekan: «Sizdan so‘raymanki, janob, ushbu kresloga nisbatan shafqatsiz bo‘lmasangiz, chunki mana u chorak soatdan beri sizni o‘z quchog‘iga chaqirmoqda, uning sizni o‘z bag‘riga olish istagiga iltifot etsa- ngiz»,— deydi. Yozuvchi presiozchilarning nutqinigina emas, ular- ning turmushdan ajralib qolgan xatti-harakatlarini ham qattiq qoralaydi. Shuning uchun reaksion doiralar va, birinchi galda, cherkov yozuvchiga qattiq hujum qilib, vaqtincha bo‘lsa ham, bu pesani sahnadan olib tashlashga erishadilar. Biroq dramaturg reak¬siya tazyiqiga bardosh berib, feodal-aristokratiyaning chirkin hayoti va diniy jaholatni fosh etishni to‘xtatmaydi. Aksincha, u bir pardali «Sganarel» (1660) nomli she’riy komediyasini yozib, Fransuz burjuaziyasining yaramas va kulgili tomonlarini yanada qattikroq fosh qiladi.
Moler «Ezmalar» (1661) nomli komediya-balet yaratadi. Bu asarida ham yuqori guruh vakillarining bema’ni hayotini satira
presioz adabiyot— nafis, nozik adabiyot; aristokratik adabiyotdagi ba¬rokko oqimining bir turi ostiga oldi. «Ezmalar» yozuvchining realistik komediya ijod etishdagi dadil qadami edi.
«Erlar uchun saboq», «Ayollar uchun saboq» (1662) komediyalarida Moler oila, nikoh masalalarini ko‘tarib chiqadi. Yozuvchi ayollarga ishonmaydigan. boy burjua Arnolf obrazini katta ma¬horat bilan yaratadi. Arnolf xotinni ham mulk sifatida sotib olishdan qaytmaydigan egoist. U kambag‘al dehqon oilasidan Ag¬nessa ismli qizni sotib olib, uni avval monastirda, so‘ngra uyda itoatkor ruhda tarbiyalab, o‘ziga xotin qilmoqchi bo‘ladi. Sodda qiz Agnessa Oras degan yigit bilan tanishib, u bilan sevishib qoladilar. Arnolf sevgini «gunoh» deb, qizning chin muhabbatiga turli yo‘llar bilan qarshilik ko‘rsatadi. Biroq ko‘zi ochilgan va Arnolfga qul bo‘lib qolishni istamagan Agnessa sevgilisi bilan qochib ketadi.
Epikur va Lukresiyning materialistik falsafasidan ta’sirlangan Moler insonning tabiiy xis-tuygularini din va jaholatdan ustun qo‘yadi, muhabbat har qanday og‘ir to‘siqlarni yengishga ham qodir ekanini ko‘rsatadi u komediyada yoshlik keksalik ustidan, ma’rifat jaholat ustidan, gumanistik axloq burjua xulq-odatlari ustidan tantana qiladi. Besh pardali bu pesasi bilan dra¬maturg Fransuz satirik komediyasiga asos soladi. Asarda klassitsizm qonunlariga yon berilganligiga qaramay (bu sevishganlarning harakatlarini ko‘rsatishda emas, balki ularning uchrashuvi haqida so‘z borganda, muhokama yuritishning kuchayishida kurinadi), bu pesa yozuvchida xalqchillik tendensiyasining rivojlanganidan dalolat beradi. Shu sababli «Ayollar uchun saboq»ning sahnaga qo‘yilishi reaksion guruhlarning yozuvchiga qarshi hujumini yanada kuchaytiradi.
Qora guruhchilar bilan olib borilgan qat’iy kurashlari Molerning irodasini bukmaydi, balki u bu hayot-mamot kurashi ichida toblanadi, absolyut monar- xiyaga tayangan hamma sotsial-kuchlar ruhoniylar, feodal-aristokratiya va burjuaziyani qattiq masxara qiluvchi «Tartyuf» (1664), «Don Juan» (1665), «Mizantrop» (1666), «Amfitrion» (1668), «Jorj Donden» (1668), «Xasis» (1668) kabi ajoyib satirik ko¬mediyalarini yozib, Fransuz milliy komediyasini yaratadi.
«Tartyuf» Moler «Tartyuf» komediyasini 1664 yilning may oyida sahnaga quydi. 3 pardali bu pesa o‘sha vaqtda juda keng tomir yoygan diniy-klerikal «Muqaddas zakovat jamiyati»ning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan bo‘lsa ham, lekin komediya feodal-katolik reaksiyasi xurujiga qarshi keskin kurash kuroliga aylanib ketadi. Shuning uchun ham Pa¬rij arxiepiskopi va riyokorlar tashkilotining maxfiy homiysi qirolicha Anna Avstriyskaya bu pesani taqiqlaydi. «Tartyuf»ni sahnaga qo‘yish huquqi uchun o‘zoq kurash ketadi. Moler pesani, antiklerikal mazmunini saqlagan holda, qayta ishlashga kirishadi. 3 pardali emas, balki 5 pardali bo‘lgan bu pesa «Aldonchi» deb nomlanadi. Tartyuf esa Panyulf deb atalib, u ruleniy kiyimida emas, dunyoviy kishi qiyofasida ko‘rinadi. 1667 yilda pesaning qayta ishlanib satirik kuchi birmuncha yumshatilgan nusxasini sahnaga qo‘yishga ruxsat etiladi. Biroq qirolning Parijda bo‘lmaganidan foydalangan diniy-klerikal tashkilotning maxfiy a’zolaridan biri parlament raisi Lamuanon komediyani yana taqiqlaydi. Moler oldida jiddiy masala: yo xukumat bilan munosabatni yomonlashtirib, o‘z komediyalari uchun sahnadan foydalanish imqoniyatidan mahrum bo‘lish, yoki birmuncha yon berib, sahnani qo‘lda olib qolish va reaksion klerikalizmni fosh etishni davom ettirish masalasi turar edi. Moler ikkinchi yo‘lni tanlab, komediyasi¬ni yana ham takomillashtirish ustida ish olib boradi va, nihoyat, pesaning qayta ishlangan uchinchi nusxasi qirol ruxsati bilan 1669 yilning fevral oyida sahnaga qo‘yiladi. «Tartyuf yoki aldoqchi» nomida sahnaga quyilgan komediya katta shuhrat qozonadi.
Pesaning satirik kuchi ancha yumshatilgan va Tartyuf ruhoniy kiyimida emas, dunyoviy kishi qiyofasida tasvirlangan bo‘lsa ham, lekin komediyaning asosiy zarbasi xristian dini va cherkoviga qarshi qaratilgani ochiq ko‘rinib turar edi. Shuning uchun «riyo¬korlar shaykasi» Molerga qarshi kurashishni to‘xtatmaydi.
Moler «Tartyuf» komediyasida o‘rta asr feodal zulmini o‘sha davr sotsial eqayoti qarama-qarshiliklariga bog‘liq ravishda emas, balki uning bir tomonini, diniy zulmini, uning siyosiy reaksiya roli bo‘lganinigina ko‘rsatdi. Bu hol yozuvchini klassitsizmga xos abstraktlik va ratsionalistik illyuziyaga olib boradi. Natijada asosiy qahramon xarakterini tasvirlashda sxematizmga beriladi. Tartyuf feodal-aristokratiyaning butun yaramasliklarini mujassamlantirgan individuallashgan obraz emas, balki reaksion aristokratiya riyokorligining turli ko‘rinishlarini aks ettirgan obrazga aylanadi. Shu sababli «Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakterlar komediyasining tipik namunasi hisoblanadi. Tartyufning ikki yuzlamaligi, Garpagonning xasisligi kabi, «absolyut hirsdir». Butun diqqat umuman inson xarakterini ochishga emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan asosiy salbiy qahramon Tar¬tyuf xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
Biroq shunday bo‘lsa ham, komediyada real turmush voqealari ko‘zga tashlanib turadi. Sevishgan Marianna bilan Valer o‘rtasidagi anglashilmovchilik, kampir Pernel bilan nevaralari o‘rtasidagi kelishmovchilik, Mariannaning Tartyufga tegmasligi haqida otasiga aytganlari, aldoqchiga qarshi chiqqan Damisning otasi (Orgon) tomonidan uydan quvilishi, bular XVII asr burjua oilasiga xos bo‘lgan tipik maishiy realistik manzaralardir.
O‘tmishning yirik yozuvchilari komediyani yuksak baholaydilar. Volter «Tartyuf» komediyasini nodir asar deb, A. S. Pushkin esa Molerdagi komiklik iste’dodining zo‘r va beqiyos mahsuli, deb baholadi.
«D«n Juan» Molerning ijodi gullagan davrda yaratgan komediyasi «Don Juan» (1665) nomli satirik komediyasi alohida ahamiyatga ega. Reaksion guruhlar taqiqlagan «Tartyuf» komediyasi o‘rniga qo‘yish uchun tez vaqt (ikki hafta) ichida yozilgan bu pesa ham bir necha marta o‘ynalgandan so‘ng butunlay taqiqlanadi.
«Don Juan»ning syujeti turli davrda turli yozuvchilarning diqqatini o‘ziga jalb etib keldi. Masalan, Don Juan haqida ispan dramaturgi Tirso de Molina «Seviliyalik shum yigit» (1620) pesasini yaratdi. Pushkin esa «Tosh mehmon» asarida bu obrazni chuqur talqin qildi. Moler ispan ertaqlaridagi bu ob¬razni o‘z zamonasining aristokrat yigiti qiyofasida tasvirlab, uning butun nuqsonlarini fosh etib tashladi. Bu obraz ko‘p qirrali bo‘lib, umuman, buzilgan dvoryan sinfining vakili, deb ko‘rsatiladi.
Komediyaning boshidayok Don Juan hakida uning xizmatkori Sganarel bilan tashlab ketgan xotini Elviraning xizmatkori Gusman o‘rtasidagi suhbatda jiddiy fikrlar bayon qilinadi. «Don Juan hamma jinoyatchilardan eng yovuzi», u «it, shayton, turk, yere¬tik» deb ataydi uni Sganarel. Xizmatkorning o‘z xujayinini bunday haqorat qilishi uchun asosi bor zdi, albatta. Xar qanaqa ayolga «uylanishga mohir» Don Juan xotinmi yoki qiz, shaharlikmi yoki qishloqlik, bundan qat’i nazar, ularning barchasiga «muxabbat» izhor qilaveradi. Sganarel xujayinining bunday beqaror va bema’ni hayot kechirishiga, har qadamda uylanib, xotinini tashlab ketishiga e’tiroz bildiradi.
«Don Juan» Mol’erning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqib yaratgan tom ma’nodagi yirik realistik asaridir. Bu narsa turmushni keng ko‘lamda tasvirlashda ham, uch birlik qonuniga rioya qilmaslikda ham (voqea o‘rni almashib turadi: saroy, dengiz qirg‘og‘i, o‘rmonzor va hokazo), qahramonlar xarakterining rivojlanib borishida, klassitsizm traditsiyasiga binoan, komediyaning she’rda emas, balki prozada yozilishida, shuningdek, xalq vakillarini tasvirlashga alohida e’tibor berishida ham ochiq kurinadi.
«Mizantrop» (1666) komediyasi Moler ijodining yuqori cho‘qqisi va shu bilan uning o‘z adabiy faoliyatida boshlangan burilish nuqtasi ham bo‘ldi.
Asarning bosh qahramoni sof ko‘ngilli Alsest yaramas saroy muhitida azob chekadi. hamma vaqt yaxshilik va adolatli ish qilishga intilgan bu yignt har qadamda adolatsizlik va olchoqlikka yo‘liqadi.U tabiatan insonparvar, undagi mizantropiya—odamovilik bo‘zilgan dvoryan-aristokratiya hayoti ta’siri ostida yueaga keladi. Chunki u olijanob g‘oyalarni amalga oshirish uchun o‘sha jamiyatdan o‘ziga suyanchiq topolmaydi. Shuning uchun ham Alsest qalbida tug‘ilgan g‘azab o‘ti cheksiz. U ba’zi kishilardan yovuzliklari uchun nafratlansa, boshqalarni o‘sha yovuzliklarga qarshi kurashmaganliklari uchun qoralaydi. Dvoryan zodagonlarning hayoti va xulq-odati, takabburligi Alsestga yoqmaydi. U hashamdor formalistik san’atga ham qarshi kurashadi. Aristokrat shoir Orantnnng soneti munosabati bilan Alsestning izhor qilgan fikr va mulohazalari xarakterlidir. Alsest Orantning yuzaki sonetiga chuqur mazmunli xalq qo‘shiqlarini qarshn qo‘yadi.
Alsestga yaqin turganlar — do‘sti Filint, Selimena va Arsinalar ham aristokratnk hayotning yaramasliklari girdobiga tushib qolgan kishilardir. Ular muhitning bo‘zuqligini biladilar, biroq undan aloqani uzolmay, o‘zlaridan yuqori turuvchilarga xu- shomad qiladilar. Alsest qurolining tig‘i ham dastlab shunday munofiqlikka qarshi qaratiladi, Alsest aristokratiya tannoz- ligi ruhida tarbiyalangan Selimenani qattiq sevadi, uni o‘sha mug‘itdan aloqani o‘zishga, o‘ziga o‘xshash olijanob maqsad yo‘lida qattiq turib kurashuvchi bo‘lishga undaydi. Biroq uning urinishlari puchga chiqadi. Selimena Alsestning bu talablarini tushu- nib yetmaydi. Alsest shaxsiy hayotda ham shunday ziddiyatlarga duch keladi. Oxirida u yakka o‘zi qolib, «nuqsonlar hukmron bo‘lgan girdobdan» chiqib ketadi, Alsestni sevgan va o‘z tuyg‘ularini yashirib kelgan Elianta esa Filingga turmushga chiqadi.
Bu komediyada Moler mavjud tartiblarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surib, dvoryan-aristokratiya bilan murosaga kelgan kishilarni ayovsiz tanqid qiladi. Qahramon so‘zlari orqali Mol¬yer mavjud feodal-aristokratiya tuzumi absolyutizmga qarshi keskin norozilik bildiradi. Alsest obrazida qarama-qarshiliklar mavjuddir. U hukmron sinflarning munofiqligi, razilligi va manmanligini qattiq qoralagani xolda, ayni chokda ularni insofga chakiradi. Uning donkixotchiligi, kulgili tomoni ham shu yerdadir. Aristokratiya sinfi vakillari uning istaqlariga quloq solmaydilar, bundan so‘ng u umidsizlikka tushadi, odamlar ichidan chiqib ketadi. Alsestning odamoviligining asossizligi shundaki, o‘z muvaffaqiyatsizligi uchun u beistisno hammani ayblaydi.
«Mizantrop»— klassitsizm adabiyoti «oliy» komediyasining namunasi hisoblanadi. Chunki pesaning boshida masalaning qo‘yilishi — nasihatgo‘ylik, so‘ngra esa butun komediya davomida oldindan belgilangan maqsad — qahramonning harakatlari orqali emas, balki xarakterning psixologik tasviri orqali beriladi. Lekin klassitsizm komediyasining formal belgilari orqasida, shubhasiz, realistik dramaning asosiy belgilari yashirinib yotadi. Yumshoq tabiatli Filint atrofidagi kishilar bilan chiqishib ketadi, Alsest esa kelishuvchilik degan narsani bilmaydi, buzilgan mu- hitga qarshi nafrat yog‘diradi, qahramonning og‘ir ruhiy kechinma- lari avtorning shu davrdagi ahvol-ruhiyasiga mos tushadi. Chunki reaksion feodal-aristokratiya Molerga bo‘lgan hujumni nixoyag darajada avj oldirib yuborib, hatto uni yo‘qotish payiga tushgan edi. Shu sababli «Don Juan»da ilgari surilgan demokratik fikrlar va hukmron sinflarga qarshi qaratilgan o‘tkir satira «Mizantrop» da ham o‘z ifodasini topdi. Asar yozuvchining ezgu niyatlari dvoryan-aristokratiya jamiyatida amalga oshishi mumkin emasligidan dalolat beradi.
Moler «Xasis» (1668) komediyasining syujetini qadimgi Rim komediografi Plavtning «Ko‘zacha» («Ko‘milgan xazina») komediyasidan olgan. Birok Rim dramaturgi tomonidan yaratilgan xasis obrazi Evklion aslida kambag‘al bo‘lib, bir xumcha oltin topib olganidan so‘ng unda ziqnalik boshlanadi. Molerdagi xasis Garpagon boylik to‘plashga hirs qo‘ygan aqcha dunyosining vakilidir.
«Xasis» Molerning tipik «xarakterlar komediyasi» dir. Bu¬tun maqsad bosh qahramon xarakterining umumiy tomonlarini emas, balki Garpagon uchun asosiy xususiyat — xasislikni ochishga qaratiladi. Pesaning markazida Garpagon obrazi turadi.
Uta xasis Garpagon o‘z boyliklarini hech kimga ishonmaydi. U boyligini hatto farzandlarining to‘yi uchun ham sarflamaydi. Garpagondan pul so‘ragan kishi guyo uning qalbiga xanjar sanchganday bo‘ladi. Shuning uchun ham Lyaflesh uni «hamma odamlardan eng yaramas odam, ziqna, johil», deb aytadi. Xasisning qizi Eliza Valer degan yigitni sevadi. Biroq u Elizani savdogar Anselmga bermoqchi, chunki savdogar qizdan bisot so‘ramaydi. Lekin o‘g‘liga olib bermoqchi bo‘lgan qizdan bisot talab qiladi. Xasisning o‘g‘li Kleant Marianani yaxshi ko‘radi. Lekin unda qizga sovg‘a-salom uchun pul yo‘q. Shuning uchun yaqinda otasidan qoladigan meros evaziga deb, boshqa sudxo‘rdan karz olishga ahd qiladi. Biroq sudxur 25% foyda talab etganini bilgan Kleant «Bu paroxurlik! Ko‘ppa-kunduzi- talash!»—deydi. Qarz beruvchi bilan qarz oluvchi uchrashganlarida, ular ota-bola Garpagon bilan Kleant bo‘lib chiqadilar.
«Sizningcha, kim jinoyatchi?,— deydi g‘azab bilan Kleant,— muhtojlikda kolib katta foyda berish evaziga karz olgan kishimi yoki pulga muhtojlik sezmagan holda uni bosqinchilik bilan qo‘lga tushirgan kishimi?».

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish