Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet34/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Lafonten (1621—1695)
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili, mashqur masalchi shoir Jan Lafonten (1621— 1695) Shato-Terida mayda chinovnik oilasida tug‘ildi. Dastlab u kishlok maktabqda, so‘ngra kolledjda o‘qiydi; Hukukshunoslikni urgansa ham, lekin ko‘proq adabiyotga qiziqadi. Antik va Uyg‘onish davri yozuvchilarining asarlarini diqqat bi¬lan urganadi.
Lafontenning adabiy faoliyati kech boshlanadi. U o‘ttiz uch yoshida Terensiyning «Yevnux» komediyasini qayta ishlaydi. Bu pesa avtorning bundan so‘nggi tanilishi va usishiga zamin yaratadi.
Lafonten ijodining birinchi davrida (1657—1663) aristo¬kratii presioz adabiyoti ta’sirida bo‘ladi. U o‘ziga homiylik qilgan ministr Fukeni maqtaydi. Grek mifologiyasidan foydalanib yaratgan «Adonis» (1658) poemasida Adonisning ma’buda Vene- raga bo‘lgan muhabbatini tasvirlaydi. Ishdan chetlatilgan va hamalgan Fukega o‘z she’rlari (bilan xayrixoqlik bildirgani uchun qirol Lyudovik XIV va uning yangi ministri Kolber Lafontenni yoktirmay qo‘yadi va uni 1663 yilda Limojga surgun qiladi. Shu davrdan boshlab Lafonten ijodida katta burilish, uning feodal- absolyut hokimyatga munosabatida jiddiy o‘zgarish ruy beradi. Moler bilan yonma-yon turgan Lafonten endi presioz adabiyotiga taqlid etishdan voz kechadi, realistik uslubni o‘zlashtirib, original asarlar yozishga kirishadi.
Lafontenning bu davrda (1664—1674) yaratgan ijodiy mahsuli cherkov va aristokratik xulq-atvor tankid qilingan she’riy yorqin dalilidir.
Xayoti va adabiy faoliyati ertaqlardan iborat edi. U o‘n yil ichida beshta «Ertaklar» kitobini yaratdi. Xalqka yaqin turgan Lafonten «Xujayin oldida gunoh qilgan dehqon» novellasida aybsiz aybdor delenii yoqlab, feodal zulmiga nafrat bildiradi.
Biroq Lafontenning she’riy ertaqlari o‘z mazmuni va fosh etuvchi kuchi bilan bir xi\ qimmatga ega emas. To‘rtinchi kitob hukmron sinf va cherkovga qarshi qaratilgan o‘tkir satirasi bi¬lan ayniqsa xarakterlidir. Shoir turmush quvonchlarini cherkov asketizmiga qarshi qo‘yadi. Undagi ertak va novellalar qisqa, ba’zilari bir necha she’riy satrdan iboratdir. Ko‘p ertaqlarida («hamshira Janna») cherkov xodimlari hajv qilinadi.
1675 yilda ministr Kolber «din asoslarini qo‘poradi» deb «Ertaklar»ning to‘rtinchi kitobini sotishni taqiqlab qo‘yadi. Lafonten ertaqlari bundan so‘ng Gollandiyada bosib chiqariladi. Ijodi absolyutizmga qarshi ruh bilan sug‘orilgani uchun ham kirol va ministr Lafontenning Fransuz akademiyasiga saylanishiga ruxsat etmaydi. Kolber o‘lganidan so‘ng, 1684 yilda Lafonten akademiyaga a’zo bo‘lib kiradi.
1694 yilda Lafonten masallarining o‘n ikkinchi kitobining nashr etilishiga erishadi. Keksayib kolgan shoirning bu asarida umidsizlik kayfiyati sezilsa x;am, lekin ba’zi masallarida («Ikki echki») absolyutizm hokimiyatining yemirilib borayotganiga ishora yaqkol ko‘zga tashlanadi. Sog‘ligi yomonlashib qolgan La¬fonten bundan so‘ng yangi asarlar yarata olmaydi va u 1695 yilda vafot etadi.
Lafonten o‘z masallari bilan katta shuxrat qozondi. Masal janri absolyutizm, shuningdek, aristokratik reaksiyaga qarshi keng demokratik guruhlarning noroziligini qulay va tushunarli qilib bayon etish kuroli edi. Lafontenning xalqchillik g‘oyalari faqat uning masallaridagina ochiq namoyon bo‘ladi. Shoir masallarining birinchi olti kitobi 1668 yilda, ikkinchi besh kitobi 1678— 1679 yillarda nashr etiladi. Lafontenning masallari o‘zining demokratik ruhi va satirik kuchining o‘tkirligi va ezilgan omma- ning orzu-istaqlarini aks ettirishi bilan shoir ijodining eng yuqori chuqqisi hisoblanadi. Ezop davridan beri masal «tuban» tabaqalarning manfaatlarini ifodalab kelgan edi. Shuning uchun ham klassitsizm estetikasi masalni badiiy adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Uning nazariyotchisi Bualo esa shoirdan yiroqlashib, Lafonten ijodi hakida o‘zining «Poeziya sanati» da bir og‘iz ham so‘z aytishga jur’at etolmadi. Shoir masallari¬ning ko‘pchiligi chukur gumanistik g‘oya va haqqoniy realistik tasvirga boydir. Lafontenning klassitsizm estetikasining adabiy normalari doirasidan chiqib, original asar yaratishdagi maho- ratini «O‘tinchi va o‘lim» masalida yakqol ko‘rish mumkin. Shu sabab- li Bualo bu masaldan norozi bo‘lib, uni o‘z didiga moslab qayta ishlaydi. Lekin u, Lafonten erishgan chuqur mazmun va badiiy yuksaqlikka erisha olmaydi. Lafonten va Bualo antik masalchisi Eeopdagi bir syujetdan foydalanganlar. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan o‘tinchi dehqon bu dunyo bilan xayr- lashmoq maqsadida o‘z oldiga azroilni chaqiradi. Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda, undan qo‘rqib ketgan dehqon bir bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni yelkasiga olib qo‘yishni iltimos kiladi.)
Klassitsist Bualo o‘z masalida kambag‘al o‘tinchi haqidagi kul- gili ertakni hikoya etib berishdan nariga o‘tmaydi, o‘tinchining og‘ir ahvoliga achinmaydi, uning qashshoqligining ijtimoiy sabab- lariga qiziqmaydi ham. Gumanist yozuvchi Lafonten esa bu masalaga boshqacha yondashadi va kambag‘alning og‘ir ahvoliga achinib, bu oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uchun zo‘r 'ishonch bilan yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqonning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy illatlar, so‘rab olgan muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning asosiy g‘oyasini tashkil etadi.
Yozuvchining dastlabki kitobida ham realistik tasvir va demokratik ruh bilan sug‘orilgan masallari anchagina. Bu kitobda aristokratiyaning mag‘rurligini masxara qilgan «Dub va hamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini ko‘rsatgan «Kalamushlar kengashi», saroy tekinxurlarini qoralagan «Pashsha bilan chumoli», adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymunlar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan chiquvchi bo‘ri», absolyut hokimiyat zulmiga ishora etgan «Kasal arslon va tulki», shuningdek, ruhoniy va dvoryanlarning yovuzliklarini fosh etuvchi bir qator masallari diqqatga sazovordir. Biroq bu masallarida siyosiy-ijtimoiy hayotdan ko‘ra maishiy hodisalar tasviri ustun turadi va bu hodisalar abs¬trakt holda talqin qilinadi. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan mavjud bo‘lgan kamchiliklar deb ko‘rsatiladi. «Bo‘ri bilan qo‘zichoq» masalining ma’nosi zo‘r hamma vaqt bo‘lib chikadi, degan mavhum xulosa bilan tugallanadi.
Dastlabki masallarida qirol—arslonning yirtqichligi, zo‘ravonligi orkali qirolga faqat ishora qilinsa, «Masallar»ning ikkinchi nashriga kirgan kitoblarida endi «hayvonlar shohi» zulm va adolatsizlikni mujassamlantirgan monarx sifatida sati¬ra ostiga olinadi. Arslon va uning atrofidagi yirtqich hayvonlar orkali shoir mustabid qirol va saroy aqlini ifodalaydi. Masaldan kelib chiqadigan xulosa ham aniq va chuqur sotsial ma’- noga egadir.
«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man- bai — saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi. Ularning hayoti zo‘ravonlikka, kambag‘allarni ekspluatatsiya qilishga asos- langan, shuning uchun hukmdorlardan yaxshilik, shafqat kutish mum- kin emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini ifodalaydi.
Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsial sa¬tira keskinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z va ulgurji savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va quyon») qirollik hukumati va din ahllarining yovuzliklarini («Arslon, bo‘ri va tulki», «Ona arslonni ko‘mish marosimi», «Ruhoniy va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks ettiradi.
Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va ko‘zatuvchilik o‘rnini, endi 70-yillarning oxiriga kelib, qonkret sotsial satirik va realistik tasvir egallaydi. Xayvonlarning allegorik figurasi o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. Bu yillari shoir qirol Lyudovik XIV ning bosqinchilik urushini qoralagan va tinch ijodiy mehnatni ardoqlagan chuqur mazmunli masallar («Dunaylik dehqon», «Savdogar, dvoryan, chupon va shoh o‘g‘li») yaratish bilan keng xalq ommasi o‘rtasida shuhrat qozondi.
Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masal- chilik traditsiyalarini urganib, ularga favqulodda realistik xarakter va satirik ruh kiritadi, bu janrni yangi badiiy yuksak- likka ko‘taradi. Uning masallari soddaligi va o‘z davri ijtimoiy hayotini keng hamrab olishi, meqnatkash omma manfaatlarini qizgin himoya qilib chiqishi bilan qimmatlidir. Belinskiy I. Krilovning masallari haqida yozib, masal badiiy buyog‘i, o‘z belgilari va xarakterlari bilan kichik povest va drama bo‘lishi kerak, deb ko‘rsatgan edi. Hiqatan ham Lafonten — mana shunday masallar yaratib XVII asr Fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Pushkin Fransuz xalqi ruhiy boyligini mujassamlantirgan Lafontenni buyuk masalchi sifatida Krilov bilan bir qatorga qo‘ygan edi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish