Berdaq (1827-1900)
Berdaq (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li) (1827—Mo‘ynoq tumani — 1900)
shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, so‘ng madrasada tahsil ko‘rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo‘ja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. U tarixni va xalk, ogzaki ijodini yaxshi bilgan.
Berdaqning lirik she’rlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18—19-asrlardagi ijtimoiy hayoti o‘z ifodasini topgan. U o‘z davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi.
Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir («Bo‘lgan emas», «Soliq», «Bu yil», «Umrim» va b.). Shoir qaqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchun fidokor kurashchilarni orzu qiladi («Xalq uchun», «Menga kerak» va b.). Tarixni mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Azadosbiy», «Ernazarbiy» asarlarida shoir xalq qaxramonlarini faxr bilan kuylaydi.
Berdaqning «Avlodlar» asari tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq ba’zi ta’magir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi («Yaxshiroq», «Shekilli» va b.), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi (“O‘g‘limga”, “Ahmoq bo‘lma” va b.)
She’riy mushohadalari va hayotga qarashlarida boshqa mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida o‘ylar ekan, Allohdan madad so‘raydi («Yordam ber»), baxt haqida fikr yuritadi («Izladim»), odil podshoni orzu qiladi («Kerak»), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi.
Berdaq ijodi xalq og‘zaki adabiyoti an’analariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining g‘oyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqalpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning ko‘pgina asarlari o‘zbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda boshqa tavalludining 170 yilligi ksng nishonlandi (1998). Toshkent shahridagi xiyobonlardan biriga boshqa nomi berildi va byusti o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy — Bo‘zatovda ham byusti o‘rnatilgan (1998). Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo‘yilgan, musiqali drama teatri, ko‘cha va maktabga boshqa nomi berilgan.
Savol va topshiriqlar
Bayron asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Shelli asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Ko‘l maktabi ijodkorlari asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Valter Skott asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
V.Gyugo asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Jorj Sand asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Fenimor Kuper asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Munisning “Firdavs ul iqbol” asarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Berdaq asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Ogahiy asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Pushkin A.S asarlarining mohiyati haqida so‘zlab bering
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar
Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – T., 2007.
Azizov K., Qayumov O. Jahon adabiyoti tarixi. (XVIII–XX asrlar). – T., «O‘qituvchi» 1987.
Boynazarov F. Jahon adabiyoti. – T.: «Zarqalam», 2006.
Gilenson B.A. Istoriya zarubejnoy literaturы ot antichnosti do seredinы XIX veka uchebnik dlya bakalavrov. – Moskva: Yurayt, 2014.
Do‘stmuhamedov Q. Nobel mukofotini olgan adiblar. – T.: «Ma’naviyat», 2002.
Jahon adiblari adabiyot haqida. (Ozod Sharafiddinov tarjimalari). To‘plab nashrga tayyorlovchilar: Sharafutdinova M., To‘ychieva Sh. – T.: Ma’naviyat, 2010. – 390 b.
Luchanova M.F. Istoriya mirovoy literaturы/ Uchebnoe posobie. – Omsk, 2005.
Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. – T.: «O‘zbekiston», 1997.
Qayumov O. Jahon adabiyoti tarixi. (V–XVIII). – T.: «O‘qituvchi»,
1979.
10. Xallieva G. Qiyosiy adabiyotshunoslik. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: “Mumtoz so‘z”, 2020.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Adiblarning Nobel ma’ruzalari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2008.
Alekseev M.P. i.dr. Istoriya zarubejnoy literaturы. – M., «Vыsshaya shkola», 1987.
Artamonov S.D. Istoriya zarubejnoy literaturы. (XVII–XVIII vv.) – M., 1978.
Andreev L. i dr. Istoriya fransuzskoy literaturы. – M.,1987.
Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. U.Jo‘raqulov tarjimasi. – T.: «Akademnashr», 2015. – 288 b.
Golenixev-Kutuzov. Tvorichestvo Dante i mirovaya kultura. – M., «Nauka», 1971.
Gribanov B. Ernest Xeminguey. Geroy i vremya.- M., 1980.
Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. – T.: “Fan”, 2006.
Zatonskiy D.V. Frans Kafka i problemi modernizma. – M., «Vыsshaya shkola», 1972.
Istoriya amerikanskoy literaturы. V. 2-x chastyax. – M. «Prosveshenie», 1971.
Istoriya angliyskoy literaturы. – M., «Vыsshaya shkola», 1975.
Istoriya zarubejnoy literaturы / Ot.Red. L.G.Andreev. –M.: Izd. MGU, 2001.
Istoriya zarubejnoy literaturы XX veka. (1917-1945). – M., «Vыsshaya shkola»,1980.
Istoriya nemeskoy literaturы. – M., «Vыsshaya shkola», 1975.
Karimov Sh. Nemis adabiyoti tarixi. – T.: “MUMTOZ SO‘Z”, 2010
Neupokoeva I.Istoriya vsemirnoy literaturы. Problemы sistemnogo i sravnitelnogo analiza. – M.: Nauka, 1976
Saidov U. Yevropa ma’rifatchiligi va milliy uyg‘onish. – T.: “Akademiya”, 2004.
Sulaymonova F. Shekspir O‘zbekistonda. – T., Fan, 1978.
Tronskiy. I.M. Istoriya antichnoy literaturы. – M., «Vыsshaya shkola», 1988.
Filippov M.M. Ocherki o zapadnoy literature XVIII-XIX v.v. – M., «Nauka», 1985.
XX asr jahon adabiyoti: hikoyalar. Mas’ul muharrir va so‘zboshi muallifi U.Jo‘raqulov, nashrga tayyorlovchi U.Bo‘taev.-T., 2009.
Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola. – T.: «Yangi asr avlodi», 2007
Do'stlaringiz bilan baham: |