Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet43/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

JEYN OSTEN IJODI
Londondagi Milliy portret galereyasida bir kitob saqlanadi. Bu kitob mashhur ingliz adibasi Jeyn Ostinning 1816 yil, o‘limidan bir yil muqaddam chop etilgan nashri. Bu nashr muqovasiga go‘zal va nazokatli ayol tasviri tushirilgan bo‘lib, tepasiga fransuzchada “L’aimable Jane”, ya’ni “Azizam Jeyn”, deb yozilgan edi. Agar Yevropa matbaasi tarixiga razm soladigan bo‘lsak, XVIII-XIX asrlarda kitoblarda beriladigan portret san’ati keng tarqalganining guvohi bo‘lamiz. Adiba biograflarining fikrlariga ko‘ra, bu tasvir Jeyn Ostinnikidir. Bu tasvir shuning uchun ham qadrliki, Jeyn Ostinning bundan boshqa balog‘atga yetgan paytdagi surati yo‘q. Adibaning birgina surati saqlangan, u ham bo‘lsa, opasi Kassandra tomonidan chizilgan rasm bo‘lib, unda o‘n ikki yoshli qizaloq tasvirlangan. Shundayki, ingliz adabiyoti shuhratini ko‘klarga ko‘targan, ijodidan Valter Skott, Sheridan, Virjiniya Vulf kabi mashhur adiblar hayratda qolgan Jeyn Ostinning surati qolmaganligini adibaning kamsuqum tabiatidan izlash kerak bo‘ladi.
O‘zbek kitobxonlari hali Jeyn Ostin ijodi bilan o‘z ona tillarida tanishgan emaslar. Ammo ular adibaning ingliz romanchiligining alohida sahifasini tashkil etgan betakror “G‘urur va xato” romani asosida ekranlashtirilgan filmi orqali ijodkorni biladilar (o‘zbekcha varianti “G‘urur va andisha” deb nomlangan). Yana o‘zbek kino muxlislari Amerikaning dunyoga mashhur Gollivud kinostudiyasida Hindiston kino ijodkorlari bilan birgalikda ishlangan, syujeti Jeyn Ostinning “G‘urur va xato” romanidan olinib, hozirgi zamonga moslashtirilgan, besh qizni turmushga berish mojarosi kulgili va samimiy tarzda Jeyn Ostinchasiga ochib berilgan “Kelin va xurofot”filmini ham tomosha qilganlar.
Ajoyib psixolog va realist yozuvchi Jeyn Ostin 1775 yilning 16 dekabrida, o‘z zamondoshi ingliz mumtoz adiblari Uilyam Vordsvort va Valter Skottdan besh yil keyin Stiventonda (Xempshir grafligi) dunyoga keladi. Otasi Jorj Ostin ko‘hna va uncha boy bo‘lmagan kent nasliga mansub edi. Jeynning olti aka-ukasi va undan uch yosh katta Kassandra ismli opasi bo‘lgan. Kassandra bilan uning do‘stligi har qanday e’tiboru tahsinga loyiq, opa-singilning bir-biriga yo‘llagan maktublari adabiyotda alohida “maktub janri”ni ocha olgan. Ana shu maktublarda ayol qalbi tug‘yonlari, ijodkorligi, nafosati aks etadi. Bu maktublarda adabiyot talab etgan kompozitsiya, yechim, uyg‘unlik bor, muhimi, inson ko‘ngli, dardi bor. Jeyn o‘z ijodiy rejalari, fikrlarini opasi Kassandraga ishonib ayta oladi. Afsuski, Kassandra o‘limi oldidan biograflarning olijanobligi va halolligiga shubha qilib, xatlarning ko‘plarini yo‘q qilib yuboradi. Jeynning oilasida bahamjihatlik, ahillik hukm surardi, uning aka-ukalari ham adiba hayotida katta o‘rin tutganlar. Ularning oilalarida kitob o‘qish rasm edi. Oila a’zolari mehmonxonadagi kamin atrofida to‘p bo‘lishib, kitob o‘qirdilar. Aksariyat ular salmoqli va jiddiy, tarbiyaviy kitoblarni — Semyuel Jonson, Goldsmitning “Angliya tarixi”ni o‘qirdilar. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday oilaviy mutolaalar yosh adibaga ta’sir etmay qolmaydi.
Unga romannavislar Richardson, Filding, Stern, shoirlardan – Kauper, Poup, Grey, Krabb yoqardi. Tabiatan zukko va hazilkash, dunyodan qiz o‘tgan Jeyn kulib, shoir Krabbni, “taassufki, men turmushga chiqishim mumkin bo‘lgan yagona odam edi”, deb hazillashardi. Uning ana shu zukkoligi, kinoyasi, hazilkashligi asarlarida aks etadi, shu jihati bilan muxlislarini rom etadi. Jeyn Valter Skott ijodiga chuqur ehtirom bilan yondashadi. Valter Skott usta romannavis sifatida adibani rom etadi. “Valter Skott qanday qilib bunday ajoyib va yaxshi romanlar yoza oladi?” — deb yozadi u opasi Kassandraga.
Jeyn Ostin ijodini juda erta boshlaydi. Adiba hayotligida to‘rtta romani – “Aql va hissiyot” (1811), “G‘urur va xato” (1813), “Mensfild Park” (1814) va “Emma” (1816) chop etiladi. O‘limidan so‘ng, 1818 yilda esa uning “Nortenger abbatligi” va “Ishonch” romanlari nashr qilinadi. Yozuvchi ijodining gavhar shodasi hisoblanmish “G‘urur va xato” romanini Jeyn Ostin yoza boshlaganida hali yigirma bir yoshga ham chiqmagan edi. Asar markazida jamiyatning turli tabaqalariga mansub ikki inson – Elizabet Bennet va mister Darsi turadi. Roman syujeti sabablari nasliy va mulkiy munosabatlar pardasiga yashiringan ikki yoqlama “G‘urur va yanglish fikr” asosiga quriladi. Elizabet Darsiga nisbatan, Richard Oldington yozgan “Zolushka”, ya’ni qiz yigitdan kambag‘alroq bo‘ladi. Elizabet tabaqasi jihatidan ham, jamiyatda tutgan mavqei jihatidan ham Darsidan pastroq. Yana u o‘z kambag‘alligidan va oilasidagilar, ayniqsa, qizlarini yaxshi joyga turmushga berish istagida yugurib-yelgan onasining g‘aroyib qiliqlaridan azob chekadi. Oriyati azob chekkan Elizabet Darsiga nisbatan yanglish fikrda bo‘ladi. Lekin Darsining qizga yo‘llagan maktubi Elizabetni to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi. Shundan boshlab yolg‘on, yanglish fikr ortga suriladi. Uikxem sabab singlisi Lidiyaning aldanishi, Darsi tufayli qizning pok nomi oqlanishi, yigitning mardligi Elizabetning o‘z Qururini yengib, yanglishganligi, xatosini tan olishga undaydi. Darsi ham roman boshlanishida “G‘urur va yanglish fikr”dan iztirob chekadi. Bu g‘urur faqatgina yigit tabaqasiga oid bo‘lmay, balki uning atrofini o‘rab turgan jamiyatdan ustunligini anglab yetgan, aqlli, o‘qimishli va erkin odamning oriyati, Qururidir. Roman so‘ngida u ham Elizabet kabi yolg‘on tamoyil va qoidalardan ozod bo‘ladi, ulardan baland turib, o‘zi sevgan qizning muhabbatiga sazovor bo‘ladi.
O‘z davrining qizi bo‘lgan va katta ijodkor Jeyn Ostin romanni ma’rifiy jihatdan aniq va uyg‘unlikda qura oladi. Voqealar simmetrik tarzda asosiy kompozitsion yo‘lning takrorlanishi bilan kechadi (Elizabet va Darsi – Qurur; Elizabet va Darsi — adashish; Elizabet va Darsi – yanglishuv; Elizabet va Darsi — o‘z xatolarini anglash; Elizabet va Darsi — asl va sof tuyg‘ular tantanasi).
Maishiy turmushni mohirona chiza olishi bilan jamiyatni, asl hayotni haqqoniy ko‘rsatib bera olgan Jeyn Ostin o‘z asarini maishiylikdan olib chiqadi va unga realizm tamg‘asini bosa oladi. Aytish mumkinki, Jeyn Ostin tom ma’noda, ayol qalbini, uning kechinmalarini mohirona chiza olgan katta rassomdir. Asarlari muhabbat tantanasi, visol, baxt tantanasi bilan yakunlangan Jeyn Ostinning hayotda o‘zi turmush qurmaydi. Uning armonli muhabbati haqida asarlar yaratiladi, afsonalar to‘qiladi. Yoshligidan quvnoq, yoqimtoy bo‘lgan, ballarni, raqslarni, uyda spektakllar qo‘yishni, ularda rol ijro etishni yaxshi ko‘rgan hayotsevar, sarvqomat, qo‘ng‘ir sochli Jeyn Ostinning tabiati asarlariga ko‘chadi. Qizning jo‘shqin ijodkor qalbi adiba Jeyn Ostin romanlari sahifalaridan joy oladi. Jeynning jiyani va uning birinchi biografi J.E.Ostin-Li yozuvchi ammasi haqida kitob yozadi. Yuqorida biz Jeyn Ostinning zukkoligi asarlarida aks etganligini aytdik. Shuningdek, uning haq-qoniyligi ham ijodiga qo‘l keldi. Adiba ayovsiz kinoya, piching bilan o‘zi mansub bo‘lgan, tuyg‘u va fikru hissiyotlar moddiy va tabaqa manfaatlariga to‘la bo‘ysunadigan jamiyatni tasvirlab bera oladi. Adibaning zamondoshlari u tasvirlagan obrazlarning satirik o‘tkirligini his qiladilar va buni to‘g‘ri qabul qila oladilar. Jeyn Ostinning uslubi qisqa, lo‘nda va jonli. U bir zumda kitobxonni o‘ziga rom qilib oladi. Bunga ijodkor osonlikcha erisha olmagan. Adiba romanlarini sinchkovlik bilan tahrir qilavergan, tahrir qilavergan. O‘zi yozganiday, “Men barini olib tashlayveraman, qisqartiraveraman…” Mumtoz ingliz yozuvchisi Valter Skott ham o‘z davrida uning ijodiga bejiz munosib baho bermagan. 1816 yilning mart oyida yozuvchi “Kuoterli revyu” jurnalida Jeyn Ostin ijodiga bag‘ishlab maqola yozadi, unda, jumladan, shunday yozadi: “Insoniy munosabatlarni o‘ta odob-nazokat bilan anglab yetish, shunday nazokat bilan xarakter yaratish, bularning bari bizga flamand mahorat maktabining afzalliklarini yodga soladi”.
Jeyn Ostin poytaxtdan yiroqda, tabiat qo‘ynida yashadi, ijod qildi. U 1817 yilda bu dunyodan o‘tdi. Shunisi taassufliki, Jeyn Ostin o‘limidan keyingina keng shuhrat qozondi. Aslida XX asr adiba nomini ko‘klarga ko‘tardi. Adabiyot muxlislari, san’atning boshqa janrlari ijodkorlari uning asarlariga qayta-qayta murojaat qildilar. Fikrimizga Jeyn Ostin romanlarining qayta-qayta ekranlashtirilishi dalil bo‘la oladi. Adiba asarlari o‘z ona tilida ham, jahonning boshqa tillarida ham qayta-qayta nashr qilingan va qilinmoqda. Haqiqiy asar davr bilmaydi, masofa bilmaydi. Chunki Jeyn Ostin asarlarida hamisha barhayot va sertug‘yon inson qalbi, uning kechinmalari yashaydi. Mashhur ingliz yozuvchisi Somerset Moem o‘zining jahon adabiyoti durdonalariga bag‘ishlangan “O‘nta muallif va ularning romanlari” kitobidan alohida bobni Jeyn Ostinga, uning “G‘urur va xato” romaniga ajratadi. Bu roman “Tom Jons”, “Qizil va qora”, “Gorio ota”, “Devid Kopperfild”, “Madam Bovari”, “Mobi Dik”, “Yashinli dovon”, “Aka-uka Karamazovlar” va “Urush va tinchlik” romanlari qatoridan faxrli o‘rin olgan.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish