1.2. Dielektriklarning qutblanishi Dielektriklar kutblanishining uchta muhim holini ko’rib chiqamiz.1. Kutbli molekulalar dipol momentlarining mahaliy elektr maydoni bo’ylab qisman yoki to’la tizilishi xoli. Yuqorida aytganimizdek, muayyan simmetrik bo’lmagan molekula- lar doimiy elektr dipol momentga ega. Elektr maydon o’z yo’nalishi tomon bu molekulalarni buradi. Bu jarayonni dipol- lar orientrlanishi yoki lazerlar qabulchanlik deyiladi. Biroq. molekulalarning issiqlik harakati (tebranishi) ularning maydon buylab burilishiga to’sqinlik qiladi. Bu ikki jarayon raqobati oqibatida muayyan orientrlanish o’rnashadi.2. Qattiq jismlarda elektr maydon va manfiy ionlar- ning bir-biriga nisbatan siljishi sodir bo’ladi. Bu hodisani ionlar qutblanishi deyiladi.3. Xamma dielektriklarda yuz beradigan qutblanish - elek- tronlar qutblanishidir: elektr maydon ta’sirida atomning elektronlari yadroga nisbatan siljiydi, ya’ni elektr maydon har bir atomning elektronlari qobiqlarini deformatsiyalaydi. Bunda yalrolar oralig’i o’zgarishi ham mumkim.Faradey zamonida kondensator plastinkalari oralig‘idagi fazoni dielektrik bilan to‘lg‘azganimizda uning sig‘imi marta ortishi ma’lum edi. Dielektrik singdiruvchanlikdeb ataluvchi kattalikning qiymati faqatgina dielektrik xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Kondensator sig‘im C uning plastinkalaridagi zaryad Qva potensiallar farqi V bilan quyidagi munosabat bilan bog‘langan:
C=Q/V. (1) Shunday qilib elektrodlardagi zaryad doimiy bo‘lganda sig‘imning oshishi potensiallar farqini kamayishni bildiradi. Albatta, bunda kondensator tok manbaiga ulanmagan va dielektrikning elektr o‘tkazuvchanligi nolga teng, ya’ni zaryadlar oqmaydi deb hisoblanadi. Bundan, kondensator plastinkalarida zaryad miqdori o‘zgarmasa ham kondensator ichidagi elektr maydoni kamayib qoldi deb xulosa qilish mumkin. Maydon kuchlanganligining kamayishini esa dielektrikning bir sirtida musbat, ikkichi sirtida esa manfiy zaryad induksiyalandi deb hisoblab tushuntirish mumkin. Bu zaryadlar kondensator qoplamalaridagi to‘liq zaryadning bir qismini neytrallaydi va bu dielektrik ichidagi maydon kuchlanganligini vakuumdagiga nisbatan kamaytiradi (1 rasm). Agar dielektrik elektr maydoniga kiritilsa, u qublanadi (polyarizatsiyalanadi). Dielektrikka kuch chiziqlari kirgan tomon manfiy zaryadlanadi., teskari tomoni-musbat zaryadlanadi. Lekin bu elektrostatik induktsiya emas, chunki metalldagi eletronlar erkin, ular maydon ta'sirida harakatlanadilar. Dielektrikda esa erkin eletronlar yo’q, ular bog’langan. Shuning uchun dielektrikdagi polyarizatsiya elektronlarning molekula (yoki atom) ichida siljishi bilan bog’langan bo’ladi. Agar dielektrik polyar molekulalardan tuzilgan bo’lsa, u holda polyarizatsiya molekulalarning burilishi tufayli yuz beradi. Qutbli dielektriklarning molekulalarini elektr dipol deb qarash mumkin. Dielektrikning normal holatida dipollar tartibsiz joylashgan bo‘ladi va dipollarning maydonlari bir-birini o‘zaro susaytiradi, shuning uchun dielektrik tashqarisida maydon sezilmaydi.Agar qutbli dielektrikni tashqi elektr maydonga joylashtirsak, har bir dipolga uni tashqi maydon kuch chiziqlari bo‘yicha burishga intiluvchi juft kuchlar ta’sir qiladi. Dielektrikdagi dipollar musbat uchlari bilan kuch chiziqlari yo‘nalishida burilib, marjon shaklida maydon kuch chiziqlari bo‘ylab tartibli joylashib qoladi. Dielektrikdagi elektr dipollarning tartibli joylashish hodisasi dielektrikning qutblanishi deb ataladi. Molekulalarning xaotik - issiqlik harakati dipollarning tartibli joylashishiga xalaqit beradi, shuning uchun ular kuch chiziqlari yonida tebranma harakat qilib turadi. Tashqi maydon qancha kuchli bo‘lsa, dipollar shunchalik tartibli joylashadi. Agar qutbsiz dielektrik elektr maydonga kiritilsa, dielektriklardagi molekulalarning musbat zaryadlar markazi va manfiy zaryadlar markazi o‘zaro qarama-qarshi tomonga siljiydi va molekulalar dipollarga aylanadi, ya’ni bu xil dielektriklar ham qutblanadi. Bunday qutblanish elektron qutblanish deyiladi. Tashqi maydon qancha kuchli bo‘lsa, molekulalarning musbat zaryadlar markazi va manfiy zaryadlar markazi kuch chiziqlari bo‘ylab bir-biridan shuncha ko‘proq uzoqlashadi.