57
Interfaol dars.
(1 soatlik dars ishlanmasi)
Mavzu: Buyuk qadamjolar.
Darsning maqsadi:
A) Diniy bilimlarni mustahkamlash. O’smirlar faolligini oshirish.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.
B) Halollik va hamjihatlikka o’rgatish.
Darsning metodi:
Interfaol.
Darsning jihozlari:
Tarqatma materiallar, testlar, ko’rgazmali qurollar.
Darsning borish:
1. Interfaol usul bilan guruhlarga bo’linib, ishlash davomida
quyidagilarga rioya qilinadi:
- bir-birini hurmat qilish;
- intizomli bo’lish;
- faollik ko’rsatish;
- hamkorlikda ishlash;
- do’stning fikrini qadrlash;
- vaqtdan unumli foydalanish.
2. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish:
O’quvchilar rangli yulduzchalardan
fodalanib, guruxlarga bo’linadilar. (Har bir guruhda 5-6 kishidan)
Guruhlar
o’zlarini nomlaydilar. (mavzuga mos ravishda) Belgilangan joyda doira shaklida
joylashadilar.
Har bir guruhda mavzuning asosiy mazmuni yuzasidan berilgan savollar
guruh bo’yicha muhokama qilinadi. Muhokama jarayonida o’quvchilar
oldindan
tanishtirilgan turli metodikalardan foydalanadilar. O’zaro kelishilgan holda
vazifalar taqsimlanib olinadi. O’qituvchi guruhlarni ishlash jarayonini kuzatib,
o’quvchilarni yo’naltirib, boshqarib turadi. Bu jarayon qat’iy
belgilangan vaqt
asosida bajariladi.
58
3. Test bilan ishlash: (namuna)
1. Qur’on kitobning eng qadimiy asl nusxasi qayerda saqlanadi?
A)
Hazrati Imom majmuasida
B) Imom Buxoriy maqbarasida
C) Fransiyada
D) Angliyada
2. Imom Buxoriy maqbarasi qachon bitkazildi?
A) 1997 yilda
B) 1998
yilda
C) 2008 yilda
D) 1992 yilda
3. Qanday joylarni qutlug’ qadamjolar deymiz?
A) bilim
va fazilatda benazir insonlarning qadami tekkan, muborak izlari qolgan,
mangu
orom topgan, odamlar aziz va mukarram deb biladigan joylarni qutlug’
qadamjolar deymiz.
B) aziz avliyolar yashagan va dafn etilgan joylarni qutlug’ qadamjolar deymiz.
C) karomatli, hosiyatli joylarni buyuk qadamjolar deymiz.
D) qadimda mamlakatimiz hududida qurilgan maqbaralarni qadamjolar deymiz.
4. Guruhlar bir-birini baholaydi:
Baholash jarayonida aniq vaqtga rioya
qilinadi.
5. Darsni yakunlash:
O’qituvchi darsning yakuniy xulosasini berishdan
avval mavzuni xulosalab, o’quvchilar nazaridan chetda qolgan jixatlarni to’ldiradi.
Har bir guruhning prezintatsiyasini
optimal baholab, kelgusi jarayonda nimalarga
ahamiyat qaratishi haqida tavsiyalar beradi.
6. Har bir guruh o’z faollarini baholaydi:
Guruh ishtirokchilarining
fikrlari tinglanadi.
Darsni yakunlash va mustahkamlash:
Quyidagi savollar tarqatma material
ko’rinishida ham berilishi mumkin.
1. Guruhingiz a’zolaridan mamnunmisiz?
2. Qanday xatoliklarga yo’l qo’ydingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: