Shakllantirishning pedagogik asoslari



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana30.04.2022
Hajmi0,95 Mb.
#600298
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
Shakllantirishning pedagogik asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 


45 
2.2. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning pedagogik
xususiyatlari. 
Bugungi kunda pedagogika fani yoshlarni buzg’unchi g’oyalardan himoya 
qilishda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 
-
Siyosiy, diniy, milliy-mafkuraviy qadriyatlarni o’g’il-qizlar tafakkuriga 
singdirishning oilaviy tarbiya dasturini yaratish, 
-
Yosh ota-onalarni diniy mafkuraviy tarbiyaga, g’oyaviy va uslubiy 
tayyorgarligini kuchaytirish; 
-
Oila pedagogikasining vatan tuyg’usi, falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya,
ijtimoiy psixologiya, milliy istiqlol g’oyasi fanlari bilan amaliy hamkorligiga 
erishish; 
-
Diniy tarbiya bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar mavzularida
milliy mafkuraviy tarbiya yo’nalishiga asos solinishi; 
-
Oilada diniy tarbiyaning milliy va umuminsoniy yutuqlarini umumlashtirish; 
-
Mahallalarda diniy va mafkuraviy tarbiyaning aniq, mukammal, eng muhim
amaliy-ijtimoiy pedagogik dasturini ishlab chiqib, hayotga tadbiq qilish. 
Bu jarayonda xalq pedagogikasi asosiy o’rinni egallaydi. 
Xalq pedagogikasi milliy pedagogikaning sarchashmalaridan iborat bo’lib, 
mazkur fanning rivojlanishi uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Zero, xalqning 
farzand tarbiyasi borasidagi tushunchalari va qarashlari hamda, butun kishilik tarixi
taraqqiyoti davomida to’plagan pedagogik tajribalarini chuqur va har tomonlama
o’rganmay turib, pedagogika fani rivojlanishi tarixini ilmiy asosda ishlab chiqish 
mumkin emas. Xalq pedagogikasini o’rganish ota-onalarning pedagogik
tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, xalq pedagogikasida
inson hayotining barcha qirralari o’z ifodasini topgan bo’lib, jumladan, unda
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish masalalari ham yoritib o’tilgan. Shu
boisdan, o’zbek xalq pedagogikasidagi farzand tarbiyasi to’g’risidagi qarashlarni
tahlil qilib, muayyan nazariy xulosalarga kelish, shuningdek, ilmiy pedagogika 
nuqtai nazaridan ularni tartibga solib, muayyan tizimga tushirish, pedagogika fani 
oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu narsa sog’lom e’tiqod 


46 
tushunchasiga ham tegishli. Qolaversa, bu, eng avvalo, ota-onalar, o’qituvchilar va 
keng jamoatchilik tomonidan xalq pedagogikasi manbaalaridan amlaiy pedagogik 
faoliyatlarida keng qo’llash imkonini beradi. Ana shunday ilmiy tadqiqotlardan biri 
S.Temurovaning “Bolalarni progressiv traditsiya namunalarida tarbiyalash” (1975) 
nomli tadqiqoti o’zining mazmuni, dolzarb masalalarni o’rtaga qo’yishi va ularni 
hal etishi nuqtai nazaridan o’zbek pedagogikasi fanida birinchi yirik asar bo’ldi. 
Unda xalq an’analarining mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni, ularning tarbiyaviy 
ahamiyatining yoritilishi bilan birga e’tiqodning tarbiyadagi ahamiyati, biz uchun 
muhim bo’lgan oila va oila tarbiyasi kabi bir qator masalalarni keng ma’noda 
yoritishga harakat qilinadi. Sog’lom e’tiqodni shakllantirishda xalq an’analarining 
o’rnini keng tarzda yoritib beradi. Keyingi yillarda sog’lom e’tiqodni ayrim 
jixatlarini yoritishga qaratilgan ayrim maqolalar, qo’llanmalarni uchratishimiz 
mumkin. O.Qodirovning “O’zbek xalq pedagogikasining shakllanishi”, (1992) 
M.Sanginovning “Oilada tarbiyaviy salohiyat”, (1991) G.Mardonovaning “Nur to’la 
uy” nomli risolalari shular jumlasidan. Ularda oilaviy va diniy tarbiyaning mohiyati 
shakl va vositalari hamda, bugungi kundagi ahvoli va rivojlanish istiqbollariga 
ta’luqli fikrlarni ko’ramiz. Bu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizki, xalq 
pedagogikasining muhim tarmog’i etnopedagogika mavjud bo’lib, ular bir-biri 
bilan uzviy holda, biri ikkinchisini to’ldiradi va e’tiqodni tarbiyalash masalalariga 
alohida o’rin beradi. Vaholanki, hanuzgacha fanimizning bu sohasi umuman ilmiy 
tarzda to’la ishlanmagan. Olimlarimiz to’g’ri ta’kidlaganlaridek , hech kim, hech 
qachon pedagogik faoliyatdan chetda yashamaydi. Yashashi ham mumkin emas. 
Garchi ayrim shaxslar bevosita pedagogik faoliyatda ishtirok etmasliklari mumkin, 
lekin, u o’zgalarning pedagogik qurshovida bo’ladi, chunonchi, u buni hohlaydimi, 
yo’qmi, kishilarning pedagogik ta’sirida bo’ladi. Ulardan nimanidir o’rganadi va 
shu bilan birga ularning o’rganish obyekti ham bo’lib qoladi. Bu pedagogik 
qonuniyat sog’lom e’tiqodni shakllantirishda bizga katta imkoniyatlar eshigini ochib 
berish bilan birga, bizni hushyorlikka chorlaydi. Har bir shaxs muayyan jamiyatda 
yashar ekan, o’z tabiatiga ko’ra o’zining shaxsiy kamoloti taqozosi bilan qonuniy 
va zaruriy tarzda ichki talab va ehtiyoj bilan ma’lum bir tarbiya ta’siri doirasida 


47 
yuradi. Bu narsa, har bir shaxsda o’zi yashab turgan jamiyatda, o’zining va 
o’zgalarning tarbiyasi bilan shug’ullanishlari zaruriyatini tug’diradi. Ana shu 
zaruriyat xalq pedagogikasining shakllanishi va rivojlanishining obyektiv 
qonuniyati hisoblanadi. Qadimdan avlod ajdodlarimizning ko’pchiligi maxsus 
bilimga muayyaan pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lmasdan turib, halol, shirin va 
baxtiyor hayot kechirganlar, farzandlarini tarbiyalaganlar, ulardan orzu-havas 
ko’rganlar. Chunki, ularga tarixan tarkib topgan hayotiy tajribalari, ota-bobolaridan 
olgan saboqlari yordam beradi. Ana shular asosida u yoki bu qoidalar vujudga 
kelgan va ular jumladan asrlar davomida sog’lom e’tiqodga ega bo’lgan farzandlar 
tarbiyasiga bog’liq bo’lgan malaka va ko’nikmalarni hosil qilib kelgan. Ota-onalar 
ana shu qoidalar asosida yashab kelganlar. Binobarin, xalq pedagogikasi asrlar 
davomida vujudga kelgan, uning tarkibi sifatida diniy tarbiya, urf-odat va rasm-
rusumlarda aks etgan qarashlar, tartib-qoidalar yig’indisidan iborat. Kishilar yashash 
uchun kurashlari jarayonida mehnat qilganlar, tirikchilik o’tkazganlar, farzand 
ko’rganlar va ularni tarbiyalab, barkamol inson bo’lishini orzu qilishib, umidlari 
ro’yobga chiqqanligidan ma’naviy ozuqa olganlar. Huddi shu narsa ular hayotining 
mazmuniga aylangan. Har bir ota-ona ana shu zaruriyatdan kelib chiqib 
farzandlarini tarbiyalaganlar. Shu boisdan, tarbiya haqidagi qarashlar to’planib 
borgan va o’ziga hos ma’lum tizimga aylangan. Unda har bir xalqning turmush 
tarzi, yashash sharoiti, tafakkur uslubi va shu kabi o’ziga hos xususiyatlari 
mujassamlashgan. Shu tarzda ularning hammasi tarixan tarkib topib, milliy tarbiya 
tizimini tashkil etgan. Shunga ko’ra xalq pedagogikasida sog’lom e’tiqod masalasi 
muhim o’rinda turadi.
Z.Mirtursunovning to’g’ri ta’kidlab o’tishicha: “
Xalq pedagogikasida omma 
orasida keng tarqalgan ta’lim-tarbiya borasida emperik bilim va malakalar o’zining 
ifodasini topgan bo’lib, unda jamiyat taraqqiyotining muayyan davr pedagogikasi 
aks topgandir.”
12
Ularni chuqur o’rganmay turib, u yoki bu xalqning chinakam tarixini bilib 
bo’lmaydi. Unda kishilarning orzu umidi ifodalanibgina qolmay, balki, ularning 
12
Z.Mirtursunov. O’zbek xalq pedagogikasi. T. Fan. 1973 yil. 25-bet.


48 
ruhiyati aks etgandir. Yuqoridagi tarbiya tizimi tufayli, o’zbek xalqi o’z 
farzandlarini sog’lom e’tiqodli qilib tarbiyalashga harakat qilganlar. Ana shunda, 
ta’lim-tarbiya natijasida yosh avlod teran fikrli, aqlan yetuk, olijanob fazilatli va 
tanti, yuksak ma’naviyatli bo’lib voyaga yetganlar.
Bularning 
hammasi, 
pedagogik 
jarayonda 
sog’lom 
e’tiqodni 
shakllantirishning jamiyatda tutgan o’rnini anglab yetishimizga yordam beradi. 
Binobarin, necha-necha asrlar davomida bolalarni ommaviy ta’lim-tarbiya 
maskanlari (madrasalar, diniy maktablar) bo’lmagan bir paytda ota-onalar 
farzandlarini tarbiyalab kelganlar. Arab istilosidan so’ng, musulmon dinini mahalliy 
aholiga zo’rlab kiritilishi oqibatida, islom arab istilochilari manfaatini 
ifodalaydigan mafkuraga aylangan bo’lib, u o’sha davrlarda tashkil etilgan ayrim 
diniy maktablarda saboq oladigan bolalarga aqidaparastlik va muttasiblikni targ’ib 
etardi va ularga o’z ta’sirini o’tkazardi. Shak-shubhasiz, bu narsa xalq og’zaki 
ijodiyoti mazmunida ham aks etib, keyingi davrlarga ham o’tib kelardi va 
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda o’zining salbiy ifodasini topardi.
Diniy tarbiyaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oiladagi ma’naviy-axloqiy
tarbiyada muhim omil bo’lib xizmat qilishi, shu bilan izohlanadiki, diniy 
tasavvurlar, rasm-rusmlarning ommalashishi, millat turmush tarziga, kishilarning 
hayotiy faoliyatiga singib ketib, ular hayotining ajralmas bir bo’lagiga aylanishiga 
sabab, diniy ongning inson ruhiyatiga bo’lgan kuchli ta’siri oqibatidir. Bu ta’sirning 
doimiyligi va kundalik faoliyat bilan bog’lanib ketganligi, oilada o’smilarni sog’lom 
e’tiqod ruhida tarbiyalashda sezilarli darajada o’z aksini topadi va shu tarzda 
o’smirning imon-e’tiqodiga aylanib ketadi. E’tiqodga aylangan narsani, shaxs 
ongidan siqib chiqarish qiyin bo’ladi. Shunga ko’ra, sog’lom e’tiqod tarbiyasida 
diniy qadriyatlar bilan diniy bid’atni farqlash va o’smir ongini noto’g’ri diniy 
tasavvurlar bilan zaxarlashning oldini olish, ota-onalarning, ustozlarning burchi 
hisoblanadi. 
Sog’lom e’tiqod tarkibini tashkil etuvchi halollik, to’g’rilik, birovlar haqqiga 
hiyonat qilmaslik, hayri ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka 
yo’l qo’ymaslik kabi fazilatlar milliy va diniy qadiyatlar zamirida shakllangan va 


49 
ular oilaviy tarbiya natijasida ota-onalaridan bolalariga o’tib, ularning ma’naviy 
dunyosini yoritgan. Sog’lom e’tiqod, e’tibori bilan ma’naviy axloqiy tushuncha. 
Buni yoshligidan bola ongiga singdirib borilsagina, shaxs uchun ham, jamiyat 
uchun ham zaruriy samara berishi mumkin. Sog’lom e’tiqod ruhida tarbiya topgan 
avlodgina ma’rifatli jamiyat qurishga qodir. Buni o’z farzandlari taqdirini o’ylagan 
ota-onagina to’la his qilishi mumkin. Farzandlarni sog’lom e’tiqod ruhida 
tarbiyalash o’z holicha olib boriladigan ish emas, balki, asta-sekinlik bilan bir 
maqsadga qaratilgan murakkab va ziddiyatli jarayon. Buni ota-onalar to’la anglab 
yetishlari va o’smirlar ongiga doimiy ravishda singdirib borishlari, tarbiyada 
ko’zlangan maqsadga erishishda va o’smirlarda sog’lom turmush tarzini 
shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Ma’lumki, muayyan bir xalq va unga mansub xalq pedagogikasining 
mazmuni va xarakterida o’sha xalq yashab turgan sharoit, doimo o’zgarib turadigan 
iqtisodiy ahvol va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning xususiyatlari belgilanadi. Shu 
bosidan, 
xalq 
pedagogikasida 
xususan, 
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni 
shakllantirishda davr va uning barcha murakkabliklari va ziddiyatlari to’la aks etadi. 
Har qanday tarixiy davr, uning ta’lim-tarbiya tizimiga o’z ta’sirini o’tkazib, o’z izini 
qoldirar ekan, bu narsa ota-onalar orqali ularning bolalari tarbiyasida ham yaqqol 
ko’rinadi. Jamiyatdagi o’zgarishlar o’smirlar tarbiyasiga ta’sir qilar ekan, ularning 
faoliyatida bu yaqqol namoyon bo’ladi. Deylik, oila boshlig’i bo’lgan ota,
ishxonasida bo’lgan voqealarni (diniy ekstrimestlar qatoriga kirib qolgan 
hamkasblari) gapirib beradi. Buni hamma qatori uning o’smir yoshidagi farzandlari 
ham eshitadi. Ular hohlaydilarmi, yo’qmi, farzandlar ma’lum ma’noda diniy 
ekstremistlar 
haqida 
ma’lumotga 
ega 
bo’ladilar. 
Farzand 
ota-onasi 
gaplashayotganda aralashmasligi mumkin, ammo, u kuzatib turadi. Ana shu 
kuzatish, jarayonida u nimanidir qabul qiladi. Shunga ko’ra, sog’lom e’tiqodni 
shakllantirish jarayoni ijtimoiy xarakterga ega. Bu narsa, oilaviy tarbiya faqat ota-
onalarning shaxsiy ishi bo’lmasdan, balki, ijtimoiy tarbiya bilan bog’liqligini 
ko’rsatadi. Ana shu bog’liqlikni ota-ona tan olishi, farzandlari oldidagi burchi va 
mas’uliyatining jamiyat oldida naqadar katta ekanligidan dalolat beradi. Masalaning 


50 
yana bir muhim tomoni borki, sog’lom e’tiqodni boshqa tarbiya turlari bilan 
hamohang tarzda olib borilishi lozim. Sog’lom e’tiqodni tarbiyalash o’zbek xalq 
pedagogikasining islomiy qadriyatlari zamirida uzviy ravishda birikib ketgandir. 
Chunki, musulmonlarning ko’pgina tartib qoidalari, o’zbek xalqining orzu-umidlari 
bilan hamohang va bir-birini to’ldiradi. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish
va rivojlantirishda etnopsixologik xususiyatlarni va ma’naviy axloqiy asoslarini 
milliy yaxlitligi hisobga olinadi.
Sog’lom e’tiqodga bo’lgan ehtiyoj tobora kuchayib boruvchi zaruriy 
ehtiyojdir. Bu jarayonda umuinsoniy qadriyatlarga tayanish baynalminal negiz 
hisoblanadi. Pedagogik jarayonda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda oila 
tarbyasida vosita sifatida an’ana va qadriyatlardan foydalaniladi. O’zbek oilalariga 
mansub an’analar va ularning o’smirlar tarbiyasidagi ta’siri nihoyatda katta 
ekanligini hayot tajribasi isbotlagan.
1.
Diniy va zamonaviy bayram an’analari. 
2.
Kundalik turmush an’analari . 
3.
Oilaning maishiy turmush an’analari.
Oiladagi diniy an’analar sog’lom e’tiqodni shakllantirishda muhim vosita 
bo’lishi bilan birga, o’smirlarni ijtimoiylashuvini ham tezlashtirib beradi. 
Ijtimoiylashuv o’smir kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Bizga ma’lumki, o’smirlik davri o’z ichiga 11-16 yoshni o’z ichiga 
oladi. Bu davr o’quvchi uchun o’zligini tanish va tan olinishni hohlashning ustunlik 
qilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun, sog’lom e’tiqodni o’smirlarda 
shakllantirishda oila tarbiyasi yetakchilik qiladi.
Demak, oiladagi turli an’ana va qadriyatlar o’smirlarda sog’lom e’tiqodni 
shakllantirishda eng muhim vositalardan biri vazifasini o’taydi. Chunki, bu 
jarayonda o’smir o’zi ishtirok etadi, uni dildan his qiladi. Bu esa tarbiyaviy ta’sir 
doirasini kuchaytiradi. Shuning uchun diniy marosim va an’analarda o’smirlar 
ishtirokini kuchaytirish ularda sog’lom e’tiqodni shakllantirishga qo’yilgan amaliy 
qadam hisoblanadi. Chunki, o’smirlar pand-nasixatdan ko’ra amaliy namunani tez 
qabul qiladilar. 


51 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish