OTA-
ONALAR
TV, radio
Teatr
Matbuot
OTM
Ma’rifiy suhbatlar
Kutubxonala
r
31
bosqinchilik urushi emas, balki mudofaa urushidir. Dinni tinch yo’l bilan
targ’ib qilish usulidir.” deb urinmoqdalar. Ba’zi musulmon mamlakatlarida
xalq ommasining mustamlakachilarga qarshi kurashi ham jihod deb
nomlanmoqda.
Ularning pedagogik maqsad va vazifalarida buzg’unchi tarbiyaning:
-
boshlang’ich; umumiy ma’rifiy va hayriya faoliyati, ya’ni ommaga
g’oyasini singdirish;
-
tashkiliy; guruhlarga jalb qilingan a’zolarni jangavor kurash usullariga
o’rgatish, mujohidlar tayyorlash kabi usullari uchraydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo’l qo’ymasligi qat’iy belgilab qo’yilgan. Biroq hanuzgacha buni
buzishga intilayotgan buzg’unchi harakatlar o’z g’ayriqonuniy targ’iboti bilan
mashg’ul bo’lib, o’zlarining qonunga hilof xatti-harakatlari bilan jamiyatdagi
barqarorlikni buzishga intilmoqdalar. Ularda o’smirlarni diniy fanatizm va
ekstremizm ruhida tarbiyalashning ko’p usullari mavjud. Bular-da’vat,
ishontirish, varaqa va mish-mish taraqatish usullaridir.
Fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm jamiyatda qabul qilingan qonun–
qoidalarga to’g’ri kelmaydigan harakatlarni ifodalaydi. Terrorizm esa
hokimiyatni yoki biror-bir g’arazli maqsadlar uchun kurashning qo’rqitib
kurashish usulidir. U ham o’zining mafkurasiga ega. U eski tarix sahifalarida
qolib ketgan halifachilikni tiklash g’oyasiga zo’r berib, xalqimiz ongiga
buzg’unchi g’oyalarni singdirishga harakat qilmoqda.
Shuni e’tirof etish kerakki, bugungi kunda terrorizm va diniy aqidaparstlik
razil va qabix amallarni taraqqiyotimizning hamma sohalarida keng
qo’llanilayotgan kompyuter tarmoqlariga ham kiritmoqda. Yigirmanchi asrning
so’ngi o’n yilligida xalqaro kompyuterning kurrai zamin bo’ylab keng
yoyilishida ulkan siljishlar kuzatildi. AQSH mudofaa mahkamasining oddiy
bir loyihasidan boshlangan bu tizim bugungi kunda butun dunyoni bir-biriga
chambarchas bog’lab turibdi.
32
O’zbek oilalarida internetga ulangan kampyuter soni tobora ortib
bormoqda. Behisob imkoniyatlari bilan bir qatorda ayrim jiddiy muammolarni
ham keltirib chiqardi. Dunyo mamlakatlari havfsizligi jiddiy tahdid sifatida
qaralayotgan ana shunday muammolardan biri
sayberterrorizm
sanaladi. Bu
atama kiberterrorizm deb ham ataladi. Sayberterrorizm internet tarmog’i orqali
amalga oshiriladigan elektron qo’poruvchilikdir. Bu o’z navbatida
o’smirlarimiz uchun havfli hodisadir.
Sayberterrorizm bu - terrorchilikning bir turi bo’lib, kompyuter tizimiga
hujumlar uyushtirib, Internet orqali muayan hukumat yoki mamlakatga qarshi
qo’poruvchilik ruhidagi axborotlarni tarqatish, shuninigdek, diniy irqiy ruhiy
yoki shu kabi omillar asnosida birikkan turli kuchlar tomonidan muayyan
mamlakat yoki mintaqada ijtimoiy notinchlik keltirib chiqarish kabi qator
faoliyatni qamrab oladi.
Fundamentalizm so’zi asli lotinchadan kelib chiqqan
bo’lib, asos yoki
poydevor ma’nosini bersada, aqidaparastlik tushinchasi unga mos keladi. Ular
milliy ong sohasida islom dinini millatchilikka qarshi qo’yadilar, ya’ni
musulmonlar qaysi millatdan bo’lishiga qaramay jamiyatda islom aqidalariga
so’zsiz amal qilishi kerak, ijtimoiy ong sohasida esa musulmonlar jamoasi a’zolari,
ummatlar teng huquqli, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas, degan
kotseptsiyani ilgari suradilar. Diniy aqidaparastlik ko’r-ko’rona ishonish, dalilisiz
e’tiqod, isbotsiz qoida, ishonch bilan aytilgan fikr yoki qattiq ishonilgan
mulohazaga asoslanadi. Demak, diniy aqidaparastlik aqidaning o’zgarmasligini
himoya qiladgan, vaxiy va mo’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining
harfiy talqini arofdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma-
so’z talqiniga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun
qo’yadigan, muayan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida
belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarning qat’iy va og’ishmay bajarilishini talab
qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladigan istilohidir.
Ekstremiz
so’zi
aslida fransuzcha-lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, o’ta keskin fikrlarning
bildirilishi va qattiq tadbirlarning qo’llanilishi yoki keskin fikr va choralarni
33
yoqlovchi, keskin choralarga tarafdorlik ma’nolarida qo’llaniladi. Bunday keskin
fikrlar sog’lom yoki nosog’lom bo’lishi mumkin. Diniy ekstremizm faqat Islom
olamiga tegishli bo’lib qolmay, balki dunyodagi barcha dinlarga mansubdir.
O’smirlarni o’z domiga tortayotgan har xil g’oyaga qarshi kurash bugungi kunda
avj oldirilmoqda. Bu borada professor Tilab Mahmudov o’z fikrlarini bildirib,
“
Mustaqillik mafkurasiga zid bo’lgan diniy ekstremistik g’oyalar pravardida jinoiy
ishlarni sodir etishgacha olib keladi. Tarixan ma’lumki, avvalo to’plar otilib,
so’ngra g’oyalar jangi bo’lmagan. Aksincha, avval miyalar qizigan, tafakkur
yetilgan, ma’lum dunyoqarash shakillanib, mafkuraviy kurash maydonga chiqqan.
Mafkuraviy bo’hton dastavval yoshlarni o’z domiga tortadi. Yoshlarsiz har qanday
mafkura g’oyalar bir qadam siljimay qoladi. G’oyalarni kuchaytiruvchi,
to’ldiruvchi va ularga qalb beruvchi yoshlardir. Shuning uchun barcha zamonlarda
jamiyat va davlat, o’z oldiga maqsad qo’ygan guruh, jamoa, oqim, mazxab va
sektalar birinchi navbatda yoshlarning ongini egallashga harakat qiladi.”
8
O’smir
yoshidagi yoshlarni buzg’unchi g’oyalardan himoya qilish uchun avvalo ularda
sog’lom e’tiqodni shakllantirmog’imiz lozim. Bunda oila ta’lim muassasasi,
mahalla hamkorligida to’la tushintirish, suhbat va boshqa usullardan foydalanib
kurashish ilmiy-pedagogik, psixologik asosga qurilgan bo’lishi kerak.
O’zbek oilalarida an’anaviy tusga kirgan ota-onaning farzandlar taqdiri
uchun mas’uliyati, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari, o’zaro hurmat, qadr-
qimmatini o’rniga qo’yish, mehr-muhabbat, bir-biriga nisbatan oqibatlilik va
mustahkam iroda egasi bo’lishdek eng muhim sifatlarni har bir voyaga yetgan
o’smirlarda shakllantirish bugungi kunda barcha oilalarda, qolaversa butun
jamiyat hayotida dolzarb vazifa ekanligi yuqoridagi fikrlarimizdan yaqqol
namoyon bo’lmoqda. Yuksalib boruvchi iqtisodiy taraqqiyot ekstremistlar
oyog’iga bolta uradi. Lekin bu tezda hal bo’ladigan oson masala emasligini ham
unutmaslik kerak. Bunda iqtisodiy islohotlarning samarasini oshirish
iqtisodiyotimizni ko’tarishni ko’zda tutuvchi xalqaro yordam dasturlari,
jamg’armalar va dasturlarni yanada ko’proq jalb qilishning ahamiyati kattadir.
8
O.Musulmonova. Oila ma’naviyati-milliy g’urur. T. “O’qituvchi”. 1999 yil. 57-bet.
34
Diniy ekstremizmning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar, bu hodisaning kelib
chiqish sabablari va oqibatlari to’g’risidagi tushuntirish ishlaridan boshlanadi. Bu
borada muammoning mumkin bo’lgan yechimlari sifatida iqtisodiy taraqqiyot,
mafkuraviy immunitet, dunyoviy-diniy ta’limni takomillashtirish, demokratik
institutlarni yanada rivojlantirish, xalqaro jamg’armalar va dasturlar yordamidan
foydalanish kabilarni sanab o’tish mumkin.
Shu o’rinda fikrimizni Alisher Navoiy fikrlari bilan yakunlasak. Alisher
Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jam
bo’lishi bola tarbiyasida muhim o’rin tutishini ko’rsatib o’tadi. Masalan uning
onalar haqidagi fikri diqqatga sazovordir
.
“Yaxshi xotin oilaning baxti va davlati.
Uyning yorishi undan. Uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Xusnli bo’lsa
ko’ngil ozig’i. Hushmuomila bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa ro’zg’orda tartib
intizom bo’ladi. U beandisha shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi.
Yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy
obodligi yo’qoladi. Aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi.”
9
9
M.Inomova. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. T. 1999 yil. 37-bet.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |