3. Bugungi darsdan nimalar oldingiz va bugungi darsni baholang?
59
2.3. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni hozirgi davrdagi shakllanganlik
darajasi.
Tarixiy tajribadan bizga ma’lumki, oila o’z zimmasidagi tarbiyaviy
vazifalarni hal qilishda xalq pedagogikasining vosita va uslublaridan foydalanib
kelgan. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda avvalo ulardan bugungi
kundagi sog’lom e’tiqod haqidagi tushuncha va bilimlari qay darajada ekanligini
aniqlab olishimiz lozim. Bunda turli anketa va so’rov varaqalaridan foydalanib,
o’smirlarimizning fikr va mulohazalari bilan tanishib chiqamiz. Bu jixatga dastlab
oilada tamal toshi qo’yilgani uchun shu ma’noda yondashishga harakat qilamiz.
O’zbek oilalarida farzandlarni sog’lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda ularga
axloq-odob qoidalarini tushuntirishda ota-onalar zimmasiga bir qator talablar
qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-
o’smirni
hech
kimga
yomonlik
qilmaslikka,
yaxshilik
qilishga
ko’niktirishga, ko’ngliga shafqat, muruvvat tuyg’ularini solishga intilish kuchli
bo’lishi;
-
o’smirni to’g’ri yo’lga yo’naltirib, o’zlari ham shu yo’ldan ketishlari ota-
onaning yaxshi odob, xulq egasi ekanligi har bir xatti-harakatidan ko’rinib turishi,
o’smirlarga namuna sifatida xizmat qilishi;
-
yaxshi, deb bilgan ishni o’zlari ishlab ko’rsatishlari va shu ishning
yaxshiligiga o’smirni ishontirishlari;
-
ota-onaning o’zi to’g’ri so’zli bo’lishi, o’smirga bo’lgan mehr-muhabbatini
me’yorda ko’rsata bilishi va ularga har doim hayrihoh ekanliklarini bildirib
turishlari;
-
o’smirning qilayotgan yaxshi ishlariga qarab o’z darajasiga loyiq
mukofotlash, rag’batlantirish, xatoga yo’l qo’ysa tanbeh berish o’z o’rnida
bo’lishligi zarur hisoblanib, mukofot uchun zarur so’zlar bilan ularni maqtash,
sevgan narsalariga erishtirish, birga o’tirib suhbatlashishga katta ahamiyat berish.
-
o’smirlar ota-onalarining yuzlarida norozilik alomatlarini ko’rib uning jazo
ekanligini bilsin, rag’batlantirish yoki o’smirning saviyasi darajasida va me’yorida
bo’lishi;
60
-
o’smir bolaligini qilmasdan qo’ymaydi, katta va kichik noo’rin ishlarni qilib
qo’yadi. Uning bu kamchiliklarini bir yo’la bitirish mumkin emas, vaqti-vaqti bilan
sekin-asta tuzatish, har bir ishda sabotli bo’lish lozimligi;
-
o’smirlar yonida har vaqt odillik bilan ustozlarcha ish olib borish
tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi;
-
diniy bilimlarni doimo amaliyot bilan hamohang tarzda asta sekinlik bilan
hohish va qiziqishni, o’smirning individual xususiyatlaridan kelib chiqib berib
boirsh lozim.
Bugungi kunda maktab darsliklariga “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Vatan
tuyg’usi” kabi fanlar kiritilgan bo’lib, bu fanlar o’quvchilarni diniy bilimlar bilan
ham qurollantirib borishlari maqsad qilib qo’yilgan. Biroq, bu yetarli emas. O’smir
diniy bilimlarning barchasini birgina ikki dars jarayonida ololmaydi. Qolgan bilim
va tasavvurlarni sinf rahbarining tarbiyaviy soatlaridan, asosiy ma’lumotni esa,
turli ommaviy axborot vositalari va ota-onalaridan olishadi. Bugungi kundagi
axborotlar ko’lamining kengligini hisobga oladigan bo’lsak, bu yetarli emas.
Bugungi kunda barkamol yoshlarni tarkib topishida ko’pgina tarbiyaviy
omillar, ya’ni maktab, oila va jamoatchilikning o’zaro kelishilgan hamkorligiga
muhtojlik tobora kuchymoqda. Maktab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning pedagogik
jihatdan malakali, maqsadga muvofiq omillariga hamda keng imkoniyatlariga ega.
Maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiya esa ko’pincha pedagogik-psixologik
qoidalarga amal qilinmagan, maktab tomonidan qo’yiladigan talablar bilan
kelishmagan holda amalga oshiriladi. Natijada maktab tomonidan o’tkazilgan
tarbiyaviy ta’sir o’z kuchini yo’qotadi.
Zero, bunday hol o’smirlarning ko’p vaqtini nazoratdan chetda bo’lishi
tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Demak, maktab
tarbiyaviy ishlarida murakkab muammolar yuzaga keladi. Mana shunday
ko’ngilsiz holatlarning oldini olishda maktab, oila va jamoatchilikning
hamkorligini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ayniqsa mahallalar
bilan bog’lanish, mahalla va maktab tarbiyaviy dasturida mushtaraklik bo’lishi,
ota-onalar qo’mitasi va o’smirlar bilan ishlash nazoratchilarining ish dasturlari
61
mahalla ahli va oqsoqollari kengashlarida muhokama qilinishi tarbiyada,
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda yordam beradi. Bu esa o’smirlarda
sog’lom e’tiqodni shakllantirishning metodlarini ishlab chiqishni talab etadi.
Darhaqiqat, bunday tarbiya asosida avlodlar vorisligi masalasi yotadi.
Avlodlar vorisligini ta’minlashning muhim omili, yoshlarimizda sog’lom e’tiqodni
shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun esa, ta’lim va tarbiyadagi uslublarni
yangidan isloh qilmoq, takomillashtirmoq, mustahkamlamoq lozim. Bunda asosan,
davlat, ijtimoiy tashkilotdar, yangi paydo bo’layotgan birlashmalar, jamg’armalar
o’z kuchlarini birlashtirib, mahalla, maktab, oila hamkorlik harakatlarini amalga
oshirmoqliklari lozim. Yoshlarimizni sog’lom e’tiqod ruhida tarbiyalash
maqsadida zamon talabidan kelib chiqqan zaruriy uslubiyatni ishlab chiqish ular
hamkorligining mazmunini aniqlash va maqsad vazifalarni belgilash muhimdir.
Jumladan:
- maktab, oila, jamoatchilikning o’zaro ishonchi va hurmati;
- hamkorlikdagi faoliyatning zarurligi, imkoniyatlari, vazifalari va
afzalliklarini to’g’ri anglash;
- o’smirlarning yurish-turish qoidalari yuzasidan maktab, oila va jamoat
joylarida bir xil talabning qo’yilishi;
- mahalliy sharoitlar, qishloq yoki shahar tarixi, uning georafik joylashishi,
tabiati, aholining turmush tarzi, faoliyatini hisobga olish;
- mahalla, qishloq, mavzeda yashovchi barcha o’smirlarni tarbiyaviy ishlarga
ommaviy tarzda jalb qila olish;
- tarbiyada sistemalilik, izchillik, uzviylik va ketma-ketlik tamoyiliga amal
qilish;
- o’smirlarning o’z-o’zini boshqarish va tashabbusini hamda ijodkorlik
qobiliyatini hisobga olish va tayanish;
- o’smirlarni oilada, maktabda, hamda mahallalarda bo’ladigan barcha
tadbiriy tarbiyaviy ishlarga qatnashishini ta’minlash kabi masalalarga katta e’tibor
berish, maktab, mahalla, oilalarda o’smirlarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda
ularda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ma’lum bir aniq tizim asosida ish olib
62
borish imkoniyatini tug’dirish mumkin. Shundagina o’smirlarda sog’lom e’tiqodni
shakllantirishda turli pedagogik metodikalardan unumli va tizimli foydalanamiz va
bu jarayon biz kutgan natijalarni berishi muqarrar. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni
shakllantirish masalasi bo’yicha maktablarda, oila va jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o’rganilib, tahlil qilinganda, quyidagi ish
uslublari mavjud ekanligi ma’lum bo’ldi.
Birinchidan: ota-onalar bilan ishlashda asosan onalar maktabi, otalar
maktabi, pedagogik ilm berish universiteti, oilaviy tarbiya tajribalarini o’rganish
bo’yicha konferensiyalar, savol-javob kechalari, dam olish kuni jamiyati va
klublari, oilalararo musobaqalar va turli tanlovlar, diniy ulamolar bilan vaqti-
vaqtida oilaviy uchrashuvlar, qiroatxonlik kechalari tashkil etish.
Ikkinchidan: maktab o’qivchilarining ota-onalar bilan ishlashi, ya’ni
o’qituvchilar maktab tarixi, qishloq yoki shahar o’tmishi, hozirgi kundagi faoliyati,
tarkib topgan diniy-axloqiy an’analari bilan muntazam tanishtirib boriladi.
O’smirlarning barcha tadbirlarda qatnashishi to’la ta’minlanadi.
Uchinchidan: O’smirlar bilan ishlash yuzasidan dam olish klublari jonajon
o’lka bo’ylab yurishlar, muqaddas qadamjolar bilan tanishish, turli jamiyatlar,
kamolot yoshlar harakati ishlarida faol ishtirok etishlari ta’minlanadi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |