Mikrobiologik bombaj. Konservalarda ro‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar sterilizasiya jarayonida halokatga yuz tutmagan mikroorganizmlar ishtirokida ham borishi mumkin. Mikrobiologik bombajlar asosan go‘sht mikroorganizmlar bilan kuchli darajada zararlangan bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonda sanitariya holatlariga rioya qilinmasa va sterilizasiya to‘lasincha o‘tmagan hollarda ro‘y beradi.
Hamma talablarga rioya qilingan go‘sht konservalarini uzoq muddat saqlaganda ham ularda mikrobiologik bombaj ro‘y beradi. Ammo, sal bo‘lsada texnologik rejim va sterilizasiya shartlarining buzilishi konserva mahsulotining buzilishini keltirib chiqaradi.
Go‘sht konservalarini saqlaganda buzilishining asosiy sabablaridan biri ularning germetikligining buzilishi hisoblanadi. Bunda atrof-muhitdan mikroorganizmlar mahsulotga o‘tib bombajni vujudga keltiradi. Natijada bankalar ichida katta miqdordagi gazlar (NH3, SO2, N2, N2S, N2) hosil bo‘ladi. Mikrobiologik bombajga ega bo‘lgan bunday konservalar ham iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.
Ba’zi holatlarda konserva bankasi buzilsada, konserva qopqog‘i bo‘rtib chiqmasdan bombaj alomatlari sezilmasligi mumkin. Lekin, botulizm bakteriyalari bankada rivojlanib zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalar esa inson organizmini kuchli darajada zaharlaydi.
Fizikaviy bombaj. Bu bombaj konserva bankalariga mahsulotning me’yoridan ko‘proq va sovuq holda joylaganda vujudga kelishi mumkin. Shuningdek, banka qopqog‘ining bo‘rtib chiqishi konserva bankasi ichidagi mahsulotning va atrof-muhit bosimining bir-biridan farq qilgan holatlarida ham vujudga keladi.
Konservalarni 00 C dan past haroratda saqlaganda mahsulot muzlashi natijasida kengayib, bankaning bo‘rtib chiqishini keltirib chiqaradi. Shu sababli konservalarni 00 S dan yuqori haroratda saqlash tavsiya etiladi. Agar bombaj fizikaviy bombaj ekanligi to‘liq aniqlansa, bunday konservalar iste’molga yaroqli hisoblanadi.
Konservalarda ularning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa nuqsonlar ham uchrashi mumkin. Bu nuqsonlarga mahsulotning banka choklaridan sizib chiqishi, bankalarning bug‘lanib shaklining o‘zgarishi va boshqa nuqsonlarni kiritish mumkin.
Konservalar quruq, yaxshi shamollatiladigan, sovutiladigan yoki sovutilmaydigan omborxonalarda 5-150 C haroratda saqlanadi. Konservalarni saqlash uchun eng qulay harorat 1-50 C hisoblanadi. Konserva bankalari yashiklarga joylanib, yashiklar esa shtabellarga qo‘yiladi. Shtabellar orasida o‘tish uchun joy qolishi kerak. Konservalarning saqlanish muddatini aniq belgilash murakkab muammolardan biri sanaladi. Ko‘pincha konservalarning kafolatlangan saqlash muddati 2-3 yil qilib belgilangan. Lekin, bu muddat o‘tgandan keyin ham konserva mahsulotlarini uzoq saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |