4-amaliy mashg‘ulot
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy havfli va zararli omillari (saryog‘ mahsuloti)
Organoleptik jihatdan tekshirish sezgi organlari vositasida olib boriladi.
Bu usul bilan sariyog‘ning tashqi ko‘rinishi tekshiriladi; uning rangi, ta’mi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi. Sariyog‘ning sifatiga organoleptik baho 100 balli sistema asosida beriladi. Har bir ko‘rsatkich uchun ma’lum miqdor ball beriladi: ta’m va hidga -50 ball, konsistensiya va tashqi ko‘rinishiga -25 ball, rangiga -5 ball, tuzilishiga -10 ball, qadoqlanishiga -10 ball beriladi. 88-100 ball olgan yoglar a’lo nav, 80-87 ball olgan yoglar 1-nav hisoblanadi.
.Sariyog‘ga organoleptik jihatdan baho berishda uning tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish bilan boshlanadi. Buning uchun sariyog‘ o‘ralgan pergament qog‘ozining standart talabiga javob berishi tekshiriladi; pergament qog‘ozi chetidan sariyog‘ninig oqib chiqish holati kuzatiladi.
Standart talabiga ko‘ra, sariyog‘ o‘ralgan pergament qog‘ozining tashqi ko‘rinishi toza, chetlaridan sariyog‘ oqmagan, agar sariyog‘ kartonli korobka bo‘lsa, korobkaning sariyog‘ bilan to‘laligi kuzatiladi. Idish og‘zi mahkam yopilgan; idishi metaldan bo‘lsa pachoqlanmagan bo‘lishi lozim.
Sariyog‘ning rangini aniqlash uchun sariyog‘ ko‘ndalangiga pichoq bilan kesiladi. Kesilganda uning rangi butun massasi bo‘yicha bir tekis tarqalgan bo‘lishi kerak.
Sariyog‘ning rangi sal sarg‘ishroqyoki oqbo‘lishi mumkin.
Sariyog‘ ta’mini aniqlashda uni tatib ko‘rish orqali ta’m va hidi aniqlanadi.
Sariyog‘ ta’mi shu turga xos, sut mahsulotiga xos hidga ega bo‘lib, begona ta’m va hidsiz bo‘lishi kerak.
Sariyog‘ konsistensiyasini aniqlashda uning bir jinsligiga e’tibor beriladi.
Sariyog‘ning konsistensiyasini aniqlashda uni kesib ko‘rib bir jinsliligi kuzatiladi.
Sariyog‘ning konsistensiyasi 10-120S haroratda bir xil zich konsistensiyali, kesilganda usti quruq yoki juda kichik nam zarrachalari tekis taqsimlangan, sal yaltirrab turadigan bo‘lishi lozim.
Quruq alyumin stakanga 5 gramm sariyog‘ o‘lchab olinadi. Stakan maxsus qisqich bilan elektr isitgichda ushlab isitiladi.
rasm.
Isitish jarayonida sariyog‘ eriydi, tarkibidagi suv qaynaydi va sariyog‘ ustida ko‘pik hosil bo‘ladi.
Sariyog‘ ustidagi ko‘pikning yo‘qolishi va uning tubida jigar rang oqsil cho‘kmasining hosil bo‘lishi, tarkibida suvning batamom bug‘langanligidan darak beradi. Sariyog‘ tarkibida suvning butunlay yo‘qolganligini bilish uchun alyumin stakan ustiga shisha plastinkaqo‘yiladi. Agar shisha plastinka yuzasida hosil bo‘layotgan suv tomchilari yo‘qolsa, demak uning tarkibida suv qolmagan hisoblanadi. Shundan so‘ng, sariyog‘ solingan stakan 3-4 minut davomida sovutiladi vao‘lchab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |