Birinchi may) ko‘chasi yoqalab joylashib, ular markaziy shohrohlardan
biri — Mustaqillik (sobiq Pushkin) ko‘chasiga olib boruvchi o ‘ziga xos
«darvoza»ni vujudga keltiradi.
Har bir uyning ancha uzun bo‘lishi (250 m.) bir maromdagi yirik
almashuvlar bilan majmuaning hajm-kenglik yechimini yuzaga keltiigan.
Rejada egma shaklga ega bu uylar plastikasining boyligi va arxitekturaviy
ishlovi, rejalashtiriUshining qulayligi va yaxshi o‘ylab joylashtirilganligi
bilan ajralib turadi; barcha yo‘lakIar ham da qo‘shimcha xonalar
shohroh
tomonga qaratib qurilgan; yashash xonalari va balkonlar esa
mahalla ichkarisiga qaragan.
0 ‘rta Osiyo turar-joyining tarkibiy qismi bo‘lmish balkonlar ayni
vaqtda quyosh to ‘sqich vositasi va yilning issiq fasllarida oila turadigan
qo'shimcha xona bo'lib xizmat qiladi.
Oshxona va balkon bilan bevosita bog‘liq umumiy turar-joy xonasi
xonadonga kiraverishda joylashgan. Sanitariya tarmog‘i
bilan guruh-
lashgan yotoqxonalar xonadon to ‘rida joylashgan. Uylaming bunday
rejalashtirilishi, shuningdek quyoshqaytargich talablari ma’lum darajada
devorlaming tashqi ko‘rinishini belgilab bergan.
Birinchi qavatlarda joylashgan savdo va maishiy xizmat muassasalari
— «Bolalar dunyosi» do‘koni, qahvaxona, omonat kassa va hokazolar
mikrorayonlar qiyofasini ancha boyitadi. Mustaqillik (sobiq Pushkin)
ko‘chasidagi M -l mikrorayon tarkibiga kiruvchi uchta to ‘qqiz qavath
Toshkent M -l va M -2 turar-joy mikrorayonlar loyibasi 1967-y.
Arxitektorlar V. Ginzburg Yu. Raninskiy, A. Recbegov (Masproyekt-l).
5 - T - 3 1 - 3
65
bino yetakchi o ‘rin tutadi.
U lar
yagona poydevor bilan birlash-
tirilgan va shohroh miqyosiga ta ’sir
ko‘rsatadi. Uylarning bunday joyla
shuvi shahaming turli nuqtalaridan
yaxshi ko‘rinib turuvchi markaziy
qismining umumiy qiyofasini bel-
gilab bcrgan.
Turli
q av atli, o ‘lch am li va
qiyofali uylarning birikuvi mual-
liflarga mikrotumanning qiziqarli
istiqbollarini yaratishga imkon tug‘-
dirdi. Mazkur mikrotumanlar qu
rilishi quruvchilar ishi sifatining
yaxshiligi bilan ajralib turadi, deyar
li barcha yashil butalar saqlanib qolgan.
Toshkent markazining zilziladan keyin
yuzaga kelgan turar-joy
majmualari tahlillari turar-joy m uhiti sifatida katta o ‘zgarish ro ‘y
berganidan dalolatdir. Markazning yangi turar-joy mavzelari xilma-xil
va
qiziqarli, turli rejaviy kesma bo‘yicha — erkin, ko‘ndalang, chidamli
tarzda qurilgan.
Toshkent markaziy tum ani g‘arbiy qismida joylashgan M -2 6 ,
M —27 mikrorayonlari (arxitektorlar G. Korobsev, I. Koptelova, S.
Odilov va boshq.) qiyofasi qiziqarli, ulaming qurilishi Talabalar shahar-
chasini shahar markazi bilan bog'lovchi tuzilmaviy shohroh (shimoli-
g‘arbiy «nur») — Beruniy shohroxini vujudga keltirgan.
Bu mikrorayonlar yirik panelli ikki, to ‘rt va to ‘qqiz qavatli uylar-
dan tashkil topib, ularda jimjimador panjaralar ko'rinishidagi industrial
stasionar quyoshqaytaig‘ichdan keng foydalanilgan,
panjaralar guldor
bezak, shuningdek Abu Rayhon Beruniy ilmiy ishlari mavzusidagi yirik
sopol suvratlar hosil qilgan.
M azkur hudud uchun a n ’anaviy «mahalla» tizimiga xos aholi
demografik tuzilmasi va oilaviy tarkibini, an’anaviy turmush tarzini
har tomonlama hisobga olishga asoslangan arxitekturaviy-rejaviy tash-
killashtirish mikrorayonlaming o ‘ziga xos sifati bo‘lib qoldi. Bu xususiyat
mahalla aholisining qator faoliyatlari umumlashmasini saqlab qolishga
intilishdan iborat.
Shunga muvofiq mikrorayonlami rejalashtirish 2—3
ming nafar
aholiga m o‘ljallangan qator turar-joy hosilalarini o ‘zida namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: