devor» kompozisiyasi — katta opera zaliga olib kiruvchi, mashhur usta
rassom Viktor G an va arxitektor Vladimir Spivak yasagan dabdabali
eshik alohida hissiy mazmun kasb etadi. Bu san’at asarining badiiy
ramzi — naqsh asosidagi rang va ohang simfoniyasidir.
Sirkori sopol
o ‘ymakorligida bajarilgan qiziqarh syujetlar teatrcha «parda»ni o ‘zida
namoyon etadi, tomoshabinlar ana shu «parda» orqali zalga o ‘tishadi.
Bunda rassom lam ing ijodiy g'oyasi m ana m en deb turadi, ular
moziyning namunalari va an’analaridan ilhom oladilar (Samarqandda
Shohi Zinda majmuida o ‘rin olgan mashhur Shodi Mulk maqbarasini
eslaylik, kiraverishda va intererda hal yugurtilgan sirkori koshinlaming
hayratomuz namunalari bor unda) «Oltin devor» o ‘zining qo‘landorhgi,
o'ziga xos yechimi va milliy koloriti bilan kishi e’tiborini tortadi.
Organ zalida rangli vitraj ijro texnologiyasi va ishlatilgan ashyolari
bilangina emas, balki vitraj mavzusini ochib berish usullari bilan ham
o ‘ziga xosdir. U shisha qurog‘ining devordagi maxsus yoriqlarga
o ‘matilgan to 'rt vitraj pannosida yasalgan. Tomoshabin ko‘z o ‘ngida
ona diyor go‘zalligi va manzarasi namoyon b o ‘ladi:
bir qarasangiz
quvnoqbahor kuni, yana bir qarasangiz jazirama yoz kuni - yil fasllariga
monand. Shunday taassurot tug'iladiki, muallifning bu ijodi arg'anun
musiqasining betakror kuylari bilan yo‘g ‘rilgan - goh mayin va
maftunkor, goh quvnoq, goh jiddiy, goh qayg‘uli tantanavor. Vitrajga
quyosh nuri tushganida bu tuyg'u kuchayadi:
shunda ularning barcha
ranglari yanada jozibador bo‘lib ketadi.
Vitraj texnikasini tiklash chog'ida monumentalchi rassom Rustam
Xudoyberganov mumtoz usuldan voz kechib, uni zamonaviylashtirishga
harakat qilgan, bu tasvir mayinligi va ta ’sirchanligini saqlab qolish
imkonini bergan. 0 ‘z ishida rassom «Sovplastital» QK mahsulotidan
foydalangan, to ‘g‘ri, u ko'pgina qiyinchiliklarni engib o ‘tishiga to ‘g‘ri
kelgan, chunki vitraj san’atida korxona asil mahsulotini qo‘llashning
yangi texnologiyasini ishlab chiqishlari, bo‘yoqlaming quyosh nurlariga
chidamliligi muammosini hal etishlari kerak edi va hokazo. Shu narsa
quvonchliki, vitraj respublikamizda yangi
ashyolar va texnologiyalar
qo‘llash bilan birinchi marta yasalmoqda. Shu narsa m a’lumki, vitrajlar
tasodif bilan bezak unsuri b o ‘lib qolmagan, balki intererlarga uzviy
kirishib, ulam i boyitgan.
0 ‘quv binosi atriumlarining yon maydonlarida «Sirli dunyo» va
«Ilhom parvozi» sopol pannosi ishlangan (rassomlar Ozod Habibullin
va Alfiya Habibullina, shu ishni bajarishga e ’lon qilingan konkurs
yakunlari bo'yicha birinchi mukofotni olishgan). «Sirli dunyo» pannosi
168
mavzusiga atrof olamning so'ngsizlik va sirliligiga
ishlangan kompozisiya
asos qihb olingan. Yorug' tushganda quyosh nurlariga o'xshab ketuvchi
zarrin rang unga alohida jarang bag‘ishlaydi.
Ikkinchi qavat balkonlari devorlariga 0 ‘zbekistonning boy jonivor
va o ‘simlik dunyosi mavzusidagi naqshu nigorlar ishlangan. Bu yerda
tasvirlangan laganlar 12 respublikani anglatadi. Ularda arxitekturaviy
durdonalar va tasviriy san’at unsurlari mavjud. Bu Buyuk Ipak yo'li
bo'ylab, qadimgi shaharlari va tarixiy a n ’analari bo'lgan mamlakat
bo'ylab sayohat qilishga o ‘ziga xos taklifnomadir.
Yon devordagi ikkinchi sopol panno mavzusiga ijod,
ilhom va
xayolot parvozi asos qilib olingan — mutanosib joylashgan boshqa
atriumning «Ilhom parvozi» deb atalishi shundan. Bu erda musiqa
raqsning hayratomuz dunyosi ochiladi. «Kecha va kunduz» ramziy
qiyofalar, mualliflar fikricha, qalb musiqasini uyg'otadi.
O'quv binosi markaziy vestibyulida dumaloq devoriy kompozisiya-
lar ishlangan (rassomi Sergey Ivanov). U lar mavzusi — arxitektura
unsurlari: arklar, qubbalar va minoralar ustidan cholg'u asboblarining
erkin badihasidir.
Sakkiz kompozisiyaning hech biri boshqasini takrorlamaydi, ulami
O'zbekiston arxitekturasi va tabiatidagi an ’anaviy ranglar —
sovuq
ko'k, moviy, feruza ranglarining iliq jigarrang, zarrin, och jigarrang
ranglardagi yagona rang koloriti birlashtirib turadi.
U m um an konservatoriya yangi binosi intererlaridagi badiiy ishlar
yoqimli taassurot qoldiradi, bo'shliqni to'ldiradi va zaminimiz iste’dod-
larga nechog'li boy ekanligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: