12-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish



Download 45,07 Kb.
bet1/10
Sana15.04.2022
Hajmi45,07 Kb.
#554775
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

12-MAVZU. STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH
Ushbu mavzuda biz quyidagi masalalarni ko‘rib chiqamiz:
• startap tushunchasi;
• startapning o‘ziga xos xususiyatlari;
• startapning rivojlanish bosqichlari
• startaplarni moliyalashtirish;
• boshlang‘ich bosqichda startaplarni moliyalashtirish;
•startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn-kraudfanding platformalar.

12.1. Startap tushunchasi


So‘nggi yillarda biznesda startap kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi. Televidenieda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir qarasangiz, Internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda. Startap bilan “tandirdan yangi uzilgan” kompaniya o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligi ham har kimga tushunarli emas. Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga ishora qiladimi?
“Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi.
Bunda o‘sha kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan qandaydir biznes g‘oyasi mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor tadqiqotlari va uni amalga oshirish uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda tutiladi.
Ba’zan iste’molchilarga innovatsion tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va moliyaviy ko‘mak izlash jarayonida bo‘lgan kompaniyalar startaplar deb ataladi. Bunday kompaniyalarning kelajagi ancha mavhum ko‘rinadi.
Faoliyat sohasidan qat’i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, Internet-biznes va “aralash fanlar” sohasidagi tashabbuslargina startaplar deb ataladi.
“Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi. Keyin ayon bo‘lishicha, ushbu kompaniyani yuksak istiqbol kutib turgan ekan Ayni paytda bu kompaniya bizga Hewlett-Packard yoki HP nomi bilan ma’lum-u mashhurdir.
Startaplar haqida so‘z ketganda, yurtdoshlarimiz ko‘pincha o‘ziga o‘xshashlar orasida alohida ajralib turadigan internet-resurslarni tasavvur qilishadi. Eng mashhur va muvaffaqiyatli startaplar sifatida videofayllar xostingi Youtube, «xalq entsiklopediyasi» – Vikipediya (hech bir bahs-munozara unga murojaatsiz kechmaydi), shuningdek, eng yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va VKontakte tilga olinadi. Ko‘pchilik bu loyihalar negizida betakror g‘oya yotganligi uchun shunchalik mashhur bo‘lib ketgan deb o‘ylaydi. Lekin bu unchalik ham to‘g‘ri emas.
Boshqa mamlakatlarda “startap” tushunchasi biroz boshqacha talqin etiladi. Startaplarning eng yorqin misollari – bu xalqaro miqyosda dovrug‘ qozongan IT-korporatsiyalar: Microsoft, Apple, Google. Ushbu gigantlarning tarixi, chindan ham, mo‘’jaz narsadan – aynan esa, o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ishtiyoqmand bo‘lgan bir qancha hamfikrlarning kichik guruhidan boshlangan.

Download 45,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish