12-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish


Startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn-kreudfanding platformalar



Download 45,07 Kb.
bet10/10
Sana15.04.2022
Hajmi45,07 Kb.
#554775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.4. Startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn-kreudfanding platformalar
Biznesni boshlar ekan, odamlar avvalo “Pulni qaerdan olish kerak?” degan savolga to‘qnash kelishadi. Bu erda variantlar etarli: oflayn aloqalar orqali investorni qidirib topishingiz, biznes inkubatorga borishingiz yoki venchur fondga murojaat qilishingiz mumkin. Eng dangasalar uchun hatto sotuvchilarni (startaplar) va xaridorlarni (investorlar) birlashtiradigan platformalar ham mavjud. Bu erda yuridik shaxsni ro‘yxatga olish kabi rasmiyatchiliklar ikkinchi darajaga tushib qoladi. Ko‘p hollarda, loyiha profilini to‘g‘ri loyihalashtirish va uni tasdiqlash uchun sayt ma’murlariga berish kifoya. Agar startap va investor bilan tanishish muvaffaqiyatli kechgan bo‘lsa, bitimlar odatiy tarzda tuziladi – kompaniyadagi ulushni onlayn sotish instrumentlari hozircha o‘ylab topilmagan.
Kickstarter. Ushbu platforma xayriya asosida ijodiy loyihalar uchun pul olish imkonini beradi. Bunda loyihalar turli-tumanligi bilan ajralib turishi mumkin. Kickstarter – bu allaqachon ko‘plab yirik loyihalarga yordam bergan birinchi platformalardandir.
Indiegogo. Kickstarterdan farqli o‘laroq, ushbu platforma ijodiy loyihalar bilan chegaralanmagan. Indiegogoda siz har qanday narsa uchun – sevimli mashg‘ulot, xayriya, startap yoki hatto shaxsiy moliyaviy ehtiyojlargacha pul to‘plashingiz mumkin. Ushbu platforma ham birinchilardan biri bo‘lib, hududiy yoki boshqa chegaralar mavjud emasligi tufayli tanilgan.
Crowdfunder.com. Ushbu platforma faqat investitsiyalar uchun mo‘ljallangan. U investorlar uchun eng tez o‘sayotgan va keng platformalardandir. Crowdfunder – investitsiya shartnomalari asosida moliyalashtirish uchun jiddiy platforma.
Rockethub. Ijodiy loyihalarni xayriya moliyalashtirishga asoslangan boshqa platforma. Rockethub qolgan barcha ishtirokchilardan FuelPad va LaunchPad dasturlari mavjudligi bilan ajralib turadi, ular barcha ishtirokchilarga natijaga erishish uchun bir-birlari bilan aloqa qilish va ma’lumot almashishga ko‘maklashadi.
Crowdrise. Agar siz xayr-ehson yoki boshqa ehtiyojlar uchun pul yig‘moqchi bo‘lsangiz, unda shunga murojaat qiling. Boshqa tashkilotlarning qancha pul to‘planganligini kuzatishga imkon beruvchi tizim ushbu platformaning o‘ziga xos xususiyati sanaladi.
Download 45,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish