Startaplarni moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligi Mablag‘lar jalb qilishning yuqorida ko‘rsatilgan shakllari loyihani amalga oshirishning har bir bosqichida turli moliyalashtirish manbalari mavjudligini nazarda tutadi. Asosiy investitsion agentlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Xususiy investitsion fondlar
2. Biznes farishtalari
Investitsiya fondlari. Xususiy investitsiya fondlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda daromad keltiradigan istiqbolli loyihalarga depozitlardan jalb qilingan aktivlarni investitsiyalashga ixtisoslashgan tashkilotlardir. Venchur fondlar rivojlanuvchi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvvatlashga qaratilgan. Bunday investitsiyalar risk darajasi bilan farqlanib turadi. Biroq investitsiya to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, investor tadbirkorlik sub’ekti tomonidan taqdim etilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish ehtimoli nuqtai nazaridan baholaydi. Riskni xejerlash maqsadida birdaniga turli sohalardagi qator loyihalarga mablag‘ ajratiladi. Investitsion venchur fondlarning vazifalaridan biri innovatsion startaplarning faoliyati ustidan nazoratni qo‘lga kiritish sanaladi. IMI.VC, RunaCapital, KiteVentures, ru-NetVentures, ABRT VentureFund va boshqalar Rossiya kabi butun dunyo bo‘ylab startaplarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi yirik tashkilotlar sanaladi.
Biznes farishtalari kim.Biznes farishtalari xususiy investorlar sanaladi. Ular uchun startaplarni moliyalashtirish – investitsiya fondlari bilan bir xil – kelgusida foyda olish uchun o‘z aktivlarini daromadli ravishda joylashtirish imkoniyati. Ammo shunga o‘xshash manbadan mablag‘ olish ehtimoli ancha yuqori. Ko‘pincha, biznes farishtalari investitsiya qilish riskini ob’yektiv baholash uchun etarlicha kompenent emas. Tadbirkorning g‘oyasi kerakli hissiy taassurot qoldirishi va bu bilan startap uchun moliyalashtirish ta’minlanadi.
Rasmiy investitsion fondlar va tijorat banklari bilan taqqoslaganda, biznes farishtalari investitsiyalarning tez daromad keltirishi jihatidan kam talablarga ega. Investitsiya fondlari uzoq muddatli qo‘yilmalarga mo‘ljal oladi, shuning uchun dastlabki bosqichlarda vaqtinchalik qiyinchiliklarga tushunish bilan yondashadi. Biznes farishtalari o‘z qo‘yilmalari asta-sekin foyda keltirishidan manfaatdor va faqat o‘z resurslarini tasarruf etishadi.
Kraudfanding nima? Jahon o‘rgimchak to‘ri tadbirkorning biznes g‘oyasi qiziqtirib qo‘ygan oddiy odamlar orasida startapni moliyalashtirish uchun investorlarni topish imkonini beradi. Kraudfanding maydonchalarida bo‘lg‘usi loyiha “aksiyalari”ni sotib olish taklif qilinib, buning ortida startap-kompaniyadan investor uchun kelgusi mukofot uchun huquq turadi (qarang: Aksiya va obligatsiyalarga investitsiya qilish afzalliklari va kamchiliklari). Agar loyiha betakror mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, “aksiyador”da sovg‘a tariqasida uning nusxasini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Pullar manfaatdor shaxslar tomonidan, shu jumladan, beg‘araz asosda o‘tkazib beriladi. Kraudfanding – bu, shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihaga bo‘lg‘usi maqsadli auditoriya e’tiborini jalb qilish imkoniyati hamdir.