Shaharsozuk tarixi



Download 12,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/139
Sana27.04.2023
Hajmi12,78 Mb.
#932316
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139
Bog'liq
San`at, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Qodirova T.F.

Toshkent. Amir Temur
ko‘chasida joylashgan
Milliy bank, Xalqaro savdo
ko‘rgazma majmui.
172


Toshkentdagi Amir Temur ko'chasida joylashgan Xalqaro savdo- 
ko'rgazma majmui (XSKM) qurilishi nihoyasiga yetishi bilan birinchi 
marta qisqa muddatda ishbilarmonlar, mehmonlar va shahar aholisi 
uchun ommaviy tashrif buyuradigan zamonaviy, yaxht, har taraflama 
xizmat ko‘rsatadigan majmua bunyod etildi. Majmua savdo markazi, 
biznes markazi, xalqaro otel, Milliy bank binosini o ‘z ichiga oladi.
Mazkur majmuaning sobiq XX Yu К hududida joylashuvi 0 ‘zekspo- 
markaz xizmat imkoniyatlarini ancha to‘ldirish va kengaytirish imkonini 
berdi. XSKM ko‘l qirg‘og‘i yoqalab Akvabog1 va bolalar bog‘i ko‘rkam 
joylashgan bog‘ hudud shaharsozligi tuzilmasiga uyg‘un kirishib ketgan. 
XSKMning barcha binolari o'rtasida ko'pqavatli faworalar otilib tuigan 
aylanma maydon tevaragida radial joylashgan va mazkur majmuaning 
taqsim lovchi old m aydoni, o'/.iga xos ochiq foyesi hisoblanadi. 
XSKMning arxitekturaviy-shaharsozlik kompozisiyasi arxitektor A. 
To'xtayev rahbarligi ostida ishlab chiqilgan. Loyiha nusxasini ishlab 
chiqishda «Toshkentboshreja* loyiha institutining arxitektorlari va 
muhandislari jalb etilgan.
«Interкоntinental» oteli mazkur 
majmuaning asosiy binolaridan biri 
sanaladi, u arxitekturaviy-rejaviy 
yechimning o ‘ziga xosligi bilan ajraUb 
turadi. M ehmonxona binosining bosh 
devori janubi-g'arbga qaragan va och 
kulrang sayqalli tax tach alar bilan 
qoplab chiqilgan, ustidan oynavand 
qilingan, shuningdek, matbuot zali- 
rung sarg ‘ish yo ‘l-y o ‘1 c h iziq la ri 
Toshten, , Io„ rtoil,lnenMI,
tortilgan. 
mehmonxonasi.
250 o'rinli mehmonxona majmuida 
besh yulduzli m ehm onxonalam ing xalqaro andozalariga muvofiq 
ravishda mehmonlarga serviz xizmati ko'rsatish to'liq yo'lga qo'yilgan. 
Barcha nom er (xona)lar zamonaviy jihozlar, shamollatish tizimlari, 
o ‘t o'chirish va yong'indan darak berish tizimlari, qulay mebellar 
bilan ta ’minlangan. Otelda 500 o'ringa m oijallangan restoranlar va 
barlar (italyancha, meksikacha va hokazolar). shuningdek, raqs zali, 
d o 'k o n la r, hovuzli va saunali so g 'lo m lash tirish klubi m avjud. 
Ko'pqavatli foye-atrium otelning alohida-alohida xonalarini birlashtirib 
(uradi, mijozlaming hordiq chiqarishlari va kutishlari uchun har 
laraflama qulaylikka ega joylar muhayyo etilgan. Tezyurar, atrof ko‘rinib
173


turadigan va servisli liftlar o ‘n uchta yerusti qavatlarini bir-biriga 
bog‘lab turadi.
Ikki qavatli, erto‘lali Savdo markazi binosining maydoni 8150 m2 
bo'lib, supermarket, «butik» turidagi katta-kichik do'konlar va m a’­
muriy ombor xonalarini o ‘z ichiga olgan. Ikki qavatli atrium va rejada 
asosiy, qayirma zinalari, tushib kelayotgan suv ustuni shaklidagi rangi 
chiroqli bezakdor faworalari bo'lgan ayvon yo'laklar mazkur inshoot 
ichki bo'shlig'idagi kompozision markaz hisoblanadi.
Ushbu rangin bo'shliq atrofida ichki qulayliklar va dizayn unsurlari 
bilan birgalikda asosiy xonalaming joylashuvi ular yuzaga keltirgan, 
mijozlarga samarali xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan mazmundorlikni 
beigilab beradi.
Biznes markaz — bu yirik ofis majmua bo'lib, 3 yerto'la va 16 
yerusti qavatlaridan iborat. 3-dan 16-qavatgacha joylashgan ofis xona- 
laridan tashqari unda yana restoran, kafeteriy va 400 o'rinli bar, 300 
o'rinli matbuot zali (garderobU va bufeti bilan), ko'rgazma zali (580 
m2), 3 ta majlislar zali va 110 o'rinli matbuot zali o'rin olgan. O 'n ikki 
tezyurar yo'lovchi lifti va xodimlarga xizmat ko'rsatish uchun ikki 
servis lifti ushbu qavatlam i bir-biriga bog'lab turadi. Bino rejada 
mutanosib tiklangan, uning ikki qismi ochiq zinali, aylanma ayvon 
yo'lakli, lift xollarida suyri balkonlari bo'lgan, mayda-chuyda arxitek- 
turaviy shakllar, gulzorlar va faworali markaziy rangin atrium bilan 
birlashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasining O'zbekiston Milliy banki (O'MB) 
m arkaziy ofisining 23 qavatli binosi butun m ajm ua ichida eng 
muhtashami hisoblanadi (balandligi 106 m).
O'ziga xos qiyofasi bilan esda qoladigan chorsi shaklga ega, ixcham 
binoning butun balandligi bo'ylab to'rttala burchakdagi temir-beton 
ustun tutib turadi, barcha devorlar va tom oynavand.
Binoning foyesi, atrium lari o 'z m ahobati bilan hatto tajribali 
mutaxassislami ham lol qoldiradi. Bezakdor hovuzchalar, haykallar, 
ko'rinib turuvchi manzarali liftlar, keng ish zallari, zamonaviy ofislar, 
yigirma ikkinchi qavatda joylashgan, eng yangi kompyuter texnikasi 
bilan qurollangan va «erkin reja» tamoyili bo'yicha hal etilgan ikkita 
muzokaralar zali va nihoyat oynavand tom ostida joylashgan qishki 
bog' - bular barchasi binoning badiiy yaxlit taassurot qoldirishiga 
imkon beradi.
Bank xodimlari uchun oshxona, tibbiyot xonasi va yengil avtomashi- 
nalar uchun yerosti garaj ko'zda tutilgan. Tezyurar va servis liftlari
174


qavatlami bir-biriga bogiaydi. Bino zamonaviy muhandislik jihozla- 
rining barcha turlari bilan ta ’minlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining m a’muriy binosi 
(arxitektorlar A. Chernixov, R. Shokirov, A. Taranenko, I. Li) 
Toshkentning markaziy qismida, 0 ‘zbekiston va Shevchenko ko‘chalari 
kesishgan joyda 1997—1998-yillarda barpo etilgan.
Bosh m a’muriy bino kompozisiyasi uch qavatli ishlab chiqarish 
binosi va qarshida 0 ‘zbekiston ko‘chasida joylashgan m a’muriyatning 
o ‘n besh qavatli binosi o ‘rtasidagi arxitekturaviy qarama-qarshilikka 
asoslangan.
M a’muriy binoning baland qad-qomati mazkur joydagi barcha 
past qavatli uylami birlashtirib turadi.
Binoning old devori shimolga, bank ishlab chiqarish binosi tomonga 
qaragan. Bino to ‘rt burchakli, rejada 21x30 m dan iborat o ‘n besh 
qavatli hajmni o ‘zida namoyon ctgan. Ichki bo‘shliq lo‘nda va odmi 
hal etilgan — har ikki tom onda ishchi xonalari joylashgan yo‘lak bor.
Xonalar pardozida a’lo sifatli chet el qurilishi ashyolari bilan bir 
qatorda badiiy sopol, ganch o ‘ymakorligi va suvog‘i, «Mikond» zavodi 
shisha buyum laridan foydalanilgan. B inoning tashqi pardozida 
0 ‘zbekiston, Ukraina, Yugoslaviya va Isroil ashyolari ishlatilgan.
0 ‘zbekiston ko‘chasi o ‘qi bo'ylab Toshkent shahri markazida 1999-
2000-yilda qurilgan Moliya xizmatlari banklararo markazi binosi 
(MXBM) joylashgan. 0 ‘z arxitekturasi va qiyofasi bilan u Toshkentdagi 
yana bir baland inshootni nam oyon etgan (yer sathidan nayzasi 
uchigacha 89,7 m). U shahar markazining shu qismini o ‘zining 
mahobatli gavdasi bilan to ‘ldirib turadi.
Umumiy maydoni 15500 m 2 b o ig an bino ikki yer osti va yigirma 
bir erusti qavatidan iborat.
Balandligi olti qavatga baravar keng atrium binoning bosh eshigi 
sanaladi. Atrium baravarida bir tom ondan 100 o ‘rinli restoran va 
ikkinchi tom ondan matbuot markazi o ‘rin olgan.
Binoga xizmat qilish uchun vestibyulda 5 ta lift bor, shulardan 
ikkitasi manzarali bo‘lib, umumshahar markazining kattagina qismini 
tomosha qilish imkonini beradi.
Vestibyul intereri tabiiy ashyolardan (marmar, yog‘och, temir) 
zamonaviy uslubda ishlangan bo'lib, milliy bezak nam unalaridan 
me’yorga qarab foydalanilgan. Atriumdan 450 o ‘rinli har taraflama 
xizmat ko'rsatishga m o‘ljallangan zalga kirib borish mumkin. Zal 
anjumanlar, seminarlar, konsertlar va hokazolar o ‘tkazishga mo‘ljallan-
175


gan, yuqorida tilga o lingan vazifalarni bajarishni t a ’m inlovchi 
zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan. 5 lifltda atriumdan namunaviy 
12 qavatdan har binning markaziy qismidagi lift xolliga ko'tarilish 
mumkin.
Namunaviy qavat rejasi oddiy bo‘lib, xizmatiga qarab taqsimlangan 
va qurilgan. 0 ‘ngda rahbariyat ofislari, chapda ishchi ofislar joylashgan, 
ular erkin rejada hal etilgan. Barcha ofis xonalari aloqa va signalizasiya 
tizim lari bilan jihozlangan bo'lib, eng yangi texnik yutuqlardan 
foydalanilgan.
Binoning 14-qavati YIP rejani o ‘zida namoyon etgan. 0 ‘ng tom on- 
da qabulxona va dam olish xonasi bo‘lagan katta kabinet joylashgan.
Qavatning o ‘ng qanotida 20 o ‘ringa mo'ljallangan kengashlar zali 
bor, uning oldida bir peshtaxtasi va mehmonlar uchun ishchi kabineti 
bilan jihozlangan kutish zali ko‘zda tutilgan.
19 qavatda 60 o'rinli aylanma farshli restoran bo‘lib, unda mijozlar 
stollarda o‘tirishadi. Bunday echim mijozga shaharning ham zamonaviy, 
ham tarixiy manzarasini tom osha qilish imkonini beradi. Restoran 
intereri m odem uslubida, milliy arxitektura ramzlaridan foydalanib, 
hal etilgan.
U nda maxsus yorug‘lik tushadigan derazalar bilan oynavand sirt 
birikib ketgan. Sayqallangan va zanglamaydigan po'latdan yasalgan 
buyumlar ham talaygina. Oqshomgi va tungi vaqtda ma’dan, shisha

Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish