Termiz shahridagi qadimshunoslik muzeyi
(«O'zqishloqloyiha»
instituti, 2005-y.) at-Termiziy ko'chasida, shaharning ijtimoiy-madaniy
/o n asid a joylashgan. M uzey ro'parasida «Alpomish» yodgorligi
bo'lgan madaniyat va istirohat bog'i, amfiteatr hamda tennis kortlari
joylashgan.
165
Muzey binosi rejada chorsi, ikki qavatli (bir qavati balandligi 4,2
m) bo'lib, poydevor qavati ham mavjud. Bino besh qubbali bo'lib,
markazdagi eni 12 m qubba atrofiga har birining eni 66 m keladigan
yana to 'rt kichik qubba qurshab olgan. Katta eshikdan kiraverishda
binoning to'rtala burchagiga olib boruvchi ustundor va muqamasli
peshtoq savlat to'kib turibdi. Qubbalar, devorlar va peshtoqlarning
tuproqsimon rangi poydevorning to 'q jigarrang hamda ustunlaming
oppoq rangi bilan hamohanglikda muzey binosi o'ziga xosligini vujudga
keltirgan.
Muzeyning yirik hajmdagi eksponatlari uchun ayvonli yarimdoira
hovli ko'zda tutilgan, u ayni vaqtda muzey va turar-joy uylar hududini
bir-biridan ajratib turadi.
K o'p narsalar boy qadimgi tamaddun haqida guvohlik beradigan
Surxondaryo mintaqasidagi nodir inshoot o'taroq qadimshunoslik
muzeyi binosi «Alpomish» shaharsozlik majmuining tugalligida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Mustaqillik yillarida respublikaning boshqa shaharlarida ham muzey
binolari qurildi, mavjudlari esa yangi talablami hisobga olib tubdan
qayta tiklandi.
Yangi O'zbekiston Davlat konservatoriyasi maqomini olgan Tosh
kent davlat konservatoriyasining yangi binosi «Toshgiprogor» instituti
loyihasi bo'yicha bunyod etildi. Mazkur loyiha konkurs yakunlari bo'yi-
cha birinchi o'rinni oldi, bunda qurilish asnosidagi tanishuv vaqtida
Prezidentimiz Islom Karimovning qimmatli maslahat va takliflari
hisobga olindi.
Konservatoriyaning binosi Botir Zokirov ko'chasida, «Paxtakor»
o'yingohining bog' hududi yonida qad ko'targan (loyiha bosh arxitektori
V. Spivak, 2002-y.).
Konservatoriya majmui ikki: o'quv-mashq va teatr binosiga ega.
Birinchisida barcha umumkonservatoriya va m a’muriy-xo'jalik xonalari,
kafedralari, kutubxona, bufetlar, sport zallari va texnik xizmat ko'rsatish
xonalari joylashgan.
Teatr-opera zali — 500, organ zali — 300, kamer zali ham 300 va
kichik zal 200 o'ringa mo'ljallangan.
O'quv-m ashq binosi mutanosib tuzilishga ega va uch bo'lakka
bo'lingan. Markaziysida vestibyullar guruhi, qavatlardagi xollar, o'quv
darsxonalari, liftli xoll ikkala yon bo'laklarda barcha o'quv xonalari,
xususiy mashg'ulotlar xonalari, kutubxona mavjud. Mazkur bo'laklar
rejaviy va hajm-kenglik asosi bo'lib, oynavand gumbaz ostidagi to 'rt
166
Do'stlaringiz bilan baham: |