joylashgan. Vestibyullar guruhi bevosita Buxoro ko'chasidan uch eshik
bilan kirib kelinadigan zalga tutashgan.
Vestibyul burchagidagi ikki zina biijaning ikkinchi qavatiga olib
chiqadi. Devor yuzasi ikki yon va bitta o 'rta bo 'rtiq ravoqqa ega.
Devoming har ikki tomonidagi yarimdoira devorlar baland-baland ark
o'rinlari
va devorlardagi yarim
chiqiq ustunlar -
pilyastrlar bilan ikki
qavatga bo‘lingan. Binoga yangi qubba qo'ndirilgan, u biroz cho'q-
qinamo shaklda tepaga cho'zilgan, gumbaz tepasi nayza va ravoq
o‘yiqlari bilan tugallanadi.
Buxoro ko'chasiga ko‘ndalang tarzda Toshkent kurantlari bilan
bir qatorda shahar hokimiyatining yangi binosi qad ko'targan,
bunda
markaziy qubba va uning tagidagi peshtoq shu ko'cha perspektivasini
nihoyasiga yetkazadi (F. Tursunov).
Markaziy peshtoqning har ikkala tomonida odmi to ‘qqizta oppoq
ustun joylashgan. Devorlarning tepasi — hokimiyat binosi panjarasi
istehkom devorlariga o ‘xshab kungurador bo'lib,
bino qiyofasiga
ulug'vorlik bag'ishlagan. Bino ustida mahobatli gumbaz joylashgan
bo‘Ub, uning uchida bayroq hilpirab turibdi.
Hokimiyat binosi rejasining T-simon shakli to'rt blokdan iborat.
Movarounnahr ko‘chasi yoqalab 120
m
uzunlikdagi ikki to‘rt qavatli
m a’muriy blok qad ko‘targan, jamoat xizmatlariga mo'ljallangan ikkita
uch qavatli blok bog‘ hududini egaliagan va arxitekturaviy kenglik
echimiga zamonaviy yondoshilgani bilan ajralib turadi.
M a’muriy blokning katta eshigidan atrium
orqali uchala qavatga
chiqiladi, to'rtinchi qavatda esa katta foye joylashgan bo'lib, u qubba-
osti, tabiiy yog'du bilan yoritiladi.
Foye o'rtasida qubbaosti yo'lakchalari bo'lgan keng qubba muallaq
turibdi, intererdagi qubba sirtida issiq ranglarda va zarhal bo'yoqlarda
chekilgan islimiy naqshlar jimjima qiladi.
Shu blokning chekkalaridagi besh zina va ikkita lift binodagi tik
aloqalami ta ’minlaydi.
Jamoat xizmatlariga mo'ljallangan uch qavatli blokning sakkiz-
burchakU rejasi barcha ofis va yordamchi xonalarni oqilona joylash-
tirgan, ular birinchi va uchinchi qavatlar markazida joylashgan majhslar
zali hamda ikkinchi qavat markazidagi xoll bilan qulay bog'langan.
Bino intererlari yorug', keng bo'lib, italiya
va ural marmari bilan
pardoz berilgan.
Y o'laklar va xonalar derazalaridan yam-yashil bog' kaftdagiday
ko'rinib turadi. Ikkala jam oat bloklari tutashgan joyda qishki bog'li
158
ikki keng-keng zina o ‘matilgan. Kiraverishda yana uch qavat balandlik-
da atrium bor va qalbaki «osma» qubba bilan tugallanadi. Qubbaning
ichki sirtiga zarhal islimiy naqshlar solingan va chiroqlar osilgan -
ulami bino mualliflari o ‘zlaricha «Samarqand yulduzlari» deb atashgan.
RespubUka biija markazi (1996-y.) va
Toshkent shahri hokimiya-
tining yangi binosi (1997-y.) shahar markaziy qismi hajm-rejaviy
kompozisiyasini kuchaytiradi. Har ikkala bino mumtoz uslubda hal
etilgan bo'lib, ularda milliy arxitektura usullaridan foydalanilgan.
Intererlarda yog'och, ganch o'ymakorligi va xalq amaliy san’atining
boshqa unsurlari keng qo'llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: