Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

geografik shahar
deb ataladi
10
, aholi 
soni esa statistik ma‘lumotlarda ―shahar atrofi bilan‖ deb ko‗rsatiladi. Masalan, 
dunyodagi eng yirik shahar Tokio bo‗lib, unda 13 mln., atrofi bilan 35 mln. aholi 
yashaydi.
Dunyoning bosh, etakchi shaharlari ro‗yxatini olimlar, tashkilotlar turlicha 
berishadi. Buning asosiy sababi shundaki, bunday ulkan shaharlar aholi soni 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olish murakkab. Aholi ro‗yxati ham turli vaqtlarda 
o‗tkaziladi, qolaversa, shahar tushunchasining o‗zi ham turlicha qabul qilingan, 
ayrim shaharlar chegarasidagi kichik shaharlar hududi qo‗shilib ketib, ba‘zi 
shaharlarda ularning aholisi qo‗shib hisoblansa (aglomeratsiya hisobida), 
ayrimlarida qo‗shib berilmaydi, shuningdek, shaharga kelgan migrantlar, va 
shahar chetiga ko`chib kelib joylashib olganlar, mehmonlar hisobini olish ham 
mushkul. 
Respublikamizda shahar hududidan foydalanish, qurilish ishlarini olib 
borish, chegaralarini belgilash O‗zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksida 
belgilangan tartib-qoidalar orqali amalga oshiriladi. 
Savol va topshiriqlar 
1.
Shaharlarni vujudga kelish bosqichlarining asosiy xususiyatlarini 
ta‘riflang. 
2.
Shahar maqomi berish tartibi nima uchun turli mamlakatlarda turlicha, 
buning sabablarini aniqlang. 
3.
O‗zbekiston shaharlarini ma‘muriy boshqaruvini boshqa davlatlar 
bilan taqqoslang. 
 
3-Mavzu: Shahar hosil qiluvchi asosiy omillar. 
1
.
Shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga ta‟sir etuvchi omillar. 
2.Shaharlarning shakllanishida geografik o„rinning roli. 
3.Shaharlarning genetik tipologiyasi. 
Tayanch iboralar:
geografik o„rin, o„lik shahar, “eski” va “yangi” shahar, 
“sharqona urbanizatsiya”,resurs shahar,sanoat shahri, shaharlar to„ri, genetik 
tipologiya. 
1.Shaharlar duch kelgan yerda, o‗z-o‗zidan vujudga kelavermaydi, ular 
qulay geografik o‗rinda, aholi ehtiyojiga ko‗ra, turli omillar ta‘sirida
shakllanadi. Dastlabki shaharlarning shakllanishida tabiiy sharoit muhim rol 
o‗ynagan, shaharlar asosan issiq mintaqalarda, sug‗orma dehqonchilik 
rivojlangan yerlarda paydo bo‗lgan.
Insoniyat hayoti tarixida uch asosiy o‘zgarishlar yuz bergan: 
10
Мерфи Р. Американский город. Пер. с английского. –М., 1972. Б-10. 


19 
1- m.avv. 7000 yillikda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida yuzaga 
kelgan inqilob va Iroqdagi Jarmo, Isroildagi Jericho kabi neolit davri manzilgohlari 
rivojlanishi bo‘lgan.
2- sanoatdan oldingi inqilob bo‗lib, u shaharlarni yuzaga keltirgan.
3- XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilob bo‘lib, bizning hozirgi shaharlarimiz 
ilk ko‗rinishini yaratib bergan. Bu shaharlar hozirgi postindustrial shaharlargacha 
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. 
Atrof-muhit, topografiya, iqlim, ijtimoiy ahvol va tabiiy resurslar ilk shaharlar 
o‗sishga asosiy ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar bo‗lganligini biz Yaqin Sharq 
shaharlarining Tigr va Evfrat daryolari oralig‗ida joylashganligi, daryolar 
shaharlarni nafaqat suv, balki, unumdor tuproq bilan ham ta‘minlanganligida 
ko‘rishimiz mumkin (M.Pacione, 2009, 37-b.). 
Agar xaritaga qarasak, tabiiy sharoiti noqulay bo‗lgan o‗lkalarda, cho‗l, 
tog‗ yoki sovuq mintaqalarda ularning nihoyatda siyrak joylashganini 
ko‗ramiz. Qadimda shaharlar savdo —sotiq va hunarmandchilik negizida paydo 
bo‗lgan. Keyinchalik bunga eng ko‗p sanoat va transport sababchi bo‗lgan. 
Ko‗p hollarda garchi tabiiy sharoit noqulay bo‗lsada, tabiiy resurslarni 
o‗zlashtirish asosida ko‗plab shaharlar vujudga kelgan. Qazilma boyliklarni 
o‗zlashtirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «resurs 
shaharlar» deb ham yuritiladi. Bunday shaharlar, odatda, o‗z atrofi, qishloq 
joylar bilan kam bog‗langan bo‗ladi. Ularning nomlari ham ko‗pincha kon nomini 
anglatadi, masalan, Gazli, Jezqazg‗an, Toshko‗mir, Magnitogorsk va boshqa resurs 
shaharlar odatda kichik bo‗ladi, agar shahar hayoti shu resurs bilangina bog‗liq bo‗lsa, 
resurs tugagach shahar inqirozga uchrashi mumkin. Lekin, ko‗p hollarda bunday 
shaharlarda boshqa tarmoqlar shakllanib, uning iqtisodiy asosini tashkil etadi va shahar 
rivojlanishda davom etadi. Masalan, Angren shahri ko‗mir konini qazib olish asosida 
vujudga kelgan ―resurs shahar‖ bo‗lgan, keyinchalik kaolinni qayta ishlash, chinni 
ishlab chiqarish, Angren IESi faoliyati bilan u sanoat shahriga aylandi. 2013 yilda
Angren iqtisodiy industrial zonasining tashkil etilishi uning rivojlanishi uchun yana bir
muhim omil bo‗ldi. 
Shaharning vujudga kelishi va rivojlanishining muhim omilidan biri-aholi bo‗lib, 
u shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholisiz shahar bo‗lmaydi, shaharning 
o‗lchami – katta-kichikligi ham aholi soni bilan belgilanadi. Aholining tabiiy va 
mexanik o‗sishi, qishloqlarning shaharga aylanishi shaharning o‗sishiga ta‘sir etadi va 
aksincha. MDH davlatlari mustaqillikka erishgach, Rossiyaning shimoliy sovuq 
o‗lkalaridagi shahar va shaharchalardan aholi ko‗plab markazga ko‗chib ketib, ular 
―bo‗shab‖ qoldi. Kalkutta, Lagos, Shanxay kabi shahar va aglomeratsiyalar esa 
aksincha atrofdan ko‗plab aholini yig‗ib olib yiriklashib ketmoqda.
Shahar aholisi soni tabiiy o‗sish, aholi migratsiyasi va ma‘muriy-hududiy 
o‗zgarishlar hisobiga o‗zgarib boradi. 
Jahon miqyosida shaharlarning tez ko‗payishi va jadal rivojlanishiga ta‘sir 
etadigan muhim omil-

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish