Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari


-8-Mavzu: Shaharlarning hududiy tizimlari. Shahar



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

 
7-8-Mavzu: Shaharlarning hududiy tizimlari. Shahar 
aglomeratsiyalari va megalopolislar 
1.
 
Shaharlar hududiy tizimlarining vujudga kelishi, turlari.
2.
 
Shahar aglomeratsiyalarining hududiy tarkibi. 
3.
Urbanistik zona va areallar.
Tayanch iboralar: 
shahar aglomeratsiyasi, yo„ldosh shahar, 
yashil zona, tebranma migratsiya, urbanistik zona, megalopolis, 
megapolis, konurbatsiya. 
1. So‗nggi yillarda urbanizatsiya jarayoni sifat jihatdan o‗zgarib o‗zining 
yuksak cho‗qqisiga erishdi; yirik shaharlar o‗z doirasidan chiqib, yangi hududiy 
tizimlar-shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar ko‗rinishida namoyon bo‗la 
boshladi. "Aglomeratsiya" lotincha so‗z bo‗lib, "to‗plamoq", "qo‗shib olmoq" 
ma‘nosini bildiradi. Mazkur termin ko‗p sohalarda, masalan, sanoatda, 
geologiyada ishlatilib, keyinchalik aholi manzilgohlari uchun ham qo‗llanila 
boshlandi. Umuman olganda, ―aglomeratsiya‖ tushunchasi dastavval nemis olimi 
Alfred Veberning sanoat shtandorti nazariyasida qo‗llanilgan. U sanoat 
korxonalarini joylashtirishda transport, iste‘mol omillari qatorida aglomeratsiya 
omiliga ham katta e‘tibor bergan. Bu so‗zni birinchi marta amerikalik 
shaharshunos olim Adna Veber 1899- yilda shaharlar geografiyasi faniga olib kirdi 
va aholi manzilgohlarining bir joyda to‗planishi uchun ushbu terminni ishlatdi.
Shahar aglomeratsiyalari rus-sovet adabiyotlarida 1910-20 yillardan A. 
Kruber, M. Dikanskiy, V. Semyonov – Tyan - Shanskiy tomonidan o‗rganila 
boshlandi va turli nomlar bilan ataldi, masalan, "iqtisodiy shahar", "shaharning 
xo‗jalik okrugi", "planlashtirilgan rayon" va h.k. Yirik shaharshunos olim G.M. 
Lappo unga shunday ta‘rif beradi: "Shahar aglomeratsiyalari xilma-xil intensiv 


35 
aloqalar bilan yagona, dinamik tizimga birlashgan aholi manzilgohlarining ixcham 
hududiy guruhidir". 
―Shahar aglomeratsiyasi‖ tushunchasi ma‘lum ma‘noda shartli xarakterga ega. 
Sababi, bunday hududiy tizimlarda faqat shahar joylar emas, balki ular orasida 
qishloqlar ham mavjud bo‗lib, ularning aholisi ham aglomeratsiyalashuv 
jarayonida ishtirok etadi. Ammo shahar, ayniqsa yirik shaharlarning bunday 
murakkab tizimlarni shakllanishidagi yetakchi rolini hamda shahar aholisi va 
shaharcha hayot tarzini tarqalishini hisobga olib, bunday tuzilmalar shahar 
aglomeratsiyalari deb ataladi. 
Shahar aglomeratsiyalarining vujudga kelishini G.M.Lappo 2 xil turini 
ajratadi. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish