19
1- m.avv. 7000 yillikda qishloq xo‘jaligining rivojlanishi
natijasida yuzaga
kelgan inqilob va Iroqdagi Jarmo, Isroildagi Jericho kabi neolit davri manzilgohlari
rivojlanishi bo‘lgan.
2- sanoatdan oldingi inqilob bo‗lib, u shaharlarni yuzaga keltirgan.
3- XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilob bo‘lib, bizning hozirgi shaharlarimiz
ilk ko‗rinishini yaratib bergan. Bu shaharlar hozirgi postindustrial shaharlargacha
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi.
Atrof-muhit, topografiya, iqlim, ijtimoiy ahvol va tabiiy resurslar ilk shaharlar
o‗sishga asosiy ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar bo‗lganligini biz Yaqin Sharq
shaharlarining Tigr va Evfrat daryolari oralig‗ida joylashganligi, daryolar
shaharlarni
nafaqat suv, balki, unumdor tuproq bilan ham ta‘minlanganligida
ko‘rishimiz mumkin (M.Pacione, 2009, 37-b.).
Agar xaritaga qarasak, tabiiy sharoiti noqulay bo‗lgan o‗lkalarda, cho‗l,
tog‗ yoki sovuq mintaqalarda ularning nihoyatda siyrak joylashganini
ko‗ramiz. Qadimda shaharlar savdo —sotiq va hunarmandchilik negizida paydo
bo‗lgan. Keyinchalik bunga eng ko‗p sanoat va transport sababchi bo‗lgan.
Ko‗p hollarda garchi tabiiy sharoit noqulay bo‗lsada, tabiiy resurslarni
o‗zlashtirish asosida ko‗plab shaharlar vujudga kelgan. Qazilma boyliklarni
o‗zlashtirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda «resurs
shaharlar» deb ham yuritiladi.
Bunday shaharlar, odatda, o‗z atrofi, qishloq
joylar bilan kam bog‗langan bo‗ladi. Ularning nomlari ham ko‗pincha kon nomini
anglatadi, masalan, Gazli, Jezqazg‗an, Toshko‗mir, Magnitogorsk va boshqa resurs
shaharlar odatda kichik bo‗ladi, agar shahar hayoti shu resurs bilangina bog‗liq bo‗lsa,
resurs tugagach shahar inqirozga uchrashi mumkin. Lekin, ko‗p hollarda bunday
shaharlarda boshqa tarmoqlar shakllanib, uning iqtisodiy asosini tashkil etadi va shahar
rivojlanishda davom etadi. Masalan, Angren shahri ko‗mir konini qazib olish asosida
vujudga kelgan ―resurs shahar‖ bo‗lgan, keyinchalik
kaolinni qayta ishlash, chinni
ishlab chiqarish, Angren IESi faoliyati bilan u sanoat shahriga aylandi. 2013 yilda
Angren iqtisodiy industrial zonasining tashkil etilishi uning rivojlanishi uchun yana bir
muhim omil bo‗ldi.
Shaharning vujudga kelishi va rivojlanishining muhim omilidan biri-aholi bo‗lib,
u shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholisiz shahar bo‗lmaydi, shaharning
o‗lchami – katta-kichikligi ham aholi soni bilan belgilanadi.
Aholining tabiiy va
mexanik o‗sishi, qishloqlarning shaharga aylanishi shaharning o‗sishiga ta‘sir etadi va
aksincha. MDH davlatlari mustaqillikka erishgach, Rossiyaning shimoliy sovuq
o‗lkalaridagi shahar va shaharchalardan aholi ko‗plab markazga ko‗chib ketib, ular
―bo‗shab‖ qoldi. Kalkutta, Lagos, Shanxay kabi shahar va aglomeratsiyalar esa
aksincha atrofdan ko‗plab aholini yig‗ib olib yiriklashib ketmoqda.
Shahar aholisi soni tabiiy o‗sish, aholi migratsiyasi va ma‘muriy-hududiy
o‗zgarishlar hisobiga o‗zgarib boradi.
Jahon miqyosida shaharlarning tez ko‗payishi va jadal rivojlanishiga ta‘sir
etadigan muhim omil-
Do'stlaringiz bilan baham: