15
Bunday funksiyalarning takomillashib borishi natijasida xalqaro miqyosda ish
bajaruvchi ―dunyoviy shaharlar‖ vujudga kelmoqda, masalan,
xalqaro moliyaviy
markazlar-London, Birmingem, Syurix, Jeneva; xalqaro turizm markazlari-
Singapur, Kuala-Lumpur, Parij; iqtisodiy markazlar-Nyu-York, Tokio, Seul;
siyosiy markazlar- Gaaga, Vena va h.k. Respublikamizda bozor munosabatlari
sharoitida shaharlar siyosiy-madaniy,
iqtisodiy-moliyaviy, ilmiy-texnikaviy,
investitsiya va innovatsiya markazlari sifatida rivojlanmoqda.
―Bell fikricha, industrial shaharlarni postindustrial shaharlardan ajratib
turuvchi chegara 1956-yilda AQShda sanoat sivilizatsiyasi ta‘sirida birinchi marta
oq yoqali ishchilar miqdori ko‘k yoqali ishchilar sonidan ortib ketganida sezilgan.
Bell uchun postindustrial jamiyatlardagi mukammallik davri iqtisodiy tashkilot va
sotsial munosabatlar tabiatidagi fundamental o‘zgarishlarni anglatadi. Natijada,
postindustrial shahar belgilari quyidagicha ko‘rinish oladi:
1.
Iqtisodiy asosning qayta quruvchi qismi sifatida qatnashuvchi jarayonlar
deindustrializatsiya va tertiarizatsiyada namoyon bo‘ladi. Ish bilan ta‘minlash
Fordism
6
tizimidagi nisbatan moslashuvchan mahsulot tizimlari sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarishda aks etadi.
2.
Global iqtisodiy tizimga chuqur integratsiya.
3.
Urbanistik shakllarni qayta tarkib topishi.
4.
Daromadlar notengligi,
sotsial va hududiy ajratish, urbanistik hududni
xususiylashtirish va himoya qilinishi zarur bo‗lgan hududlarning ko‗payishi kabi
rivojlanayotgan muammolarni ko‗payishi ( M.Pacione, 2009, 51-b.).
Dunyo shaharlari global tizimi shakllanishi. Bu samaradorligi yuqori bo‗lgan
markazdan uzoqda joylashgan yerlar bilan dunyoning bir xil ko‗rinishga keltirilishi
va ularning barcha asosiy madaniy qutblardan ishchi kuchi va kapitalning global
shaharga chiqib kelishiga ―erishishi‖ orqali alohida dunyo shaharlarining
kengayishini oshirishga ta‘sir qiladi. Qisqacha aytganda, mahalliy globallashib,
global hududlar ―glokalizatsiya‖ jarayonida mahalliylashib bormoqda.
Urbanistik shakllarni tubdan qayta qurilishi. Bu qayta ishlash katta miqdorda
neologizmlarni ishlab chiqib, ular shaharlarni bir vaqtning o‘zida ichkaridan
tashqariga va tashqaridan ichkariga yo‗nalgan o‗zgarishlarini
ifodalovchi
jarayonlar – megashahar, tashqi shahar, shahar chegarasi, metropleks
7
, texnoburb
8
,
post-suburbia, texnopolis, geterpas va ekzopolis kabilarni o‗z ichiga oladi
(M.Pacione, 2009,62-b.).
2.Shaharlar murakkab tushuncha bo‗lgani bois, ularni turli fan vakillari har
xil talqin qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng
avvalo sanoat markazi, sotsiologiya uchun o‗ziga xos yashash muhiti, tarixchi
uchun o‗tmishdan guvohlik beruvchi joydir va h.k. Iqtisodiy geografiyada esa
shahar —bu qishloq xo‗jaligi bo‗lmagan sohalar va ular bilan shug‗ullanuvchi
6
Genri Ford nomi va faoliyati bilan bog‗liq bo‗lib, XX asrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi yo‗nalishlardan
biri.
7
Metropleks — “megalopolis”ga sinonim sifatida ishlatiladi, bir necha shaharlar shahar atroflari bilan
8
Shahar atrofi
16
aholini hududiy
tashkil etish shaklidir; u dinamik ijtimoiy — iqtisodiy tizim
(sistema) hisoblanadi.
Dunyodagi jami aholi yashaydigan manzilgohlar ikki turga bo‗linadi:
shahar (shahar va shaharchalar) va qishloq aholi manzilgohlari (qishloq va
ovullar). Ular bir-biridan qator belgilariga, xususan, aholi soni va zichligi,
aholining iqtisodiyotda bandlik tarkibi, binolar, uy-joylar, yo‗llarning qurilish
xarakteri, bajarayotgan funksiyasiga ko‗ra farqlanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, «shahar» tushunchasi;
barcha el va
yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma‘noda talqin qilinmaydi, ular
bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom
dini mamlakatlarida shaharlar (qubbalar) avvalambor bozor va masjidlarning
soni bilan belgilangan. G‗arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi,
joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan
vazifasiga o‗xshash mezonlar orqali ajratilgan.
―Shahar‖ forscha so‗z bo‗lib, ―qal‘a‖ (rus tilida ―gorod‖ – ogorodit, ya‘ni
o‗rab olmoq) ma‘nosini anglatadi. Qadimda
odatda shaharlarning ichki -
markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o‗ralgan, bu yerda saroy, hukmdorlar va
ular oilalarining qo‗rg‗onlari, muhim ma‗muriy-diniy binolar, bosh maydon
(registon), ba‘zilarida oddiy aholi xonadonlari ham bo‗lgan va u ―shahriston‖
deb atalgan. Darvozalar orqali ularga kirib chiqilgan. Uning atroflarida ―rabod‖
deb ataluvchi devorlar bilan o‗ralgan boshqa qismlari ham bo‗lib, bu yerdan bog,
ekinzorlar, keyinchalik oddiy aholining uy-joylari o‗rin olgan. Masalan, Xivada
to‗quvchilar, kulollar, gadoylar mahallalari bo‗lgan.
Shahar-tarixan tarkib topgan aholi manzilgohidir. Shahar tushunchasi nisbiy
bo‗lib, qaysi aholi manzilgohini shahar deb yuritish lozimligi borasida olimlar
tomonidan hanuzgacha bir fikrga kelinmagan.
Urbanizatsiya o‗lchov birligi sifatida urbanizatsiyalashgan hududni (shahar)
aniqlashtirishning quyidagi usullari bor:
1.
Aholi o„lchami
. Urbanizatsiyalashgan hududlar qishloq joylardan katta deb
tan olingan vaqtdan beri ba‘zi hollarda aholi o‗lchamiga alohida qaraladi. Amalda
bu shahar aholisi vaqt va makonda boshlang‗ich nuqta sifatida farqlanadi.
Shvetsiyada 200 nafardan ortiq bo‗lgan aholiga ega har qanday manzil milliy
urbanistik tizimda alohida o‗rin egallasa, AQSHda 2500, Shveytsariyada 10 000,
Yaponiyada 30 000 dan ortadi. Bu kabi xilma-xillik sotsial kontekstdan kelib
chiqadi. Shvetsiyada ko‗pgina 200 nafardan ortiq aholiga ega bo‗lgan aholi
manzillariga
alohida maqom berilsa, shu bilan birga aholisi zich joylashgan
Yaponiya kabi mamlakatda bu kabi kam aholiga ega hududiy birliklarga maqom
berilishi uning amalda shahar turlari va birliklari juda ko‗payib ketishiga olib
keladi. Keyinchalik esa bu holat xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi.
2.
Kengaygan urbanistik hududlar konsepsiyasi birinchi marta AQSH yillik
to‗plamida 1910-yilda va keyinchalik 1960-yilda Standart Metropoliten Hudud
Statistikasida rivojlantirilgan. U ikki va undan ortiq Metropoliten Standart
Hududini o‗z ichiga oladi (M.Pacione, 2009, 61-b.).
Hozirda Rossiyada 12 ming, AQSH da 2,5 ming, Islandiyada 200 kishi,
O‗zbekistonda 7 ming, Turkmanistonda 5 ming kishi bo‗lgan aholi manzilgohi