Sh. Ya. Zokirxo’jayev, M. U. Solihov Shifokor va bemor


 QVP (BTSYOM) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Download 40,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana04.07.2022
Hajmi40,6 Mb.
#739194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Shifokor va bemor

2. QVP (BTSYOM) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
1. 
Biriktirilgan aholiga tibbiy yordam ko'rsatish, xizmat ko'rsatila- 
yotgan aholi o'rtasida kasalliklarni, shikastlanishlarni, nogironlikni va 
o'limni oldini olish hamda davolash bo'yicha tadbirlar o'tkazish.
11


2. Aholini gigiyenik tarbiyalash, sog'lom turmush tarzini, shu jum- 
ladan, ratsional ovqatlanishni targ'ib qilish, ichkilik ichish, tamaki che- 
kish va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashish, jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug'ullanishni tashviqot qilish ishlarini tashkil qilish.
3. Sanitariya-epidemiyaga qarshi (profilaktik emlashlar, tashkilotlar, 
ob’yektlar, suv ta'minoti hamda aholi turar joylarining tozaligi va bosh- 
qalar bo’yicha kundalik sanitariya nazoratini o'tkazish) kompleks tad- 
birlarni tashkil qilish va o'tkazish.
4. O'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lomlashtirish, onalar va bolalar 
sog'lig’ini muhofaza qilish, bemavrid (xohlanmagan) homiladorlikni ol- 
dini olish, bola tug'ilishini rejalashtirish, bolalar o'rtasida tug'ma nuqson- 
lar va nasliy kasalliklami kamaytirish yuzasidan tadbirlar o'tkazish.
5. Xizmat ko'rsatilayotgan hudud aholisiga tez va shoshilinch yor- 
dam ko'rsatish.
6
. Dekretlangan aholi tabaqasini (bolalarni, o'smirlami, tug'adigan 
yoshdagi ayollar, qishloq xo'jalik xodimlari) va boshqalarni dispanser- 
lash va profilaktik meditsina ko'rigidan o'tkazishni tashkil qilish.
7. Ko'p tarqalgan kasalliklar, ayniqsa, sil, teri-tanosil kasalliklari
shuningdek, xavfli o'smalarga qarshi davolash-profilaktik tadbirlami o't­
kazish;
8
. Aholining kasallanishi va ishchi xizmatchilaming vaqtincha meh- 
nat qobiliyatini yo'qotish hollarining sabablarini o'rganish va xo'jaliklar, 
tashkilotlar, muassasalar rahbarlari bilan birgalikda ulami kamaytirish 
choralarini ko'rish.
9. Biriktirilgan aholiga tibbiy yordam ko'rsatishning usullari va 
tashkiliy shakllarini takomillashtirish va rivojlantirish, uning sifati bilan 
samaradorligini oshirish.
10. Turli kasalliklar bilan xastalangan shaxslarni erta aniqlash va za- 
rur bo'lganda yaqin atrofda joylashgan markaziy tuman shifoxonasi va 
boshqa davolash-profilaktika tashkilotlari vrach mutaxassislarining mas- 
lahatini tashkil qilish.
11. Bemorlarni tuman, viloyat kasalxonalariga vaqtida yetkazishni 
tashkil qilish.
12. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikni ekspertiza qilish.
13. Yuqumli kasalliklar va zaharlanish hollari qayd etilganda, dar- 
hol tuman Davlat sanitariya nazorati epidemiologiya markazi (DSNEM), 
tuman markaziy kasalxonasini o'z vaqtida xabardor qilish.
12


14. Aholi salomatligini mustahkamlash va saqlash bo'yicha o'tkazi- 
ladigan tadbirlarga keng jamoatchilikni jalb qilish.
Xozirgi kunda mamlakatimizda zamonaviy tibbiy texnika bilan ji- 
xozlangan 3200 tadan ko’proq qishloq vrachlik punktlari faoliyat ko’r- 
satmoqda. QVP qishloq joylarda aholining joylashish tizimi, aholi 
punktlari soni va yiroqda joylashganligi, xizmat ko’rsatish doirasi, yo’l 
tarmog’i rivojlanganligi, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish va ishlab chi- 
qarish boshqa turlarining xususiyatini hisobga olgan holda tashkil etila- 
di,
Xizmat ko’rsatiladigan axoli soniga qarab, QVP:
1500 kishigacha xizmat ko’rsatadigan - birinchi tipda;
1500 kishidan 3500 kishigacha xizmat ko’rsatadigan - ikkinchi 
tipda;
3500 kishidan 6000 kishigacha xizmat ko’rsatadigan - uchinchi 
tipda; 
>
6000 kishidan 
1 0 000
kishigacha xizmat ko’rsatadigan -to ’rtinchi 
tipda bo’lishimumkin. 
•• .?
QVPda aholiga malakali tibbiy yordam ko’rsatuvchi asosiy muta- 
xassis umumiy amaliyot vrachi xisoblanadi. Umumiy amaliyot vrachi 
patsientlarni QVP da va uyda qabul qiladi, tez va shoshilinch tibbiy 
yordam ko’rsatadi, kompleks profilaktik, immunologik, sanitariya va 
epidemiyaga qarshi, diagnostika davolash, reabilitatsiyaga oid tadbirlar 
o’tkazadi, UASh malakaviy tasnifidan kelib chiqqan xolda oilaning tib- 
biy-ijtimoiy muammolarini xal etishga yordam beradi.
3. 
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari axolining qatnab davo- 
lanishi va uyda tibbiy yordam olishi uchun mo‘ljallangan. Ambulatoriya 
va poliklinikalar eng ommaviy va axoli uchun eng yaqin tibbiyot muas- 
sasalaridan biri bo‘lib, unda yiliga 80% dan ortiq axoli tibbiy yordam 
oladi. Ikkinchidan, bunday muassasalarda ishlovchi vrachlarning faoli- 
yati juda katta profilaktik axamiyatga ega (barvaqt tashxis qo‘yish,
13


yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, axoli orasida sogMom tur- 
mush tarzini targ’ib etish va boshqalar). Uchinchidan, ambulatoriya va 
poliklinikalarning faoliyati boshqa tibbiyot muassasalarining ishiga katta 
ta'sir ko’rsatadi. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari mutaxassislari 
vazifalari:
1
. Kasalliklarni o ’z vaqtida aniqlash va davolash.
2. Axoliga kerakli davolash-sog’lomlashtirish yordamini ko’rsatish, 
ulami tizimli dispanserizatsiyadan o’tkazish.
3. Ambulatoriya va poliklinikalarning moddiy-texnik bazasini mus- 
taxkamlash.
4. Poliklinikalar faoliyatida sog‘lom turmush tarzini targ’ib qilishga, 
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari guruxlarini aniqlashga 
katta axamiyat berish.
5. Ambulatoriya-poliklinika xizmatini yanada yaxshilash va ishini 
takomillashtirish maqsadida poliklinika, tez tibbiy yordam va kasalxona- 
lar o ’rtasidagi uzviy bog’lanishni yanada rivojlantirish.

Download 40,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish