Sh. Ya. Zokirxo’jayev, M. U. Solihov Shifokor va bemor



Download 40,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/66
Sana04.07.2022
Hajmi40,6 Mb.
#739194
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
Shifokor va bemor

me'yorni 
bilshlari kerak. Talaba-qizning (kalta yubka, 
ko'ylakda) bemor krovatiga o'tirishi, ayniqsa bemor yosh yigit bo'lsa, 
juda noqulaydir. Shuningdek, o'ta bashang turmaklangan soch ham no- 
o'rindir. Yoyilgan sochlar, so'nggi rusumdagi modadagi yubka (ko'ylak) 
va shimlar o'z egasining jiddiyligiga shubha tug'diradi. Shifokor-talaba 
g'ayrioddiy ko'rinishda bo'lmasligi lozim. Tirnoqlar olingan bo'lishi 
shart, negaki uzun tirnoqlar ostida kir to'planadi. Ikkinchi tomondan, 
uzun tirnoqlar noqulay va hatto perkussiyada og'riqqa sabab bo'ladi. 
Chuqur palpatsiyani esa umuman o'tkazib bo'lmaydi, chunki bunday 
tirnoqlar bemor tanasini timab, so'ngra bu sohalarda yiring toplanishiga 
olib kelishi mumkin. Uzun tirnoqlar talaba va shifokor uchun ortiqcha 
bezakdir. Ayol-qiz talabalar va shifokorlar tirnoqlarini bo'yamasliklari 
(ayniqsa, yorqin rangli bo'yoqlar bilan) kerak. Bemorga chiroyli qosh- 
ko'zlar, yoyilgan sochlar, bo'yalgan tirnoqlar emas, e'tibor va g'amxo'rlik 
qimmatlidir.
Talaba ba'zan o'ta yoqimsiz muolajalardan voz kechishi mumkin 
emas. U zarur bo'lganda, bemorning axlatini ko'zdan kechirishga, mik- 
roskop ostida tekshirishga, kezi kelganda, kirlangan bemorlarni ham 
diqqat bilan ko'rishga majbur. Gangrena yoki abssessga duchor bo'lgan 
bemor to'shagi yonida badbo'y hidga chidashga ko'nikish kerak. Bu hid 
bemor kiyimi, to'shak anjomlari va sochlarida uzoq vaqt saqlanib qoladi. 
Tuberkulyoz, zahm, vabo yoki moxov bilan kasallangan bemorlardan 
cho'chimaslik darkor. Tibbiyotga bo'lgan muhabbatni fizika, matemati- 
ka, tarixga bo'lgan sadoqat bilan taqqoslab bo'lmaydi. «Shifokorlar iste'- 
dodi» haqida bejiz gapirmaydilar, bu bemorlar, baxtsiz va uqubat cheka- 
yotgan odamlarga nisbatan muhabbatni nazarda tutadi. «Yaxshi odam- 
gina yaxshi vrach bo'la oladi», - deb buyuk polyak shifokori va olim
34


Vladislav Beganski qayta-qayta uqtirgan. Shifokorlikdan bo'lak kasb 
yo'qki, mutaxassisga shunchalar yuqori ma'naviy talablar qo'ygan bo'I- 
sin. Shunga ko'ra, shifokorlik ta'limida boshqa fanlar bilan bir qatorda, 
shifokorlik ma'naviyati yoki tibbiyot deontologiyasi muhim ahamiyatga 
ega.
Tibbiyot institutida shifokorning jamiyatdagi o'rni va burchi haqida 
dastlabki tasawurlar beriladi. Shu sababli, birinchi kunlardanoq talaba- 
larga shifokorlik ma'naviyatining asosiy tamoyillarini o'rgatish zarur. 
Talaba-vrachlar shifokorlik xususiyatlari, uning ruhiy-emotsional ta'siri 
bilan belgilangan tengi yo'q vazifaning yuklatilganini anglashi darkor. 
Bemorlar bilimdan tashqari o'zlariga nisbatan e'tibor, ziyraklik, xushmu- 
omalani talab qiladilar. Oliy o'quv yurtida ta'lim olish jarayonida buni 
talabalarga o'rgatish o'ta murakkab vazifa. Ichki kasalliklar propedevti- 
kasi kafedrasida talaba klinikaga qadam qo'ygan birinchi kundanoq 
shifokor ma'naviyatining asosiy tamoyillari va shifokor-talaba qanday 
bo'lishi mumkinligi haqida suhbatlar olib boriladi. Deontologiya masa- 
lalari va tibbiyot ilmi allomalariga maxsus ma'ruzalar bag'ishlanadi. 
O'qituvchilar har kuni bevosita shifoxonada shifokorlik ma'naviyati 
me'yorlarini namoyish qilgan holda talabalarga shaxsiy namuna ko'rsa- 
tib, tarbiyalaydilar. Klinika muhitining o'zi ham bo'lajak shifokorlarga 
tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi lozim.
Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik mu- 
loqoti hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, 
ikkinchisi esa bemor. Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor 
ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki, u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallik­
ning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tka- 
ziladigan ruhiy muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning 
ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy 
qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, 
ham salbiy ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz 
so'zi bemor tuzalishiga yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, bosh­
qa ikkilamchi kasalliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin.

Download 40,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish