Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


PESTICIDLARNING GIGIENIK TA’RIFI



Download 3,24 Mb.
bet92/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

PESTICIDLARNING GIGIENIK TA’RIFI
Respublikamizda joriy qilingan tartibga muvofiq qishloq xo’jaligi hosildorligini oshirish uchun qo’llaniladigan har qanday yangi pesticid modda oldin toksikologik jihatdan sinab ko’rilishi zarur. YAngi moddani shu tariqa o’rganish asosida uni qishloq xo’jalgida ishlatish mumkin yoki mumkin emasligi to’g’risidagi masala hal bo’ladi, shu bilan birga preparat qanday sharoitda foydalanilganda butunlay xavfsiz bo’lishi belgilab byeriladi. Mazkur kimyoviy modda bilan ishlash vaqtida uning qanday koncentraciyasini havoda bo’lishiga yo’l qo’yilishi, qishloq xo’jalik mahsulotlarida ko’pi bilan qancha bo’lishiga ruxsat etilishi aniq belgilab byeriladi. Bunday tadbirlarning barchasi Sog’liqni saqlash vazirligining, davlat Sanitariya-epidemiologaya bosh boshqarmasi chiqarib turadigan tegishli hujjat-instrukciyalar va qarorlar asosida amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligida zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash ustidan dastlabki sanitariya nazorati shu tariqa olib boriladi. Mazkur vazifa Sog’liqni saqlash vazirliganing bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi qoshida pesticidlar reglamentaciyasi yuzasidan tuzilgan maxsus davlat komissiyasining planiga ko’ra davlat ko’lamida o’tkazib turiladi.
Zaharli kimyoviy moddalar zaharliligiga qarab bir necha guruhlarga ajratiladi:

  1. Me’daga (kuzatuvda bo’lgan hayvonlarning) yuborilganida ko’rsatadigan ta’siriga qarab:

  1. o’ta kuchli ta’sir ko’rsatadigan — LD50 mg/kg dan kam zaharli moddalar;

  2. juda zaharli moddalar — LD50—200 mg/kg;

v) o’rtacha zaharli moddalar — LD50—200—1000 mg/kg;
g) kam zaharli moddalar — LD50—1000 mg/kg.

  1. Tyeridan so’rilib ta’sir qilishiga qarab:

  1. ta’siri juda kuchli moddalar — LD50—300 mg/kg dan kam; tyeri-og’iz koefficienti birdan kam;

  2. ta’siri kuchli moddalar — LD50—300—1000 mg/kg; tyeri- og’iz koefficienti 1—3;

v) ta’siri sust moddalar — LD50—1000 mg/kg dan ko’p; tyeri- og’iz koefficienti 3 dan ortiq:

  1. Uchuvchanligiga qarab:

  1. juda xavfli moddalar — to’yingan koncentradiyasi toksik koncentraciyasidan katta yoki unga teng.

  2. xavfli moddalar — to’yingan koncentraciyasi bo’sag’a koncentraciyasidan katta;

v) xavfi kam moddalar — to’yingan koncentraciyasi bo’sag’a koncentraciyasidan kichik.

  1. To’planishi (kumulyaciyalanishi)ga qarab:

  1. haddan tashqari ko’p to’planadigan moddalar — kumulyaciya koefficienti 1 dan kam;

  2. sezilarli darajada to’planib boradigan — kumulyaciya koefficienti 1—3 bo’lgan- moddalar;

v) o’rtacha to’planib boradigan — kumulyaciya koefficienti 3—5 bo’lgan moddalar;
g) sust to’planib boradigan — kumulyaciya koefficienti 5 dan ortiq bo’lgan moddalar;

  1. CHidamliligiga qarab:

  1. juda chidamli — zaharsiz tarkibiy qismlarga parchalanish vaqti ikki yildan ortiq bo’lgan moddalar;

  2. chidamli — zaharsiz tarkibiy qismlarga parchalanish davri bir yil bo’lgan moddalar;

v) o’rtacha chidamli — zaharsiz, tarkibiy qismlarga parchalanish vaqti 1—6 oydan oshmaydigan moddalar;
g) kam chidamli — zaharsiz, tarkibiy qismlarga parchalanish vaqti 1 oydan oshmaydigan moddalar;

  1. Xavfli o’smalar paydo qilishi (kancyerogenliga)ga qarab:

  1. ro’y-rost kancyerogen moddalar — odamlarda rak paydo qilishi ma’lum bo’lgan, hayvonlar ustidagi tajribalarda kuchli kancyerogen ta’sir ko’rsatishi aniqlangan moddalar;

  2. kancyerogen moddalar — kancyerogenligi hayvonlar ustidagi tajribalarda isbot etilgan-u, biroq odamlarda isbot etilmagan moddalar;

v) kancyerogen ta’siri sust moddalar — hayvonlar ustidagi tajribalarda sust kancyerogen ta’sir ko’rsatadigan moddalar.

  1. Mutagenligiga qarab:

  1. o’ta mutagenlar — o’simlik va hayvonlarda 100% va bundan ko’proq mutaciyalar paydo qiladigan moddalar (100% deb 100 ta xromosomada paydo bo’lgan 100 ta mutaciya qabul qilinadi);

  2. kuchli mutagenlar — drozofilda 5—100% mutaciya hosil qiladigan moddalar;

v) o’rtacha mutagenlar — drozofidda 2—5% mutaciya hosil qiladigan moddalar;
g) kuchsiz mutaciya hosil qiladigan — drozofilda 1—2% mutaciya hosil qiladigan moddalar.
d) juda kuchsiz mutagenlar — drozofilda 0,5—1% mutaciya paydo qiladigan moddalar.

  1. Tyeratogenligiga qarab:

  1. tyeratogenlar-bolalarning mayib-majruh bo’lib tug’ilishiga (tajriba hayvonlarda sinab ko’rilganda bu nuqsonlar kuzatilgan) sabab bo’ladigan moddalar.

  2. tyeratogenligi asorat berishi gumon moddalar — hayvonlar ustidagi tajribalarda aniqlangan moddalar.

  1. Embriotropligiga qarab:

  1. selektiv embriotrop ta’sirga ega moddalar — ona organizmi uchun zaharli bo’lmagan dozalarda embriotrop ta’sir ko’rsatayigan moddalar;

  2. o’rtacha embriotrop moddalar — embriotrop ta’siri boshqa toksik ta’siri bilan birga yuzaga chiqadigan moddalar.

  1. Allyergik xossalariga qarab:

  1. kuchli allyergenlar — turmushda uchrab turadigan kichik dozalarda ta’sir qilganda ham ko’pchilik odamlarda allyergiya holatini keltirib chiqaradigan moddalar;

  2. kuchsiz allyergenlar — ayrim kishilarda allyergaya holatlarini hosil qiladigan moddalar.

Atroflicha chuqur o’rganib chiqilgan modda mazkur tasnif (klassi- fikaciya)da keltirilgan ko’rsatkichlarning birortasidagi «a» bandiga to’g’ri keladigan bo’lsa, uni amalda ishlatishga joriy qilinmaydi. Mabodo hozir amalda ishlatilib kelinayotgan moddalar orasida shundaylari chiqib qolsa, tezda bularni qo’llashni taqiqlab qo’yish va o’rniga bexatar bo’lgan pesticidlarni qo’llash zarur bo’ladi.
Odatda pesticidlar organizmga turli yo’llar bilan: nafas yo’llari, hazm yo’llari, tyeri va shilliq pardalar orqali tushishi mumkin. Mehnat sharoitlari, ularning fizik-kimyoviy va toksikologik xususiyatlariga qarab, bu moddalar asosan nafas yo’llari orqali organizmga kirsa, ba’zilari boshqa yo’llar bilan kirishi mumkin. Biroq ularning nafas yo’llari orqali organizmga kirishi qishloq xo’jalik amaliyotida ko’proq kuzatiladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligi o’simliklariga purkash, changlatish, urug’larni dorilash va ba’zi boshqa ishlar vaqtida qattiq yoki unli pesticid zarralaridan iborat aerozollar hosil bo’ladi. SHuningdek, pesticidlar bug’ holida havoga ko’tariladi, demak ular aerozollar va bug’ holida nafas olinganda havo bilan aralashib organizmga kirishi mumkin. Pesticidlar havo yo’llariga tushganidan keyin ular yuqori nafas yo’llarining shilliq pardasiga ham so’riladi. O’pka al’veolalari orqali ham pesticidlar so’rilishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, o’pka al’veolalari yozib ko’riladigan bo’lsa, ularning umumiy sathi taxminan 100 m
ga boradi, al’veola membranasining qalinligi esa atigi 1 - 4 mikron atrofida bo’ladi.
Ravshanki, o’pka al’veolalari yuzasining haddan tashqari katta bo’lipsh, o’pka to’qimasida qanchadan-qancha limfa tomirlari borliga tufayli nafasga olingan havo bilan kirgan gazlar, buglar, zarralar, shuningdek organizm muhitqda eriydigan zaharli moddalar o’pka al’veolalaridan tez so’rilib o’tib, organizmning zaharlanib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. CHanglanuvchi pesticidlarning nafas yo’llari orqali nechog’li tez va ko’p o’tishi havoda muallaq holatda bo’ladigan zarralarning katta-kichikligiga bog’liq. Mazkur zarra qanchalik may da bo’lsa, organizmga shunchalik chuqurroq kiradi va tezroq so’rilib boradi.
Kattaliga 50—30 /g (mikron) keladigan zarralar burun, tomoq va traxeya shilliq pardalarida o’tirib qoladi, kattaligi 30—10 mikron ke-ladigan zarralar bronxlarga, 10—5 (I keladiganlari bronxiolalarga etib boradi, kattaligi 3—1 /l keladigan va bundan ham maydaroq bo’lgan zarralar al’veolalarga o’tadi. Diametri 1—2 mikron keladigan zarralar al’veolalarda ko’proq ushlanib qoladi, Umuman o’pkaga tushgan har qanday zarra ushlanib qolavyeradi.
Nafas yo’llari orqali organizmga kiradigan pesticidlar shilliq pardalarga hamda o’pka to’qimasiga mahalliy ta’sir ko’rsatishi, shuningdek talaygina intyeroreceptorlarni ta’shrlan-tarib, reflektor yo’l bilan butun organizmga ham ta’sir qilishi mumkin. O’pka sezuvchi nyerv oxirlariga boy refleksogen zonadir, shu sababdan o’pkada patologak reflekslar paydo bo’lishi mumkin.
Pesticidlarning ingalyacion yo’l bilan organizmga kirishi juda xavflidir. Nafas yo’llari orqali organizmga kiradigan pesticidlar me’da- ichak yo’li shilliq pardasidan so’rilib o’tadigan pesticidlarga qaraganda odatda birmuncha kuchliroq ta’sir ko’rsatadi, chunki bular katta qon aylanish doirasiga o’zgarmagan holda tushadi va jigar to’sig’i (bar’yerini)ni chetlab o’tadi. Mana shu narsa bu pesticidlar bilan ishlash vaqtida ularning havodagi koncentraciyasini yo’l qo’yiladigan darajaga kamaytirish, nafas yo’llarini pesticidlar kirishidan saqlash choralarini ko’rishni muhim qilib qo’yadi.
Zaharli kimyoviy moddalarning organizmga me’da-ichak yo’li orqali kirishi ham yomon oqibatlarga sabab bo’ladi. Og’iz orqali nafas olinganda ham zaharli moddalar og’iz bo’shlig’iga tushib, so’lak bilan yutib yuborilishi mumkin. Bundan tashqari, pesticidlar ovqat eyish va tamaki chekish vaqtida ifloslangan qo’llar orqali og’izga tushishi mumkin. Qishloq xo’jalik mahsulotlari iste’mol qilinganda agar mazkur mahsulotlar pesticid qoldiqlari bilan ifloslangan bo’lsa, kishi organizmiga bevosita tushishi
mumkin.
Me’da-ichak yo’liga tushgan pesticidlar asosan ichakda so’riladi. Lipoidlarda eriydigan ayrim pesticid namunalari esa og’iz va me’da shilliq pardasidan ham so’rnlish xususiyatita ega. Ichak shilliq pardasidan esa lipoidlarda eriydigan zaharli moddalar ham, bularda erimaydiganlari ham so’rilavyeradi. Suvli eritmalar asosan yo’g’on ichakda so’riladi.
Og’iz orqali tushib, me’da-ichak yo’lidan so’rilib o’tgan zaharli moddalar qon va limfa tomirlari bilan butun organizmga tarqalib boradi. Ular katta qon aylanish doirasiga tushishidan oldin darvoza vena orqali jigarga keladi, bu yerda ularning bir qismi ushlanib qolishi va shu bilan zaharsiz holga kelishi mumkin. Jigarning to’siq — «bar’yer» faoliyati ana shundan iborat. Zaharli moddalar jigarda shu tariqa o’zgarishlarga uchraydigan hamda pesticidlarning bir qismi ichakdan so’rilmay, najas bilan birga tashqariga chiqib ketadigan bo’lgani uchun zaharli moddalarning hazm yo’li orqali organizmga kirishi ularning ingalyacion — havo yo’li bilan o’tishiga qaraganda kamroq xavf tug’diradi.
Pesticidlarning mahalliy, reflektor va umumiy (rezorbtiv) ta’siri tafovut qilinadi.
Mahalliy ta’sir deganda pesticidlar qaysi joyga tekkan bo’lsa, ular organizmga so’rilib o’tmasdan turib o’sha joydagi to’qimalarning ta’sirlanishi natijasida ro’y byeradigan o’zgarishlar tushuniladi. Kimyoviy moddalarning to’qimalarni nobud qiladigan (nekrozlaydi-gan), quritib, bujmaytiradigan ta’siri ana shunday mahalliy ta’sir jumlasiga kiradi. Geksaxloran, natriy ftorid, kremniy ftorid, kal’ciy cianamid, erkin cianamid va boshqalar tyerini achishtirib, yallig’lantiradi va kuydiradi. Biroq, zaharli ximikatlar har qanday mahalliy ta’sir ko’rsatganida ham markaziy nyerv sistemasi orqali har xil reflektor reakciyalarni keltirib chiqaradi (nafas yo’llari, me’da-ichak yo’lidagi shilliq pardalar, tyeri yuzasi, tomirlar sistemasida receptorlar bilan ko’p ta’minlangan, ayniqsa umumiy uyqu artyeriyasining tashqi va ichki uyqu artyeriyasiga bo’linish joyidagi karotid koptokcha kimyoviy moddalarga juda sezgir).
Organizmga qanday yo’l bilan bo’lmasin tushgan pesticid umumiy (rezorbtiv) ta’sir ko’rsatadi, ya’ni qonga so’rilib o’tganidan keyin organizmdagi to’qimalarga tarqalib, butun organizmga ta’sir ko’rsatadi.
Zaharli moddalar organizmga tushgach, turli o’zgarishlarga uchraydi (oksidlanish, qaytarilish reakciyalari, gidroliz reakciyalari va boshqalar).
Aksariyat zaharli kimyoviy moddalar organizmga tushganidan keyin bir qancha kimyoviy o’zgarishlar oqibatida turli moddalar hosil qiladi. Mazkur moddalar dastlabki birikmalarga nisbatan fiziologik jihatdan kamroq yoki ko’proq aktiv bo’lishi, ya’ni kamroq yoki ko’proq zaharli ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHu boisdan ham moddalarning ta’siri har xil bo’lishi qayd etiladi.
Zaharli mrddalarni organizmdan chiqib ketishi haqida so’z yuritilganda, ularning organizmdan o’zgarmagan holda chiqib ketishini emas, balki turli kimyoviy o’zgarishlarga uchragandan keyin boshqacha moddalar holida chiqib ketishini nazarda tutish zarur. Masalan, metilmyerkaptofos sul’fooksid va sul’fongacha oksi-dlanadi hamda preparatning 97—98 foizi shu birikmalar holida organizmdan 15 soat mobaynida ajraladi. Oktametil organizmda
aminooksidaza fyermenti ta’sirida fosforaminooksidazagacha oksidlanadi va shu holida organizmdan chiqib ketadi. Ajratish organlari parchalanib o’zgargan ximikatlarning organizmdan chiqishida katta rol o’ynaydi.
Suvda eriydigan moddalar asosan buyrak orqali chiqariladi. Gazsimon, bug’simon va uchuvchan moddalar nafas yo’llari orqali chiqib ketishi mumkin.
Bir qator pesticidlar, metall birikmalari va boshqa ba’zi moddalarning organizmdan tyeri orqali chiqib ketish xususiyati bor. YOg’simon moddalarda yaxshi eriydigan ba’zi moddalar, xususan xloroorganik moddalar: DDT, geksaxlorciklogeksan, geptaxlor, ba’zi bir fosfororganik moddalar qondan sut beziga o’tib, sut bilan birga ajralishi ham mumkin.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish