Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


PESTICIDLARNING ORGANIZMGA TA’SIR QILISH MEXANIZMI



Download 3,24 Mb.
bet95/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

PESTICIDLARNING ORGANIZMGA TA’SIR QILISH MEXANIZMI
Ilmiy-texnika taraqqiyoti nihoyatda rivoj lanayotgan hozirgi davrda qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda, ularni zararkunanda hasharotlar va turli kasalliklar dan himoya etishda qo’llanadigan pesticidlar yiliga yuzlab kashf etilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan pesticidlar xilma-xil moddalar turkumiga mansubligidan, ularning qanday principga asosan ta’sir qilishini izohlab berish murakkab ish. SHunga qaramay, bir qator pesticidlarning organizmga ta’sir qilish mexanizmi (mohiyati) ma’lum darajada aniqlangan. CHunonchi, fosfororganik kimyoviy birikmalar organizmning fyerment sistemasiga ta’sir ko’rsatadi va shu yo’l bilan organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning borishini o’zgartiradi. Ma’lumki, organizm faoliyatida, aniqrog’i qo’zg’alish-larning bir nyerv hujayrasidan boshqasiga yoki nyerv oxiridan ijrochi organ hujayrasiga o’tishida mediatorlar deb ataladigan alohida kimyoviy moddalarning ahamiyati katta. O’z navbatida mediatorlar nyerv hujayralaridan ishlanib chiqadi va nyerv oxirlarida bo’ladi. Nyerv tolasidan kelayotgan nyerv impul’si nyerv oxiriga etganidan keyin mediator ajralib chiqadi va ijrochi hujayraning (ko’pincha, muskul yoki bez hujayrasining oqsil strukturalari bilan reakciyaga kirishadi, buning natijasida ijrochi hujayra qo’zg’alib, o’ziga xos ishni bajaradi (muskul hujayrasi qisqaradi, bez hujayrasi sekret ishlab chiqaradi). Fanda acetilxolin degan moddaning nyerv impul’slarini bir strukturadan ikkinchisiga o’tkazishda faol ishtirok etadigan mediatorlarning biri ekanligi aniqlangan. Normal sharoitlarda nyerv tolasidan uning oxiriga impul’s etib kelganda biroz acetilxolin ajralib chiqadi. U muskul tolasining qisqarishiga yoki bezning sekret ajratishiga sabab bo’ladi. Hujayraning o’ziga xos faoliyati shu yo’sinda davom etib, oxirida ortiqcha acetilxolin to’qimadagi alohida fyerment - xolinestyeraza fyermenti ta’sirida parchalanib ketadi. Natijada boyagi ishchi hujayra yana avvalgadek qo’zg’aluvchan holga keladi va navbatdagi nyerv impul’sini qabul qilishga tayyor bo’lib turadi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, fosfororganik birikmalar xolinestyeraza fyermenti bilan reakciyaga kirishib, shu fyerment aktivligini pasaytirish xususiyatiga ega. Fyerment aktivligi pasayib qolganidan keyin nyerv qo’zg’alishlarida ajralib chiqadigan acetilxolinning parchalanishi to’xtaydi yoki xiyla kamayadi, natijada acetilxolin to’qimalarda to’planib qoladi va ishchi hujayraga endi ancha kuchli va uzoq ta’sir ko’rsatib turadi, shu yo’sinda zaharlanishga xos bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi, mazkur biokimyoviy jarayonga sirtdan qaraganda bunga tegishli nyervlar tonusining bir qadar kuchayishi sabab bo’ladi.
Margimush (mish’yak), simob birikmalari ham asosan fyerment sistemalariga ta’sir ko’rsatadi. Lekin ular xolinestyerazaga ta’sir qilmay, balki boshqa fyermentlarning, xususan oltingugurt tutadigan va xilma-xil bioximiyaviy jarayonlar da ishtirok etadigan tiol fyermentlarining aktivligani pasaytiradi.
Xlororganik asosga ega bo’lgan pesticidlar parenximatoz organlarga, jumladan jigarga ta’sir qilishi bilan ajralib turadi. Xlororganik birikmalar bilan zaharlangan odamlarda jigar funkciyalari izdan chiqib, organizmning himoya reakciyalari susayib qoladi. Organizmda uzluksiz sodir bo’lib turadigan oksidlanish jarayoni ham buziladi.
So’z pesticidlarning organizmga ta’sir mexanizmi to’g’risida ketar ekan, aynan biror bir pesticid organizmning qandaydnr funkciyalarini izdan chiqaradi, boshqa sistemalarga ta’sir qilmaydi, deb aytish noto’g’ri bo’lur edi. Organizmga tushgan har qanday zaharli modda keng doirada ta’sir ko’rsatib, nyerv sistemasi, endokrin bezlar sistemasi, yurak-qon tomirlar sistemasi va boshqa organ va to’qimalarning ishini o’zgartiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning organizmga ta’siri natijasida bunday xilma-xil o’zgarishlar orasida organizmning biror sistemasiga xos o’zgarishlar ustun turishi mum-kin. Organizmdaga qaysi sistemaning ko’proq o’zgarishga uchrashi har xil hodisada o’sha o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddaning tarkibiy tuzilishiga, tabiatgiga bog’liq bo’ladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish