PESTICIDLARNING TASHQI MUHITDA AYLANIB YURISHI
Qishloq xo’jaligada o’simlik zararkunandalariga, kasalliklari-ga, begona o’tlarga qarshi, shuningdek boshqa maqsadlar uchun foyda- laniladigan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlanar ekan, bu ta’-sirchan moddalar ma’lum miqdorda tashqi muhitga tarqalib, uni ifloslantiradi. Buning oqibatida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat ekinlari, em-hashak va boshqalarning pesticidlar bilan ifloslanib qolish xavfi tug’iladi. Buning uchun birinchi galda zaharli ximi-katlar qanday yo’l bilan tashqi muhitni ifloslantirishi mumkin-
ligini aniqlab olish kerak bo’ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda tashqi muhit ta’siriga ancha chidamli bo’lgan pesticidlar - DDT, GXCG, pentaxlorbenzol, polixlorpinen, polixlorkamfen va boshqalarning qanday o’zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Sug’oriladigan, dehqonchilik rivojlangan nohiyalarda bu ta’sirchan moddalarning tashqi muhitdagi bir ob’yektdan boshqasiga o’tib turishi ancha oson bo’ladi, chunki bunday joylarda pesticidlar ekinlarga byeriladigan suv orqali tashqi muhitning boshqa ob’yektlariga, ya’ni suvdan tuproqqa, tuproqdan o’simlikka ko’proq o’tib turadi. Tashqi muhitga chidamli pesticidlar ayniqsa xavflidir, chunki ularning turli ob’yektlarga tinmay o’tib turishi, mazkur ob’yektlarda ularning asta-sekin to’planib borishiga va shu tariqa odam hamda hayvonlar organizmiga ham tushish xavfi tug’iladi. Pesticidlar suv, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushib, uning surunkali zaharlanib borishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, qand lavlagi ekilgan maydonlarga zaharli ximikatlar xoh yerdan turib, xoh samolyot yordamida purkalmasin tuproq ifloslanadi (har bir kilogramm tuproqda 4,40-0,74 mg rogar, 5,1-0,4 mg metilmyerkaptofos borligi aniqlanadi). Havo harorati yuqori va namligi kam bo’lsa, bu preparatlarning tuproq mag’zidan havoga o’tishi bir qadar osonlashadi. Qavd lavlagi ildiz bitini yo’qotish maqsadida mana shu pesticidlarning aerozollari ishlatilganidan keyin 72 soat o’tgach, ularning miqdori (koncentraciyasi) havoda 0,0052 ml/ga, tuproqda 5,1-0,45 mg/kg ga, lavlagi ildizlarida 3,0-0,4 mg/kg ga, palaklarida 2,85-27 mg/kg ga etadi.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan pesticidlarning tashqi muhitdaga bir ob’yektdan boshqasiga o’tishiga yana boshqa misollar keltirish mumkin. Daryo, ko’l va hovuz suvlarini tekshirib ko’rish, bu suvlarda 0,025 kg/l miqdorida, suv tagidagi cho’kindi va balchiqda esa 2,0 mg/l miqdorida DDT preparati borligi aniqlangan.
Zaharli kimyoviy moddalarning tashqi muhitda to’planib borishi odam organizmiga ham ta’sir qilish mumkin. Quyidagi raqamlar fikrimiz isboti bo’la oladi. Appendektomiya (ko’richakning jarrohlik yo’li bilan olib tashlanishi) vaqtida olib tashlangan to’qimalardan ajratib olingan yog’ to’qimasining 36% ida 0,8-2,5 mg/kg miqdorda DDT topilgan. Bu misol pesticidlarning odam organizmida to’planib borishidan dalolat byeradi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sevin singari ayrim pesticid-larning o’rtacha haroratda ham bir sfyeradan boshqa sfyeraga o’tib, odam salomatligi uchun xavf soladigan miqdorda to’plana borishi aniqlangan. CHunonchi, mazkur pesticid olma po’stidan o’tib, etida asta-sekin yig’ilib boradi, tuproqda esa 1-2 yilgacha saqlanib qolish xususitiga ega, bu tuproq yana boshqa ob’yektlarning iflosla-nishiga sabab bo’ladigan ikkilamchi rezyervuar (manba) bo’lib qoli-shi mumkin (sevin tuproqning shudgorlanadigan qatlamlariga o’tadi va bundan ham chuqurroqqa singishi mumkin). Jumladan, sevin tup
-
roqqa solinganidan keyin 3 oy o’tgach, uning 90 foizi o’simliklarning ildiz sistemasi tarqalgan zonada aniqlangan.
Insoniyatni qurshab turgan tashqi muhit ob’yektlari (tuproq, suv,
atmosfera havosi, o’simliklar dunyosi, tabiat ne’matlari)ni nazorat qilish
yuzasidan olib borilgan ko’p yillik tekshirishlar natijasida bir qancha
pesticidlarning tabiatda aylanib yurishi aniqlandi. Quyida ularning tabiatda
a ylanib yurishini ifodalovchi sistemani keltiramiz.
Ushbu sxema shuni yaqqol ko’rsatib turibdiki, pesticidlar ishlatilganidan keyin tashqi
muhitning barcha shohobchalariga va pirovard-natijada, odam hamda hayvonlar organizmiga tushadi. Sababi, odamlar bilan hayvonlar hamisha tashqi muhit bilan mustahkam bog’langan holda hayot kechiradi. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, tashqi muhitning har bir omili tirik organizmga ma’lum darajada ta’sir qilib, unda bir qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan manbaga aylanishi mumkin, bu ta’sirot odam uchun foydali bo’lishi ham, zarar keltirishi ham mumkin. Hozir fan va texnika taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan turli pesticidlarning qishloq xo’jaligida ishlatilishi tashqi muhit ob’yektlari orqali ziyon etkazadigan ana shunday ta’sirot bo’lib qolishi ehtimoldan xoli emas. SHu tufayli ham tashqi muhitning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining oldini olish gigiena jihatidan juda katta ahamiyatga molikdir.
Endi o’quvchilarimizga agrotexnika qoidalariga rioya qilmay, kimyoviy ta’sirchan moddalarni ko’r-ko’rona, pala-partish ishlatis
h
natijasida ifloslanib qolishi mumkin bo’lgai tashqi muhit omillari ustida to’xtalib o’tamiz.
Su v va s u v h a v z a l a r i. Qishloq xo’jaliginiig barcha sug’oriladigan joylarida suv va suv havzalarining, hatto yer osti-sizot suvlarining pesticidlar bilan ifloslanishi aniqlangan. O’simliklarga kimyoviy ishlov berish jarayonida to’g’ridan to’g’ri suv va suv havzalari zararlanishi mumkin. Boshqa vaqtlarda suvlar tuproq, atmosfera havosi yordamida eararlanishi qayd qilinadi. Masalan, tuproqqa tushgan zaharli moddalar suv bilan yuvilib, unda
erigan holda yoki suspenziya ko’rinishida suv havzalariga tushishi mumkin.
O’rta Osiyo sharoitida suvning pesticidlar bilan zararlanishiga sabab bo’ladigan bir qancha omillar bor. Bular orasida ekinlarni sug’orish asosiy o’rinda turadi. Ma’lumki, O’rta Osiyoda yirik-yirik suv inshootlari qurilgan va qurilmoqda. Sug’orish maqsadida qurilgan ana shu inshootlardan oqib keladigan suv ekin maydonlariga taralib, kimyoviy moddalar ishlatilgan yerlarni yuvib o’tadi va ifloslanib boradi. Bunda o’sha maydonlardagi mavjud bo’lgan tuproqdagi zaharli moddalar suv tarkibiga o’tadi. Zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslangan suv zovur, ariq va kanallardan oqib o’tar ekan, undan aholi turli maqsadlarda foydalanishi, hayvon va parrandalar esa undan ichishi mumkin. Demak, shuning o’zi organizmga pesticid qoldiqlari tushish xavfini tug’diradi. Hozir da olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, zovur (kollektor) suvlarida zaharli kimyoviy moddalar bo’lmish DDT, GXCG, aldrin va boshqa ta’sirchan moddalar ruxsat etilgan normadan 2-10 marta va undan ham ziyod miqdorda bo’lishi aniqlangan.
Suv va suv havzalari o’z tarkibida zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlarinigina emas, balki hozirda qishloq xo’jaligi ekinlarini (meva, sabzavot, rezavor, poliz ekinlari, shuningdek texnik o’simliklar, paxta, zig’ir, kanop va boshqa) etishtirishda foydalaniladigan minyeral o’g’it qoldiqlarini ham saqlaydi.
A t m o s f e r a h a v o s i. Insoniyatga hayotbaxsh atmosfera havosining kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi so’zsiz uni zaharli manbaga aylantirgapi mumkin. Atmosfera havosining zaharli moddalar bilan zaharlanishi borasida to’xtalar ekanmiz, shu ta’sirchan moddalarning odamlar ishlaydigan zona havosida va umuman, aholi yashaydigan punktlar havosida har xil miqdorda bo’lishini nazarda tutish kerak bo’ladi. SHunga ko’ra pesticidlarning ish joyi havosida va aholi yashaydigan punktlar havosida yo’l qo’yiladigan koncentraciyalar tafovut qilinadi. SHu narsa ayonki, zaharli ximikatlar bilan ishlanadigan zonada, ya’ni ximikatlar ishlab chiqaradigan korxona cexlari, mazkur moddalarning ishchi eritmalari, dustlarni tayyorlaydigan joylarda, ximikatlar saqlanadigan binolar havosida bu preparatlarning koncentradiyasi boshqa joylardagidan farqli o’laroq, ko’proq bo’ladi. CHunki ular ish jarayonida, ishlab chiqarish vaqtida changib, to’zib mayda-mayda zarralar holida havoga o’tadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga xos yana bir tomon borki, bir qator pesticidlar, jumladan fosfororganik birikmalar ayniqsa yozda, kun issig’ida ko’proq bug’lanadi va ularning havodagi koncentraciyasi yanada ortib ketadi. Aholi yashaydigan joylar havosida zaharli kimyoviy moddalarning hosil bo’lishi asosan ikki sababga bog’liq:
Birinchidan, zaharli ximikatlar aksari turli texnika vosita-lari, qishloq xo’jalik aviaciyasi, traktor purkagichlari yordamida sepiladi, purkaladi va yana boshqa yo’llar bilan ishlov byeryladi.
SHu vositalardan foydalanish vaqtida sepilayotgan pesticidlar, tabiiyki, avvalo havoga uchadi. Havoning kimyoviy moddalar o’tgan qatlami keyinchalik boshqa qatlamlarga aralashib, pirovardida aholi yashaydigan joylar gacha etib borishi va arzimas miqdorda bo’lsa ham o’zi bilan birga zaharli moddalarni olib kelishi mumkin. SHu boisdan ham aholi istiqomat qiladigan joylar bilan kimyoviy ishlov byeriladigan ekinzorlar orasida sanitariya-himoya zonasi bo’lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, ekin maydoniga ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar o’simlik poyasi, barglari va tuproqdan bug’lanib, havoga o’tadi. Ayniqsa, issiq sharoitda juda ko’p zaharli kimyoviy moddalar bug’lanish xususiyatiga, ega, shu tufayli ham atmosfera havosi mazkur pesticidlar qo’llanilgan joylarda tezda ifloslanadi. Pesticid bug’lari bilan ifloslangan havo organizm uchun juda xavfli hisoblanadi.
SHuni aytish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar aviaciya vositasida sepilganida ifloslanish zonasi (doirasi) 1000-1500 m gacha cho’zilishi mumkin. Bunda kimyoviy moddalar bilan ishlov byeriladigan maydon va aholi turar joylar o’rtasidagi himoya masofasi zaharli ximikatlarning uchuvchanlik xususiyatlarini, zaharlilik darajasini nazarda tutib hamda ularning havoda muallaq turishi va sepilgan, purkalgan pesticidlar necha kunga qadar havoda turib qolishini hisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan, bir vaqtlar g’o’zaning defoliaciyasi uchun keng ko’lamda ishlatilgan butifos uchun sanitariya masofasi 1500 m dan 2000 m gacha, GXCG uchun 1000 m, defos uchun 500 m ga teng bo’lgan bunday sanitariya-himoya zonalari ilmiy asosda, chuqur tadqiqotlar natijasida tavsiya etilib, Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |