PESTICIDLAR BILAN TASHQI MUHITNING ALOQADORLIGI
Atmosfera havosi, suv havzalari, oziq-ovqat mahsulotlari, tuproq, turar-joylar pesticidlarni qo’llash jarayonida ma’lum darajada ifloslanishi aniqlangan.
Pesticidlarni qo’llash usullariny tadbirkorlik bilan olib borish atrof- muhitni ifloslanishdan ma’lum darajada saqlash imkonini byeradi.
Tabiiy iqlim sharoitiga, shuningdek o’simliklarning turiga hamda pesticidlarning fizik xossalariga qarab ularni ishlatish usullari turlicha bo’ladi.
P u r k a sh — dorilashga mo’ljallangan o’simliklarga zaharli ximikatlarni eritma holida (bunda pesticidlar suv yoki organik erituvchilarda eritilgan bo’ladi), suspenziya holida (bunda suvda erimaydigan qattiq pesticid suvga aralashtirilganidan keyin unda muallaq turadigan qattiq zarralar holida bo’ladi) va emulsiya holida (suyuq ko’rinishida bo’lib, suv bilan aralashtirilgandan keyin bir jinsli tomchilar holida muallaq holda qoladi) ishlatish, ya’ni purkab tushirish juda keng tus olgan. Don omborlari, issiqxo-na — teplicalar va boshqa binolarni zararsizlantirish uchun ham shu usuldan foydalaniladi. Zaharli kimyoviy moddalarni purkash usuli bilan qo’llanilganda preparatlar juda tejamli holda sarflanadi, biroq O’zbekistonning issiq iqlimli sharoitida bu usul ko’p suv sarf qilinishini talab etadi: 1 gektar maydonidagi o’simliklarga traktor yordamida purkalganda 400—600 l, aviaciya yordamida (samolyot, vyertolyot) purkaganda 100—120,l, dov-daraxtlarga purkash uchun 2000 l gacha suv sarflanadi. Bunday ko’p miqdordagi suv sarf-lanadigan purkash usullari atmosfera havosini, suv havzalarini anchagana ifloslantiradi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, havoda mavjud bo’lgan zaharli moddalarning koncentraciyasi ruxsat etiladigan miqdordan 5—10 marta yuqori bo’lishi qayd etilgan. Bunday ifloslanishlarni kamaytirish maqsadida eng kam hajmli usuldan foydalanish taklif qilinmoqda. Bu usulda
har bir gektar maydonga 100 va 50 l gacha bo’lgan suvli eritmalar qo’llaniladi, bunda ta’sir qiluvchi preparatlarning eritma koncentraciyasi ma’lum darajada yuqori bo’ladi.
O’rta Osiyo iqlim sharoitida ixcham hajmli usulni qo’llash uncha to’g’ri kelmaydi. CHunki yuqori haroratli sharoitda mazkur usuldan foydalanilganda atrof-muhitning ifloslanish xavfi ortadi.
CH a n g l a t i sh. Kukunsimon zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi ishlatishda odatda changlatish usulidan foydalaniladi. Bu tadbir havo quruq va issiq bo’lib turgan paytda o’tkaziladi. Mazkur usul eng qulay usul bo’lib, asosan qurg’oqchilik joylarda ko’p qo’llaniladi. Bu usulda pesticid purkash usulidagiga qaraganda ko’proq sarflanadi, preparatning ko’p qismi shamol bilan atrofga (ayniqsa yuqoriga ko’tariladigan havo oqimi bilan yuqoriga) uchib ketib isrof bo’ladi yoki oziq-ovqat ekinlariga tushib, ularning zaharlanishiga sabab bo’ladi. Pesticidlarning oziq-ovqat ekinlariga tushishi juda xavfli. CHanglatish usuli bilan dorilash erta tongda, ekinlardan shudring ko’tarilmagan vaqtda hamda shamol yo’q paytda o’tkaziladi. Bordi-yu o’simliklarni erta tongda changlatishning imkoni bo’lmasa, ularni dorilashdan oldin namlash kerak bo’ladi, buning uchun maxsus changlagich mashinalardan foydalaniladi. Agar sekundiga 3 m dan ko’proq tezlikda shamol esib turgan bo’lsa, changlatish ishini o’tkazib bo’lmaydi.
A e r o z o l u s u l i. Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashda aerozol usuli bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Mazkur usulda suyuq holdagi pesticidlar mayda-mayda tomchi zarralariga bo’linib, tuman holiga yoki qattiq zarralar ko’rinishidagi pesticidlar maxsus tyermik usulda ishlanib tutun holiga keltiriladi va bu moddalar genyeratorlar yordamida purkaladi.
Zaharli moddalarni aerozol usuli bilan ishlatish hozirda keng tus olmoqda.
Z a h a r l i x o’ r a k l a r d a n f o y d a l a n i sh. Zararkunanda kemiruvchi hayvonlar, turli hasharotlar va ayniqsa g’umbaklarga qarshi kurashish uchun zaharli xo’raklardan foydalaniladi. Bunda zararkunandalar ayniqsa xush ko’rib eydigan ovqatlar maxsus usulda tayyorlanadi. Pesticidlar qo’shib tayyorlanadigan xo’raklar quruq (quruq oziq moddasiga aralashtirib tayyorlangan) va suyuq (zaharli modda suspenziyasi yoki emul’siyasiga suyuq yoki quruq oziq moddasi qo’shib tayyorlangan) bo’lishi mumkin. Odatda zararkunandalar makon qurgan joylarga, dalaga sochib qo’yiladi (yumronqoziqlar va kemiruvchi qo’ng’iz-hasharotlarga qarshi) yoki kemiruvchi hayvonlarning iniga qo’yiladi (omborlar, molxonalar va boshqalarda). Bunda albatta uy hayvonlarini, parrandalarni zahar-lanmasligi choralari ko’riladi. Zaharli xo’raklardan foydalanish-ning xavfli tomoni shundaki, bu zaharli omillar yog’in suvlari bilan yuvilib suv manbalariga tushishi, favqulodda oziq-ovqat mahsulot-lariga aralashib qolishi mumkin. Umuman olganda, zaharli xo’raklar nisbatan kichik maydonlarda, ma’lum joylarda ishlatiladi.
Tuproqqa donador preparatlarni solish. Qishloq xo’jalik zkinlari zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirlari sistemasini yanada mukammallashtirish avvalo o’simliklarni ki-myoviy yo’l bilan himoya qilish tadbirlarini tubdan yaxshilashni talab etadi. Ekin va dov- daraxtlarni kimyoviy yo’l bilan himoya qilishda hozirda ishlatib kelinayotgan changlash va purkash usullari atrof-muhitni pesticid moddalar bilan zaharlanishiga olib keladi, odam va hayvonlar uchungina emas, balki foydali hasharotlar va boshqa jonivorlar uchun xavf tug’diradi. Bu borada donador insek-ticidlardan foydalanish, beda va g’o’za ekinlarini kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalar dan saqlash uchun ishlab chiqilgan samarador yangi usul bo’lib, gigiena nuqtai nazaridan ancha maqsadga muvofiq keladi. Donador insekticidlarni ekinurug’i bilan birga yerga solish pesticidning tejamli ishlatilishiga yordam byeradi, atrof- muhitni ifloslanishiga yo’l qo’ymaydi. SHuningdek, mazkur usulda foydali hasharotlar hamda hayvonlarning zaharlanish xavfi kamayadi.
Masalan, supyerfosfatga aralashtirib tayyorlangan 4% li donador rogordan foydalanish (donalarning diametri 1-1,5 mm) ekin ildizlarini chirishiga sabab bo’ladigan o’simlik bitlaridan saqlaydi. G’o’za nihollarini o’simlik bitlari, o’rgamchakkana va g’umbaklardan saqlash uchun bir qancha preparatlar qo’shib tayyorlangan donador insekticidlardan foydalaniladi (rogor va antio preparatlari, geksaxloranning gamma izomyeri granulalarga qo’shib tayyorlanishi mumkin).
U r u g’ l a r n i d o r i l a sh. Odatda texnik hamda madaniy o’simliklar, shu jumladan chigit, makkajo’xori va boshqa ekin urug’larini tuproqda yashaydigan zararkunanda zamburug’lar hamda baktyeriyalardan asrash maqsadida ularga ekishdan oldin kimyoviy ishlov byeriladi. Ma’lumki, tabiatda turli zararkunandalar - zamburug’lar, mikroorganizm va viruslar urug’li donlarni kasallantirib, ekinlarning unib chiqishiga, qolavyersa hosildorlikka anchagina zarari tegadi. Urug’liklarni dorilash bilan o’simliklarning turli kasalliklariga qarshi kurashilganda tashqi muhitni - atmosfera havosini, suv manbalarini, oziq-ovqat o’simliklarini zararlanishining oldi olinadi.
Urug’larni dorilashning uch xil usuli bor: quruq dorilash, bir oz namlab va suvlab dorilash. Quruq usul bilan dorilashda urug’lar kukun holidagi preparatlar bilan dorilanadi; bir oz namlab dori-lashda esa urug’lar bir oz yopishtiruvchi eritmalar bilan namlanadi, so’ngra ularga kukun holidagi preparatlar sepiladi. Suvlab dorilash usulida urug’lar dorivor
kimyoviy eritmaga solinib, bo’ktirib qo’yiladi.
Keyingi yillarda ayrim o’simlik urug’lari, chunonchi, chigitlar kapsula usulida dorilanmoqda. Bunda urug’liklarning yuzasiga maxsus polimyer moddalar hamda kimyoviy preparatlar aralashmasi bilan ishlov byeriladi. Kapsula holidagi bunday urug’liklar bir tarafdan zaharli moddalarni me’yorida ishlatishga yordam byersa, ikkinchi tomondan mazkur usulda dorilangan chigitlar bir tekisda unib chiqadi, ma’lum darajada esa hosildorlik ham oshadi.
Urug’liklarni quruq usul bilan dorilashda kimyoviy ishlov byeriluvchi urug’ maxsus asbob va mexanizmlar yordamida dorilanadi. Biroq mazkur usulni qo’llashda juda ehtiyot bo’lish talab qilinadi. Bunda shaxsiy himoya vositalaridan (respirator, protivogaz, niqob va boshqa) tadbirkorlik bilan foydalanilmasa, u holda kimyoviy moddalar xavf tug’dirishi mumkin. SHu boisdan keyingi yillarda urug’liklarni qisman suvlab yoki yaxshigina namlab so’ngra zaharli moddalar bilan dorilanadi. Urug’liklarni dorilash SP-ZM, OS, OSX va 2-OSX va boshqa markali mashinalarda amalga oshiriladi. Bunday urug’liklar maxsus binolarda dorilanadi, u yerda ishchilar salomatligiga xavf tug’diruvchi omillarning oldini olish chora- tadbirlari ko’riladi. Jumladan zaharli chang, hidlarni havo yordamida tortib, maxsus moslamalar bilan zararsizlantiradigan jihozlar (havo tortuvchi tyaga, zaharli changlarni tutib qoladigan eritmalar va boshqalar) bo’ladi. Urug’liklarni dorilashda qatnashaditn ishchilar barcha ehtiyoj choralari qo’llashlari bilan birga, shaxsiy himoya vositalaridan o’z o’rnida to’g’ri foydalanishlari katta ahamiyatga ega.
Dorilangan urug’liklar traktorlar yordamida yerga qadaladi. Ularni qo’l bilan ekish mutloq taqiqlanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarni traktor moslamalari va elkaga osib olinadigan asboblar yordamida hamda samolyotlardan turib ishlatiladi. Pesticidlarni yerda turib ishlatishda STN-8-16, OVX-14 markali purkagich
changlagichlardan, samolyotlardan sepilganda esa AN-2, YAK markali samolyotlardan foydalaniladi.
O’zbekiston xududida va boshqa issiq iqlimli sharoitlarda o’simliklarga samolyotlar yordamida kimyoviy ishlov berish to’g’ri kelmaydi, chunki bu usulda atrof-muhitni (atmosfera havosi, suv, suv havzalari, oziq-ovqat ekinlarini, poliz ekinlari) pesticidlar bilan ifloslanishi ko’proq bo’ladi.
Tashqi muhitni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi inson sog’lig’iga, shu jumladan butun jonivorlar uchun xavflidir. CHunki pesticidlar biologik aktiv moddalar bo’lganligi uchun ular har qanday tirik organizmga salbiy ta’sir qilib, halok qilishi mumkin. SHuning uchun pesticidlarni o’z o’rnida, tadbirkorlik bilan, belgilangan me’yorda ishlatish lozim bo’ladi.
Aksariyat pesticidlar organizmning biokimyoviy strukturalari bilan o’zaro reakciyaga kirishib, unda mavjud tabiiy biokimyoviy jarayonlarga salbiy ta’sir etib ishdan chiqaradi, natijada fiziologik funkciyalar buzilib, ko’ngilsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Masalan, simoborganik birikmalar oqsillardan iborat fyerment guruhlarining hayot uchun muhim sul’fgidril guruhlarini qamrab (bloklab) olsa, fosfororganik birikmalar xolinestyeraza fyermentini qamrab oladi. Holbuki, bu fyermentlarning ikkala guruhi ham tirik organizmlar bo’lib, odamning hayotiy faoliyatida muhim rol’ o’ynashi bilan ajralib turadi.
Tabiatda, jumladan biosfyerada, ya’ni odamdan tortib qurt- qumursqa va mikroorganizmlargacha bo’lgan jonivorlar yashab turgan muhitda organizmning hayot faoliyati ga ta’sir qila oladigan minglarcha kimyoviy moddalar tinmay, uzluksiz aylanib yurishi fan olamiga ma’lum.
Zaharli kimyoviy moddalarning odam nasli-nasabiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. Irsiy kasalliklar, bola tashlash, bolaning o’lik yoki mayib- majruh bo’lib tug’ilishi singari tashvishli hodisalar keyingi vaqtlarda ko’payib borayotganliga kishini tashvishga solmay qo’ymaydi.
Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allyergen tariqasida organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda echilishi qiyin bo’lgan muammolardan bo’lib qolmoqda. Mazkur murakkab masala kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga keladigan allyergik kasalliklarni aniqlash va maxsus davolash usullarini ishlab chiqish vazifasini yuklaydi. Bu kasalliklarning tabiati va yo’nalishi ham kimyoviy moddalardan hosil bo’ladigan allyergik kasalliklarni aniqlash va davolash usullariga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Diqqatni tortadigan narsa shuki, ko’pgina kimyoviy moddalar organizmga juda oz miqdorda tushsa ham gonadalarga, embrion hujayralariga, immunologik xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Bir qator kasalliklarda, shuningdek kimyoviy moddalar bilan zaharlanish hollarida ham organizmning immun reakciyalari muhim rol’ o’ynashini qayd etib o’tish lozim.
Ziroatchilik, qishloq xo’jaligiga taalluqli ishlarda yalpi kasallikni tarqalishiga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlarda pesticidlarning keng qo’llanilishi hamda mehnat jarayonida zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan odamlar sonining ko’payib borayotgani organizmda yuzaga keladigan immunologik o’zgarishlarni klinik nuqtai nazardan batafsil o’rganib chiqish zarurligani ko’rsatadi.
Ilmiy manbalarga va jahon olimlarining fikriga qaraganda, katta-katta ekin maydonlari samolyotdan yoki yerdan dorilanar ekan, bunda biosfyeraning pestididlar bilan ifloslanish ehtimoli ham tobora ortib boradi, chunki mayda-mayda zarrachalar holidagi talaygina pesticidlar havo oqimi bilan atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’tarilib va bu qatlamda uzoq muddat aylanib yuradi va qor-yomg’irga qo’shilib, yana yerga qaytib tushadi.
Xulosa qilib aytganda, kimyoviy moddalar tamomila parchalanib ketgunicha tashqi muhitda turish xususiyatiga ega. SHu munosabat bi-lan amalda ishlatish uchun joriy etiladigan preparatlarni tanlashda gigienik mezonlarni bundan keyin ham tinmay mukammallashtirib borish masalalari juda muhim bo’lib qoladi. Bunda turli kimyoviy sinflarga kiradigan pesticidlarning toksikodinamikasi va ta’sir mexanizmini atroflicha batafsil o’rganishga, moddalarning qaysi xossalari kimyoviy tuzilishdagi qaysi xususiyatlarga bog’liqligini aniqlash, pesticidlarning aholi salomatligiga qay darajada va qay
xilda xavf solishi mumkinligini oldindan aniqlab olishga katta ahamiyat berish zarur bo’ladi. SHu bilan birga, tashqi muhitni muhofaza qilishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish darkor. Atrof-muhitni muhofaza qilish murakkab hamda dolzarb masala bo’lib, bu davlat rahbarlarining hamda turli soha mutaxas-sislarning birlashib ish olib borishini talab qiladi. Mazkur masalani asosda har jihatdan ishlab chiqib atroflicha ijobiy hal etish, salomatligini muhofaza qilish imkonini yaratadi.
SHuni qayd qilish kerakki, zaharli kimyoviy moddalar odam organizmiga qaysi yo’l bilan kirmasin, ular birdaniga o’tkir yoki surunkali (uzoq vaqt davomida tushib turadigan bo’lsa) zaharlaiish % alomatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Demak, har bir tibbiyot xodimi kimyoviy moddalarning zaharlash yo’llaridan xabardor bo’lmog’i kerak. Favqulodda zaharlanishning oldini olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
SHu maqsadda zaharlanishning kelib chiqishi, qay tarzda namoyon bo’lishi, qanday ahvolda o’tishi, og’ir-engilligi va boshqa holatlarni ko’rsatib o’tish ayni muddao.
Do'stlaringiz bilan baham: |