Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena



Download 3,24 Mb.
bet91/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

1Quyiga qaralsin.
Toksik —zaharli miqdor (yoki koncentraciya) ma’lum klinik belgilar bilan o’tadigan ro’y-rost zaharlanish hodisasiga sabab bo’ladi.
O’ldiradigan doza (yoki koncentraciya) zaharlanish hodisasini o’lim bilan tugashiga olib keladi. Mutlaqo o’ldiradigan doza (koncentraciya) zaharli moddaning hamisha o’limga olib keladigan eng kam miqdori (dozasi, koncentraciyasy)dir.
O’ldiradigan o’rtacha doza yoki koncentraciya (LD yoki LK),
bu
50 50
tajriba uchun zaharlangan hayvoilarning 50 %i ni o’ldiradigan dozadir. O’ldiradigan o’rtacha doza probit-analiz usuli bilan hisoblab chiqiladi.
Odatda turli zaharlarning bo’sag’a, toksik va o’ldiradigan doza hamda koncentracilarini bir-biriga solishitrib ko’rish yo’li bilan o’sha moddalarning qanchalik zaharliliga to’g’risida fikr yuritiladi.
Pesticidlarning zaharlilik darajasini belgilash uchun boshqa tushunchalardan ham foydalaiiladi.
Surunkali (xronik) ta’sir dozasi deb pesticid o’tkir bo’sag’a miqdorining surunkali ta’sir bo’sag’asi nisbatiga aytiladi.
Ekin maydonlarida pesticidlarning qo’llanilishi dehqonlarning salomatligiga salbiy ta’snr qilmasligi lozim.
Pesticidlar ishlatiladigan zona havosidagi uning yo’l qo’ysa bo’ladigan koncentraciyasi —odam organizmida o’zgarishlarga sabab bo’lmaydigan koncentraciyadir.
Yo’l qo’ysa bo’ladigan qoldiq miqdor—oziq-ovqat mahsulotlari organizmga tushganda fiziologik normal holatni buzmaydigan miqdordir.
Zahira koefficient (xavfsizlik indeksi, ishonchlilik koefficienti) —
surunkali ta’sir bo’sag’asining yo’l qo’ysa bo’ladigan eng katta koncentraciyaga nisbati hisoblanadi.
Toksikologiya (yunoncha — zahar, ta’limot, o’rganish degan so’zlardan olingan) zaharlanish hodisalarining oldini olish va davolash uchun samarali vositalarni qidirib topish maqsadida zaharli moddalar hamda ularning hayvon organizmida keltirib chiqaradigan patologik o’zgarishlarini o’rganadigan fandir. Zaharli moddalar to’g’risidagi fan sifatida toksikologiya aslida shu moddalarga aloqador jami masalalar kompleksini o’z ichiga oladi. Biroq, uning asosiy mazmuni zaharli modda tufayli organizmda ro’y byeradigan patologik jarayonlar (zaharlanish hodisasi) mohiyatini o’rganishdan iborat. Toksikologiya — tirik organizm bilan kimyoviy agent o’rtasida bo’ladigan o’zaro ta’sir turlaridan birini o’rganuvchi fandir. Toksikologiya matyeriya harakatining ikki shakli — kimyoviy shakli hamda biologik shaklining o’zaro ta’sir jarayonlarini o’rganadi.
Toksikologiya fanining yutuqlaridan kommunal gigiena sohasida keng ko’lamda foydalaniladi. Jumladan bu atmosfera havosi yoki suv havzalari uchun zaharli moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab chiqishda juda zarur.
Toksikologiya fanining eng muhim vazifasi moddalarning zaharlilik darajasini ilmiy asosda aniqlash, ular organizmga bir marta yoki qayta- qayta ta’sir ko’rsatganda ro’y byeradigan zaharlanish manzarasini tasvirlash, organizmdagi ayrim funkciyalarning qanday bo’lmasin biror a’zo yoki sistemaning boshqalardan ko’proq yoki kamroq zararlanipshni topish va ularni patomorfologik jihatdan ta’riflab berishdir. Toksikologiyaning yana bir vazifasi zaharlar kuchini kesadigan (kamaytiradigan) moddalar, ya’ni kuchli ziddi-zaharlarni qidirib topish, shuningdek zaharlanish hodisalarini oldini olish usullarini ishlab chiqishdir. Toksikologiyaning eng muhim va shu bilan birga qiyin masalalaridan biri moddalarning organizmga ko’rsatadigan zaharli ta’sir mexanizmini o’rganish ve zaharning biologik ta’siri asosida yotuvchi birlamchi biokimyoviy reakciyalarni aniqlab olishdir.
Zaharning organizmni qanday o’zgarishlarga olib borishi ko’p jihatdan uning organizmda qanday o’zgarishlarga uchrashiga bog’liq. Ma’lum vaqt mobaynida organizmga tushgan zahar undan tashqariga chiqariladigan va zararsizlantiriladigan miqdoridan kam bo’lsa, u organizmda asta-sekin to’planib boradi. YA’ni kumulyaciya jarayoni vujudga keladi. Kumulyaciya jarayoni moddiy va funkcional holatda kechadi.
Moddiy kumulyaciya — bu, organizmda zaharning to’planib borib, organizm to’qimalari bilan mahkam birikishi va ularda qaytmas o’zgarishlar keltirib chiqarishidir. Moddiy kumulyaciyaga olib boradigan zaharlar uchun koncentraciya (doza)ning ahamiyati yo’q, bunday zaharlar uchun ularning nechog’li uzoq ta’sir qilib kelayotgani, ya’ni vaqt katta ahamiyatga ega.
Funkcional kumulyaciya — zaharning organizm hujayra va to’qimalariga ko’rsatadigan ta’sirining to’planib borishidir. Bunda to’qimalarda asliga qaytmas o’zgarishlar kelib chiqmaydiyu, lekin, zaharning ular funkciyasiga ko’rsatadigan ta’sir kuchi ortib boradi. Bu guruhga kiradigan zaharlar uchun ularning koncentraciyasi (dozasi) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Koncentraciya bo’sag’a koncentraciyasidan past bo’lsa, organizmda fiziologik o’zgarishlar yuzaga kelmaydi.
Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida turli pesticid aralashmasidan foydalanish keng tus olmoqda. Modomiki shunday ekan, pesticidlar organizmga aralash mujassam ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Pesticidlar aralashmasining ta’siri o’zining tabiati hamda kuchi jihatidan o’sha foydalanilayotgan aralashma tarkibiga kiradigan ayrim zaharlar ta’siridan ancha boshqacha bo’lishi mumkin.
Agar bir nechta zaharli modda birgalikda organizmga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, sinyergizm (ta’sirning kuchayish hodisasi) yoki antagonizm (ta’sirning susayib qolishi) yoki additiv ta’sir hodisalari sodir bo’lishi mumkin.
Sinyergizm deganda aralashma ta’sirining uning tarkibiga kiradigan har bir modda ta’siridan kuchli bo’lishi ko’zda tutiladi.
Boshqacha qilib aytganda, sinyergazmda pesticid aralashma tarkibidagi ayrim moddalarning ja’midan ko’ra kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
A d e k t i v t a ‘ s i r deb aralashmaning undagi har bir tarkibiy qism ta’siri bilan teng ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.
Fanda moddalarning fiziologik antagonizmi deb aralashmaga
kiradigan ayrim moddalarning ma’lum a’zo, fiziologik sistema va regulyator mexanizmlarga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatishi yoki funkcional jihatdan bir-birdga zid ishlaydigan elementlar (masalan, funkciyalarni stimullash, susaytirish)ga bir xil ta’sir ko’rsatishi tushuniladi.
Odatda kimyoviy antagonizm deb aralashma tarkibiga kiradigan moddalarning o’zaro reakciyaga kirishib, kam zaharli yoki bezarar birikmalar hosil qilish xususiyatiga aytiladi. Biroq, pesticidlar aralashmasiga tatbiqan olganda buning ahamiyati yo’q, chunki aralash- malar tayyorlashda moddalarning bu xususiyati inobatga olingan bo’ladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish